Uzum Business qanday ishlaydi


# 8.2 Promo-kodlar (reklama kodlari)


Download 116.13 Kb.
bet37/41
Sana21.07.2023
Hajmi116.13 Kb.
#1661582
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   41
Bog'liq
UZUM manuals Uzb (1)

# 8.2 Promo-kodlar (reklama kodlari)


Ushbu yorliq sizga do'konlaringiz uchun promo-kodlarni yaratish va ularni reklama maqsadlarida, jumladan, do'koningizni targ'ib qilish uchun bloggerlarni jalb qilish uchun foydalanish imkonini beradi. Xaridor promo-koddan foydalanganda chegirma sizning daromadingizdan to'liq qoplanishini va marketpleys komissiyasi miqdoriga hech qanday ta'sir qilmasligini tushunish muhimdir. Uzum komissiyasi tovar uchun 100% to'langandek to'liq yechib olinadi.
Promo-kod faqat siz yaratgan do'kon uchun amal qiladi. Promo-kod uchun chegirma miqdori foydalanuvchining savatida do'koningiz mahulotlari umumiy pul miqdorining 50 foizidan oshmasligi kerak. Shu munosabat bilan reklama kodini yaratish uchun formadagi barcha maydonlar talab qilinadi.
Promo-kodni yaratishda tizim avtomatik ravishda do'kon prefiksini belgilaydi. Bu har bir sotuvchi o'ziga xos mazmunga ega so'zlar bilan reklama kodini yaratishi uchun amalga oshiriladi, masalan 0001-BLACKFRIDAY. Mahsulotlaringiz va doʻkonlaringizni reklama qilishda bloggerlarni qulay tarzda jalb qilishingiz uchun funksionallik ustida ham faol ishlayapmiz.
Shuningdek, siz o'zingiz yaratgan barcha promo-kodlarni ko'rish, foydalanish sonini va har bir promo-kod uchun jami marketing xarajatlarini tahlil qilish imkoniga egasiz. Turli marketing platformalarida va kreativlarda turli promo-kodlardan foydalanish sizning reklama kampaniyalaringiz samaradorligini o'lchash imkonini beradi.

# 8.3 Aksiyalar taqvimi


Ushbu yorliqda siz marketpleysdagi barcha joriy reklama aksiyalarini ko'rishingiz va ularda ishtirok etish uchun quyidagi shartlarga javob beruvchi mahsulotlaringizni qo'shishingiz mumkin. Shartlar turli xil bo'lishi mumkin:

  • minimal chegirma

  • muayyan toifaga mansub mahsulot

  • tovarlarning minimal qiymati

  • aksiyadagi tovarlaringizning umumiy soni

  • aksiyadagi mahsulotlar soni bo'yicha umumiy cheklov

  • aksiya taqvimiga ko'ra mahsulot faqat bitta aksiyada qatnashishi mumkin

Siz o'z mijozlaringizga yaxshi sharoitlarni taqdim eta olishingiz uchun biz ba'zi aktsiyalarida aksiya a'zolari uchun tovarlarni sotish bo'yicha komissiya miqdorini kamaytiramiz.
Aksiyalar taqvimida quyidagi yorliqlar mavjud:

  • Faol - hozir ishtirok etishingiz mumkin bo'lgan barcha joriy aksiyalar;

  • Muvofiq - mahsulotingiz ishtirok etishi mumkin bo'lgan faol aksiyalar;

  • Ishtirok etmoqdaman - mahsulotlaringiz hozirda ishtirok etayotgan faol aksiyalar;

  • Tugallangan - siz ishtirok etgan tugallangan aksiyalar;

  • Barcha aksiyalar — aksiyalar arxivi.

Aksiyada qatnashish uchun “Ishtirok etish” tugmasini bosing, mahsulotlarni tanlang va yangi narx belgilang. Agar siz aksiyaga qo'shgan mahsulotingizning narxi komissiya oralig'ida keyingi darajaga o'tsa, biz komissiya hajmini aksiyaga kirishdan oldingidek saqlab qolamiz.
Misol: aksiya boshlanishidan oldin mahsulot narxi 4 250 000 so’m (komissiya 3%), aksiyada chegirma bilan esa narx 2 500 000 so’mgacha tushadi (bu narx 5 foiz komissiyaga to’g’ri keladi). UZUM tariflariga ko’ra, bu narx oralig’ining bir darajaga o’zgarishi, demak, aksiyaga boshlangandan so'ng ham komissiya miqdori o’zgarmaydi va 2 500 000 so’mning 3 foizini tashkil qiladi. :::
Agar chegirmali narx sotuvdan oldingi narxdan g'ayritabiiy ravishda farq qilsa va komissiya oralig'ida ikki yoki undan ko'p darajaga yuqori bo'lsa, biz komissiyani yakuniy sotish narxidan hisoblaymiz.
Misol: aksiya boshlanishidan oldin mahsulot narxi 4 250 000 so’m (komissiya 3%), aksiyada chegirma bilan esa narx 49 000 so’mgacha tushadi (bunday narx 20 foiz komissiyaga to’g’ri keladi). Bu narxning bir necha pog'onaga g'ayritabiiy ravishda pasayishi hisoblanib, aksiya taqvimi bo'yicha chegirmadan so'ng mahsulot bo'yicha yakuniy komissiya sotuv narxidan hisoblab chiqiladi va 20 foizni tashkil qilaadi. :::
Aksiya boshlanishidan oldin siz doimo joriy "Yechib olish" summasini ko'rasiz.
Odatda, biz maksimal narxni ko'rsatamiz, undan yuqori narxni bunday savdoda o'rnatish mumkin bo'lmaydi. Boshqa o'xshash raqobatli tovarlar orasida mahsulotingiz potentsial xaridorlar uchun yanada jozibador bo'lishi uchun siz har doim chegirma hajmini ko'proq o'rnatishingiz mumkin.
Bir mahsulotning turli xil variantlari (rangi, o'lchami va hokazo) uchun siz har xil narxlar belgilashingiz mumkin, lekin shartlarga ko'ra narxlar mumkin bo'lgan maksimal qiymatdan yuqori bo'lmasligi kerak.



Download 116.13 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   41




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling