Uzunchoq miya


Download 183.3 Kb.
Sana15.06.2023
Hajmi183.3 Kb.
#1478561
Bog'liq
Uzunchoq miya


Uzunchoq miya
U zunchoq miya (medulla oblangata) orqa miyaning uzviy davomi bo’lib, birinchi bo’yin umurtqasidan yuqoriroqda joylashadi va Varoliyev ko’prigiga ulanib ketadi. Orqa qismi orqa miya tuzilishiga o’xshaydi. Orqa miyadan oldingi va orqa o’rta hamda yon qismlari bo’ylab o’tgan egatlar uzunchoq miyada davom etadi, ichida esa markaziy kanali joylashadi. Orqa miya ventral va dorzal orqa miya nervlari chiqadi. Uzunchoq miyaning old va orqa tomonida joylashgan o’rta egat uni ikki pallaga ajratadi. Har ikkala palla esa o’z navbatida orqa tomonidan o’tgan yonbosh egatlar orqali tizimchalarga ajraladi. Uning ventral qismini olivalar, dorzal qismini miyachaning pastki yoki orqa oyoqchalari tashkil etadi. Olivalar tuxumsimon bo’lib, nerv hujayralaridan tashkil topgan. Ularning vazifasi tanani tik tutib turishdan iborat. U juda ko’p o’tkazuvchi yo’llar orqali miyachaga bog’langan bo’ladi. Miyacha oyoqchalari nerv tolalaridan iborat. Ular yuqoriga ko’tarilib, to’rtinchi qorincha pastki burchagining yonini chegaralaydi. Bu qism rombsimon chuqurlik deb nomlanadi. Uzunchoq miyaning yon ustunlaridan ketma – ket til osti – XII juft, qo’shimcha – XI juft, adashgan – X juft, til-tomoq – IX juft bosh miya nervlarining ildizi chiqadi. Uzunchoq miyaning dorzal tomonida orqa kesikning ikki yonida orqa miyadagi nozik, ponasimon to’dalarning davomi bo’lgan orqa ustuncha joylashgan. Orqa miyadagi kulrang modda uzunchoq miyada tarqoq holda joylashgan bo’lib, bu modaning kam qismi rombsimon chuqurchaning tubida bo’ladi. Uning ko’p qismi uzuznchoq miya yuzasida tarqalgan bo’lib, uzunchoq miya yadrolari deb nomlanadi. Agar uzunchoq miya shikastlansa, odam yoki hayvon o’ladi.
Uzunchoq miya bosh miyaning eng pastki qismi boiib, uning quyi qismi  orqamiyaga, yuqori qismi esa miya ko’prigiga tutashgan. Uning uzunligi 3-3,5 sm, massasio’rtacha 7 g bo’ladi. Uzunchoq miyaning shikastlanishi nafas olishning va yurak ishiningto’xtab qolishiga sabab bo’ladi.
64- rasm. Miyachaning tashqi. 1 - chuvalchangsimon qismi; 2 - yarimshari.
Miya ко ‘prigi uzunchoq miyaning ustki qismida joylashib, yuqori tomondan o’rtamiya, yon tomondan miyacha bilan tutashib turadi. Miya ko’prigida uchlik, ko’z soqqasiniva yuz muskullarini harakatlantiruvchi nervlarning markazlari joylashgan.
O’rta miya Varoliyev ko’prigining yuqorisida joylashgan bo’lib, unda to’rt tepalik:to’rt tepalikning oldingi 2 tasida po’stloqosti ko’rish markazlari, orqadagi 2 ta tepalikda esa po’stloqosti eshitishmarkazlari joylashgan.
O raliq miya o’rta miyaning yuqori qismida joylashgan bo’lib, bosh miya katta yarimsharlari bilan qoplanib turadi.Oraliq miyaning tarkibiy qismlariga ko’rish do’mboqlari (talamus), do’mboqosti soha(gipotalamus) kiradi.
Miyacha bosh miya katta yarimsharlari ensa bo’lagining tagida joylashgan, massasi 150 g (65- rasm).
65- rasm. Miyachaning bosh va orqa miya bilan bog’lanishi: M -miyacha; Mp - bosh miya katta yarimsharining po’stloq qismi; T - talamus; Mк - miya ko’prigi; Um - uzunchoq miya; Om – orqamiya.
Dorboz qizning muvozanati miyacha tomonidan boshqarilishitasvirlangan. U odam tanasidagi barcha muskullarning harakatlarinitartibli bajarilishi, muvozanatda bo’lishini ta’minlaydi. Agar miyachashikastlansa yoki kasallansa, tana muskullari bo’shashadi va odam tikturish, yurish, sakrash, yugurish kabi harakatlarni bajarishi qiyinlashib, mast odamga o’xshab gandiraklab harakat qiladi.
O rtqi miya (metencephalon) ga Varoliyev ko’prigi (pons varoli) va miyacha (cerbellum) kiradi. Varoliyev ko’prigi uzunchoq miyaning davomi bo’lib, ventral yuzasi qavariq, pastdan uzunchoq miya, yuqoridan o’rta miya bilan chegaralangan. Ko’prikning dorzal yuzasi to’rtinchi qorinchaga qaragan bo’ladi. Uzunchoq miya kabi Varoliyev ko’prigi ham oq vq kulrang moddalardan tuzilgan. Ko’prikning kulrang moddasida V – VII juft bosh miya nervlarining tanasi va ko’prikning xususiy tanasi joylashgan. Ko’prikni uzunchoq miyadan ajratuvchi chuqurlikdan VIII juft eshituv, VII juft yuz, VI juft uzoqlashtiruvchi bosh miya nervari chiqadi. Ko’prik asosan ko’tariluvchi va tushuvchi o’tkazuvchi yo’llardan tashkil topgan. Tushuvchi yo’llar piramidasimon to’dadan, chiquvchi yo’l medial qovuzloqdan iborat. Ko’prikning ko’ndalang tolalari miyachaning o’rta oyog’ini hosil qilib, ko’prikni miyacha bilan bog’laydi.
Miyacha (cerebellum) o’ng va chap yarim sharlardan iborat bo’lib, ular chuvalchangsimon qism bilan birikkan. Miyacha bosh miya yarim sharlari bilan parallel rivojlanadi. U odamda yaxshi taraqqiy etgan bo’ladi. Miyacha kalla ichki asosining pastki ensa chuqurligida, katta miya yarim sharlari ensa qismining tagida joylashgan bo’lib, vazni 150 g. Miyachaning yuzasida yoysimon egat va pushtalar bo’lib, egatlar miyachani bo’laklirga ajratadi. Miyachaning 3 juft: yuqorigi, o’rta va pastki oyoqchasi bo’ladi. Yuqorigi oyoqchasi miyachani to’rt tepalik va miya yarim sharlari bilan, o’rta oyoqchasi ko’prik bilan, pastki oyoqchasi uzunchoq miya va orqa miya bilan bog’laydi. Agar miyacha kesilsa, uning ustki qismi yupqa kulrang moddadan tuzilganligi va 2 qavat (donachali va yulduzchali) hujayralari ko’rinadi.
Kulrang modda tagida oq modda joylashgan, uning nerv tolalari daraxt bargining tomirlari kabi tarqalgan. U hayot daraxti deb ataladi. Oq modda orasida to’rt juft tana – tarqoq holdagi kulrang modda uchraydi.
Miyachaga bosh miya yarim sharlari po’stlog’ining peshona, ensa va chakka bo’limlaridan nerv tolalari kiradi. Miyacha tanadagi retseptorlardan daxliz nervi tanasidan, bosh miya katta yarim sharlari po’stlog’idan impulslar qabul qiladi va ba’zi muskullar koordinatsiyasida hamda muskullar tarangligini saqlashda ishtirok etadi. Keyingi tekshirishlardan ma’lum bo’lishicha, miyachada muhim vegetativ nerv markazlari joylashgan.
O’rta miya (mesencephalon) Voroliyev ko’prigi yuqorisida joylashgan bo’lib, unga t’ort tepalik, miya oyoqchalari va Silviyev kanali kiradi. To’rt tepalik (corpus guatriqeminum) to’rtta bo’rtiqli plastinkadan iborat bo’lib, miya sopining orqa yuzasida joylashgan.
Har bir tepalikdan bir tutamdan nerv tolalari chiqadi. To’rt tepalikning yuqorigi ikkitasida ko’rish ta’sirlarini orientirovka qiluvchi nerv markazlari joylashgan. Bu ikki bo’rtiq oraliq miyadagi tizzasimon tana bilan bog’langan. Pastki ikkita tepalikda eshitish ta’sirlarini orientirovka qiluvchi nerv markazlari joylashgan. To’rt tepalikdan uni orqa miya bilan bo’g’lovchi (tektospinal) yo’l boshlanadi. Tuban darajada tuzilgan umurtqali hayvonlarda ikkita tepalik bo’lib, agar u shikastlansa, ko’rish funksiyasi butunlay yo’qoladi. Miya oyoqchalari (perdunculi cerebri) ikkita yo’g’on nerv tolalari boylamidan iborat bo’lib, o’rta miyaning oldingi qismini qoplab turadi. Miya oyoqchalari uzunchoq miya va Voroliyev ko’prigini miya yarim sharlari bilan bo’g’laydi. Miya oyoqchalrining lateral tomonida ko’rish nervining yo’li joylashgan. Miya oyoqchalarining pastki qismi asosi, ustki qismi qopqog’i deyiladi. Miya oyoqchalrining asosi va qopqog’i pigmentlarga boy bo’lgantana bilan ajralib turadi. Qora tana odamda yaxshi rivojlangan. Miya oyoqchasining asosida quidagi o’tkazuvchi yo’llar joylashgan: piramida yo’li – ko’prik orqali orqa miyaga yo’nalgan bo’ladi, ko’prik – miya po’stlog’i yo’li, miya po’sti – yadro yo’li.
Miya oyoqchalarining qopqog’i, uzunchoq miya ko’prigining davomi bo’lib, filogenetik kelib chiqishiga ko’ra juda qadimiy tuzilishga ega. Miya oyoqchalari qopqog’ida g’altaksimon va ko’z soqqasini harakatlantiruvchi nervlar tanasi joylashgan. Siviliyev kanali atrofidagi kulrang moddadan orqa miyaga tushuvchi, orqadagi uzunasiga yo’nalgan o’tkazuvchi yo’llar to’dasi boshlanadi. Bu to’daga ko’zni harakatlantiruvchi uchinchi, to’rtinchi va oltinchi nerv tolalari ham kiradi. To’rt tepalikning pastki bo’rtiqlari chegarasida miyacha yuqori oyqlarining tolalari kesishadi,so’ng ular qizil yadrodagi hujayralarda tugaydi. Bir qismi esa oraliq miyadagi ko’rish bo’rtiqchalariga boradi. Miya oyoqchalarining qopqog’i tarkibidagi sezuv nervlaridan eng muhimi medial qovuzloq hisoblanadi. U uzunchoq miydagi nozik va ponasimon o’tkazuvchi yo’llar tanasidan boshlanadi.
Lateral o’tkazuvchi yo’l tarkibiga eshitish, sezish ner vi kiradi. Bu yo’l to’rt tepalikning ikkita pastkisida tugaydi.
Oraliq miya (diencephalon) bosh miya yarim sharlari bilan qoplangan bo’lib, unga ko’rish bo’rtiqlari, bo’rtiq osti va tizzasimon tana kiradi.
Ko’rish bo’rtiqlari (thalamus opticus) katta ellips shaklidagi kulrang modda to’plamidan iborat bo’lib, pastki yuzasi pastki bo’rtiq osti qismiga, lateral yuzasi katta miya yarim sharlariga tutashgan, medial qismi uchunchi qorinchaning yon devorini hosil qiladi. Ko’rish bo’rtiqlari yuqori qismining medial yuzasida hid bilish nervlari joylashgan. Ko’rish bo’rtiqlari guruhlashgan hujayralar tanasidan iborat. Bu hujayralar tanasida orqa tepalik, medial qovuzloq, uchlamchi nerv yo’li va miyacha yuqorigi oyoqchasining o’tkazuvchi yo’llari tugaydi.
Oldingi tanada hid bilish, ta’sirni o’tkzuvchi, so’rg’ichsimon, talamik yo’l tugaydi. Ko’rish bo’rtiqlarining pastki yostiqcha qismida ko’rish nervi yo’lining bir qismi tugaydi. Ko’rish bo’rtiqlari tanadagi barcha sezuv nervlarining markazi hisoblanadi. Ularning orqa qismida ko’rish po’stloq osti markazi bo’lgan medial tizzasimon tana va eshitish po’stloq osti markazi va lateral tizzasimon tana joylashgan.
Download 183.3 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling