Uzoqqa otish


QUYoNLAR, QOROVUL VA OVChI


Download 96.69 Kb.
bet4/4
Sana03.10.2020
Hajmi96.69 Kb.
#132414
1   2   3   4
Bog'liq
1 SINF HARAKATLI O’YINLARI

QUYoNLAR, QOROVUL VA OVChI


Maydonchaning bir tomoniga to’rtta kvadrat (quyon uyasi) qarama-qarshi tomoniga esa yarim aylana — qorovulxona chiziladi. Chiziqning shu tomonidan poliz ajratiladi.

Maydonchaning o’rtasiga 25-30 sm 6alandlikka arqon- devor tortiladi. To’rt bo’linmaga bo’lingan quyonlar to’rttadan kvadrat-uyalarda joylashadilar. Qorovulxonada esa boshqaruvchilar - qorovul va ovchi turadi.

O’qituvchining signaliga ko’ra, quyonlar o’z uyalaridan chiqib, devordan oshib, polizga yopiriladilar. O’qituvchining ishorasi bilan qorovul uch marta chapak chaladi – «O’q otadi».O’q otilgandan so’ng qorovul bilan ovchi birgalikda quyonlarni uylarigacha quvlab boradilar.

Qo’lga tushganlar sanab chiqilgan quyonlar o’z uyalariga, qorovul va ovchi qorovulxonaga qaytadi. Yangi qorovul va ovchi tayinlanadi.



TO’P QO’ShNIGA


O’yinchilar bir-birlaridan 4 qadam uzoqlikda turib aylana hosil qiladilar. Onaboshi esa aylana tashqarisida yuradi. O’yinchilardan biri basketbol to’pini ushlab turadi. O’qituvchiniig signali bo’yicha to’pni ushlab turgan o’yinchi uni yonidagi o’yinchiga uzatadi, u esa keyingi o’yinchiga va hokazo. Onaboshi kirmagan holda to’pga etib olishga va unga qo’l tekkizishga harakat qiladi. Agar to’pga etib olib, unga qo’l tegizsa, o’yinchi bilan o’z o’rnini almashadi. O’yin davom etadi.

To’pni egallagan o’yinchi yonidagisi qolib, undan sherigiga uni uzatishi mumkin emas.


BO’RON


O’quvchilar to’rtta bir kishilik qatorga saflanadilar. Start chizig’i qarshisida, 10 m narida har bir qator ro’parasida bittadan bayroqcha o’rnatilgan bo’ladi. Barcha o’yinchilar bir xil harakatni bajaradilar: «shamol» deyilganda, qo’llarini yuqoriga ko’taradilar, «chaqmok» deyilganda, o’tiradilar, «yomg’ir» deyilganda chapak chaladilar, «bo’ron» deyilganda, yugurib borib bayroq atrofidan (o’ngdan chapga) aylanib, yana o’z joylariga kelib turadilar. Shartni to’g’ri va tez bajargan qator o’yinda yutgan hisoblanadi.

O’quvchilar bayroq atrofida aylanib kelganlaridan so’ng boshlash oldidan turganlaridek chiziq orqasida saflanadilar.



NARSANI ERDAN OLMOQ


Ikkita o’yinchi bitta chiziqda turib, gimnastika tayoqchasini uchidan ushlab bir-birlaridan 1—2 qadam narida turadilar. Polga biror narsa qo’yiladi.

O’yinchi signal berilishi bilan raqibini tortib, polda yotgan narsani oladi,



KIM KUChLI


Ikkita bola oyoqlarini elka kengligida qo’yib, gimnastika tayoqchasini elka baravar uzatilgan qo’l oralig’i darajasida ushlab, bir-birlariga yuzma-yuz turadilar.

Rahbarini turgan joyidan qo’zg’ata olgan o’yinchi yutgan hisoblanadi. Aldamchi harakatlarni bajarishga ruxsat etiladi.


QO’L UShLAShIB QUVLAShMAChOQ UYNASh

O’yin uchun maydoniiig hamma tomoni aylantirib, chiziq bilan chegaralanadi. Onaboshi maydonning o’rtasida turadi. Hamma o’yinchilar uning atrofida turadilar.

Onaboshi baland ovoz bilan men quvlovchiman, deydi. O’yinchilarning hammasi maydon bo’ylab tarqalib yuradilar. Quvlovchi birorta bolani to’tib olmoqchi bo’ladi. Xavf tug’ilgan paytda (quvlovchi unga etib qolsa) u yonidagi o’rtog’ini yordamga chaqirib, u bilan qo’ya ushlashib olishi mumkin. Qo’l ushlashib olganlar to’tilmaydi. Agar o’rtog’i bilan qo’l ushlashib olishga ulgurmagan bolani onaboshi to’tib olsa, u o’z rolini shu to’tilgan bola bilan almashadi.

Agar onaboshi ancha vaqtgacha hech kimni to’tolmasa, charchab qolmasin uchun boshqa onaboshi tayinlanadi


KO’ZBOYLAG’ICh

O’yinchilar doira qurib, ko’zlarini yumib o’tiradilar. Ulardan biri onaboshi

qilib tayinlanadi. U davraning tashqarisida turadi.

Onaboshi doira atrofida aylanib yurib, bir bolaning orqasida sekingina to’xtaydi. Onaboshining yurishiga bolalar quloq solib o’tiradilar. Orqasiga onaboshi kelib to’xtaganini payqagan o’quvchi qo’lini ko’tarishi esa buni o’qituvchiga aytishi kerak. Agar bola to’g’ri topsa, onaboshi o’rin almashadi.


KIM KO’P OTADI!

O’ynovchilar teng ikki komandaga bo’linadilar. Har bir komanda o’yinchilari o’z kapitanlarini saylab, ularni o’rtaga chiqaradilar. Maydon o’rtasidagi bunga qarab ikkala kapitan yuguradi va to’pni birinchi bo’lib etib kelgani qo’liga oladi. To’pni olgan kapitan komandasi doira hosil qilib turadilar, ikkinchi komanda esa doira o’rtasida turadi.

O’qituvchi signal bergandan keyin to’pni o’yinchilar bir-birlariga oshirib, o’rtada yurgan bolalarni urishga harakat qiladilar. To’p to’g’ri borib o’yinchiga tegsa, to’p otgan komandaga 1 ochko beriladi. O’yin 5-6 mino’t o’ynalgandan keyin komandalar o’rin almashadilar. Belgipangan vaqt ichida ko’proq ochko to’plagan komanda yutgan hisoblanadi. To’p erga tegib, so’ngra o’yinchiga tegsa, hisoblanmaydi. Doira ichiga kirib to’p urish man etiladi.

JUFT BO’LIB YuGURISh


O’ynovchilar guruhi juft-juft bo’lib, chiziq orqasida qator turadilar. Maydonchaning ikkinchi tomoniga, bolalar soniga qarab to’plar qo’yiladi, O’qituvchi signali bo’yicha qatordagi birinchi juft qo’l ushlashib, oldinda turgan to’plar oldigacha yugurib boradi va uni aylanib o’tib, o’z qatori oxiriga borib turadi, Keyingi signal bo’yicha ikkinchi juft yugurib chiqadi, So’ngra uchinchisi va hokazo. Ko’proq marta birinchi bo’lib kelgan va qo’llarini yonga tushirib turgan juftlar o’yinda g’olib hisoblanadi.
TO’PNI HALQAGA TUShIRISh

O’yin qatnashchilari basketbol taxtasiga yaqin joyda turadilar (ustunchaga chambarak o’rnatilgan bo’ladi). Bolalar to’pni yuqoriga irg’itib, bosh bilan urib, uni halqaga tushiradilar.


QATOR OXIRIDAGI BOLAGA TEKKIZ

Ikkita komanda o’yinchilari teng to’rtta guruhga bo’linib, ikkita doira hosil qilib turadilar. Birinchi guruh o’yinchilari doira ichida, ikkinchi guruh o’yinchilari esa doira tashqarisida turadilar. Doira ichida turgan bolalar saf tortib, bir-birlarining bellaridan ikki qo’llab ushlab turadilar.

Otuvchilar yoki merganlar doira atrofida turadilar. O’qituvchi signalidan keyin merganlar qator oxirida turgan o’yinchiga to’p otib, tekkizishga harakat qiladilar. Lekin qatordagi bolalar harakat yo’nalishlarini o’zgartirib, o’z o’rtoqlarini himoya qiladilar. Qator boshida turgan birinchi o’yinchi to’pni ikki qo’llab ilib olishi mumkin. Qator oxiridagi to’p tekkan bola o’yindan chiqadi. Doira ichida ko’proq vaqt turib, kam o’yinchi yo’qotgan komanda g’olib chiqadi.

Chambarak ichiga tez turib ol

Maydonchaga bir nechta chambarak qo’yib qo’yiladi (gimnastika chambaragi, arg’amchi yoki bo’r bilan oddiy doira chizish mumkin). Chambaraklar o’yinchilar soniga qaraganda 1 - 2 ta kamroq bo’lishi kerak. O’ynovchilarning hammasi zal yoki maydon bo’ylab yugurib yurishi mumkin. O’qituvchi signalidan keyin yugurib yurgan o’yinchilar duch kelgan chambarak o’rtasiga turib olishga harakat qiladilar. Kechikib qolganlar maydoncha chekkasiga, to’planishadi. So’ngra o’qituvchi natijani e’lon qiladi, Chambarakka tezroq kelib turganlar o’yinda g’olib chiqada.
DOIRAGA TORT

O’yinchilar ikkita teng komandaga bo’linadi, birinchi komanda aylananing tashqi tomonida, ikkinchi komanda ichki tomonida bir-biriga qarab turadilar. Doira ichida turgan o’yinchilar doira tashqarisida turganlarni, doira tashqarisida turganlar. Doira ichida turganlarni tortadilar. O’yin 1-2 mino’t davom etadi. Doiraning ichiga yoki tashqarisiga tortilganlar o’yindan chiqadilar. Raqibning qo’lidan yoki belidan ushlab tortiladi. 4-6 marta olishuvdan keyin o’yinchisi ko’proq qolgan komanda g’olib bo’ladi.


TEZDA DOIRA BO’YLAB ESTAFETASI

O’yinchilar soniga qarab 3-4 ta komandasiga bo’linadi. Komandalar doira atrofida qarab tizilib turadilar, ular orasidagi masofa 1-2 qadam, komanda kapitanlari qo’lida bittadan basketbol to’pi bo’ladi. O’yin qatnashchilari turgan joyda diametri 50-60 sm dan katta bo’lmagan doira chiziladi.

Signal berilishi bilan komanda kapitanlari to’pni yuqoriga irg’itadilar, qolgan hamma o’quvchilar birgaligda o’ng tomonga (soat strelkasi qarshi) yoki chap tomonga (soat strelkasi bo’ylab) yura boshlaydilar, qo’shnining doirachasiga o’tib to’xtaydilar, bu vaqtda to’pni ikkinchi o’yinchilar ilib oladilar va uni yana yuqoriga irg’itadilar, bu esa o’yinchilarning surilishiga signal bo’ladi. Kapitan o’z joyiga qaytib kelib, oxirgi o’yinchi otgan to’pni ilib olgandan keyin o’yin tugagan hisoblanadi. To’pni ilib olish vaqtida doiradan chiqish mumkin emas.
DOIRANI TOP

O’yinchilar ikki komandaga bo’linib, start chizig’ida bir qatordan saf tortib turadilar. Har bir komanda qarshisida, 3-4 m masofada arg’amchidan diametri 1 m doira hosil qilinadi.

O’qituvchchining signalidan so’ng birinchi o’yinchilar ko’zlarini ro’molcha bilan bog’lab, doira o’rtasida turadilar. O’qituvchi ikkinchi bir signal berganidan keyin ular doiradan 5-8 qadam oldinga chiqib, yana doira ichiga qaytadilar. Doira ichiga aniq qaytib kelgan o’yinchiga 1 ochko beriladi. Qo’p ochko to’plagan komanda o’yinida yutgan hisoblanadi.
ChILLAKKA IP O’RASh

O’quvchilar teng ikki komandaga bo’linadilar. 10-12 m kanopning har bir uchi tayoqcha o’rtasida bog’lanadi. Kanopning o’rtasida belgi qilib qizil lenta bog’lab qo’yiladi.

Ikkala komandaning birinchi o’yinchilari tayoqchani ikki tomonidan tortib turadilar.

O’qituvchining komandasidan keyin har bir bola o’z tomonidan tayoqcha kanopni o’ray boshlaydi. Kim birinchi bo’lib kanopni belgilangan joygacha o’rab bo’lsa, o’sha o’yinchiga bir ochko beriladi. So’ngra ikkinchi, uchinchi o’yinchilar o’raydi va hokazo. Ko’p ochko to’plagan komanda yutgan hisoblanadi.


4 SINF HARAKATLI O’YINLAR
TEZ VA ANIQ MO’LJALGA OTISh

O’yinga tayyorlanish. O’yin uchun bitta umumiy markazga ega bo’lgan uchta aylana chiziladi. Ularning diametrlari 2,5-3,8-10 va 12-15 metrdan iborat bo’ladi.

Kichik aylana chizig’iga 7ta bo’lava yoki g’o’lacha qo’yiladi. O’quvchilar ikki komandaga bo’linadilar. Har-bir komanda o’z onaboshisini va uchta himoyachisini saylaydi.

Onaboshilar kichik va himoyachilar o’rtacha aylana qolgan o’yinchilar-to’p oshiruvchilar katta aylanada turadilar. Onaboshilar chek tashlaydi va o’yinni boshlaydigan onabosh voleybol to’pini oladi.

O’yinning tavsifi. O’qituvchining signalidan keyin onaboshi to’pni o’zining oshiruvchilaridan biriga uzatadi, u esa o’z navbatida to’pni onaboshiga qaytaradi. Onaboshi to’pni ilib olgandan keyin bitta bo’lava yoki g’o’lachani urib yikitishga harakat qiladi.

Boshqa komandaning o’yinchilari esa to’pni ushlab olishga o’rinadilar, ushlab olganlaridan keyie to’pni o’z uzatuvchilariga uzatadilar, u esa onaboshisiga uzatadi. To’rta bo’lava yoki g’o’lachani oldin urib yiqitgan komanda yutgan hisoblanadi.



Pedagogik ahamiyati. Bu o’yinda barcha o’yinchilar faol qatnashadilar. O’yin bolalarda harakat tezligini va epchillikni, tezkorlik reakstiyasini,jasurlikni, dadillikni,tan oluvchanlikni tarbiyalashga yordam beoadi.O’yinni o’ziga hos harakati to’pni anik nishonga urish.
JONGLYORLAR

O’yinga tayorlanish. O’yinchilarga galma-galdan voleybol yoki futbol to’pini bosh ustidan irg’itib,bosh va gavdani orqaga engashtirib,belni egib,orqa va bo’yin musqo’llarini tarang qiladilar. Ular gavdani oldinga keskin harakat kildirib,bosh bilan to’pning o’rtasiga uradilar. Shu paytgacha yarim bukilgan tizzalar,to’pni bosh bilan urish vaqtida to’grilanadi.To’p erga tushishi bilan,o’yinchi mashqni tamomlagan bo’ladi. Har bir o’yinchiga uchtadan imkoniyat beriladi.Uchta imkoniyatdan to’pni ko’proq urgan o’yinchi g’olib hisoblanadi.

Pedagogik ahamiyati. Bu o’yinchida koordinatstiyani muvozanat saklashni,anik epchillikni,tezkorlikni tarbiyalashga yordam beradi.Har bir o’yinchi topshirilgan vazifani jamoa oldida bajarishga javobgarlikni his qilishga o’rgatadi. Futbol o’yinchi uchun to’pni boshda o’ynash tehnikasini egallashga o’rgatadi.
IKKITA TO’PNI UZATISh

O’yinda o’yinchilar juft-juft bo’lib qatnashadilar. Ular 4metr kenglikdagi koridorning qarama-qarshi tomonida bir-biridan 5-7 metr oraliqda joylashadilar.Koridorni arqoncha yoki bayroqchalar bilan belgilanadi.Har bir juftlikdagi ikkala o’yinchida bittadan to’p bo’ladi. Rahbarning signali bo’yicha ular bir vaqtning o’zida bir-birlariga to’pni yo’naltiradilar,keyin dumalab kelayotgan to’pni tepib orqaga qaytaradilar.Agar to’p bir-biriga tegsa yoki ulardan biri koridordan tashqariga chiqib ketsa,unda juftlik musobaqani tugatgan bo’ladi.Boshqalarga nisbatan ko’proq mashqlarni hatosiz bajargan komanda o’yinda g’olib chikkan hisoblanadi.O’yin qatnashchilarining jismoniy tayyorgarligiga qarab,o’yinni shartini soddalashtirish.Karidorni chegarasini kengaytirish,to’pni oldin to’htatib, so’ngra uzatish shartini qo’yish mumkin.

PEDAGOGIK AHAMIYaTI. O’yin to’pga oyoq bilan zarba berish malakasini rivojlantiradi,bu futbol o’ynash uchun to’p bilan ishlash tehnikasini egallashga yordam beradi.O’yin oyoq kuchini rivojlantirishga yordam beradi, diqqatni, fikrlashishni, anik va tez harakat qilishga yordam beradi..
EPCHIL DARVOZABON

O’YINGA TAYYoRLANISh. 3-4 kishidan iborat komanda galma-galdan musobaqalashadi. O’yinni boshlaydigan komanda bir kishidan saflanib turadi. Oldinda 5 metr oraliqda uzunasiga 2 ta to’shak qo’yilgan bo’ladi. To’shakdan 3 metr uzoqroqda turadi.

O’YINNING TAVSIFI. Rahbarning signalidan keyin o’ynovchilar galma-galdan rahbar otgan to’pni oldinga dumalok oshib o’rnidan turib,ilib olishi kerak.Agar o’yinchi tshpni ilib olsa komandasiga bir ochko ko’shiladi.Komandaning har bir o’yinchisi mashqni 3martadan bajarganidan keyin o’yin tugaydi.Rakib ham shunday harakat qiladi.Ko’p ochko to’plagan komanda o’yinda yutgan hisoblanadi.

PEDAGOGIK AHAMIYaTI. O’yin darvozabonda diqqatni, anik epchil va harakat tezligini o’z-o’zini tuta bilishi qobiliyatini tarbiyalaydi. O’yin darvozabonni oldinga umbalok oshib otilgan to’pni ilib olish malakasini tarbiyalaydi. O’yindagi asosiy harakat oldinga umbalok oshib to’pni ilib olishdir.


UZOQQA OTISh

O’YINGA TAYYoRLANISh.O’quvchilar teng 5-8 ta komandaga bo’linadilar. Har bir komanda bir qatorga saflanib start chizig’ini orqasida turadilar.

Komandalarning birinchi bo’lib turgan o’yinchilari bittadan (ogirligi1-1,5kg) tuldirma to’p oladilar.

O’YINNING TAVSIFI.

O’qituvchi signal berishi bilan birinchi o’yinchilar start chizig’ida turib to’pni kelishib olingan usulda (ikki qo’llab pastdan,boshlari ustidan oshirib, ung ki chap qo’l bilan) iloji boricha uzoqroq otadilar.

Ikkinchi nomerli o’yinchilar esa to’plarni tushgan joyidan otadilar.O’yin shu zaylda davom etadi. Umumiy hisobda to’pni eng uzoqqa otgan komanda g’olib hisoblanadi.

O’YINNING QOIDALARI.

1.O’yinni keng, ochiq maydonda o’tkazish ma’qul. 2.Har bir komandaga bittadan hokkey bo’lishi va to’pning tushgan joyini aniklashi kerak. 3. O’yinda hamma usuldan foydalanish mumkin.

PEDAGOGIK AHAMIYaTI.

O’yin to’pni pastdan oshirib otish va ilib olish malakalarini takomillashtirishga yordam beradi.O’yinda o’yin qatnashchilaridan diqqat, kuzatuvchanlikni, harakat reyaksiyasini tezligini harakat koordinatstiyasini tezligini talab qiladi! Har hil usulda otish qo’l mushaklarini rivojlantirishga yordam beradi.


ILON IZI BO’LIB YuRISh.

O’yinga tayyorlanish. O’quvchilar ikki guruhga bo’linib, start chizig’i orasida bir qatordan saf tortib turadilar. Har bir guruh qarshisida bir-biridan 0,5 m masofada 6-8 ta tuldirma to’p turadi.Komandalarning birinchi o’yinchilari ko’zlarini boglagan holda tuldirma to’p oldida turadilar.

O’yinning tavsifi. O’qituvchining signalidan keyin ko’zi boglangan o’quvchilar ilon izi bo’lib to’p orasidan goh chap goh o’ng tarafdan o’tishlari kerak. So’ngra ko’zlarini ochib, estafetani ikkinchi o’yinchiga beriladi, so’ngra uchinchi o’yinchilarga gal keladi va hokazo. To’plarga tegmasdan o’tgan o’yinchilarga 2 ochko beriladi. O’yinda ko’p ochko to’plagan komanda yutgan hisoblanadi.

Pedagogik ahamiyati. Ko’zni ochib estafeda elemenlari bilan ilon izi bo’ylab yurish elementlarini mustahkamlaydi va takomillashtiradi. Bu o’yinda harakat tezligini, epchillikni, harakatlarni o’zaro mostligini va sezgirlikni rivojlantiradi.
SAVAT YoKI YaShIKKA TO’P TUShIRISh.

O’yinga tayyorlanish. O’ynovchilar bittadan bo’lib uch,. To’rt qatorga saflanadilar. Qatorlar soni qancha bo’lsa,. Shuncha savat (diametri 50 sm) yoki yashiklar o’rnatiladi. Savatlar qatoridan 3,,-4 metr naridagi ustunchalarga yoki darahtlarga o’rnatiladi. Qatorlar boshida birinchi bo’lib turganlarnin oyoqlari uchidan chiziq o’tkaziladi. Qator boshidagi turganlarga bittadan to’p beriladi.

O’yin tavsifi. O’qituvchi signal berishi bilan qator boshida turganlar to’plarini uloktirib savatga tushirishga harakat qiladilar. Katro ohirida turganlar esa erga tushgan to’pni olib kelib navbatdagi o’ynovchilarga topshiraddilar, to’p irg’itganlar to’pni olib keluvchilar o’rniga borib turadilar. Savatga ko’proq to’p tushirgan komanda g’olib hisoblanadi.

O’yinniing qoidalari: 1.To’pni savatga irg’itgandda chiziqdan nariga o’tish mumkin emas. Chiziqdan chiqib turgan holda savatga tushirilgan to’p hisobga olinmaydi. 2.Hamma o’ynovchilar navbat bilan savatga to’p irg’itishlari lozim.



Pedagogik ahamiyati. O’yinda bolalarda basketbol elementlarini ayrim malakalari mustahkamlanadi va takomillashtiradi. Bundan tashqari o’yinda bolalarda uz kuchiga ishonish, diqqatni va tezlik reakstiyasini rivojlantirishga yordam beradi. O’yinda o’ziga hos harakati to’pni savatga tashlash.
QURBAQA BILAN LAYLAK.

Uyiga tayorlanish. O’yin o’tkaziladigan maydoncha to’rt tomondan to’sib qo’yiladi yoki to’rt o’quvchi to’rtburchak hosil qilib ustidan sakrab o’tilishi lozim bo’lgan arqonchani ushlab turadi. To’rt tomoni to’sib yoki arqoncha bilan chegaralab qo’yilgan maydoncha «botkoklik» bo’ladi. O’ynovchilardan biri - «laylak», yahni onaboshi qilib tayinlanadi. Laylakning «UYa» si botkoklikdan bir necha qadam narirokda bo’ladi. Qolgan o’yinchilar botkoklikda turadilar.

O’yinning tavsifi. O’qituvchi signal berishi bilan laydak arqondan oshib, botkoklikka kiradi va qurbaqalarni ushlashga kirishadi. Qurbaqalar esa arqon ustidan sakrab o’tib laylakdan qocha boshlaydilar. Laylak ushlagan qurbaqani uz uyasiga olib ketadi. Qo’lga tushgan qurbaqalar kuyib yuboriladi. Ular botkoklikka sakrab tushib,yana o’yinda qatnashaveradilar.Laylakning qo’liga biror marta ham tushmagan o’yinchilar eng epchil o’yinchi hisoblanadi.

O’yinning qoidalari. 1. Laylak har galgi quvishda faqat bir qurbaqani va botkoklik ichidagi qurbaqanigina ushlay oladi.2. Laylak botkoklikka kirgan paytda arqonchadan sakrab o’tishga ulgurmagan qurbaqa qo’lga tushgan hisoblanadi. 3. Botkoklikdan qurbaqalar chap berib qochishlari, yugurishlari, cho’kkayishlari va bush tortilgan arqoncha ustidan u yoki bu yokka sakrash mumkin.

Pedagogik ahamiyati. O’yinda bolalarni diqqat e’tiborini, to’g’ri koordinatsiya harakatini rivojlantiradi. Bolalarda kuch, chaqqonlik, chidamlilikni, tezkorlikni, ayniqsa sakrovchanlikni rivojlantiradi va malakasini takomillashtiradi. O’yinning asosiy harakati sakrash va balandlikka sakrash hisoblanadi.
"OTOSHMA" O’YINI

O’yinga tayyorlanish. Bu o’yinda o’kuiilar mo’ljalga olish, kichik to’plarni ilish va to’p zarbidan o’zini himoya qilish harakatlarini bajaradilar. O’yin start maydonchasida va sport zapida ham o’tkazilishi mumkin. O’yin uchun 15- 16 m oraliqda jarima chizig’i chiziladi. Chiziqdarning uzunliga o’quvchilar soniga qarab uzun qisqa chizilishi mumkin.

O’yin tavsifi. O’quvchilar teng ikkiga komandaga bo’linadi. O’yinda boshlovchi komanda aniqlanib olinadi. O’qituvchining signalidan so’ng qarshi tomonda komanda o’yinchilari tamon koptokni shunday otashlari kerak yoki zarbadan saqlanishi kerak. Koptok tekkan o’yinchi safdan chiqib ketadi. Koptokni ilib olmoqchi o’yinchi bir qadam oldinga chiqib koptokni ilib olishi mumkin. Otishni komandalar gapma- gap bajaradilar. Ko’proq koptok tekkizgan komanda o’yinda g’olib chikadi.

O’yin qoidalari. 1. O’qituvchi signal bermasdan otish mumkin emas. 2. Koptok otish vaktida chiziqdan otash shart. 3 . to’pni ilib ololmasa unga to’p tekkan hisoblanadi.

Pedagogik ahamiyati. Bu o’yinda barcha o’ynovchilar faol bo’lishlari kerak. O’yinda o’rtoqlarini qutqarishi, qo’llab- quvvatlashi, o’yinda bir fikirga kelib harakat kilishi va maqsadga erishishi uchun o’rtoqlari bilan birgalikda harakat qilishini tarbiyalaydi. O’yinda qat’iylikni, topqirlikni, jasurlikni, reaksiya tezligi va tez harakat qilishi tarbiyalaydi. O’yinda to’pni egallash malakasini mustahkamlaydi va takomillashtiradi. Buni keyinchalik to’p bilan sport o’yinlarida to’pni otish va ilib olish to’pni uzatish va olib yurishni o’rgatishga yordam beradi. O’yinni o’ziga hos harakatlari o’yinda- otishni ilish uzatash, harakatsiz nishonga to’pni uloqtirish, shuningdek chap berib yugurishdir.
"LANKA " O’YINI

O’yinga tayyorlanish. Qo’y yoki echki terisidan kirkib olib tagiga qayroq narsa yoki temir yopishtirib lanka yasash mumkin.

O’yin tavsifi. O’yinchilar juft-juft bo’lib yoki guruh-guruh bo’lib o’ynashlari mumkin. 5-10ta oddiy tepishdan so’ngra 5-10 sach, 5-10 lurdan boshlanishi kerak. Bularni hammasini tushirmasdan bajarib bo’lgandan keyin keyingisi o’yin boshlanasti. Agarda ko’yilgan vazifani ohirigacha etkaza olmasa o’yinni navbatdagi o’yinchi boshlashi mumkin. Berilgan vazifalarni to’lik va aniq bajargan o’yinchilar g’olib chikadi. Bu o’yin orqali o’quvchilardan epchillik, chaqqonlik, tezyurlik, chidamliliq sakravchanlik sifatlariga tarbiyalashga yordam beradi.

O’yin qoidalari.

1. Har bir harakat ketma- ketliqda bajariladi.

2. O’yinda dam olib yoki ilib olish bilan bajarish man etiladi. Yutqazgan o’yinchilar esa sher yoki ashula aytib berishlari, raksga tushishlari mumkin.

O’yinning pedagogik ahamiyati. O’yin bolalarda jasurliq botirlikni koordinostion harakatlanitshni tarbiyalaydi. O’yinda sakrovchanlik, chaqonlik, chidamlilik, rivojlantirishga yordam beradi.
PIONERBOL O’YINI.

O’yinga tayyorlanish. O’ynovchilar ikki komandaga bo’linib, voleybol maydonchasini ikki tomonida 2-3 qator bo’lib turadilar.

O’yin tasnifi. Har bir komanda 1-2 tadan voleybol to’pni oladilar. To’pni komanda sardori tomonidan ko’rsatilgan o’yinchilar ushlab turadilar. Signal bo’yicha o’ynovchilar iloji boricha koptokni to’r ustidan tez oshirishga harakat qiladilar. To’pni oshirish qachonki bir vaqtni o’zida bir tomonda 2-3 ta to’p bo’lguncha davom eatadi. Huddi shu vaqtda hushtak chalinadi, o’yin to’htatiladi, yahni qaysi komandani tomonida 2-3 koptok bo’lsa boshqa komandaga ochko beriladi. To’p komandalarga qaytariladi, signal bo’yicha uyni yana qaytadan boshlanadi.

O’yin shungachan davom ettadi, qachonki komandalarni biri belgilangan sondagi ochkoni yig’maguncha davom etadi (masalan, 10-20); shundan so’ng komandalar tomonlarni almashadilar, o’yin yana qaytadan boshlanadi. Ikkita bo’limda g’olib chiqqan yutgan komanda yutgan hisoblanadi.



O’yin qoidasi.

1.Agar quyidagi hatolarga yo’l qo’yilsa o’yin to’htatiladi: to’p raqib maydonini tashqarisiga chiqib ketsa; to’p to’rini tagidan o’tsa; 2-3 to’p bir vaqtni o’zida bir tomonda bo’lib qolsa;

2. Avvalo to’pni raqib tomoniga otishdan oldin, uni havoda ilib olish, erdan olish, o’zlarining o’rtoqlarini o’rtasidan (agarda bu qulay bo’lsa) uzatishlari mumkin.

3. Agarda to’plar havoda to’qnashib qolsa, o’yin to’htatiladi, to’plar teng bo’lib beriladi. 4. Agarda ko’p raqib tomoniga signaldan oldin otilsa, komanda ochko yo’qotadi.

Yo’l qo’yilgan hatodan keyin, o’ynovchilar voleybol o’yinidagidek soat mili bo’ylab harakat qiladilar.

Turar joylarda, mahallalarda va bolalar maydonchalaridan o’tkaziladigan o’yinlar.

Turar joylarda, mahallalarda va bolalar maydonchalarida harakatli o’yinlar pedagog-tarbiyachi rahbarligida o’tkaziladi. Ularni vazifasi bolalarni maktabda olgan bilim va malakalarini mustahkamlashga hamda takomillashtirishga, uni jismoniy rivojlanishiga yordam berishi, bolalarni sog’lomlashtirish, madaniy hordiq olishni tashkil etishdan iboratdir.

Maydonchada harakatli o’yinlar har-uni bolalarni o’zi tomonidan tashkil qilinadigan va mustaqil o’yinlar va imkon boricha, tashkil qilinadigan o’yinlar o’tkaziladi, buni pedagogik kuzatishlar olib boriladi, zarur paytda tarbiyachilr, katta yoshdagi bolalar yordam beradilar.

Maydonchada o’tkaziladigan ommaviy tadbirlarda o’yin va atrakstionlar ham kiritiladi. Shahardar tashqariga dam olishga va sayrlarda chiqqan vaqtda joylarda o’yinlar o’tkaziladi, bunga maydonchani rahbarlari va bolalarni faollari oldindan tayyorgarlik ko’rishlari kerak.

Maydonda alohida o’yinlr va atrakstionlar hamda turli-tuman o’yin jihozlari uchun doimiy joy bo’lishi shart: koptoklar, chambarakalar, uzun va qisqa arg’imchilar sersi va bayroqchalar va boshqalar.

Maydonchada ham huddi bolalar oromgohlaridek sport va harakatli o’yinlar bo’yicha kamandalar tashkil qilish mumkin va boshqa maydondagi bolalar bilan musobaqalar o’tkazishi mumkin.
TAQIQLANGAN HARAKAT

O’yinga tayorlash. O’ynovchilar aylana hosil qilib turadilar. Onaboshi doira o’rtasida turadi.

O’yinnint tavsifi. O’ynovchilar bilan onaboshini barcha harakatlarini takrorlash, ammo takrorlangan harakalarni qilmaslik haqida oldindan kelishib olinadi. Keyin onaboshi har hil harakatlar qila boshlaydi, o’ynovchilar uning harakatini takrorlaydilar. Shunda onaboshi quqqisdan biror taqiqlangan harakat qilib qo’yadi. Anashu harakatni takrorlagan o’yinchiga jarima ochkosi beriladi yoki uni doira o’rtasiga tushirib onaboshining rolini bajarishga majbur etiladi. Jarima ochkosi olgan o’quvchi o’ynab yoki ko’shiq aytib berishi, topishmoqni topishi, bir oyoqda aylana bo’ylab hakkalab yurishi ham munkin. shundan keyin o’yin yana davom ettiriladi.

O’yining qoidalari. O’ynochilarga o’qituvchi ko’zlaringni och demaguncha ko’zini ochish man etiladi. Agar oldingidek ko’zini ochib yuborsa yana o’yin davom ettiriladi. 1. O’qtuvchilar taqiqlagan harakatdan boshqa birga harakat bajarishlari shart. Agar kim takrorlamacha yutqizgan hisoblanadi. 2. Yutqizgan o’yinchi o’yinni davom ettiradi, har bir qo’ygan hatosiga bir qadammm oldiga chiqadi yoki jarima ochkosi beriladi.

Pedagogik ahamiyati. O’yin bolalarda diqqat-ehtiborni kuzatib borishni tarbiyalashga yordam beradi, shuningdek kaorlinastiya harakatini, o’zini tuta bilishni rivojlantiradi.

Metodik ko’rsatmalar. O’yinni musiqa jo’rligida o’tkazish yanada ham yahshi. Uni o’tkazishda o’qtuvchilarni hushyorlikka o’rgatish uchun harakat qilishadi. O’yinni doirada safda qatorda ham o’tkazish munkin


KIM ChAQQON

O’yinga tayyorlanish. Bolalar qo’llarini ushlagan holda bir necha aylanalarga saflanadilar Har bir aylanada 8-10 o’yinchi bo’lib ularning har biri o’z joyida cho’kka chushib o’tiradilar. Aylana o’rtasida bitta onaboshi saylanadi va aylananing o’rtasiga (tik turgan holda) joylashadi O’yinchilar onaboshiga sezdirmasdan va ovoz chiqarmasdan faqat imo ishora orqali bir-birlari bilan o’rin almashtirishga harakat qiladilar Onaboshining vazifasi o’yinchilar o’z o’rinlarini almashtirayotgan vaqtda bo’sh qolgan joyni tezlik bilan egallab olib o’sha joyda cho’kka chushib o’tirishdir Agar ona boshi mo’ljallangan joyni egallab olsa joysiz qolgan o’yinchi onaboshi bo’lib qoladi joyni egallab oladi o’yin davom etadi uning vaqti 5-6 m tugatilgandan so’ng eng chaqqon o’yinchilarni rag’batlantirish lozim.

Pedagogik ahamiyati. Bu o’yinni barcha yoshdagi o’yinchilari o’ynashlari mumkin. O’yinni ochiq havoda maydonchada o’tkazish mumkin. O’yinni o’ziga hos hususiyati yugurish bu o’yin epchillikni tezlikni sezgirlikni va kuchni tarbiyalashga yordam beradi.
QIRQ TOSh

O’yinga tayorlash. O’yin maysazorda, sport zalida yoki maydonchada ham o’tkaziladi. Start chizig’idan boshlab uzunasiga har bolani hisobga olib (6-6, 10-10, 20-20 va h.k ) bir metrdan aniq parallel chiziiqlar belgilaniladi. Har bir bola tosh o’rniga bittadan lattadan tikilgan koptakchani qo’liga ushlab tayorlanib turadi.

O’yinning tavsifi. Hakam yoki o’qituvchining hushtagiga binoan har bir bola belgilangan har bir metrga yugurib borib toshni yoki koptokni qo’yib, o’z joyiga qaytib olib keladi. Ohirgi o’yinchi toshini olib borib qaytgandan so’ng yana biri o’z toshini yugurib borib qaytib olib keladi. Qaysi komanda birinchi bo’lib o’z koptokchalarini terib olib kelsa, o’sha komanda g’olib deb hisoblanadi.

Qoidalar: chiziqdan chiqish, koptokchani boshqa o’yinchilarga uzatish, oldindan start chizig’idan chiqish man etiladi.

Pedagogih ahamiyati. O’yinda tezkorlik reakstiyasini, aniq mo’jjalga olish, harakatlarni o’ziga mosligini, tez fikirlashni o’rgatadi. Chunki o’yinni komandali bo’lganligi uchun jismoniy his qilishni rivojlantiradi.O’yin o’ziga hos harakati koptokni doiraga aniq qo’yish va olib kelish.
CHUMCHUQLAR

O’yinning tavsifi. Diametri 5-8mli katta aylana («Don» sepilgan joy) chiziladi. Bitta onaboshidan boshqa o’yinchilar-chumchuqlar bo’ladi va aylana atrofiga joylashadilar. Onaboshi yahni katta qush aylananing o’rtasida turadi..

Chumchuqlar bir oyolab sakrab-sakrab goh aylananing ichiga kiradilar, goh chiqib ketadilar. Katta qush aylana ichida yuguradi, aylana ichkarisidagi chumchuqlarga qo’l tekkizib ularni chukiydi va donni terib eyishlariga yo’l qo’ymaydi. Katta qush cho’qigan chumchuqlar ham o’yinni davom etiraveradilar. Chumchuqlar katta qushga chap berib, aylana ichida uzoqroq turishga harakat qiladilar. Rahbar chukilgan chumchuqlarni aniklab beradi.Onaboshi bir marta ham qo’lini tegiza olmagan o’yinchilar eng chaqqon hisoblanadi.

O’yinning qoidalari. 1 oyoqni 3 marta sakragandan keyingina almashtirish mumkin. 2 Onaboshi o’yinchilarga faqat aylana ichidagina qo’l tigizishi mumkin.

Pedagogik ahamiyati. O’yinda sakrovchanlik, sezgirlik, chaqqonlik o’ziga harakatlari bilan chap berishni tarbiyalashga yordam beradi.O’yinni o’ziga hos kiska-kiska tez sakrashi va yugurishlardan iborat.

Metodik ko’rsatmalar. O’yinni 30-daqiqagacha davom ettirish mumkin.O’yinni bir necha marta qaytarish (Har-bir qaytarish oldidan o’ynovchilar bir daqiqadan dam olishlari) mahqul. Rahbar o’yin vaqtida hamma o’ynovchilarning faol qatnashayotganini kuzatish maqsadida atrofda aylanib yurishi kerak.



TO’P QO’ShNIGA


O’yinchilar bir-birlaridan 4 qadam uzoqlikda turib aylana hosil qiladilar. Onaboshi esa aylana tashqarisida yuradi. O’yinchilardan biri basketbol to’pini ushlab turadi. O’qituvchiniig signali bo’yicha to’pni ushlab turgan o’yinchi uni yonidagi o’yinchiga uzatadi, u esa keyingi o’yinchiga va hokazo. Onaboshi kirmagan holda to’pga etib olishga va unga qo’l tekkizishga harakat qiladi. Agar to’pga etib olib, unga qo’l tegizsa, o’yinchi bilan o’z o’rnini almashadi. O’yin davom etadi.

To’pni egallagan o’yinchi yonidagisi qolib, undan sherigiga uni uzatishi mumkin emas.


NARSANI ERDAN OLMOQ


Ikkita o’yinchi bitta chiziqda turib, gimnastika tayoqchasini uchidan ushlab bir-birlaridan 1—2 qadam narida turadilar. Polga biror narsa qo’yiladi.

O’yinchi signal berilishi bilan raqibini tortib, polda yotgan narsani oladi.


TO’PNI HALQAGA TUShIRISh

O’yin qatnashchilari basketbol taxtasiga yaqin joyda turadilar (ustunchaga chambarak o’rnatilgan bo’ladi). Bolalar to’pni yuqoriga irғitib, bosh bilan urib, uni halqaga tushiradilar.




KIM BIR OYoQDA TEZ YuGURADI

O’quvchilar teng ikki komandaga bo’linadilar va bir qatordan start chiziғi orqasida saf tortib turadilar. Har bir komanda qarshisiga 5-6 m masofada to’ldirma to’p ko’yiladi.

O’qituvchining signalidan keyin komandalarning birinchi turgan o’yinchilari bir oyoqda (chap yoki o’ng oyoqda) to’ldirma to’pgacha yugurib borib, uning o’ng tomonidan aylanib o’tadilar va orqaga qaytib kelib, ikkinchi o’yinchilarning qo’llariga qo’llarini tekkizib, qatorning oxiriga borib turadilar. Ikkinchi o’yinchilar ham shuning o’zini bajaradilar.

Berilgan vazifani birinchi bo’lib bajargan komanda yutgan hisoblanadi. O’yinni qaytarishda endi boshqa oyoq bilan sakraladi.


ChAQQON YuGURIB O’TUVChILAR

Bolalar diametri 8-12 m keladigan doira atrofida turadilar. Ikkita onaboshi doira markazidaturadi.



O’qituvchi signalidan so’ng o’ynovchilar doiraning har xil yo’nalishda yugurib o’ta boshlaydilar. Onaboshi esa yugurib o’tayotgan bolalarga qo’l tekkizishga harakat qiladi. O’yinboshi qo’li tekkan bola usha joyda qotib turadi, boshqa biror o’yinchi unga qo’lini tekkizib qutqarganidan so’ng u yana o’yinda qatnasha boshlaydi. Birorta ham qo’l tekkizilmagan bolalar o’yinda yutib chiqadilar.



Download 96.69 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling