2.5 Qo'shimcha cheklovlarga ega toifalar
Tezkor testlar tibbiy asbob-uskunalar hisoblanib, faqat foydalanish bo'yicha ko'rsatmalarida uyda
foydalanish mumkinligini, yoki inson o'zi mustaqil ravishda foydalanaolishi uchun mo'ljallanganligi
ko'rsatilgan bo’lsa, Uzum marketpleysida sotilishi mumkin. Tezkor testlarga quyidagilar kiradi:
➖Infektsiyalarni aniqlash uchun tezkor testlar (masalan, gepatit, sifilis, gripp uchun testlar);
➖ Glyukometr uchun test chiziqlari;
➖ Giyohvand moddalarni tekshirish uchun testlar;
➖ Homiladorlik yoki ovulyatsiya davrini aniqlash uchun testlar;
➖ COVID-19 uchun tezkor testlar.
2.6 Brendli tovarlarni sotish
Uzumda brendli tovarlarni sotish uchun, ushbu tovarning tovar belgisi (TB) yoki savdo belgisi (SB)
O’zbekiston yoki xalqaro intellektual mulk tizimida ro’yxatdan o’tkazilgan bo'lishi talab etiladi, hamda
ulardan foydalanish huquqini tasdiqlovchi hujjatlar kerak bo'ladi.
Marketpleys orqali savdo qilishni boshlash uchun biz sizni ushbu hujjatlarni bizga taqdim etishga
majburlamaymiz. Biroq, mualliflik huquqi egasi uchinchi tomon sotuvchilariga tovar belgisidan
foydalanishni taqiqlash huquqiga ega ekanligini tushunishingiz kerak. Agar bunday hodisa ro'y
bersa, biz brenddan foydalanish huquqini tasdiqlovchi hujjatlarni taqdim eta olmaydigan
tovarlaringizni blokirovka qilishga majbur bo'lamiz. Hujjatlarni taqdim etish muddati – uch kun.
Shuningdek, mualliflik huquqi egasi zararni undirishni talab qilishi va jarima solishi mumkin.
Siz va brend egasi (ishlab chiqaruvchi, diler, distribyutor) o'rtasidagi aloqaning uzunligiga qarab,
sizning qo'lingizda turli xil hujjatlar bo'lishi zarur.
Havolani
bosish orqali siz barcha savdo sxemalari
va tegishli hujjatlar bilan tanishishingiz mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |