Uzum yetishtirish texnologiyasi


Uzumchilikning kelib chiqishi tarixi


Download 320.08 Kb.
bet2/14
Sana22.02.2023
Hajmi320.08 Kb.
#1220173
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14
Bog'liq
Uzumdoshlar oilasi

Uzumchilikning kelib chiqishi tarixi

O‘zbekiston O‘rta Osiyo hududining markaziy qismida, 37010/ - 45035/ shimoliy kenglik va 56000/ - 73010/ sharqiy kenglikda, yoki Evropaning Italiya davlati bilan bir xil geografik kenglikda joylashgan.
Umumiy maydonning 70 foizini tekisliklar, sharqda esa baland g‘arbiy Tyanь-shanь va Pomir-Oloy tog‘ tizmalari egallagan.
Respublikamiz iqlimi keskin kontinental temperaturaning yuqori tebranishiga asoslangan yozda judda issiq, qishda sovuq.
Mamlakatimizning geografik joylashuvi, iqlim sharoiti, quyoshning faol harorat yig‘indisi 4000-5000 gradusni tashkil qilganligi, hosildor sug‘oriladigan erlari va shuni alohida aytish kerak, o‘ziga xos tog‘ va tog‘oldi hududlari sanoat miqyosidagi uzumchilikni rivojlantirishga zamin yaratgan.
Shu erda qisqacha tarixga e’tibor beradigan bo‘lsak, geopalentologik va ampelografik tadqiqotlar shuni ko‘rsatmoqdaki, uzumchilik bilan bizning hududimizda 6 ming yillardan avval shug‘ullanishni boshlashgan.
Islomgacha bo‘lgan zoroasatrizm davridagi muqaddas “Avesto” kitobida ham Markaziy Osiyoda yashovchi halqlar uzumchilik bilan shug‘ullanganliklari yozib qoldirilgan. Boshqa yurtlardan kelgan elchilar, sayohatchilar bizning qadim yurtimizda uzumchilik bilan shug‘ullanganliklarimizni tarixda qoldirishganlar.
O‘rta asrlarda yashagan, venetsiyalik zodagon, sayohatchi Marko Polo o‘zining kundaliklarida “Samarqand, Buxoro va boshqa mashhur shaharlar atroflari bog‘lar va tokzorlar bilan o‘ralgan. Bu erlarda mahalliy halqlar tomonidan tayyorlangan maylarni ichib ko‘rdim. Bu maylarning tayyorlanganligiga o‘n yillar bo‘lgan, ularning sifati meni lol qoldirdi. Bunday maylarni men oldin xech qaerda ichmaganman” deb yozib qoldirgan ekan.
X ozirgi kunda Resapublikamiz hududlarida ekish uchun tavsiya etilgan qishloq xo‘jalik ekinlari davlat reestrida 45 ta uzum navlari mavjud. Mana shu navlar ichida qadimdan ot-bobolarimiz tomonidan ekilgan, mahalliy halqimiz tomonidan yaratilgan avtoxton navlardan Qora janjal, Andijon qora uzumi, Buaki nor, Buaki tosh, Bishti, Qora va Oq kishmish, Parkent va boshqa navlar hali ham o‘z o‘rnini yo‘qotmagan.
Sobiq Ittifoq davrida O‘zbekistondagi tokzorlar maydoni O‘rta Osiyo respublikalaridagi uzumzorlarning jami maydonining qariyib 60 foizini tashkil qilgan. Uzumchilik mahsulotlari ishlab chiqarish bo‘yicha Armaniston, Gruziya, Moldaviya respublikalari qatori yuqori o‘rinlarda turgan. Sobiq Ittifoqda tayyorlangan kishmish va mayizning 85-90 foizi bizning Respublikamizda tayyorlangan. Biz bemalol, xech qanday mubolag‘asiz faxrlanib aytishimiz mumkinki, bizning hududda etishtirilayotgan xo‘raki va kishmishbop uzumlar dunyoning boshqa mintaqalarida yo‘q. Keyingi yillarda Respublikamizning sohamizga taaluqli ilmiy tadqiqot muassasalari tomonidan mahalliy sharoitlarimizga mos, hosildor, yuqori sifatli mahsulot etishtirish imkonini beruvchi Go‘zal qora, Rizamat, Kishmish VIRa, Kishimish So‘g‘diyona, Kishmish Xishrau, Tarnau va boshqa xo‘raki-kishmishbop navlar, Magarachskiy, Muskat Uzbekistanskiy, Tashkentskiy, Rangdor, Oltinday navli texnik uzum navlari yaratildi. Bu navlar hozirgi kunda sohibkorlarimiz tomonidan katta maydonlarda ekilmoqda.
Respublikamizda mahalliy navlardan tashqari Frantsiya, Italiya, Germaniya, Gruziya va boshqa davlatlardan introduktsiya qilingan Kaberne Sovinьon, Moratelь, Xindogni, Rkatsiteli, Risling, Muskat Rozovыy, Muskat Vengerskiy, Aleatiko kabi yuqori sifatli vino, vino materiallar va shampan vinolari tayyorlash imkonini beruvchi uzum navlari ekilmoqda.

Xozirgi kunda Qishloq xo‘jalik korxonalari tasarrufida jami 75 ming gektar uzum bo‘ladigan bo‘lsa, shuning 87 foizini xo‘raki va kishmishbop uzumlar maydoni tashkil qiladi. Sanoatbop uzumlar maydoni 11-12 ming gektarni, yoki tokzorlar umumiy maydonining 13 foizini, shundan qimmatbaho uzum navlari 4-5 foizni tashkil qiladi.


Keyingi yillarda sanoat uzumchiligini rivojlantirish borasida qabul qilingan dasturlarning ijobiy natijasida 2018 yil yakuni bilan qariyb ikki ming gektar maydonda sanoatbop navli, 2019 yilning bahor mavsumida 1300 gektar maydonda tokzorlar barpo qilindi.
Sifatli uzum hom-ashyosini etkazib berish, dunyoga mashxur uzum navlarini ko‘paytirish va eksportga tayyor “O‘zbek brendi” ostida vinochilik mahsulotlarini etkazib berilishini yo‘lga qo‘yish maqsadida 2019-2021 yillarda jami 23400 gektar maydonda sanoatbop navli tokzorlar barpo qilinishi rejalashtirilgan. Shundan 2019 yilda 8290 gektar, 2020 yilda 8840 gektar hamda 2021 yilda 6270 gektar maydonda yangi tokzorlar barpo qilishning manzilli dasturi ishlab chiqildi.
Tokzorlarimizdan yuqori hosil etishtirishda zamonaviy sug‘orish texnologiyalarni, ya’ni tomchilatib sug‘orish tizimini joriy etishga katta e’tibor berilmoqda. Jumladan, tomchilatib sug‘orish tizimini tokzorlarda joriy qilgan xo‘jaliklarga paxtachilikdagi kabi gektariga 8 million so‘mdan imtiyozli kreditlar ajratish yo‘lga qo‘yilmoqda.

Mazkur maydonlarga kafolatlangan sifatli tok ko‘chatlarini ta’minlab berish maqsadida, Respublikamizda davlat-xususiy hamkorlik shartlari asosida zamonaviy evropa usulidagi ko‘chatchilik agrokomplekslarini tashkil etish mo‘ljallanmoqda.


Jumladan, 2022 yilda 100,5 ming tonna, 2023 yildan 162,4 ming tonna mahsuloti etishtirilishi ko‘zda tutilgan bo‘lsa, 2024 yilga kelib 206,3 ming tonna sifatli uzum mahsuloti etishtirilib, qayta ishlash korxonalarining to‘la quvvat bilan ishlashiga erishiladi.


Download 320.08 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling