Uzoqov ilhom shoniyozivich XIX asr oxiridan mustaqillik yillarigacha o


Download 0.77 Mb.
Pdf ko'rish
bet6/6
Sana08.05.2020
Hajmi0.77 Mb.
#104194
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
xix asr oxiridan mustaqillik yillarigacha ozbekistonda arablar hayoti tarixi manbashunosligi


Xulosa 

          Jahon  tarixida  To’ron,Turkiston,  Movarounnahr  nomlari  bilan  mashhur 

bo’lgan  O’zbekiston  zamini,  turli  etnoslar  uchun  muqaddas  bir  makon  vazifasini 

o’tab  kelgan.  Ana  shunday  xalqlardan  biri  ,Arab  halifaligini  Movarounnahrga 

hujumi  vaqtida  hamda  undan  keying  davrda  mintaqada  yuz  bergan  siyosiy  va 

etnomadaniy jarayonlar natijasida hozirgi Ozbekiston hududiga joylashgan arablar 

hisoblanadi. 

Mamlakatda  kirib  kelgan  arablarning  bir  qismi  yurtimizda  yashab  qolib, 

mintaqada  yuz  bergan  ijtimoiy-siyosiy  va  etnomadaniy  jarayonlar  ta’sirida 

mahalliylashib, arab yoki arablar deb ataluvchi aholi guruhining vujudga kelishiga 

sabab bo’lganlar. 

 

Arablarning mintaqadagi etnomadaniy jarayonlarda ishtiroki ikki tomonlama 



kechgan.Birinchidan,  ular  asrlar  davomida  mintaqaning  mahalliy  aholisi  orasiga 

singib,  assimimiliatsiya  jarayonlariga  tortilgan  bo’lsalar,  ularning  bir  qismi  o’z 

etnik identikligini saqlab qolganlar. Buni ular orasida hligacha o’zlarini “arab” deb 

e’tirof  etuvchi  yoki  o’z  ona  tillarini  qisman  saqlab  qolgan  aholi  guruhining 

mavjudligi tasdiqlaydi.O’z navbatida mazkur arablar orasida saqlanib qolgan urug’ 

va  qabila  nomlarining  katta  bir  qismi  turkey  asosda  izohlanishi  mintaqa  arablari 

etnik shakllanishida ko’plab mahalliy etnoslar ishtirok etganligidan dalolat beradi. 

 

XIX  asr  ikkinchi  yarmidan  boshlab  O’rta  Osiyoga  tashrif  buyurgan 



yevropalik ,asosan, rossiyalik ko’plab sayyohlar, sharqshunos va geografik olimlar 

to’plagan  ma’lumotlarda  o’lkada  arablarning    miqdori,  turmush  tarsi,  urf-odatlari 

va  shu  kabi  tarixiy-etnografik  jihatlari  aks  etgan.  Sovet  davrida  esa  mintaqada 

faoliyat ko’rsatgan turli etnografik ekspeditsiyalar yiqqan materiallar asosida O’rta 

Osiyo 

respublikalarida 



yashovchi 

arablarning 

manzillaria(qishloq 

va 


mahallalari),madaniy-maishiy  hayoti,  etnografik  o’ziga  xos  xislatlari,nufusi, 

antropologik  tuzulishi,  til  xususiyatlari  haqida  muayyan  ma’lumotlar  to’plangan. 

Ularga  asoslanib,  bugungi  kunda  O’zbekistonda  yashovchi  arablarning  mamlakat 


80 

 

bo’ylab,o’nlab  alohida  qishloq  va  mahallalarda  istiqomat  qilganliklariga,son 



jihatdan  esa  bir  necha  o’n  ming  xo’jalikni  tashkil  etib,  ba’zi  etnografik 

xususiyatlarini saqlab qolganliklariga  guvih bo’lish mumkun. 

Xullas,O’zbekistonda  yashovchi  arablarga  doir  olib  borilgan  tarixiy-etnografik 

tadqiqotlar  tahlili  arablarning  mintaqaga  kirib  kelish  jarayonlari,  geografik 

joylashuvi  atnomadaniyati(turmush  tarsi  va  xo’jaligi,  kiyim-kechaklari  va  urf-

odatlari, til xususiyatlari) xususida quyidagi xulosalarga asos bo’ladi: 

Arablarningmintaqada  kirib  kelishi  va  joylashuvi  dastlab  ilk  o’rta  asrlarda 



istilo  bilan  bog’liq  bo’lishi  barobarida  keyingi  davrlarda  ham,  ayniqsa,  so’nggi 

o’rta  asrlarda  madaniy,savdo  aloqalari  va  migratsion  jarayonlar(Amir  Temur  va 

Buxoro  amirligi  tomonidan  markaziy  viloyatlarga ko’chirilishi  va  h.k.) natijasida 

yuz bergan; 

Arablar  o’rta asrlarda  istilo  mintaqada  ro’y  bergan etnomadiy  jaroyonlarda 



faol  ishtirok  etganlar.Bunga        shajaralarda  va  nasabnomalarda  “arab”  etnonimi 

o’zbek urug’laridan biri sifatida joy olganligi yaqqol dalil bo’la oladi.Shuningdek, 

bu mintaqa  arablarining ichki urug’-qabilaviy bo’linishiga xos ko’plab etnonimlar 

va erablar yashaydigan aholi manzillari nomining o’zbekcha asosda ekanligida o’z 

tasdig’iga ega; 

O’zbekistondagi  arablar  til  jihatidan  asosan  o’zbek  tilida  so’zlashuvchi 



arablar,  tojik  tilida  so’zlashuvchi  aholi  va  arab  tilida  muloqat  qiluvchi  (Jugari  va 

Jeynov  qishloqlarida)  guruhlarga  bo’linib,  bu  ularning  uzoq  yillar  davomida 

mintaqa  xalqlari,  xususan,  o’zbek  xalqi  bilan  chuqur  etnomadaniy  jarayonlarga 

kirishganligining natijasidir. O’zbekistondagi arablarning aksariyatiga xos bo’lgan 

sheva o’zbek adabiy tiliga yaqin bo’lib,u bundan qariyb ming yil avval mintaqada 

ustuvorlik  qilgan  qarluq  lahjasining  bir  tarmog’i  asosida  shakllangan.Bu  esa 

mintaqa arablarining yangi makonlariga qadam qo’yishining dastlabki asrlardayoq 

turkiylasha borganliklaridan darak beradi

Shu  bilan  birgalikda,arblarning  o’z  ona  tillarini  unitib,  o’zbek  va  tojik 



tillariga o’tsh jarayonlar bir necha asrlar davom etgan hamda vaqt o’tgan sayin bu 

81 

 

jarayon  chuqurlashib  brogan.  Ayniqsa,  bu  jarayon  XIX  asrning  oxiri  –XX  asrga 



kelib  jadallashgan.  Xususan  XIX  asrning  oxiri  XX  asrning  boshlarida  Buxoro 

amirligidagi  viloyatlar(Buxoro,  Qashqadaryo,  Samarqand,Ko’lob)ning  bir  necha 

qishloqlarida  arab  tilida  gaplashadigan  aholi  istiqomat  qilgan  bo’lsa,  XX  asrning 

o’rtalariga  kelib  faqatgina  Jugari  (Buxoro)  va  Jeynov(Qashqadaryo)  qishloqlari 

aholisi o’z ona tillarida so’zlashganlar xolos; 

O’rta  Osiyoda  yashab  kelayotgan  arablarga  boshqa  el-elatlarga  nisbatan 



o’zbeklarning  madaniy  ta’siri  katta  bo’lgan.Avvalo,  ular  turmush  tarzida  mahalli 

xalqlar, jumladan, o’zbek xalqi bilan umumiylik ustuvorlik qiladi. Ularning  katta 

bir  qismi  mamlakatning  o’troq  dehqonchilikka  mos  hududlarida  yashab, 

bog’dorchilik,  dehqonchilik  va  hunarmandchilik  kabi  kasblarni  mohir  ustalariga 

aylangan  bo’lsa,  sezilarli  bir  qismi  esa  azaliy  chorvadorlar  bo’lgan.  Shuningdek, 

ular  mohir  hunarmandlar  bo’lib,  bu  mahalliy  aholi  orasida  “arabi  gilamlar”                 

ancha-muncha qadrlanishida ham o’z ifodasini topadi

Arablarning  nikoh  munosabatlari,  to’y-tomoshalari,oila  tutish  tarsi,  dafn 



bilan  bog’liq  odatlar  mintaqaning  boshqa  musulmon  xalqlaridan  katta  farq 

qilmaydi.  Ammo  ularning  ayrim  o’ziga  xosliklari  ko’zga  tashlanib,  yaqin 

qarindoshlar  bilan  nikoh  aloqalarini  o’rnatishga  harakat  qilish,  qizlarini  arablarga 

uzatish,  o’z  elatdoshlariga  uylanishga  ko’proq  e’tibor  qaratish,  qabristonlarning 

alohida joyda bo’lishiga intilish holatlari shular jumlasidandir

Shuni  aytish  lozimki,  yuqorida  ko’rsatib  o’tilgan  xususiyatlarni  hisobga 



olmaganda,    o’zbekistonlik  arablarning  respublikadagi  boshqa  mahalliy  aholida 

yaqqol  farqlanib  turadigan  milliy  o’ziga  xosliklari  deyarli  mavjud  emas.  Ya’ni 

ularning  faqatgina  o’zlariga  xos  taomlar  ,  kuy  va  qo’shiqchilik  san’ati,  uy-joy 

qurulishi(arxitektura) va hokazo kabi jihatlari ko’zga tashlanmaydi, hisobi; 

Mintaqa  arablarining  maishiy  hayoti va  urf-odatlarida  ham  an’anaviy 



va  zamonaviylik,  shuningdek,  mahalliy  an’analar  bilan  o’zaro  qorishuv, 

sintezlashuv  jarayonlari  jadal  borganligi  ko’zga  tashlanadi.  Ularning  kiyim-

kechaklarida  mintaqaning  boshqa  mahalliy  musulmon  xalqlariga  xos  kiyim-

kechaklar bilan umumiylik ustuvor  qilsa-da, biroq marosimiy kiyimlar hamda jins 



82 

 

va  yoshga  aloqador  ayrim  kiyimlarda  o’ziga  xosliklar  mavjud.  Bu  asosan,kiyim-



kechak  turlarining  bichimlarida,  ularning  arabcha  atalishi  va  qadimgi  old 

osiyoliklarga  xos  naqshlarni  eslatadigan  bezaklarning  uuchrashi  misolida  o’z 

tasdig’ini topadi. 

           Mustaqillik    O’zbekistonda  yashab  kelayotgan  arablarga  ham    mamlakati-

mizdagi  boshqa  millatlar  qatori  o’zligini  anglash  va  nomoyon  qilish  imkonini 

berdi. Ular mamlakatimizda amalga  islohotlarga faol qatnashyaptilar. Eng muhimi 

shundaki, aynan mustaqillik sharofati tufayli arablar: birinchidan, o’zining tarixiy-

milliy  madaniyatini  tiklash  uni  o’rganish  va  targ’ib  etish  imkoniga  ega  bo’ldilar. 

Ikkinchidan,  o’zbekistonlik  arablar  bugun  o’zlarining  etnik  mansubliklarini 

oshkora aytish imkoniga ega bo’ldilar. Uchinchidan, o’zbekistondagi arablar ko’p 

millatli mamlakatimiz xalqining ajralmas qismiga aylanganlar va barcha sohalarda 

teng  huquqlidirlar.  Ularning  iqtidorli  vakillari  madaniyat,maorif,  xalq  xo’jaligi, 

davlat  va  jamiyatni  boshqarish  sohalarida  ma’sul  lavozimlarda  mehnat 

qilmoqdalar,  ayrim  vakillari  esa  hukumatimazning  yuksak  unvonlariga  sazovor 

bo’lganlar. 

Demak , mustaqil O’zbekistondagi arablar bugun xalqimiz intilayotgan ozod 

va  obod  Vatan,  erkin  va  farovon  hayot  barpo  etishda  faol  ishtirok  etib,  o’z 

hissalarini qo’shmoqdalar. 

 

 

 



 

 

 



 

83 

 

Foydalanilgan adabiyotlar. 



 

1. 

Karimov I. Yuksak ma’naviyat –yengilmas kuch.-T:.Ma’naviyat,2008 



2. 

Karimov.I.  Tarixiy  xotirasiz  kelajak  yo’q/  Biz  kelajagimizni  o’z  qo’limiz 

bilan quramiz.T.;O’zbekiston,1999. 

3. 

Karimov I. Amir Temur - faxrimiz, g’ururimiz. - T.: O'zbekiston, 1998 



4. 

Abduraxmanov D., Sodiqov T., Yusupov Sh., Turabova M. O'zbek shevalari 

leksikasi. - T.: Fan, 1991 

5. 

Андреев  М.С.  Некоторые  результаты  этнографической  экспедиции  в 

Самаркандскую область в 1921 году. - Т., 1921. - С. 11 

6. 

Бурыкина  Н.Н.,  Измайлова  М.  М.  Некоторые  данные  по  языку  арабов 

кишлака  Джугары  Бухарского  округа  и  кишлака  Джейнау 

Кашкадарьинского  округа  Узбекской  ССР  //  Зап.  Коллегии 

востоковедов. Т. V. - Л., 1930 

7. 

Вамбери X. Путешествие по Средней Азии. - М., 1867. 



8. 

Винников И.Н. Арабы в СССР // Советская этнография. Т. IV. - М.-Л.: 

Изд. АН СССР, 1940 

9. 

Винников  Я.Р.  Современное  расселение  народов  и  этнографических 

групп  в  Ферганской  долине  //  Среднеазиатский  этнографический 

сборник II. - М., 1959.- 



10.  Волин С.А. К истории среднеазиатских арабов // Сб. Труды второй сес-

сии ассоциации арабистов.-М.-Л.: Изд-во АН СССР, 1941 



11.  Гиршфельд. Военно-статистические описания Хивинского оазиса. 

12.  Гребенкин  А.Д.  Мелкие  народности  Зерафшанского  округа  //  Русский 

Туркестан.  Сборник,  изданный  по  поводу  политехнической  выставки. 

Вып. 2.-M., 1872  

13.  Губаева С.С. Население Ферганской долины в конце XIX - начале XX в. 

Т.: Фан, 1991 



84 

 

14.  Doniyorov  A.X.  O'zbek  xalqi  etnografiyasi  bo’yicha  1940-1980  yillarda 

maxsus etnografik jurnallarda chop etilgan maqolalar xususida // 0‘zbekiston 

tarixi. - Toshkent, 2002. 



15.  Doniyorov X. O'zbek  xalqining shajara va shevalari. - T.: Fan, 1968 

16.  Ergashev E. Beshkent tarixi. - Qarshi: Nasaf, 2000. 

17.  Зарубин  И.И.  Население  Самаркандской  области.  Его  численность,  эт-

нографический состав и территориальное распределение.  - Л.: Изд. АН 

СССР, 1926 

18.  История  ат-Табари.  Избранние  отрывки  (Перевод  с  арабского  В.И.  Бе-

ляева.  Дополнения  к  переводу  О.Г.  Большакова  и  А.Б.  Халидова).  -  Т.: 

Фан,1897 

19.  Кармышева  Б.Х.  Очерки  этнической  истории  южных  районов  Таджи-

кистана и Узбекистана (по этнографическим данным). - М.: Наука, 1976. 



20.  Логофет  Д.Н.  Бухарское  ханство  под  русским  протекторатам.  Т.  1.  - 

СПб., 1911. 



21.  Мадамиджанова  3.  Арабы  Южного  Таджикистана  (историко  этногра-

фические очерки). - Душанбе, 1995 



22.  Масальский В.И. Туркестанский край // Россия: Полное географическое 

описание отечества. Т. 19. - СПб.: Изд. АФ Девриена, 1913. 



23.  Nafasov T. Janubiy O'zbekistan toponomiyasining etnolingvistik analizi. - T.: 

O’qituvchi, 1985. 



24.  Nafasov T. O'zbekiston toponimlarining izohli lug’ati. - T.: Fan, 1988 

25.  Narshaxiy,  Abu  Bakr.  Buxoro  tarixi.  Fors  tilidan  A.  Rasulov  tarjimasi.  -  T.: 

Kamalak, 1991. 



26.  Nazarov N. Laqaylar etnografiyasi. I. - T., 2007. 

27.  Наджимов  К.  Антропологический  состав  населения  Сурхандарьинской 

области. Изд. САГУ. - Т., 1958 



28.  O'zbekiston Milliy Ensiklopediyasi. 9-jild. - T.: UzME nashriyoti, 2005. 

29.  Ошанин Л. В. Антропологический состав населения Средней Азии и эт-

ногенез ее народов. - Ереван, 1957 



85 

 

30.  Rajabov.R. O’zbekistondagi arablar tarixi va etnografiyasi-T.Sharq.2012. 



31.  Saidov  M.  Ravshanov  P.  Jeynov  tarixi.  -  T.:  Abu  Ali  ibn  Sino  nomidagi 

tibbiyot nashriyoti, 1996. 



32.  Семенов  А.А.  Бухарский  трактат  о  чинах  и  званиях  и  об  обязанностях 

носителей их в средневековой Бухаре // Советское Востоковедение. V. - 

М.-Л., 1948 

33. Снесарев  Г.П.  Объяснительная  записка  к  «Карте  расселения  узбеков  на 

территории  Хорезмской  области  (конец  XIX  -  начало  XX  вв.)»  // 

Хозяйственно-культурные  традиции  народов  Средней  Азии  и 

Казахстана. - М.: Наука, 1975,- С. 79. 



34.  Советская этнография. Т. IV. - M.-JI.: АН СССР, 1940. 

35.    Султанов  Т.И.  Опыт  анализа  традиционных  списков  92  «племен  ила- 

тийа» // Средняя Азия в древности и средневековье. - М.: Наука, 1977.  



36.  Султанов  Т.И.  Опыт  анализа  традиционных  списков  92  «племен  ила- 

тийа» // Средняя Азия в древности и средневековье. - М.: Наука, 1977.  



37.  Сухарева О.А. Бухара XIX - начало XX века. - М.: Наука, 1966. 

38.  Tursunov  F.  Moziyga  bo’ylashgan  qishloq  (Kasbi  tumanidagi  Qamashi 

qishlog’i tarixiga bir nazar). - Qarshi: Nasaf, 2006 



39.  Ханыков Н. Описание Бухарского ханства. - СПб., 1843.  

40.   Хорошхин  А.  Народы  Средней  Азии  (историко-этнографические 

этюды) //Туркестанские ведомости. - Т., 1871. -№ 9-10. 



41.  Церетели  Г.В.  К  характеристике  языка  среднеазиатских  арабов  //  Сб. 

Труды  второй  сессии  асоциации  арабистов.  -  М.-Л.:  Из-во  АН  СССР, 

1941. 

42.  Чиковани Г. Г. Морфологическая структура Кашкадарьинского диалекта 

арабского языка. - Тбилиси, 1988. 



43.  Шпажников  Г.А.  Религии  стран  Западной  Азии.  Справочник.  -  М.:  На-

ука, 1976 



Download 0.77 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling