Ushbu ma'lumot chekni chop etishda va sotuvchining shaxsiy hisobvarag'idan pul mablag'larini
olishda ko'rsatiladi.
Muhim: Soliq organlarida platformaga savollar tug'ilgan taqdirda, sotuvchi QQSning noto'g'ri
ko'rsatilishi bo’yicha to'liq javobgarlikni o'z zimmasiga oladi.
#
5.6 Mahsulot tavsifi
Mahsulot tavsifi ikki tilda to'ldirilishi kerak: o'zbek (lotin alifbosida) va rus (kirill alifbosida).
Mahsulot tavsifidagi ma'lumotlar qanchalik to'liq bo'lsa, xaridorning e'tirozlari va savollari
shunchalik kam bo'ladi. Hamda xaridor tovarni sizdan sotib olish ehtimoli ko'payadi va tafsilotlarni
qidirishda raqobatchilarga ketib qolmaydi.
Shu bilan birga, tavsif
mahsulotga to'liq mos kelishi va uning haqiqiy xususiyatlarini aks ettirishi
kerak, shunda kutish haqiqatga to'g'ri kelmaydigan holatlar vujudga kelmaydi. Aks holda, siz
buyurtmalaringiz qaytib kelaveradi, salbiy sharhlar olasiz va do'koningiz obro'si pasayadi.
Yaxshi tavsif:
mahsulotingiz nima uchun kerakligi va undan qanday foydalanishni aniq tushuntirib beradi;
mahsulotning afzalliklarini ta'kidlaydi;
xarid qilish to'g'risida qaror qabul qilish uchun zarur bo'lgan barcha ma'lumotlarni taqdim
etadi;
mahsulot kartalarini yaratish uchun umumiy talablarga javob beradi.
Tavsif matnini tuzing va muhim joylarini ajratib ko'rsating. Siz quyidagi funksionaldan
foydalanishingiz mumkin:
sarlavhalar;
tanlash;
tagiga chizish;
ro'yxatlar;
suratlar.
Tavsif blokiga rasm yoki video qo'shish uchun asboblar panelidagi tegishli belgini bosing.
Muhim:
– Yaroqlilik muddati cheklangan tovarlar (oziq-ovqat mahsulotlari, maishiy kimyo, parfyumeriya va
kosmetika) uchun ushbu ma’lumot mahsulotning o’zida bo’lishi shart. Tavsifda esa siz
Yaroqlilik
Do'stlaringiz bilan baham: