Uzum Business qanday ishlaydi


% — agar mahsulotingiz QQSga tortilmasa. 15%


Download 116.13 Kb.
bet15/41
Sana28.03.2023
Hajmi116.13 Kb.
#1303566
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   41
Bog'liq
UZUM manuals website text

0% — agar mahsulotingiz QQSga tortilmasa.

  • 15% — agar mahsulotingiz QQSga tortilsa. Mahsulot uchun soliq tarif belgilanadi.

    Ushbu ma'lumot chekni chop etishda va sotuvchining shaxsiy hisobvarag'idan pul mablag'larini olishda ko'rsatiladi.
    Muhim: Soliq organlarida platformaga savollar tug'ilgan taqdirda, sotuvchi QQSning noto'g'ri ko'rsatilishi bo’yicha to'liq javobgarlikni o'z zimmasiga oladi.
    #5.6 Mahsulot tavsifi
    Mahsulot tavsifi ikki tilda to'ldirilishi kerak: o'zbek (lotin alifbosida) va rus (kirill alifbosida).
    Mahsulot tavsifidagi ma'lumotlar qanchalik to'liq bo'lsa, xaridorning e'tirozlari va savollari shunchalik kam bo'ladi. Hamda xaridor tovarni sizdan sotib olish ehtimoli ko'payadi va tafsilotlarni qidirishda raqobatchilarga ketib qolmaydi.
    Shu bilan birga, tavsif mahsulotga to'liq mos kelishi va uning haqiqiy xususiyatlarini aks ettirishi kerak, shunda kutish haqiqatga to'g'ri kelmaydigan holatlar vujudga kelmaydi. Aks holda, siz buyurtmalaringiz qaytib kelaveradi, salbiy sharhlar olasiz va do'koningiz obro'si pasayadi.
    Yaxshi tavsif:

    • mahsulotingiz nima uchun kerakligi va undan qanday foydalanishni aniq tushuntirib beradi;

    • mahsulotning afzalliklarini ta'kidlaydi;

    • xarid qilish to'g'risida qaror qabul qilish uchun zarur bo'lgan barcha ma'lumotlarni taqdim etadi;

    • mahsulot kartalarini yaratish uchun umumiy talablarga javob beradi.

    Tavsif matnini tuzing va muhim joylarini ajratib ko'rsating. Siz quyidagi funksionaldan foydalanishingiz mumkin:

    • sarlavhalar;

    • tanlash;

    • tagiga chizish;

    • ro'yxatlar;

    • suratlar.

    Tavsif blokiga rasm yoki video qo'shish uchun asboblar panelidagi tegishli belgini bosing.
    Muhim:
    – Yaroqlilik muddati cheklangan tovarlar (oziq-ovqat mahsulotlari, maishiy kimyo, parfyumeriya va kosmetika) uchun ushbu ma’lumot mahsulotning o’zida bo’lishi shart. Tavsifda esa siz Yaroqlilik muddati mahsulot qadog’ida ko’rsatilgan iborasini yozishingiz kerak.
    – Agar tovarlarning yaroqlilik muddati cheklanmagan bo'lsa (barcha boshqa toifadagi tovarlar), siz kafolat muddati haqidagi ma'lumotlarni ko'rsatishingiz kerak. Sotuvchi tomonidan belgilangan muddat bo'lmagan taqdirda, kafolat muddati standart ravishda 6 oyni tashkil qiladi.

    Download 116.13 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
  • 1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   41




    Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
    ma'muriyatiga murojaat qiling