Uzoqov ilhom shoniyozivich XIX asr oxiridan mustaqillik yillarigacha o


III BOB. MINTAQA ETNOMADANIY JARAYONLARIDA


Download 0.77 Mb.
Pdf ko'rish
bet4/6
Sana08.05.2020
Hajmi0.77 Mb.
#104194
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
xix asr oxiridan mustaqillik yillarigacha ozbekistonda arablar hayoti tarixi manbashunosligi


III BOB. MINTAQA ETNOMADANIY JARAYONLARIDA  

ARABLAR 

 

        3.1.  Movarounnahrdagi etnomadaniy jarayonlarda arablarning o’rni 

Ma’lumki,  arablarning  Movarounnahrga  kirib  kela  boshlagan  ilk  davridan 

bugungi  kungacha  ming  yildan  ortiq  vaqt  o’tdi.  Kechgan  bu  davr  mobaynida 

arablar ham o’rta osiyolik boshqa etnoslar qatori mahalliy aholining bir parchasiga 

aylana borib, mintaqada yuz bergan ijtimoiy-siyosiy va etnomadaniy jarayonlarda 

faol ishtirok etganlar. 

VIII  asrning  birinchi  yarmiga  borib  taqalsada,  bu  jarayon  keyingi  asrlarda 

ham  davom  etgani  ma’lum.  Xususan,  Amir  Temur  davrida  Arabiston 

yarimorolidan  bir  guruh  arab  jamoasining  mintaqaga  ko’chirib  keltirilganligi 

haqida rivoyatlarning keng tarqalganligi va aholi orasida haligacha bu haqda turli-

tuman  hikoyalarning  saqlanib  qolganligi

63

  ma’lum.  Yozma  manbalarda  ham, 



garchi  batafsil  bo’lmasada,  Amir  Temurning  arab  o’lkalaridan  bir  necha  minglab 

aholini  ko’chirganligi  haqida  ma’lumotlar  uchraydi.  Jumladan,  Rui  Gonzales  de 

Klavixo Amir Temur tomonidan Movarounnahrga ko’chirib keltirilgan aholi sonini 

bir  yerda  100  ming  deb  ko’rsatsa,  boshqa  bir  joyda  200  mingdan  ortiq  deb 

keltiradi.  Ular  orasida  albatta  arablar  ham  bo’lgan,  chunki  mazkur  ispan  elchisi, 

ko’chirib keltirilganlar orasida arablar, usmonli turklar va armanlarni alohida qayd 

etgan. 

Shu o’rinda, Amir Temurning arab mamlakatlariga nisbatan tutgan siyosatiga 



baho beradigan bo’lsak, u o’z tuzuklarida boshqa xorijiy davlatlar qatorida, arablar 

yashaydigan  mamlakatlar  bilan  ham  tashqi  siyosatda  yaxshi  qo’shnichilikda,   

tinch-totuv yashashning tarafdori ekanligi, ular bilan iqtisodiy, madaniy, siyosiy va 

diplomatik  aloqalarni  yanada  yaxshilashning  muhimligini  qayta-qayta  bayon 

qilgan. 

                                                           

63

Rajabov.R. O’zbekistondagi arablar tarixi va etnografiyasi-T.Sharq.2012-98.b  



47 

 

Sohibqiron o’z tuzuklarida uchta kengashni va “O’zga mamlakatlarni istilo 



etishning  tuzuklari”  qismlarini  arab  mamlakatlariga  bag’ishlagan.  “Qaysi 

mamlakatda  dindan  qaytishlik  va  xudosizlik  kuchaysa,  -  deb  ta’kidlaydi  Amir 

Temur  o’z  tuzuklarida,  -  u  diyorning  aholisi,  sipotu  raiyat

64

  turli  maslakka  kirib 



ittifoqlari buzilsa, u mamlakatning halokati yaqindir. Chinakam jahongir podshoh, 

unday yurt ustiga bosqin qilishi lozim.  

Arab  mamlakatlariga  qarshi  olib  borilgan  urushlarga  ham  aynan  ana  shu 

holatlar sababchi bo’lgan. 

Shu o’rinda ta’kidlab  o’tish  lozimki,  asosan,  Arabiston  yarimoroli  va  unga 

qo’shni  hududlar  aholisining  asosiy  qismini  qadim  somiy  xalqlaridan  bo’lmish 

arablar tashkil etib, ular Iroq; (Iroqi arab), Shom (Suriya), Yaman, Hijoz, Misr va 

hokazo  nomlar  bilan  yuritilgan  tarixiy  o’lkalarda  mutloq  ko’pchilikni  tashkil 

etardilar. Faqat Amir Temur va Temuriylar davrida mazkur o’lkalarning boshqaruv 

jilovi,  asosan,  turkiy  sulolalar  qo’l  ostida  bo’lib,  Misrda  Mamluk  sultonlari  deb 

ataluvchi  qipchoq  turklari,  Iroq  va  Shom  (Suriya)da  o’g’uz  turklariga  mansub 

Qoraquyunli  va  Oqquyunli  turkman  sulolalari  hukm  surar  edilar

65

.  Shuningdek, 



Amir  Temurning  siyosat  sahnasiga  chiqishi  arafasida  arab  o’lkalarining  bir 

qismidagi  aholi  Iroq  va  g’arbiy  Eron  atrofidagi  arablar  turk-  mo’g’ul  urug’lariga 

mansub  Jaloyiriylar  sulolasi  qo’l  ostida  edi

66

.  Ayni  paytda  arab  o’lkalarini  o’z 



hukmi  ostiga  olish  harakatiga  tushgan  Usmonli  turk  sultonlari  Iroq  va  Shomga 

tomon harakatga kelgan bir davr edi. 

Darvoqe, u  Usmonlilar, Jaloyiriylar va Qoraqo’yunlilarni bir yoqli qilgach, 

arab  o’lkalaridan  Iroq  va  Shomda  o’z  hukmronligini  o’rnatadi  hamda  Misr  va 

uning  atroflaridagi  arab  o’lkalarida  hukm  surayotgan  turkiy  Mamluk  sulolasiga 

ham u ustunligini qabul ettiradi

67



Binobarin, mazkur sulolalar qo’l ostidagi arab o’lkalari aholisi orasida Amir 



Temurni  xaloskor      sifatida kutib olgan  mahalliy toifalar ham bo’lgan. Demak, 

                                                           

64

Raiyat - soliq to’lovchi aholi. 



65

Bosvort K.E. Musulmon sulolalari. Tarjimonlar O. Sharafiddinov, A. Samad. - T.: Fan, 2007. - 88-bet. 

66

O’sha asar. - 191, 197-200-betlar. 



67

O’sha asar. - 164,192-197-betlar.

 


48 

 

 



Amir  Temur  qo’lga  kiritilgan  mamlakatlardan,  shu  jumladan,  arab  o’lkalari 

aholisidan  bir  qismini  To’ron  zaminga  ko’chirib  keltirar  ekan,  albatta,  ular 

orasidan  o’z  yurtida  hunarmand,  me’mor  yoki  o’sha  davrda  xalq  orasida  yuqori 

rag’bat ko’rgan boshqa kasb egalarini alohida tanlab olishga harakat qilgan bo’lib, 

yuqorida ham keltirib o’t ganimizdek, bu o’sha davr yozma manbalarida o’z aksini 

topgan. Sohibqiron o’z saltanati poytaxtida yirik bunyodkorlik ishlarini olib borish 

va  ilm-fanni  rivojlantirish  maqsadida  xorijlik  hunarmand,  me’mor  va  olimlarni 

Samarqandga  keltirish  davomida  arablar  orasidan  ham  bevosita  shu  toifadagi 

kishilarni tanlab olgan bo’lsa ajab emas. 

Bu  davrda  Ibn  Arabshox  o’zining  “Ajoyib  al-mavdur  fi  axbori  Taymur” 

(“Temur haqidagi xabarlarda taqdir ajoyibotlari”) nomli asarida keltirgan quyidagi 

ma’lumot  guvohlik  beradi:  “Muhaddis  (olim)lardan  Shayx  Shamsuddin 

Muhammad ibn al-Jazoriy, Temur uni Rumdan olib kelgan bo’lib, u fitnadan oldin 

o’z  vatani  Shomdan Misrga  kelgan,  undan  (Misrdan)  yana Rumga  qochib o’tgan 

edi”. 

Muhtaram Prezidentimiz I. Karimov ta’kidlaganlaridek: “Hazrati Amir Temur 



butun dunyodan va o’z yurtimizdan mohir me’morlarni, qo’li gul hunarmandlarni 

o’z  poytaxtini  barpo  etishga  jalb  qildi,  ularni  ana  shu  oliy  janob  maqsad  yo’lida 

birlashtirdi.  Ularning  salohiyati,  aql-zakovatini  safarbar  etish,  ijodlariga  ilhom 

bag’ishlab,  olamda  tengi  va  o’xshashi  bo’lmagan  me’moriy  mo’jizalarni  bunyod 

qildirdi”

 

68



.Amir  Temur  o’zga  yurtlar  istilosi  davrida  o’zi  bilan  birga  ko’chirib 

keltirgan  arablarning  oila  a’zolariga  ham  katta  g’amxo’rlik  qiladi.  Ularning 

farzandlarini  komil  inson  bo’lib  yetishishlarida  amaliy  yordamlar  beradi.  Ana 

shundaylardan biri Ibn Arabshoxdir. U Amir Temur saroyida tarbiyalanib voyaga 

yetadi. Keyinchalik u o’zining Amir Temur faoliyatini aks ettiruvchi mashhur tari-

xiy asarini yozadi. 

Xullas,  arablarning  O’rta  Osiyoga  migratsiyasining  yangi  bosqichi  Amir 

                                                           

68

Karimov I. Amir Temur - faxrimiz, g’ururimiz. - T.: O'zbekiston, 1998-41-bet. 



 

49 

 

Temur  davriga  to'g'ri  kelib,  ular,  asosan,  Arabiston  yarimoroli  va  unga  tutash 



hududlardan,  xususan,  Suriya  va  Iroqdan  ko’chirib  keltirilgan  aholi  bo’lishi 

ehtimoli yuqori. 

Demak,  O’rta  Osiyoga  ilk  o’rta  asrlarda  boshlangan  arab  migratsiyasi 

keyingi o’rta asrlarda ham davom etgan bo’lib, bu haqda Temuriylar davri yozma 

manbalari va aholi orasida saqlanib qolgan turli rivoyatlarda qiziqarli ma’lumotlar 

uchraydi


69

.  


Arablarning O’rta Osiyo hududida tarqalishi ming yillik bir davrni o’z ichiga 

olgan jarayon bo’lib,  mintaqadagi siyosiy o’zgarishlar bilan chambarchas bog’liq 

edi.  Garchand,  Movarounnahrga  arablarning  ilk  kirib  kelishi  bilan  bog’liq 

tafsilotlar o’z davri manbalarida aks etgan bo’lsada

70

, oradan o’nlab asrlar o’tishi 



natijasida  arablarning  mahalliy  xalqlarga  singishib  ketgani  bois,  mintaqadagi  bu 

davr  etnomadaniy  jarayonlarida  ularning  aynan  qay  darajada  o’rin  tutganligini 

izchil ravishda kuzatish yoki bu haqda aniq tasavvurlar hosil qilish ancha mushkul. 

Chunki mazkur arab guruhlari tilida afg’on tiliga xos so’zlar uchrab

71

, bu esa 



ular  ma’lum  muddat  mintaqaning  janubiy  hududlarida  yashaganlar,  degan 

mazmundagi fikrga turtki beradi.  

Mintaqa  arablarining  siyosiy  va  etnomadaniy  jarayonlarda  qay  darajada 

ishtirok  etganliklarini  nisbatan  aniqroq  va  yaqqolroq  kuzatish  imkoniyati  esa 

faqatgina  so’nggi  o’rta  asrlar  davri  uchun  xosdir.  Chunki,  bu  davrda  mintaqa 

arablari  bilan  bog’liq  etnomadaniy  jarayonlarni  yozma  manbalar  orqali    ham 

Buxoro  amirligining  mahalliy  tarixnavislari  asarlari,  ham  XVII  -  XIX  asrlarda 

mintaqaga  tashrif buyurgan  rus, ingliz, fors  elchi va  sayyohlari  esdaliklari  hamda 

rus  geograf,  etnograf  va  sharqshunos  olimlari  to’plagan  ma’lumotlar  asosida 

yoritish mumkin. Bundan tanshqari, bu davr nisbatan yaqin o’tmish bo’lgani bois, 

shu paytgacha saqlanib qolgan  jonli hikoya  va rivoyatlar ham  bu  haqda  muayyan 

tasavvurlar hosil qilish imkonini beradi. 

                                                           

69

Rajabov.R. O’zbekistondagi arablar tarixi va etnografiyasi-T.Sharq.2012-104.b  



70

Narshaxiy, Abu Bakr. Buxoro tarixi. Fors tilidan A. Rasulov tarjimasi. - T.: Kamalak, 1991. - 115-125-betlar. 

71

O’sha asar. - 3-5.b. 



50 

 

Arablarning O’rta Osiyoning ichki regionlariga kirib kelishining navbatdagi 



bosqichi Temuriylar davridan keyin so’nggi o’rta asrlarga borib taqaladi. 

Amudaryoni  kechib  o’tib,  mamlakatimizning  markaziy  hududlarida  yangi 

makon tuta boshlagan

72

 davri mintaqada Shayboniylar, Ashtarxoniylar, Mang’itlar 



kabi  o'zbek  sulolalari  hukm  surgan  davrga  to'g'ri  keladi.  Ta’kidlash 

joizki,arablarning  mintaqa  etnomadaniy  jarayonlarida  ishtirokining  bu  davrini 

yoritish imkoniyati nisbatan ancha qulay. 

Xususan,  Shayboniylar  sulolasi  1513-yilda  Shimoliy  Xuroson  va  Balxni 

qo’lga  kiritgach,  ushbu  sulolaga  mansub  o'zbek  shaxzodalaridan  Ubaydulla  va 

Jonibek  sultonlar  tomonidan  mazkur  hududlardagi  aholining  bir  qismi 

Movarounnahrga  ko’chirganligiga  doir  ma’lumotlar  saqlanib  qolgan.  Xususan, 

Jonibek  sultonning  Balx,  Shibirg’on  va  Andxuy  aholisini  o’z  mulkiga  tushgan 

Zarafshon  vohasiga  ko’chirganligi,  ular  orasida  Afg’onistonlik  arablar  ham 

bo’lganini tasdiqlaydigan dalillar uchraydi

73



So’nggi o’rta asrlarda O’rta Osiyodagi Buxoro, Xiva, Qo’qon kabi mavjud 



uch  o'zbek  xonligi  orasida  arablar  eng  ko’p  tarqalgan  hudud  Buxoro  bo’lgan. 

Xususan,  ushbu  xonlik  (keyinchalik  amirlik)ning  markaziy  hududlari    Buxoro, 

Samarqand va Qashqadaryoda arablar aholining sezilarli bir qismini tashkil qilgan 

bo’lsa,  janubiy  va  janubi-  sharqiy  hududlar    Surxon  vohasi,  Ko’lob  va  Shimoliy 

Afg’onistonda ham ularning miqdori anchagina bo’lgan

74



Shuningdek,  Buxorodagi  yuqori  mansablardan  sanalgan  parvonachining 

asosiy  vazifalaridan  biri  amirlikdagi  arablarni  boshqarish  bo’lgan

75

.  Buxoro 



amirligidagi  boshqaruv  apparati  -  devonlarga  taalluqli  hujjatlarda  mazkur 

devonning vazifalariga arablarni nomuntazam qo’shinga jalb qilish, bir tumandan 

boshqa  tumanga  ko’chib  o’tishini  nazorat  qilish,  favqulodda  vaziyatlar  sababli 

                                                           

72

Doniyorov  A.,  Bo’riyev  O.,  Ashirov  A.  Markaziy  Osiyo  xalqlari  etnografiyasi,  etnogenezi  va  etnik  tarixi.  -  T.: 



Yangi nashr, 2011. - 204-205-betlar. 

73

Волин С.А. К истории среднеазиатских арабов // Сб. Труды второй сессии ассоциации арабистов.-М.-Л.: 



Изд-во АН СССР, 1941.-С. 126. 

74

Шпажников Г.А. Религии стран Западной Азии. Справочник. - М.: Наука, 1976.-С. 197. 



75

Семенов А.А. Бухарский трактат о чинах и званиях и об обязанностях носителей их в средневековой 

Бухаре // Советское Востоковедение. V. - М.-Л., 1948..-С. 142. 


51 

 

to’planadigan soliqlarni to’plash va h.k. kirganligi qayd etiladi



76

Shu  o’rinda  haqli  bir  savol  tug’ilishi  tabiiy.  Xo’sh,  Buxoro  amirligida 



arablar  bilan  shug’ullanadigan  maxsus  devon  mavjud  bo’lganligi  aynan  qanday 

omillar  bilan  bog’liq?  Axir,  amirlikda  o’nlab  elatlar  yashagan  bo’lsa-yu,  ular 

orasida  faqat  bitta  etnosning  boshqaruvi  uchun  maxsus  devon  ajratilgan  bo’lsa 

Avvalo aytib o’tish lozim, bu savollarga javob beradigan aniq dalillarni hozircha 

uchratmadik.  Ehtimol,  bu  arablardan  sezilarli  bir  qismining  Mang’itlar 

hukmronligi  davrida  Shimoliy  Afg’onistondan  amirlikning  ichki  hududlariga 

ko’chganligi yoki ko’chirilganligi

77

 bilan bog’liq bo’lishi mumkin. 



Ya’ni  yangi  ko’chirib  keltirilgan  aholi  bilan  bog’liq  ravishda  muayyan 

muammolar  kelib  chiqishi  tabiiy  bo’lganligi  va  ularni  hal  etish  alodida  e’tiborni 

talab  qilganligi  uchun  ham  maxsus  devon  tuzilgan  va  uning  boshqaruviga 

parvonachi mas’ul qilingan bo’lishi mumkin. 

Arablar  nisbatan  keng  tarqalgan  hudud  sifatida  Buxorodan  ikkinchi  o’rinda 

turgan Xiva xonligida esa ular xonlikning markaziy hududlari - Xorazm vohasi va 

atroflari    qoraqalpoqlar    yashaydigan  hududlar  bilan  birgalikda  Buxoro 

amirligidagi  Chorjo’y  viloyatida  ham  alohida  qishloq  yoki  mahallalarga  ega 

bo’lishgan. 

O’rta Osiyo arablari, jumladan, movarounnahrlik arablarning mintaqa etnik 

jarayonlarida  ishtiroki  masalasini  yoritishda  yordam  bera  oladigan  omil  ularning 

mahalliy  xalqlarga  xos  urug’-qabilachilik  tizimida  qanday  o’rin  tutganligini 

aniqlashdir.  Ma’lumki,  O’rta  Osiyoning  bir  qator  tubjoy  xalqlarining  shakllanish 

jarayoni  so’nggi  o’rta  asrlarda  ham  davom  etib,  bu  jarayonlar  o’sha  davr  yozma 

manbalarida, xususan, urug’ shajaralari ro’yhatlarida o’z aksini topgan. Jumladan, 

XVI  asrdan  boshlab  qog’ozga  tushirila  boshlagan  “to’qson  ikki  bovli  o'zbek” 

urug’i ro’yhatlarida 92 nafar urug’dan biri sifatida “arab” etnonimi qayd etiladi

78



                                                           

76

Rajabov.R. O’zbekistondagi arablar tarixi va etnografiyasi-T.Sharq.2012-103.b 



77

Rajabov.R. O’zbekistondagi arablar tarixi va etnografiyasi-T.Sharq.2012-107b 

 

78

Султанов Т.И. Опыт анализа традиционных списков 92 «племен ила- тийа» // Средняя Азия в древности и 



средневековье. - М.: Наука, 1977. - С. 17;  

52 

 

Xususan, Sayfiddin Axsikandiyning “Majmu’ ut-tavorix” nomli asarida (XVI asr) 



keltirilgan  92  o'zbek  urug’ining  biri  sifatida  ellik  ikkinchi  o’rinda  arab  etnonimi 

keltiriladi

79

.  Shuningdek,  XIX  asr  ikkinchi  yarmida  Qo’qon  xonligi  muhitida 



yaratilgan  Diaz  Muhammad  ibn  Mulla  Ro’zi  Muhammad  So’fi  Diyor  qalamiga 

mansub “Tuhfat ut-tavorixi xonimiy” asarida qayd etilgan o'zbek urug’lari qatorida 

ushbu  etnonimning  ham  joy  olganiga  guvoh  bo’lish  mumkin

80

.  Qariyb  ayni 



paytlarda  rus  tadqiqotchisi  D.  Xoroshxin  tomonidan  o'zbek  urug’lari  bo’yicha 

topilgan  ma’lumotlarda  ham  arab  etnonimi  g’arab  shaklida  keltirilgani  ko’zga 

tashlanadi

81

.  Shuningdek,  Xorazm  vohasida  1955-yildan  boshlab  o’tkazilgan 



arxeologik-etnografik  ekspeditsiya  a’zolari  yiqqan  dala  materiallarida  vohada 

yashaydigan  o’zbeklarning  urug’  tarkibiga  oid  ma’lumotlar  ham  diqqatga 

sazovordir.  Ushbu  ma’lumotlarda  vohada  56  nafar  o'zbek  urug’i  yashashi  qayd 

etilgan bo’lib, ular orasida arab etnonimi ham joy olgani e’tiborga molik

82



Ma’lumki,  O’rta  Osiyoga  kirib  kelishi  arafasida  arablarning  asosiy  qismini 



ko’chmanchi  qabilalar  tashkil  etgan  bo’lib,  ularning  bir  qismi  mintaqaning 

boshqaruv  markazlarida  shaharlarda  yashay  boshlagan  bo’lishi  barobarida  bir 

qismi chorvachilikka mos hududlarda o’zlarining an’anaviy turmush tarzini davom 

ettirib,  ko’chmanchi  hayot  kechirishda  davom  etganliklari  va  pirovardida  urug’-

qabilaviy  an’analarini  uzoq  asrlar  davomida  saqlab  qolishlari  uchun  sharoit 

tug’ilganligini nazardan qochirmaslik kerak. Bu esa ularning XV asr oxiri  XVI asr 

boshlarida  mintaqaning  Movarounnahr  va  Xuroson  qismida  asosiy  qo’shinlarini 

o'zbeklarning  ko’chmanchi  toifalari  (qabila  va  urug’lar)  tashkil  qilgan 

Shayboniylar sulolasining o’z hokimiyatini yoya boshlagan paytidagi voqeliklarda 

faol  ishtirok  etganliklaridan  darak  beradi.  Ya’ni,  bu  Movaronnahr  va  Xurosonda 

                                                           

79

Ushbu asarning bir nusxasi Rossiya Fanlar akademiyasi Sharqshunoslik institutining Sankt-Peterburg bo’limi (LO 



IVAN  RF)  qo’lyozmalar  fondida  V-667,  №  963  raqami  ostida,  boshqa  bir  nusxasi  esa  Qirg’iziston  Respublikasi 

Fanlar Akademiyasining Til va adabiyot instituta manbashunoslik sektorida saqlanadi. 

80

Султанов Т.И. Опыт анализа традиционных списков 92 «племен ила- тийа» // Средняя Азия в древности и 



средневековье. - М.: Наука, 1977. - С. 167, 170-171. 

81

Хорошхин А. Народы Средней Азии (историко-этнографические этюды) //Туркестанские ведомости. - Т., 



1871. -№ 9-10. 

82

Снесарев Г.П. Объяснительная записка к  «Карте расселения узбеков на  территории Хорезмской области 



(конец XIX - начало XX вв.)» // Хозяйственно-культурные традиции народов Средней Азии и Казахстана. - 

М.: Наука, 1975,- С. 79. 

 


53 

 

istiqomat  qilib  kelayotgan  arablarning  ko’chmanchi  turmush  tarzi  ustuvor  qismi 



mintaqaning  o’zlariga  o’xshash  ko’chmanchi  hayot  tarziga  ega  boshqa  etnoslari 

bilan  etnik  konsolidatsiyalashuv  jarayonlariga  tortilganligining  o’ziga  xos 

ifodasidir. Ayniqsa, o’sha paytda ham mintaqa arablarining Amudaryo  - Sirdaryo 

oralig’idagi  hududlar:  Samarqand,    Qashqadaryo,    Surxondaryo,  Balx  yo’nalishi 

bo’ylab cho’zilgan yaylov-dasht guzargohida ko’chmanchi-chorvador bo’lib hayot 

kechirganliklari

83

, Shayboniylar qo’shinidagi aksariyat ko’chmanchi o'zbeklarning 



esa  XVI  asr  dan  boshlab  aynan  shu  guzargoxdagi  yaylovlarda  turg’unlasha 

boshlashi  arablarning  “92  bovli  o'zbek”  etnik  uyushmasiga  qo’shilib,  ularning 

urug’laridan biriga aylanishiga zamin yaratgan. 

Mintaqa  arablarining  o'zbek  urug’lari  tarkibida  joy  olishida  Shayboniylar 

hukmronligidan keyin yuz bergan siyosiy jarayonlarning ham o’ziga xos o’rni bor. 

Xususan, Buxoro amirligida  Mang’itlar sulolasi (1756-1920) hukm so’rgan paytda 

Shimoliy  Afg’onistondagi  Balx  va  atrof-hududlarda  ko’chmanchi  o'zbek 

urug’larining nufusi ortgan bir palla edi. Mazkur hududda esa bir necha asrlardan 

buyon  arablarning  ko’chmanchi  toifalari  yashab,  mahalliy  aholining  bir  qismini 

tashkil etardi. 

            Bu 

yerda 


dastlab 

Shayboniylar, 

keyinchalik 

Mang’itlar 

hukmronligining o’rnatilishi natijasida ushbu arab toifalari ko’chmanchi o'zbeklar 

bilan  chuqur  etnik  aloqalar  jarayoniga  tortiladi.  Shuningdek,  Samarqand,  Buxoro 

va  Qashqadaryo  arablarining  bir  qismida  shimoliy  afg’onistonlik  arablarga 

o’xshash ba’zi jihatlar (urf-odatlar, urug’ nomlari, til xususiyatlari va h-k.) ko’zga 

tashlanadiki,  buning  asosida  mazkur  jarayonlar  yotadi,  deb  hisoblash  asosliroq. 

Jumladan,  Jeynov  (Mirishkor)dagi  mahallalardan  biri  Andxuy  deb  nomlanib, 

ushbu  mahallada  ko’p  yillardan  buyon  Shimoliy  Afg’onistondagi  Andxuy 

viloyatidan  ko’chib  kelgan  arablar  istiqomat  qilishadi.  Tarixiy-  etnografik 

izlanishlar  shundan  darak  beradiki,  arablarning  “sanoniy”  deb  ataluvchi  guruhi 

                                                           

83

Каюмов  А.Р.  Этническая  ситуация  на  территории  Южного  Узбекистана  в  XIX  -  начале  XX  века  (по 



материалам Сурхан-Шерабадской долины).: Ав- тореф. дис.... канд. ист. наук. - Ташкент: ИИАНРУз, 2011. - 

С. 20-21. 



54 

 

Buxoroga  Balxdan,  “shayboniy”



84

  deb  nomlanuvchi  guruhi  esa  Andxuy  va 

Axchidan  kelgan.  Ulardan  birinchisi  Afg’onistondan  Buxoroga  (Vobkent  va 

G’ijduvon  tumanlariga)  ko’chib  kelishi  naql  va  rivoyatlar  hamda  keksalar 

hikoyalariga  ko’ra,  ancha  oldinroq,  XVI  asr  oxirlaridan  boshlangan

85

.  Mazkur 



ikkinchi  guruh  esa  Shimoliy  Afg’onistondan  hozirgi  yashab  turgan  tumanlariga 

ko’chib kelishlari chamasi XVII asrda ro’y bergan. 

Shuningdek,  arablarning  bir  tarmog’i  “balxi  arab”  deb  yuritilishi

86

  asosida 



ham  ularning  Shimoliy  Afg’onistondagi  Balx  viloyatida  yashab,  keyinchalik 

Movaronnahr  hududiga  ko’chgan  arablar  bilan  aloqadorligi  omili  yotadi. 

O'zbekiston  arablarining  bir  qismi  so’nggi  o’rta  asrlarda  Afg’oniston  hududidan 

ko’chib  kelganini  tasdiqlaydigan  yana  bir  muhim  omil  ba’zi  arab  shevalarida 

afg’on  tiliga  xos  xususiyatlarning  uchrashidir.  Xususan,  Jeynov  arablari  tilini 

tadqiq  qilgan  gruziyalik  sharqshunos  olim  G.G.  Chikovani  O'zbekiston  arablari 

lahjalarida afg’on tili ta’siri bor degan fikrni bildiradi. 

Arablarning  urug’-qabilaviy  bo’linishi  bilan  bog’liq  materiallardan  ayon 

bo’lishicha,  O'zbekistonda  yashovchi  arablarning  sezilarli  bir  qismi  qadimiy 

nomlarini  saqlab  qolishgan.  Ahamiyatlisi  shuki,  Tabariy  asarida  o’rin  olgan  100 

dan  ortiq  arab  qabilasi

87

  nomining  bir  qismi  hozirgi  kungacha  yetib  kelgan. 



Jumladan, abdal qays, sanoniy, shaybon, quraysh, yarbo’z kabi

88



To'g'ri, ulardan bir qismi etnonim sifatida unutilgan va hozirgi kunda qishloq 

yoki  mahalla  nomiga  aylangan  bo’lsada,  aholi  orasida  ularning  qabilaviy  nom 

ekanligi  haqidagi  xotiralarning  mavjudligi  bu  fikrni  tasdiqlaydi.  Ayniqsa,  bu 

mintaqa  arablarida  har  bir  qabila  (urug’)  qabristonning  o’zlariga  tegishli  qismida 

o’z  mozor  joylarini  tanlashga  harakat  qilishlari  va  ularni  urug’-qabilaviy  nomlar 

                                                           

84

Shayboniy  -  ushbu  etnonimi  XVI-XVII  asrlarda  O’rta  Osiyoning  katta  bir  qismida  hukmronlik  qilgan  turkiy 



sulola  -  Shayboniylar  nomi  bilan  chalkashtirib  yubormaslik  kerak.  Aslida  mazkur  sulola  tarixiy  manbalarda 

Shiboniylar, Shibon ulusi shakllarida ham uchraydi

85

Rajabov.R. O’zbekistondagi arablar tarixi va etnografiyasi-T.Sharq.2012-135.b  



86

Кармышева  Б.Х.  Очерки  этнической  истории  южных  районов  Таджикистана  и  Узбекистана  (по 

этнографическим данным). - М.: Наука, 1976. - С.112. 

87

История ат-Табари. Избранние отрывки (Перевод с арабского В.И. Беляева. Дополнения к переводу О.Г. 



Большакова и А.Б. Халидова). - Т.: Фан,1897-С. 383-439. 

88

Мамадалиев  Х.М.  Этническое  положение  в  Средней  Азии  в  IX-XII  вв.  (на  основе  материалов 



арабоязычных источников).: Автореф. дис.... канд. ист. наук. - Ташкент: ИИАНРУз, 2010. - С. 16-17. 

55 

 

bilan  atashlarida  yaqqol  ko’zga  tashlanadi.  Bitta  qabilaga  mansub  guruhlar  bir-



biridan  uzoq  bo’lmagan  masofada  yashaganlar.  Bu  ular  o’rtasidagi  aloqalarning 

saqlanib  qolishiga  yordam  bergan.  Shuningdek,  har  bir  qabila  o’zi  yoqtiradigan 

ism  yoki  laqablarni  saqlab  qolgan.  Qabilalar  shu  asosda  bir-birini  ajratgan  yoki 

tanigan. 

So’nggi  5ta  asrlarda arablarning mahalliy aholi bilan singishuv jarayonlari 

qanday  kechganligini  ko’rsatadigan  dalillardan  biri    bu  joy  nomlaridir.  Masalan, 

bunga Koson tumanida joylashgan Rayimso’fi, Bo’rixona, Uyrat, Jadigar (Yodgor) 

kabi  qishloqlar  nomlarini  misol  keltirish  mumkin.  Mazkur  qishloq  nomlariga 

diqqat  qilinsa,  ularning  katta  bir  qismi  o'zbeklarga  xos  urug’  nomlari  bilan 

aloqadorligi ko’zga tashlanadi. Xususan, Bo’rixona qishlog’ining nomini mahalliy 

aholi orasida bo’ri (kapshir) bilan bog’lashsada, aslida bu nom qadimgi turkiylarda 

totem  -  muqaddas  hayvon  hisoblangan  jonivor  nomidan  shakllangan  bo’rya 

etnonimiga aloqadorligi anchagina o’z tasdig’iga ega. 

Etnografik  ma’lumotlardan  ayon  bo’lishicha,  o'zbek  urug’larining  bir 

qanchasida    bo’ri,  boybo’ri    kabi  tupor  (tarmoq)lar  uchraydi.  Xuddi  shunga 

o’xshab boshqa turkiy xalqlarda, jumladan, qirg’izlarda buru, oltoylik turkiylarda 



pure  kabi  etnonimlar  hozirgacha  saqlanib  qolganini  aytib  o’tish  lozim

89

.  Demak, 



Bo’rixona “bo’ri (urug’i) ga mansub aholi” yoki “bo’ri nomli uruqqa mansub aholi 

yashaydigan  qishloq”  ma’nolarida  qo’shni  qishloqlar  aholisi  tomonidan  berilgan 

bo’lishi ehtimoli yuqori. Ma’lumki, mamlakatimizda ikkinchi komponenta “xona” 

so’zi bilan tugaydigan toponimlarning aksariyati biror urug’ yoki etnografik guruh 

bilan  bog’liq  ravishda  yasalishi  odatda  bir  an’anaga  aylangan.  Binobarin, 

O'zbekistonning bir necha viloyatlarida Arabxona nomli qishloqlar mavjud bo’lib, 

mazmunan “arablar yashaydigan qishloq” ma’nosini bildirishi bunga yaqqol misol 

bo’la oladi. 

Darvoqe, bo’ri nomi bilan ko’plab aholi maskanlari bo’lganligi va ularning 

aksariyati  etnotoponimlar  bilan  bog’liqligi  ham  Bo’rixona  qishlog’i  nomining 

                                                           

89

Qaratayev O., Eraliyev S. Qirg’iz etnografiyasi bo’yuncha sezduk. - Bishkek: Biyiktik, 2005. - 112-113-betlar. 



56 

 

urug’  nomidan  kelib  chiqqanligi  haqidagi  fikrni  kuchaytiradi.  Jumladan,  XX  asr 



boshlarida  Buxoro  amirligiga  qarashli  aholi  maskanlari  nomlari  qayd  etilgan 

hujjatlarda Bo’ri Batosh (Beshkent, Qarshi tumani), Bo’ri Bek (Qorako’l tumani), 

Bo’ri Mitan (Pistalik, Kitob tumani) kabi joy nomlari uchrab

90

, ularning aksariyati 



o’zbek  urug’lari  bilan  bog’liq  bo’lishi  mumkin.  O’zbeklarda  bo’ri  bilan  bog’liq 

ko’plab  irim-  sirimlar  saqlanib  qolganligiga,  buning  zamirida  esa  qadimgi 

turkiylarga  xos  totemning  ildizlari  yoritishiga  e’tibor  qaratgan  etnograf  olim        

A.  Ashirov  Andijon  viloyati  Qo’rg’ontepa  tumanida  Bo’rilik, Samarqand  viloyati 

Payariq tumanida esa Bo’ri nomli qishloqlar borligini ta’kidlaydi

91



Shunga  o’xshash  holat  yuqorida  keltirib  o’tilgan  Uyrat  qishlog’i  nomida 

ham ko’zga tashlanadi. Koson tumaniga qarashli Bo’rixona qishlog’iga yaqin aholi 

maskani  bo’lmish  ushbu  qishloqda  ham  arablarga  mansub  kishilar  istiqomat 

qilishadi.  Aslida  turkiy  urug’  nomi  bilan  aloqador  bo’lgan  Uyrat  qishlog’ining 

bugungi  kunda  aholisining  deyarli  barchasi  arablarga  mansubligi  izoh  talab 

qiladigan masaladir. Chunki mazkur qishloq nomining biror arab qavmi nomi yoki 

muayyan  bir  arabcha  so’z  bilan  emas,  turkiy  etnonim  bilan  aloqadorligi  mazkur 

qishloqning paydo bo’lishi murakkab etnomadaniy jarayonlar bilan bog’liqligidan 

darak beradi. Darhaqiqat, XVI asrdan buyon qo’lyozma manbalarda va “92 bovli 

o'zbek  urug’lari”  ro’yhatida  uyrat  atamasi  o'zbek  urug’laridan  birining  nomi 

sifatida  uchrab

92

,  hozir  ham  O'zbekistonning  bir  necha  viloyatlarida  Uyrat  yoki 



Uyrot  nomli  qishloqlar  mavjudligi  fikrimizni  tasdiqlaydi

93

.  Muhimi,  ularning 



aksariyati  o'zbeklardan  iborat  qishloqlar  bo’lib,  aholi  orasida  o'zbeklarning  uyrat 

urug’idan  ekanligi  haqidagi  xotiralar  saqlanib  qolgan.  Jumladan,  Koson 

tumanidagi  mazkur  aholi  maskanidan  tashqari  yana  tumanning  janubiy  hududida, 

                                                           

90

Населенные пункты Бухарского эмирата (конец XIX - нач. XX вв.). Материалы к исторической географии 



Средней Азии. Под редакцией А. Р. Мухаммеджанова. - Т.: Университет, 2001. - С. 33. 

91

Ashirov  A. O'zbek xalqining  qadimiy e’tiqod va  marosimlari. - T.: Alisher Navoiy  nomidagi O'zbekiston  milliy 



kutubxonasi nashriyoti, 2007- 17-bet. 

92

Doniyorov X. Eski o'zbek adabiy tili va Qipchoq dialektlari. - T.: O’qituvchi, 1976, 42-bet; Султанов Т.И. Опыт 



анализа традиционных списков 92 «племен илатийа» // Средняя Азия в древности и средневековье. - М.: 

Наука, 1977.-С. 166. 

93

Снесарев Г.П. Объяснительная записка к «Карте расселения узбеков ка территории Хорезмской области 



(конец XIX - начало XX вв.)» // Хозяйственно-культурные традиции народов Средней Азии и Казахстана. - 

М.: Наука, 1975. - С. 76-77; Нафасов Т. Узбекистон топонимларининг изохди лугати. - Т.: Укитувчи, 1988. - 

188-бет. 

 


57 

 

Kasbi  tumaniga  yaqin  joylashgan  yana  bir  Uyrat  nomli  qishloq  uchrab,  mazkur 



qishloq  aholisi  o’zlarini  o’zbeklarning  uyrat  urug’iga  mansub  deb  biladilar. 

Bundan  tashqari,  aksariyat  elshunos  tadqiqotchilar  uyrat  etnonimining  qadimgi 

shakli  uyg’ur  bo’lganligi  va  ushbu  urug’  nomiga  mo’g’ul  tilida  ko’plik  yasovchi 

qo’shimcha  –t    undoshining  qo’shilishi  natijasida  “uyg’urlar”  ma’nosidagi 



uyg’urat  (uyg’ur+at)  etnonimi  shakllangani  va  keyinchalik  u  uyrat  ko’rinishini 

olganligini ta’kidlashadi. 

Shunga  o’xshash  yana  bir  holatga  yuqorida  keltirib  o’tilgan  Jadigar 

(Yodgor) qishlog’i nomida ham duch kelish mumkin. Koson tumanida joylashgan 

mazkur qishloq aholisini arablarga mansub aholi tashkil etib, garchi qishloq aholisi 

bu  yerni  Yodgor  deb  yuritsalarda,  atrofdagi  o'zbek  qishloqlari  aholisi  tomonidan 

Jadigar tarzida talaffuz qilinadi. 

Ehtimol,  ushbu  nom  ham  turkiy  urug’lardan  biri  jadigar  yoki  jediger 

etnonimi bilan aloqador bo’lishi mumkin. Jumladan, qirg’izlarning yirik bir urug’i, 

qozoq  urug’larining  esa  kichik  bir  tarmog’i  jediger  deb  ataladi

94

.  Tojikiston 



o'zbeklarining  laqay  urug’i  tarkibida  ham  jadiger  deb  ataluvchi  urug’  tarmog’i 

mavjud


95

Yuqorida  ko’rib  chiqilgan  Bo’rixona,  Uyrat,  Jadigar  kabi  etnotoponimlar 



asosida  ushbu  aholi  maskanlari  nomlarining  paydo  bo’lishini  mahalliy  o'zbek  va 

arab  aholisi  orasida  bir  necha  asrlar  davomida  ro’y  bergan  chuqur  etnomadaniy 

aloqalar  natijasi,  deb  talqin  qilish  mumkin.  Ya’ni  bu  hududga  arablar  ko’chib 

kelgunga  qadar  mazkur  qishloqlar  aholisini  asosan  o'zbeklar  tashkil  etib,  ular 

yashash joylarini o’z urug’ nomlari bilan atashgani yoki qo’shni qishloqlar aholisi 

tomonidan  shunday  nom  berilgan  bo’lib,  keyinchalik  arablar  kelib  joylashuvi  va 

mahalliy  aholi  bilan  aralashuvi  natijasida  aholi  orasida  o’zlarini  “arab”  deb 

ataydigan  jamoa  shakllangan  bo’lishi  mumkin.  Shu  o’rinda  mazkur  qishloqlar 

aholisining  yuz  qiyofasida  old  osiyoliklarga  xos  alomatlar  ustuvorlik  qilishini 

ta’kidlab  o’tish  zarur.  Bu  esa  mazkur  hududlarga  arablarning  kompakt  holatda 

                                                           

94

Qaratayev O., Eraliyev S. Qirg’iz etnografiyasi bo’yuncha so’zduk. - Bishkek, 2005.-165-166-betlar. 



95

Nazarov N. Laqaylar etnografiyasi. I. - T., 2007. - 58-bet.

 


58 

 

kelib  joylashgani  va  mahalliy    xalqlar  bilan  etnomadaniy  jarayonlarda  o’ziga  xos 



yetakchi o’rin tutganliklaridan darak beradi. 

Jumladan,  Qashqadaryoning  O’rtacho’l  qismida  yashaydigan  arab 

aholisining  “qorabayir”,  Buxoro  viloyati  Romitan  tumanidagi  arablarning 

“birendi”  kabi  urug’lari  nomi  aslida  turkiy  til  asosida  shakllangan  etnonimlardir. 

“Qorabayir”  so’zi  qadimgi  turkiylarda  zotdor  otlarning  bir  turiga  nisbatan 

ishlatilgan atama bo’lishi barobarida, bir qator turkiy xalqlarda urug’ nomi sifatida 

bo’lganligi  ham  ma’lum.  Mintaqa  arablarining  “birendi”  urug’i  nomi  esa,  garchi 

ayrim  tadqiqotchilar  uni  “bir  hindi”  (“kelib  qolgan  bitta  hindistonlik”  yoki 

“Hindistondan kelgan”)  tarzida  izohlasalar  ham

96

,  aslida  uni  ayrim  turkiy  xalqlar 



orasida mavjud bo’lgan “berendi” (baranli - “qo’yli”) etnonimi bilan aloqador, deb 

hisoblash  yanada  ishonchliroqdir.  Chunki  ushbu  etnonimning  “birindi”  yoki 

“birendi” shakllarida Qashqadaryodagi Qamashi qishlog’i (Kasbi) va Buxorodagi 

Romitan arablari orasida uchrashi bu fikrga asos bo’ladi. 

Mintaqamiz  arablari  tarkibidagi  biror  urug’  nomi  yoki  ular  yashaydigan 

qishloq  nomlari  sifatida  saqlanib  qolgan  Qo’yboqar  (Samarqand),  Boy,  Sori, 

Shamal  (Surxondaryo),  Egizak,  Etikchi,  Qarabayir,  Yakkasaroy  (Qashqadaryo) 

nomlari  ham  shu  nomlardagi  turkiy  etnonimlarga  aloqador  bo’lishi  mumkin. 

Xususan,  bir  qator  turkiy  xalqlarda,  jumladan,  o'zbeklar  tarkibida  kichik  urug’lar 

yoki urug’  tarmoqlari nomi sifatida boy, sori, etikchi kabi etnonimlar uchrashi bu 

fikrni tasdiqlaydi. 

Ko’rinib turibdiki, ushbu urug’ nomlarining katta bir qismini o'zbekcha, bir 

qismini esa tojikcha etnonimlar tashkil etadi. Xususan, qoraxoniy, ko’tiqora, turk, 

beshkal,  qorasoniy,  galabotir,  galatentak  va  galadevona  nomlarining  ba’zilari     

“92  bovli  o'zbek”  urug’lari  ro’yhatidan  o’rin  olgan  bo’lsa,  bir  qismi  esa  mazkur 

ro’yhatda  joy  olgan  urug’larning  bir  tarmog’i  sifatida  uchraydi.  Jumladan,  XVI 

asrdan to so’nggi 5ta asrlargacha o’zbek urug’lari shajaralarida qayd etilgan “turk” 

etnonimi  Tojikiston  arablari  orasida  uchrashi  diqqatga  sazovordir.  Ma’lumki, 

                                                           

96

Tursunov F. Moziyga bo’ylashgan qishloq (Kasbi tumanidagi Qamashi qishlog’i tarixiga bir nazar). - Qarshi: 



Nasaf, 2006. - 16-17-betlar. 

59 

 

ushbu etnonim milodiy ilk o’rta asrlardan boshlab O’rta Osiyoning katta qismida, 



asosan, mintaqaning shimoli- sharqiy qismida ko’chmanchi va yarim ko’chmanchi, 

qisman esa o’troq hayot kechirgan yuzlab qabila va urug’larga bo’lingan turkiy tilli 

aholisi  uchun  umumlashtiruvchi  nom  sifatida  qo’llanilib  kelishi  barobarida,  VI 

VIII asrlarda Markaziy Osiyo va unga qo’shni hududlarning katta bir qismida o’z 

saltanatini  barpo  qilgan  Turk  xoqonligi  (551—  745)ga  asos  solgan  urug’  nomi 

sifatida  bilinadi

97

.  Mazkur  davlatga  asos  solgan  “turk”  qabilasi  o’sha  davrda 



qipchoq, o’guz, uyg’ur kabi dashtlarda yashovchi ko’chmanchi turkiy qabilalardan 

farqli  holda,  asosan,  tog’lik  qabila  bo’lgan  va  temir  qazib  olish  bilan 

shug’ullanishgan.  Amudaryo  -  Sirdaryo  oralig’i  yoki  boshqa  bir  nomi 

Movarounnahr  bo’lgan  hududda  ham  ming  yildan  buyon,  asosan,  Farg’ona 

vodiysida tog’lardan boshlanib, Turkiston, Hisor tog’ tizmalarida daralar va kichik 

tog’ vodiylarida yashab kelayotan o'zbeklarning aksariyati turk (turk-barlos, turk-

qarluq, turk-kaltatoy, turk-musobozori) nomi bilan ataladi

98



Ayniqsa,  Hisor  tog’ining  O'zbekiston  va  Tojikiston  qismlarida  yashovchi 

o'zbeklarning  katta  bir  qismini  “turk”  deb  nomlanuvchi  o'zbeklar  tashkil  etadi. 

Qizig’i shundaki, mazkur hududda, ya’ni Janubiy Tojikistonda istiqomat qiluvchi 

arablarning bir urug’i “turk” deb atalishining zamirida ham bu hududda yuz bergan 

faol  etnik  aloqalar  yotadi,  har  holda  bu  Janubiy  Tojikiston  arablarining  etnik 

shakllanishida  mazkur  o'zbek  urug’ining  ishtiroki  katta  bo’lganligidan  darak 

beradi. 

Bundan  tashqari,  Surxondaryo  va  Tojikistonning  janubiy  viloyatlaridagi 

arablar  orasida  uchraydigan  qoraxoniy,  qorabek,  beshkal,  qorasoniy,  galabotir, 

galatentak  va  galadevona  etnonimlarining  turkiy  xalqlar,  shu  jumladan,  o'zbek 

urug’lari  tarkibida  uchrashi  barobarida  ushbu  urug’  nomlarining  lisoniy  jihatdan 

turkiy  tillar  asosida  yasalishidir.  Jumladan,  “qoraxoniy”  etnonimining  birinchi 

qismi qadimgi turkchada sara/sora “qora (tus)”ni bildirishi bilan birgalikda, “katta, 

                                                           

97

Ziyo A. O'zbek davlatchiligi tarixi. - T: Sharq, 2001. - 80, 85-betlar; Boboyorov F. Choch tarixidan lavhalar (Ilk 



o’rta asrlar). - T.: Yangi nashr,2010,-119-bet. 

98

Кармышева  Б.Х.  Очерки  этнической  истории  южных  районов  Таджикистана  и  Узбекистана  (по 



этнографическим данным). - М.: Наука, 1976. - С. 72 

60 

 

ulug”,  “shimol”  ma’nolarini  bildirib,  unvon  larni  darajalovchi  epitet  (sifat)  ham 



bo’lgan

99

.  Ushbu  etnonimning  ikkinchi  qismi  xan,xon  so’zi  esa  qadimdan  yirik 



turkiy davlat uyushmalarida eng oliy unvon sifatida ishlatilgan. Mamlakatimizning 

bir  qancha  viloyatlarida  etnotoponim  shaklida  saqlanib  qolgan

100

  qoraxoni 



atamasining X -XII asrlarda O’rta Osiyoda eng yirik siyosiy kuch sifatida bilingan 

Qoraxoniylar  davridagi  jarayonlar  bilan  qanchalik  aloqadorligi  haligacha 

aniqlanmagan  bo’lsada,  bir  vaqtlar  turkiy  etnonim  bo’lgan  ushbu  atamaning 

mintaqa  arablari  orasida  urug’  nomlaridan  birining  nomi  tariqasida  saqlanib 

qolgani diqqatga sazovordir. 

Shunga  o’xshash  qorabek  etnonimi  qirg’izlarda  qarabek,  turkmanlarda 

garabay

101


 shaklida uchrab, kichik urug’larning nomi sifatida bilinadi. Shuningdek, 

o'zbek  urug’larining  kichik  tarmoqlari  orasida  gala,  galatentak,  galabotir  kabi 

etnonimlari  mavjud.  Demak,  mintaqa  arablari  orasida  ko’plab  turkiy 

etnonimlarning  uchrashi  ularning  turkiy  xalqlar  bilan  chuqur  aloqada 

bo’lganliklarini yana bir karra isbotlaydi. 

Mintaqa  arablarining  etnomadaniy  jarayonlardagi  ishtiroki  bilan  bog’liq 

yana  bir  masala  shuki,  qadimdan  aholi  yashab  kelgan  va  o’rta  asr  yozma 

manbalarida qayd etilgan aholi maskanlarining bir kiyim aholisi o’zlarini arab deb 

e’tirof  etishidir.  Masalan,  arab-fors  manbalarida  Farhardiza  shaklida  uchrab, 

mahalliy  aholisi  zich  yashaydigan  mavze  sifatida  qayd  etilgan,  hozirda  esa 

Parg’uza  shaklida  saqlanib  qolgan  Qarshi  shahri  yaqinidagi  qishloq  aholisi 

o’zlarini  arab  deb  bilishadi.  Islomdan  avvalgi  davrlarda  so’g’diylar  maskani  si-

fatida  bilingan  ushbu  qishloq  aholisining  asrlar  davomida  arablashib  ketganligi 

ehtimoli yuqori. Ma’lumki, ilk o’rta asrlarda Amudaryo - Sirdaryo oralig’i va unga 

tutash  hududlar  aholisining  sezilarli  bir  qismini  tashkil  etgan  so’g’diy  tilli  aholi 

mintaqada  dastlab  Turk  xoqonligi,  keyinchalik  Arab  xalifaligi  hokimiyati 

                                                           

99

Древнетюркский словарь. - Л.: Наука, 1969. - С. 422-423.



 

100


Населенные пункты Бухарского эмирата (конец XIX - нач. XX вв.). Под редакцией А.Р. Мухамеджанова. 

- Т.: Университет, 2001. - С. 74. 

101

Karatayev O. Kirgiz etnonimder sezdugu. - Bishkek, 2003. - 98-bet.



 

61 

 

o’rnatilgach, o’z mustaqil siyosiy boshqaruvidan mahrum bo’lgan va natijada etnos 



sifatida  tarix  sahnasidan  tushib  keta  boshlagan.  Ko’pchilik  tadqiqotchilarning 

e’tirof  etishlaricha,  so’g’diylar  IX-X  asrlarga  kelib  forsiy  yoki  turkiy  tilda 

so’zlashishga  o’tishgan  hamda  keyinchalik  tojik  va  o'zbek  xalqining  tarkibiga 

singib  ketganlar

102

. Ya’ni ushbu etnos biror qirg’in natijasida yo’qolib ketmagan, 



balki o’zga tilda so’zlashuvga o’tib, boshqa etnik nomlarni qabul qilishgan. 

Darhaqiqat,  qadimgi  So’g’d  o’lkasining  tarkibiy  qismi  bo’lmish  Buxoro, 

Samarqand,  Naxshab  (Qarshi),  Kesh  (Shahrisabz)  shaharlari  atroflarida  o’nlab 

qishloqlar 

aholisining 

turmush 


tarzida  qadimiy  an’analar,  jumladan, 

zardushtiylikka xos urf-odatlarning anchagina saqlanib qolganligi, shevalarida ham 

so’g’diy  til  qoldiqlari  hozirgacha  uchrab  turishi  mazkur  etnosning  yashashda 

davom etganligini ko’rsatadi. 

Ko’plab etnoslarning muayyan ijtimoiy-siyosiy shart-sharoitlar natijasida o’z 

yashash  tarzlarini  o’zgartirganliklari,  boshqa-boshqa  nomlarni  qabul  qilib 

etnomadaniy jarayonlarda ishtirok etganliklariga tarix guvoh. Xuddi shu jarayonni 

so’g’diylar  misolida  ham  kuzatish  mumkin.  Darvoqe,  VIII-IX  asrlarda  arablar 

mintaqaning boshqaruvchi, pirovardida imtiyozli toifasini tashkil qilgani ma’lum. 

Ehtimol,  Naxshab  (Qarshi)  atrofidagi  qishloqlarning  so’g’diy  aholisi  bu  yerlarga 

kelib o’rnashgan va imtiyozli toifa arablar bilan aralashib yoki “arablashib” (arab 

etnonimini  qabul  qilib)  o’z  tirikchiliklarini  davom  ettirishni  ma’qul  ko’rgan 

bo’lishlari mumkin. 

Shu  o’rinda,  ba’zi  kichik  etnoslarning  o’z  “etnik  mansubliklari”ni 

ifodalashda  bir  qator  usul  va  vositalarga  murojaat  qilganliklarini  misol  tariqasida 

ko’rsatib o’tish lozim. Bunga O’rta Osiyo lo’lilari yaqqol misol bo’la oladi. Garchi 

ularning  katta  bir  qismi  kelib  chiqish  jihatidan  Hindistonga  borib  taqalsada, 

sezilarli  bir  qismining  etnik  kelib  chiqishi  hozir  yashab  turgan  hudud  bilan 

chambarchas  bog’liqdir.  Jumladan,  Qashkadaryo  viloyatining  Kitob,  Kasbi  va 

                                                           

102

Otaxujayev A. Ilk o’rta asrlarda Markaziy Osiyo sivilizatsiyasida turk-so’g’d munosabatlari. - T.: ART-FLEX, 



2010. - 80-81-betlar. 

62 

 

Koson  tumanida  istiqomat  qilib,  aholi  orasida  “kosatarosh”  (sopol  ustasi), 



“sog’utarosh” (yog’och ustasi) nomlari bilan yuritiladigan etnografik guruhlarning 

kelib  chiqish  jihatidan  mahalliy  xalqlarga  borib  taqalishi  ehtimoli  bor.O’ziga  xos 

etnografik  xususiyatlar  Qarshi  shahrining  yaqin  atrofida  joylashgan  qishloqlar  – 

Ko’chkak  va  Shayxali  arablarida  ham  ko’zga  tashla-  nadi.  Atrofdagi,  xususan 

Koson  tumanining  Po’lati  va  unga  qo’shni  qishloqlarning  arab  aholisi  Ko’chkak 

qishlog’ida  yashovchi  arablarga  nisbatan  qo’ziqo’chqor  arablar”  iborasini 

ishlatishadi

103


.  Aslida  bir  laqab  mohiyatida  bo’lgan  ushbu  atama  “duragay, 

aralash” degan ma’nosida qo’llanilib, rivoyatga ko’ra, “qo’ziqo’chqor arablar” sof 

arab  bo’lmay,  balki  eroniylar  bilan  aralashgan,  ular  bilan  quda-andachilik 

rishtalarini bog’lagan arablardir

104

. Ularning yuz qiyofasi Qashqadaryo vohasining 



boshqa  arablaridan  farq  qilib,  nisbatan  oq  tusli  bo’lishlari  shu  bilan  izohlanadi. 

Aholi orasida shu bilan bog’lik afsonalar saqlangan bo’lib, unga ko’ra “bir vaqtlar 

bir  eshon  o’ziga  nazr  qilingan  eroni  qizni  olib,  arab  qishloqlarining  biridan 

o’tayotganda  bir  guruh  yoshlar  eshonni  haqoratlashgan  va  nazr  qilingan  qizni 

undan tortib olganlar. Eshon ranjib ularni duoyibad qilgan. Qo’ziqo’chqor arablari 

ana shu qizdan tarqalgan arablardir” 

Aslida, ushbu afsonaning haqiqatlilik darajasi oz bo’lishi mumkin, biroq har 

qanday  afsona  va  rivoyatning  tagida  muayyan  voqeliklar  yotishi  nazarda  tutilsa, 

“nazr  qilingan  qizga  uylanish”  voqeasi  ostida  arablarning  mahalliy  so’g’diylar 

bilan  qiz  olib,  qiz  bergani  va  natijada  muayyan  qorishuv  vujudga  kelib,  haqiqiy 

arablardan farq qiluvchiaholi paydo bo’lgani omili yotsa kerak. Ehtimol, Ko’chkak 

aholisi  ham  Naxshab  va  uning  atrofidagi  qishloqlar  aholisining  asosiy  qismini 

tashkil qilgan so’g’diylarga borib taqalib, asrlar mobaynida ular ham o’z nomlarini 

bir  vaqtlar  ijtimoiy  jihatdan  imtiyozli  toifa  bo’lgan  “arab”  nomi  bilan  bog’lagan 

bo’lishlari mumkin. 

 

                                                           



103

Qo’ziqo’chqor atamasini o'zbeklarning mang’it urug’ining bir tarmog’i deb talqin qilish hollari uchraydi. 

104

Rajabov.R. O’zbekistondagi arablar tarixi va etnografiyasi-T.Sharq.2012-124.b  



63 

 


Download 0.77 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling