Uzoqov ilhom shoniyozivich XIX asr oxiridan mustaqillik yillarigacha o


Download 0.77 Mb.
Pdf ko'rish
bet3/6
Sana08.05.2020
Hajmi0.77 Mb.
#104194
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
xix asr oxiridan mustaqillik yillarigacha ozbekistonda arablar hayoti tarixi manbashunosligi


 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

35 

 

II



 

BOB.

 

ARABLARNING  KELIB CHIQISHI XUSUSIYATLARI 

TURMUSHI XO’JALIGI 

         2.1.Arablarning   antropologik  xususiyatlari  mashg’uloti  va  turar  joyiga 

oid tadqiqotlar. 

     

  Biror  etnik  guruh  haqida  tadqiqot  olib  borilar  ekan,  eng  avvalo  ularning 

etnografik  o’ziga  xosliklariga  e’tibor  qaratish  talab  etiladi.  Xususan,  bu  usul 

mintaqa arablarini o’rganishda ham qo’l keladi. Jumladan, aytib o’tilganidek, XX 

asrning  20-yillari  boshida  Samarqand  arablari  hayotini  o’rgangan  M.S.Andriyev 

o’zi  rahbarlik  qilgan  ilmiy  ekspeditsiya  xulosalariga  ko’ra  quyidagilarni  yozadi: 

“Arablar o’z qo’shnilaridan til bilan birga kiyim-kechak, uy-joy qurish an’analari, 

umuman,  turmush  tarzini  o’zlashtirganlar.  Biroq  o’zlarining  asl  antropologik 

xususiyatlarini,  shakl-shamoyillarini  nisbatan  yaxshi  saqlaganlar.  Odatda,  qisman 

malakasi  bo’lgan  kishi  arabni  tashqi  qiyofasiga  qarab,  darrov  o'zbekdan  farqlay 

olgan.  Arablar  odatda  o'zbeklardan  ko’ra  qoramag’izroq  bo’lganlar.  Ayniqsa 

ularning somiylarga xos katta va pastki qismi go’shtdor, o’rtasida bukrisi bo’lgan 

burunlari  alohida  ajralib  turgan.  Ulardagi  o’ziga  xoslik  tim  qora,  ba’zan  qora-

qo’yko’z,  ko’pincha,  bodomsimon,  o'zbeklarnikidan  yirik  bo’lgan  ko’zlarida  aks 

etgan.  Ular  hammadan  ko’proq,  arabiy  kelib  chiqishidan,  hatto,  boshqa  mahalliy 

elatlar  qoni  ko’proq  qo’shilgan  hollarda  ham  bu  haqda  maqtanib  so’zlashni 

yoqtirganlar.  Samarqand  tumani  arablari  uchun  tamomila  tim  qora,  ammo  biroz 

jingalakroq soch-soqol xos bo’lgan. 

Yuqorida  keltirilgan  antropologik  tavsifdagi  shamoyil  uyezdning  ayrim 

qismlari arablariga xos bo’lib, boshqa joylarda kam uchrashi ekspeditsiya a’zolari 

tomonidan  qayd  etilgan.  Chamasi,  bu  hammadan  ko’proq  Kattaqo’rg’on 

uyezdining  sharqiy  qismida  -  Arabxona,  Bog’li,  Qo’yboqar  qishloqdarida  ko’zga 

tashlangan.  Shu  uyezdning  g’arbiy  hududida,  masalan,  Kalqo’rg’on  va  Damariq 

volostlarida turkiylar qonining sezilarli darajadagi aralashgani kuzatilgai. Bu holat 

arablarning  tevarak-atrofdagi  mahalliy  turkiy  aholi  bilan  aralashuv  jarayoni  jadal 

borganligi bilan bog’liq. 


36 

 

O’zlarining kelib chiqishlaridan, Payg’ambarning qabiladoshlari bo’lganidan 



g’ururlangan  arablar  (ayniqsa,  xo’ja  va  sayyidlar)  o’z  qizlarini  boshqa  millat 

kishilariga  uzatmaslikka  harakat  qilganlar,  erkaklari  esa  onda-sonda  o'zbek 

qizlariga  uylanishgan.  Kattaqo’rg’on  uyezdining  sharqiy  qismidagi  arablar  o’z 

qizlarini  boshqa  elat  vakillariga  turmushga  berishdan  saqlanganlar.  Uyezdning 

g’arbiy  qismida  esa  bu  odat  xiyla  so’ngan,  ayrim  joylarda  esa  deyarli  amal 

qilinmagan.  Bunday  hollar  ba’zan  eski  an’analarni  mahkam  ushlagan 

oqsoqollarning qarshiligiga sabab bo’lgan. 

O’rta Osiyo xalqlari antropologiyasini chuqur o’rgangan olim L.V. Oshanin 

tomonidan  1927  yili  mintaqa  arablarining  shamoyiliga  oid  ba’zi  bir  ilmiy 

izlanishlar  amalga  oshirilgan.  U  o'zbeklardan  5803  erkak  va  1269  xotin-qizlarni, 

qirg’izlardan  3207  erkak  va  118  xotin-qizlarni,  tojiklardan  3927  erkak  va  720 

xotin-qizlarni, qozoqdardan 1581 erkak va 289 xotin-qizlarni, arablardan 146 erkak 

kishining shamoyilini o’rgangan

46



Y.  R.  Vinnikov  o’zining  “Farg’ona  vodiysida  xalqlar  va  etnografik 

guruhlarning hozirgi joylashuvi” asarida Farg’ona arablari haqida shunday yozadi: 

“...  “Farg’ona  vodiysida  yashayotgan  etnografik  guruhlar  qatorida  arablarni  ham 

eslatib  o’tish  ke-  rak  bo’ladi.  Ular  hozirga  qadar  maxsus  etnografik  tadqiqot 

doirasiga  kiritilmagan  edi.  Farg’ona  arablari  1926  -yilgi  aholi  ro’yhatiga  ko’ra, 

2128  kishini  tashkil  etgan  edi.  Hozirgi  vaqtda  arablar  Xoldevonbegi  tumanining 

ikki  jamoa  xo’jaligida  Qumariq,  To’raobod,  Yakkatut  va  Izboskent  tumanining 

Navkent  qishloqlarida,  Andijon  viloyati  Paxtaobod  tumanining  bir  jamoa 

xo’jaligida  ...  yashaydilar”

47

Arablarning  Farg’onada  paydo  bo’lishini  L.N.  So-



bolev,  V.  Nalivkin,  M.S.  Andriyev,  K.N.  Bedrinsev,  A.G.  Beljev  va  boshqa 

mualliflar O’rta Osiyoning arablar tomonidan VII-VIII asrlarda istilo etilishi bilan 

                                                           

46

Ошанин Л. В. Антропологический состав населения Средней Азии и этногенез ее народов. - Ереван, 1957. 



- С. 56. 

47

Винников  Я.Р.  Современное  расселение  народов  и  этнографических  групп  в  Ферганской  долине  // 



Среднеазиатский этнографический сборник II. - М., 1959.-С. 382-390.

 

 



   

37 

 

bog’laydilar.  “O'zbekiston  xalqlari  tarixi”  ikkinchi  jildining  mualliflari, 



shuningdek,  I.N.  Vinnikov,  A.D.  Grebenkin  va  boshqalar  arablarning  Farg’ona, 

Samarqand  viloyati  va  O’rta  Osiyoning  boshqa  hududlariga  ko’chib  kelishi  Amir 

Temur davrida yuz bergan, deb ko’rsatadilar. A.A. Semenov ma’lumotlariga ko’ra, 

ularning  ayrim  guruhlari  ancha  keyin,  XIX  asrda  kelgan,  deyishga  asoslar 

beradi”

48



Bir  qator  tadqiqotchilar,  masalan,  N.A.  Aristov,  V.N.  Nalivkin,  A.D.  Grebenkin, 

M.S.  Andriyev  va  boshqalarning  qayd  etishlaricha,  arablarning  har  qancha 

qo’shilmay  yashashga  harakat  qilishlariga  qaramay,  ular  hayot  taqozosiga  ko’ra 

o’zlariga qo’shni bo’lgan o'zbeklardan xech bir jihatdan ajralib turmaydilar, ya’ni 

farq qilmaydilar. 

I.I.  Zarubinning  ta’kidlashicha,  arablar  O’zbekistonda  yashar  ekanlar,  o’z 

tillarini  unutganlar,  ammo,  bunga  qaramasdan,  milliy  o’zligini  va  turmushdagi 

ayrim o’ziga xos jihatlarni saqlab qolishga muvaffaq bo’lganlar. Sh.I. Inog’omov 

esa,  arablar  o’zlarining  somiylik  shamoyili  sezilarli  darajada  saqlaganlari  holda, 

tilini unutib, o'zbek hisoblanardilar, deb ta’kidlaydi. 

“Bizning  1952  va  1953  yillarda  Farg’ona  vodiysining  arablar  yashaydigan 

va mehnat qiladigan sakkiz jamoa xo’jaligidan oltitasida o’tkazgan tadqiqotlarimiz, 

natijasi shuni ko’rsatadiki, -  yozadi Y.R. Vinnikov, -haqiqatda ham arablar o'zbek 

tili bilan bir qatorda, o’z qo’shnilari bo’lgan o'zbeklardan xo’jalik tutish shaklini, 

turmush  sharoitini,  uy-joy  tarzini,  libos  kiyishni  va,  xullas,  moddiy  va  ma’naviy 

unsurlardan aksariyatini qabul qilganlar. Bundan boshqacha ham bo’lishi mumkin 

emasdi. Chunki, bir etnik guruhning aniq, hududda, aholining nisbatan rivojlangan 

milliy  guruhlari,  bu  yerda  o'zbek  xalqi  o’rtasida  yashashi,  albatta,  uning 

iqtisodiyotida,  urf-odatlarida,  ruhiy  holatiga  o’z  ta’sirini  ko’rsatmay,  moddiy  va 

ma’naviy hayotida aks etmay qolmasdi. 

Farg’ona arablari hozirgi vaqtda o'zbek tilida gaplashishlariga, turmush bilan 

                                                           

48

Винников  Я.Р.  Современное  расселение  народов  и  этнографических  групп  в  Ферганской  долине  // 



Среднеазиатский этнографический сборник II. - М., 1959.-С. 388-390 

  


38 

 

bog’liq  ko’p  jihatlarni  o'zbeklardan  o’zlashtirgan  bo’lishlariga  qaramay,  milliy 



xususiyatlarini,  uy-ro’zg’or  tutishini  va  moddiy  madaniyatining  ayrim  qirralarini, 

shuningdek, urf-odatlarini  hisobga  olib,  ularni  alohida  etnografik  guruhga  kiritish 

mumkin. 

L.V. Oshanin XX asr 50-yillarining oxirida o’z tadqiqotlariga yakun yasab, 

O'zbekiston  hududiga  Old  Osiyodan  kelgan  arablar  faqatgina  mustasno  tariqasida 

o’zlarining  qadimiy  vataniga  xos  bo’lgan  irqiy  xususiyatlarini  saqlab  qola 

olganliklarini ta’kidlagan. 

Ayni  tadqiqotchiga  ko’ra,  arablar  mahalliy  aholi  bilan  ko’p  asrlik 

assimilyatsiyalashuviga  qaramasdan,  aksariyat  hollarda  o’zlarining  old  osiyolik 

kelib  chiqish  “antropologik  izlarini”  saqlab  qolishgan.  Arablarning  ba’zi  bir 

guruhlari  jonli  arab  shevasidan  foydalanishiga  ham  e’tibor  qaratgan  L.V. 

Oshaninning  fikricha,  arablarning  kelib  chiqishiga  aloqador  antropologik  izlar 

lisoniy dalillar asosida ham o’z tasdig’ini topadi

49



Surxondaryo  arablaridan  46  kishini  antropologik  jihatdan  tadqiq  qilgan 

Najimovning  fikriga  ko’ra,  O’rta  Osiyoda  yashayotgan  arablar  shakli  -shamoyili 

ularni  Arabiston  yarimorolining  shimoliy  qismi  va  janubiy  hududlaridan  ko’chib 

kelgan,  deb  hisoblashga  imkon  beradi.  K.  Najimovning  xulosalari  L.V.  Oshanin 

fikrlarini  to’ldiradi  va  o’rta  osiyolik  arablarning  shamoyili  Arabiston  yarim 

orolidagi aholiga o’xshaydi, degan xulosa keladi

50



  XIX-XX  asrlarda  O’rta  Osiyoga  tashrif  buyo’rgan  xorijliklar,  asosan,  rus 



sayyohlari  va  olimlari  arablarning  yashash  tarzi  va  xo’jaligini  tavsiflashganda 

ularning har ikkala turmush tarziga ega ekanliklariga e’tibor qaratishgan. 

1962  yilda  nashr  etilgan  “Dunyo  xalqlari”  ruknidagi  etnografik 

ocherklarning  2-jildida  ham  arablar  turmush  tarziga  oid  ayrim  ma’lumotlar  qayd 

etiladi.  Unda  qayd  etilishicha,  XX  asr  60-yillarida  ham  arablarning  asosiy 

mashg’uloti,  qadimda  bo’lganidek,  chorvachilik  va  dehqonchilik  bo’lgan.  Ular 

                                                           

49

Ошанин Л. В. Антропологический состав населения Средней Азии и этногенез ее народов. - Ереван, 1957. 



- С. 33. 

50

Наджимов К. Антропологический состав населения Сурхандарьинской области. Изд. САГУ. - Т., 1958. - С 



48. 

39 

 

yashaydigan  dasht  va  cho’l  hududlarda  chorvachilik  taraqqiy  qilgan  bo’lsa,  voha 



joylarda  dehqonchilik  rivoj  topgan.  Chorvachilikning  nisbatan  yuksalgan  sohasi 

qorako’l  qo’ylari  va  tuyalar  yetishtirish  bo’lgan.  Shu  boisdan  mahalliy  aholi 

qorako’l qo’ylarining bir navini “arabiy” yoki “arabi” deb ataydi. O'zbekiston va 

Tojikistonning  janubiy  tumanlarida  hayot  kechiradigan  arablar  hisori  (dumbali) 

qo’ylar ham yetishtiradilar

51



Boy chorvadorlar ko’pincha boshqa hududlardan o’tloqlarni ijaraga olib, o’z 

qo’y suruvlarini uzoqdagi keng yaylovlarga ko’chirganlar. Masalan, G’ijduvondagi 

badavlat  arablar  otarlarini  Nurota  tog’lari  va  uning  vodiysiga  haydab,  shu  joyda 

yashaydigan  arablarni  cho’ponlikka  yollaganlar.  Jeynovlik  arablar  esa  qo’y 

suruvlarini Hisor bekligining tumanlarida o’tlatganlar. 

Ba’zi arablar o’z ehtiyojiga yarasha bug’doy va arpa yetishtirib, otlari uchun 

beda  ham  ekkanlar.  Ammo  ular  dehqonchilik  qilmaganlar.  Faqat  dehqonchilik 

rivoj  topgan,  aholisi  zich  bo’lgan  joylarda  (Samarqand  atroflarida)gi  arablar 

o'zbeklar  va  tojiklar  bilan  yonma-yon  yashab,  bog’  qilib,  uzumchilik  va 

dehqonchilik bilan ham shug’ullanganlar. 

Arab  qishloqdarida  vujudga  kelgan  ijtimoiy-  iqtisodiy  munosabatlar  gilam 

to’qishni keng yo’lga qo’yishga undagan. 

Jumladan,  Jeynov  arablari  tayyorlaydigan  “jihezi”  deb  ataladigan  gilam 

boshqa  xech  bir  joyda  to’qilmaydi.  “Jihezi”  patsiz  qalin  gilam  bo’lib,  uni  uch 

xotin-qiz toza jundan yigirilgan iplardan 40 kun deganda to’qib tamomlaydi

52



Shuningdek,  bozorbop  (shevada  “bozori”)  gilamlar  to’qish  Sherobod  va 

Denov  (Surxondaryo  viloyati),  Koson,  Qamashi  va  Jeynov  (Quyi  Qashqadaryo) 

tuman  va  qishloqlarida  yashovchi arablarning hunari hisoblangan.  Hatto  Kosonda 

1964  yili  arab  gilamlari  to’qish  sexlari  ishga  tushirilgan.  Ushbu  sex  1988  yili 

shirkatga aylantirilgan. Hozir u xususiy mulk hisoblanadi. 

O’tmishda  arablarning  katta  qismi  yarim  ko’chmanchi  hayot  kechirgani 

uchun ularning yashash joyi o’tov (yo’rta)lar hisoblangan. Arablarning aksariyati 

                                                           

51

Народы Средней Азии и Казахстана // Народы мира. Т. 2. - М., 1963. - С. 587. 



52

Saidov M, Ravshanov P. Jeynov tarixi. - T.: Abu Ali ibn Sino nomidagi tibbiyot nashriyoti, 1996. - 588-bet.

 


40 

 

o’tov qilishga qurbi yetmaganligi uchun, chayla va kapalarda yashaganlar



53

.  


Bu davrda olib borilgan paxta yakkahokimligi siyosati tufayli dasht va cho’l 

zonalarni  o’zlashtirib,  paxtazorlarga  aylantirish  siyosati  natijasida  asli  kasbi 

chorvadorlik  bo’lgan  arablarning  ham  paxta  yetishtirish  bilan  shug’ullanishga 

majbur qilinganliklari ma’lum. 



 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

                                                           

53

 Doniyorov A., Bo’riyev O., Ashirov A. Markaziy Osiyo xalqlari etnografiyasi, etnogenezi va etnik tarixi. - T.: 



Yangi nashr, 2011. - 230-b 

41 

 

 



2.2.Arablar bilan bog’liq ijtimoiy toifalar 

 

Arablarning mintaqa etnomadaniy jarayonlarida ishtiroki bilan bog’liq yana bir 

masala shuki, mahalliy aholi orasida “eshon”, “xo’ja” yoki “sayyid” (sayd, sayid, 

sayit)  deb  ataluvchi  ijtimoiy  toifalarning  arablar  bilan  qanchalik  darajada 

aloqadorligidir. Ma’lumki, ushbu atamalar asosan islom diniga aloqador shaxslarga 

nisbatan  ishlatilib,  ular  orasida  o’zlarining  kelib  chiqishlarini  Muhammad 

payg’ambar    avlodlariga,  pirovardida  arablarga  bog’lash  an’anasi  mavjud

54

  va 



oddiy mahalliy aholi orasida ham bu talqin ancha-muncha tarqalgan. Faqat mazkur 

ijtimoiy  toifalarning  vakillari  o’zlarini  mintaqa  arablariga  qanchalik  aloqador 

hisoblashlari,  umuman  olganda,  o’z  etnik  mansubliklarini  aynan  qaysi  elat  va 

millat  bilan  bog’lashlari  masalasi  munozarali.  Chunonchi,  mintaqada  aholisini, 

asosan,  xo’jalar  tashkil  qiladigan  ko’plab  qishloqlar  mavjud:  Xo’ja,  Xo’jalar, 

Xo’jaobod,  Xo’jailg’or,  Xo’jaqishloq,  Xo’jaipok,  Xo’jaasmin,  Xo’jaxayron  va 

hokazo. 

Bevosita  xo’ja  nomi  bilan  bog’liq  bo’lgan  etnotoponimlar  tahlilicha,  O’rta 

Osiyo  hududida  xo’jalar  nomi  bilan  yuritiluvchi  qishloq  va  aholi  manzillarining 

tarqalishi turlicha bo’lgan.  

Musulmon  dini  keng  yoyila  boshlagan  VII-VIII  asrlardan  buyon 

payg’ambarning  qizlari  Fotimadan tarqalganlar  “sayyid”  atalib,  alohida  hurmatga 

sazovor toifa sifatida islom dunyosining deyarli barcha o’lkalarida aholi tomonidan 

e’zozlanib kelingan. 

Jumladan,  Sohibqiron  AmirTemo’rning  payg’ambar  avlodlari  sanalgan 

sayyidlarga ehtirom ko’rsatib, ularni pir tutgan holda davlat boshqaruvida ularning 

maslahatlariga amal qilganligi yozma manbalarda aks etgan. 

Masalan, Amir Temur xuzurida faoliyat yuritgan mashhur olim, to’liq ismi 

Abul Hasan Ali ibn Muhammad ibn Ali as-Said ash-Sharif al-Jurjoniy al-Xanafiy 

                                                           

54

Rajabov.R. O’zbekistondagi arablar tarixi va etnografiyasi-T.Sharq.2012-120.b 



42 

 

bo’lgan al-Jurjoniy (1340-1413) bilan bog’liq  saqlanib qolgan ma’lumotlarni kel- 



tirish  mumkin.  Jurjoniy  bilan  o’z  davrining  yetuk  diniy  ulamosi,  Amir  Temur 

istagi  bo’yicha  Samarqandda  faoliyat  yuritayotgan  Sa’daddin  ibn  Umar  ibn 

Abdulloh at-Taftazoniy (1322-1390) orasida Sohibqiron  xuzurida bo’lib o’tgan il-

miy  baxsda  Amir  Temur  shunday  deydi:  “Bu  ikki  olim  fazilat  va  irfonda  teng 

ekanligini  bilsak  ham,  Jurjoniyning  nasab  jihatdan  ustunligi  bor.  Ya’ni  u  ham 

sayyid, ham sharifdir, Taftazoniy esa bizlar kabidir”

55

.  


Manbalardan  Buxoro  amirlari  sayyidlar  xonadoni  bilan  quda-andachilikni 

yo’lga  qo’yganliklari,  shu  tufayli  ulardan  bir  necha  nafarining  ismi  va  unvoni 

oldida  sayyid  atamasi  qo’shib  ishlatilgani  ma’lum.  Xuddi  shunga  o’xshash  holat 

Xiva  xonligida  ham  ko’zga  tashlanib,  so’nggi  hukmdor  sulolasi  bo’lmish 

qo’ng’irotlar  xonadoni  vakillarining  sayyidlar  bilan  qarindoshlik  rishtalarini 

bog’laganliklari  va  o’z  unvonlariga  faxriy  ma’noda  “sayyid”  unvonini 

qo’shganliklari manbalarda qayd etilgan. 

Sayyidlar son jihatdan kamchilikni tashkil etib, asosan shaharlarda, ko’proq 

boshqaruv  markazlari    poytaxt  va  yirik  shaharlarda  yashashgan

56

.  Ular  davlat 



boshqaruvida alohida imtiyozga ega bo’lishlari barobarida madaniy-ma’rifiy ishlar 

bilan  shug’ullanishgan  va  madrasalarda  mudarrislik  qilishgan.  Shuningdek, 

qozilarning ko’pchiligi sayyidlardan tayinlangani haqida ma’lumotlarning uchrashi 

ularning islom ahkomlarini yaxshi biladigan shaxslar sifatida huquq sohasiga keng 

jalb  qilinganligidan  darak  beradi.  Bizgacha  yetib  kelgan  yozma  manbalar  va 

aholidan yig’ilgan etnografik materiallar sayyidlarning Buxoro, Toshkent, Qo’qon 

kabi yirik shaharlarda istiqomat qilib kelganliklarini ko’rsatadi. 

XX  asrning  80-yillarida  Farg’ona  vodiysi  arablarini  tadqiq  etgan              

S.S. Gubayeva Farg’ona vodiysida azaldan arablar, uyg’urlar, dunganlar, eroniylar, 

tatarlar ham yashab kelganliklari haqida ma’lumot beradi. 

“Farg’ona vodiysining azaliy o’troq aholisi orasida O’rta Osiyo hududida va 

                                                           

55

Yiiksel М.. Timurlularda Din-Devlet tlikisi. - Anqara, 2009. -  86-87-b. 



 

56

 Rajabov.R. O’zbekistondagi arablar tarixi va etnografiyasi-T.Sharq.2012-124.b 



 


43 

 

musulmon  olamida  bo’lgani  kabi,  -  deb  yozadi  S.S.  Gubayeva,  -  sayyidlar  va 



xo’jalar,  o’zlarini  Payg’ambar  Muhammad  (s.a.v.)ning,  sahobalarning,  umuman, 

arablarning, hatto, mahalliy aziz-avliyolarning avlodlari deb hisoblovchi imtiyozga 

ega bo’lgan toifasi yaqqol ajralib turadi”. Ularning hammasi o’zlarini “oq suyak” 

hisoblab, qolgan barcha aholini “qorachalar” deb ajratadilar

57



Xo’jalarning  eng  favqulodda  jihatlari  faqat  yaqin  qarindoshlari  va 



qavmdoshlari  bilan  qiz  berib,  qiz  olishda  namoyon  bo’lardi.  “Qoracha”lar  bilan 

nikohga kirishish taqiqlangan, bu eng avvalo, xotin-qizlarga tatbiq etilardi, ammo, 

bunga erkaklar ham itoat etardilar. Bu taqiq ularning tasavvuriga ko’ra, go’yo turli-

tuman baxtsizliklar (masalan, bedavo dardga chalinish, aqldan ozish, jarohat olish 

va  boshqalar)  nafaqat  ularning  o’zini,  balki  bir  necha  avlodiga  ham  ta’sir  qilishi 

mumkin deb talqin qilinar edi. 

Xo’jalarning, imtiyozli mavqelariga qaramay, katta qismi oddiy mehnatkash 

kishilar edilar. Mohir dehqonlar, qo’li gul hunarmandlar ular orasida ko’p bo’lgan. 

Ular Farg’ona vodiysining suv chiqmaydigan juda ko’p qaqroq yerlarini o’zlashtir- 

ganlar.


  Masalan,  bundan  150-200  yil  muqaddam  Marg’ilondan    Quvasoy 

tumanining  Xo’jaqishlog’iga  ko’chib  kelib,  shu  joyga  asos  solgan  25  nafar  arab 

xonadonlari  Isfayramsoydan  adirlarni  teshib  bo’lsada,  suv  olib  kelib,  toshloq, 

quruq yerni gullagan vohaga aylantirganlar

Yuqorida  aytib  o’tilganidek  sayyidlardan  bir  qismi  qishloqdarda  ham 



yashaydilar. Ularni ko’proq  aholisining asosiy qismini xo’jalar yoki chig’atoy deb 

ataluvchi  o'zbek  va  tojik  tilli  guruhlar  tashkil  qiluvchi  qishloq  va  mahallalarda 

istiqomat  qilishi  ko’zga  tashlanadi.  Jumladan,  ular  Surxondaryoning  tog’lik  va 

tog’oldi  tumanlaridagi  Dug’oba,  Shotut,  Luchchak,  Qo’rg’oncha,  Dibolo, 

Zervaraz,  Fangad  kabi  qishloqlarida  chig’atoy  va  xo’jalar  bilan  aralash 

yashaydilar.  Faqat  Boysundaryo  havzalaridagi  Luchchak  qishlog’ida  ko’pchilikni 

sayyidlar  tashkil  etishadi

58

.  Shuningdek,  vohaning  Sayrob,  Boysun,  Shayit, 



Passurxi,  Sariosiyo,  Avlod,  Langar,  Omonxona,  Xomkon,  Dashnobod,  Denov, 

                                                           

57

 Губаева С.С. Население Ферганской долины в конце XIX - начале XX в. Т.: Фан, 1991.-С. 10. 



58

Каюмов  А.Р.  Этническая  ситуация  на  территории  Южного  Узбекистана  в  XIX  -  начале  XX  века  (по  материалам 

Сурхан-Шерабадской долины).: Ав- тореф



44 

 

Xo’jayipok, Solliobod kabi qishloqlarida ham aholining sezilarli bir qismi sayyid 



va xo’jalardan iborat

59



Aholi  orasida  xo’ja  deb  yuritiladigan,  tarixiy  manbalarda  esa  xoja  atamasi 

ostida  ma’lum  bo’lgan  aholi  tabaqasi  sayyidlardan  keyingi  mavqeda  turadilar. 

Forscha  “xoja”  -  “sohib,  xo’jayin”  tasavvuf  ta’limotida  tariqat  mashoyiqlariga 

berilgan  unvon  bo’lib,  bu  unvon  asosan  so’fiylar  ustozi  Yusuf    Hamadoniydan 

boshlab ishlatila boshlagan. Jumladan, Xo’ja Yusuf  Hamadoniy, Xoja Abduholiq 

G’ijduvoniy, Xoja Ahmad Yassaviy

Xoja  Bahouddin  Naqshiband,  Xoja  Ahror  Valiy  kabi  mo’tabar  shaxslar  ismiga 

ushbu  faxriy  unvon  qo’shilib  aytilgan.  Bundan  avval  tasavvuf  ulamolari  “shayx” 

deb yuritilgan

60



Eshonlar  esa  ko’p  xollarda  xo’jalar  bilan  bitta  ma’noda,  sinonim  atama 

sifatida ishlatiladi. Ba’zan esa eshon va xo’jalarga alohida-alohida ijtimoiy guruh 

sifatida  qaraladi

61

.  “Eshon”  so’zining  lug’aviy  ma’nosi  bo’yicha  ikki  xil  qarash 



mavjud  bo’lib,  ayrim  tadqiqotchilar  uni  forscha hurmat  ma’nosidagi  eshon  (ular) 

so’zi  bilan  tenglashtirsalar,  bir  guruh  olimlar  uni  turkiycha  esh  “do’st,  esh, 

yo’ldosh”  va  forscha  ko’plik  yasovchi  -on  (-lar)  qo’shmchasi  birikmasidan  hosil 

bo’lgan  so’z  deb  qaraydilar  va  “do’stlar,  yo’ldoshlar,  izdoshlar”  mazmunini 

bildiradi, deb izohlaydilar. 

  

Aftidan,  mazkur  ikki  atama  nisbatan  bir  xil  ijtimoiy  tabaqani  ifodalagan 



bo’lib,  turli  regionlarda  turlicha  ishlatilgan.  Jumladan,  respublikamizning 

Toshkent,  Farg’ona  vodiysi  kabi  shimoli-sharqiy  hududlarida  mazkur  ijtimoiy 

tabaqa  uchun,  asosan,  “xo’ja”  so’zi  ishlatilib,  xuddi  shunday  tabaqa  vakillari 

Buxoro,  Samarqand,  Qashqadaryo,  Surxondaryo  singari  markaziy  va  janubiy 

viloyatlarda  “eshon”  deb  atalgan.  Shunga  qaramay,  har  ikkala  atama 

respublikamizning turli viloyatlarida baravar ishlatilib, ba’zan farqlangan. 

Shuningdek,  oddiy  xalq  orasida  ham  ularni  arablardan  kelib  chiqqan  deb 

                                                           

59

Rajabov.R. O’zbekistondagi arablar tarixi va etnografiyasi-T.Sharq.2012-132.b 



60

O'zbekiston Milliy Ensiklopediyasi. 9-jild. - T.: UzME nashriyoti, 2005. - 447, 525-betlar. 

61

Ergashev E. Beshkent tarixi. - Qarshi: Nasaf, 2000. - 16-bet. 



45 

 

qarash hollari onda-sonda bo’lsa ham uchrab turadi. Biroq ularning mahalliy aholi 



(o'zbek, tojik, turkman, qozoq va hokazo) orasida aralashib yashaganliklari tufayli 

mintaqa arablari bilan to'g'ridan-to'g'ri aloqalari deyarli yo’q hisobi. Ya’ni ularning 

aksariyati  mazkur  xalqlar  yashaydigan  aholi  manzillarida  aralash  (ba’zan  alohida 

mahalla) bo’lib yashashlari tufayli o’zlarini mazkur millatlardan etnik jihatdan de-

yarli farqlamaydilar. 

Hatto, faqatgina xo’jalar  yoki  eshonlardan tashkil topgan aholi manzillarida 

ham  o’zlarini  arab  deb  atash  an’anasi  deyarli  uchramaydi.  Shu  jihatdan  olganda, 

garchi  ular  orasida  payg’ambar  avlodlariga,  xalifa  va  sahobalarga  yoki  bo’lmasa 

arab  lashkarboshilarga  bog’lash  hollari  uchrab  tursada,  ularni  tom  ma’noda 

mintaqa arablari qatoriga qo’shib bo’lmaydi. 

Ayrim hollarda ular orasida o’ziga xosliklar ko’zga tashlansada, bu belgilar 

arablarga  xos  old  osiyolik  ko’rinishidan  ko’ra  ko’proq  fanda  “O’rta  Osiyo  ikki 

daryo oralig’i tipi” deb yuritiluvchi irqni eslatadi. Bu esa mazkur ijtimoiy tabaqa 

vakillarining  kelib  chiqish  jihatidan  tubjoy  mahalliy  etnoslarga,  ehtimol,  so’g’diy 

va qadimgi o’troq turkiy aholiga borib taqalishidan darak beradi. Shunga qaramay 

ular  orasida  o’z  kelib  chiqishlarini  ifodalovchi  ko’p  asrlik  hujjatlar  shajaralariga 

ega  oilalar  mavjud  bo’lib,  bu  esa  xo’ja  va  eshonlardan  xech  bo’lmaganda  bir 

qismining kelib chiqish jiatidan arablarga aloqadorligini tasdiqlaydi

62



O’rta  Osiyo  xalqlari  etnogenezida  ishtirok  etgan  arab  toifalari  orasida 



yuqoridagi  tabaqalardan  tashqari  yana  bir  qator  kichik  ijtimoiy  guruhlar 

qatnashgan. 

Xullas, bir qismi Old Osiyo muhitida shakllangan imtiyozli ijtimoiy toifalar 

(masalan, sayyidlar) O’rta Osiyoda ham o’z mavqelarini saqlab qolgan. Shu bilan 

birga, bu kabi toifalarning bir qismi aynan O’rta Osiyo va unga qo’shni hududlar 

ijtimoiy  muhitida  shakllangan.  Xususan,  “eshonlar”  toifasining  tashkil  topishi 

bevosita ushbu mintaqaga aloqadordir. 

                                                           

62

Rajabov.R. O’zbekistondagi arablar tarixi va etnografiyasi-T.Sharq.2012-134.b 



 

46 

 


Download 0.77 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling