9. Xodimlarni qo'shish va rollarni boshqarish
"Xodimlar" bo'limi yordamida siz do'konlaringizni boshqarish uchun kirish huquqlarini berishingiz
va o'zgartirishingiz mumkin. Misol uchun, agar siz bir xodimning do'konlaringizda mahsulot
yaratishini, boshqasi buxgalteriya hisobini boshqarishini va uchinchisi aksiyalarni boshqarishini
istasangiz, unda ushbu bo'lim yordamida uni amalga oshirishingiz mumkin.
Shaxsiy kabinetingizning chap menyusidagi "Xodimlar" bo'limida siz do'konlaringizga kirish
huquqiga ega bo'lgan barcha xodimlarning ro'yxatini ko'rishingiz mumkin.
Xodimni yaratish uchun "Xodim qo'shish" tugmasini bosing. Yangi paydo bo'lgan oynada siz
quyidagilarni belgilashingiz kerak:
Xodimning shaxsiy kabinetiga kiradigan telefon raqami. Raqam Uzum platformasida sotuvchi hisobi
sifatida roʻyxatdan oʻtgan boʻlishi kerak.
Xodimning roli.
Xodim ushbu rolni bajaradigan do'konlar.
Hozirda mavjud rollar:
Menejer — pul mablag'larini olib chiqishdan tashqari, do'konni boshqarishning barcha
funksiyalaridan foydalanishi mumkin.
Moliyaviy menejer — tovarlarni, promo-kodlarni, hisob-fakturalarni, moliyalarni ko'rishi,
ombordagi zaxiralarni tushirishi mumkin.
Marketolog —
mahsulotlarni, do'kon haqidagi ma'lumotlarni ko'rib chiqish va tahrirlash,
promo-kodlarni, taymerli aksiyalarni to'liq boshqarish, saytning har qanday faoliyatida
aksiyalar taqvimiga mahsulotlarni qo'shish, moliyalarni ko'rish va savdo ro'yxatini yuklashi
mimkin.
Kontent menejeri —
mahsulotlarni yaratishi, sotuvda bo'lmagan mahsulotlarni va ularning
narxlarini tahrirlashi mumkin.
Yordam — mahsulotlarni, taymerli chegirmalarni, promo-kodlarni ko'rishi mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: