Uzun tumani o’zbek shevalari leksikasi


Download 23.3 Kb.
Sana28.02.2023
Hajmi23.3 Kb.
#1235755
Bog'liq
1- seminar


UZUN TUMANI O’ZBEK SHEVALARI LEKSIKASI

O’zbek xalq shevalarini ilmiy nazariy asoslarda o’rganish XX asr-ning 20-yillaridan boshlangan. Uni o’rganishda У.D.Polivanov, I.I.Zarubin, K.K.Yudaxin singari rus olimlarining xizmatlari katta bo’lgani kabi o’zbek olimlarining ham salmoqli tadqiqotlari bor. Sho’ro davrida tilimizga katta huquqlar berilmagan bo’lsa hamki, rus sharqshunos olimlarining sayi-harakatlari bilan tilimiz hamda uning manbai bo’lgan shevalarimizni ilmiy asoslarda o’rganishni boshlashgan edi.


Rus olimlari shevalarimiz haqidagi ilmiy ishlari bilan o‘zbek adabiy tili haqida gapirish uchun, so’zsiz, uning shevalarini o’rganish lozimligi masalasini ko’tarishdi. Natijada, У.D.Polivanov, K.K.Borovkov, I.I.Zarubin, K.K.Yudaxin kabi o’nlab rus olimlarining shevalarimiz to’g’risidagi tadqiqotlari dialektologik ekspeditsiyalar vaqtida yaratildi va bugungi kunda shevalarimizni o’rganish bo’yicha bebaho manbalar hisoblanadi. O’zFAning Til va adabiyot institutida bu borada jiddiy ilmiy ishlartayyorlangan. Bu yerda XX asrning ikkkinchi yarmidan o’zbek xalq shevalarini o’rganish va ilmiy asoslarda tadqiq etish uchun maxsus Dialektologiya bo’limi tashkil qilingan. Unda F.Abdullaуev, B.Jo’raуev, V.V.Reshetov, Sh.Shoabdurahmonov, A.Aliуev, X.Doniyorov, Q.Muhammadjonov, Y.Jumanazarov, N.Rajabov, S. Rahimov, Y. Abdurasulov kabi dialektolog olimlarning ilmiy ishlari yuzaga keldi. Hatto bu davrda dialektologiya va umuman, o’zbek tilshunosligi masalalari bo’yicha ilmiy anjumanlar ham bo’lib o’tgan. So’ngi yillarda yana bir qancha olimlarimiz tomonidan o’zbek shevalarari va ularning tarqalish zonalari, o’ziga xos jihatlari haqida bir qancha tadqiqotlar olib borildi. O’zbek shevalarining dialektizmlarini shevalarning o’rganish, o’zbek adabiy tiliga munosabatini aniqlash yuqorida qayd etilgan olimlar tadqiqotining asosiy maqsadi bo’lgan. Ammo hozirgi kungacha ham o’zbek shevalarining leksik, fonetik, morfologik, leksik semantik dialektizmlari to’liq o’rganilgan va maxsus lug’atlar sifatida nashr etilgan emas. Shevalarni o’rganish, shu orqali uning boyligi bo’lgan dialektal frazeologizmlar va dialektizmlarni o’rganish asosida shevalar lug’atlarini tayyorlash va nashr etish masalasi bugungi kunda bu sohaning dolzarb masalalaridan biri sanaladi.
Adabiy tilda ishlatilmayotgan anchagina so’zlar o’zbek xalq shevalarida saqlanib qolganligini va muayyan tushuncha, narsa-buyum, harakat-holat va belgi-xususiyatlarni ifodalashda faol qo’lanadi. У.D.Polivanov, K.K.Yudaxin, I.I.Zarubin,G‗ozi Olim Yunusov, F.Abdullaуev, A.K.Borovkov, V.V.Reshetov, Sh.Shoabdurahmonov, A.Sher-matov, N Rajabov, X.Doniyorov, Q.Muhammadjonov, D.Abdurahmonov, B.Jo’raуev, A.Jo’raуev, A.Ishaуev, N.Shoimova, N.Murodova singari olimlar maxsus qayd etishgan. Bulardan ko’rinib turibdiki, o’zbek xalq shevalari XX asrning 20-yillaridan to bugungi kungacha ko’p olimlar tomonidan o’rganilgan. Masalan, Fattoh Abdullaуev esa Namangan va Xorazm hududi shevalarini monografik planda o’rganib, bir qancha monografiya va lug’atlar nashr ettirgan. Sh.Shoabdurahmonov o’zbek xalq shevalarini bilan adabiy tilni o’zaro qiyoslab, qarluq lahjasiga oid ma‘lumotlarni monografiya va lug’atlarida qayd etgan va “O’zbek xalq shevalari lug’ati” ni tuzishga rahbarlik qilgan. A. Aliуev Namangan guruh shevalarini, X. Doniyorov Samarqand va Jizzax viloyatlaridagi o’zbek shevalarini, B.Jo’raуev va A.Shermatov Yuqori Qashqadaryo hamda Quyi Qashqadaryo o’zbek shevalarini, T.Qudratov Qashqadaryo viloyatidagi o’zbek shevalarining oraliq guruhini tadqiq etishgan. A. Mamatov Andijon shevasini, N. Rajabov Samarqand viloyati o’zbek shevalarini, Q.Muhammadjonov Janubiy Qozog’iston o’zbek shevalarini, Sh. Nosirov Qo’qon shevasini o’rganib, monografiya shaklidagi kitoblarni nashr ettirishgan. N. Murodova esa sheva va adabiy tildagi leksik xususiyatlar to’g’risida tadqiqotini yakunlagan. N.Shoimova qipchoq lahjasiga oid shevalarning leksik xususiyatlarini o’rganishgan.
“O’zbek xalq shevalari lug’ati” XX asrning 70-yillarida yaratilgan. Ammo undagi so’zlik barcha sheva materiallarini qamrab olmagan. Ushbu lug’atning sobiq sho’ro davrida yaratilganiga e'tibor bersak, bu o’sha vaqtdagi dialektolog olimlarimizning katta muvaffaqiyatlaridan biri bo’lgan. Shu bilan birga tadqiq etilgan har bir sheva bo’yicha so’zlar o’sha davrdagi ilmiy tadqiqotlarda hali hanuz qolib ketmoqda, ularning miqdori o’ttiz ming atrofida ekan. Bizningcha, ular leksikografik, ya'ni lug’atchilik nuqtai nazardan saralangan holda kelajakda yaratiladigan ko’p tomli “Ozbek xalq shevalari lugati” da qayd etish o’rinlidir.
Shevalarimizda ham vaqt o’tishi bilan turli o’zgarishlar ro’y bergan. Bular fonetikada ham, leksikada ham, va hatto, grammatikada ham bo’ladi. Shevalarni ma'lum bir davrdan so’ng yana o’rganish o’rinli holdir. Bugungacha o’zbek shevalari leksikasi bo’yicha biri qancha kitob, monografiya va maqolalar e'lon qilingan. Hozirgi kunda ham shevalarning dialektal so’zligi tadqiqotchilarning diqqat markazida turmog’i lozim.

Foydalanilgan adabiyotlar:


1.Abdullayеv F. Xorazm shеvalari. –Toshkent,1960.;
2.Shoabdurahmonov Sh. Sh. O’zbеk adabiy tili va o’zbеk xalq shеvalari. –Toshkent, 1962.
3. Aliyеv A.Yu. O’zbеk dialеktologiyasidan matеriallar. –Toshkent: Fan, 1974. 219 bеt;
4. Doniyorov X. Qipchoq dialеktlarining lеksikasi.-Toshkent: Fan, 1979.; 5.Qudratov T. O’zbеk tilining oraliq shеvalari (Shahrisabz, Yakkabog’, Chiroqchi va Qamashi rayonlaridagi oraliq shеva matеriallari asosida).Filologiya fanlari nomzodi diss.-Toshkent,1968.236 bеt;
6.Jo’rayеv B. Yuqori Qashqadaryo o’zbеk shеvalari.–Toshkent:Fan,1969.25-31-bеtlar.
Download 23.3 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling