Uzunlikka sakrash Uch xatlab sakrash musobaqalari Sakrash texnikasi


Sakrash uchun arg‘amchi tanlaymiz


Download 100 Kb.
bet3/6
Sana29.03.2023
Hajmi100 Kb.
#1307515
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
KICHIK OTDAN SAKRASH ERKIN MASHQLAR

Sakrash uchun arg‘amchi tanlaymiz:

Arg‘amchilarning turlari juda ko‘p bo‘lib, uni har bir kishi o‘zi uchun individual tanlashi lozim. Birinchidan, u sizgam os keladigan uzunlikda bo‘lishi kerak. Arg‘amchini qo‘lingizga oling, uning chilviri pastga osilib tursin. Pastga tushib turgan joyini oyog‘ingiz bilan bosing, arg‘amchi ko‘kragingizgacha yetishi kerak – bu eng optimal uzunlik.


Ikkinchidan, agar arg‘amchida mashqlar bilan jiddiy shug‘ullanmoqchi bo‘lsangiz, uning nimadan tayyorlanganiga e’tibor qarating. U yerga tegib ishqalanib ketmasligi uchun yo‘g‘on va zich bo‘lishi kerak. Shuningdek, tutqichlari qulay bo‘lishi lozim, aks holda qo‘llaringiz noqulaylikdan tezda charchab qoladi. Arg‘amchining chilviri odatda plastmassa, rezina va charmdan tayyorlanadi. Tabiiyki, charmdan tayyorlangan arg‘amchilar eng yaxshi hisoblanadi.
Uchinchidan, siz aylanalar hisoblagichi bor arg‘amchini xarid qilishingiz mumkin. Bu bilan mashqlardagi o‘sishni kuzatib borish imkoniga ega bo‘lasiz.
Yuklamani to‘g‘ri taqsimlash mashqlar samara berishi uchun muhim shart hisoblanadi. Mashqlarni xotirjam ritmda boshlab, asta-sekinlik bilan uni kuchaytirish kerak. Sakrashdan oldin biroz oyoq-qo‘llarning chigilini yozing. Shuningdek, nafas olishni tiklash, mushaklarga biroz dam berish uchun kichikroq tanaffuslar ham kerak bo‘ladi.
Sakrayotganingizda oyoq, orqa tomon, qo‘llarning muskullari ishlaydi.Ertalab arg‘amchida 10-15 daqiqa sakrash kun bo‘yi sizga yaxshi kayfiyat va tetiklikni beradi hamda sog‘lig‘ingizni mustahkamlab, ortiqcha vazndan xalos bo‘lishga ko‘maklashadi.
Mashqlar paytida moddalar almashinuvi tezlashadi, bu esa ozishga turtki bo‘ladi; qon aylanishi kuchayadi, bu esa yurak qon-tomir tizimini mustahkamlaydi; nafas olish tezlashadi, bu nafas olish tizimiga yordam beradi. Mashqlarning jadalligiga (sakrashlarning tezligiga) qarab o‘z qomatingizni ham to‘g‘irlashingiz mumkin.
Yuqorida aytib o‘tganimizday, arg‘amchida istalgan joyda – toza havoda, sportzalda yoki uyda shug‘ullanishingiz mumkin, buning uchun sizga faqat arg‘amchi, qulay poyabzal va istak kerak, xolos. Buning ustiga mashqlarni yaxshi musiqa ostida ham bajarishingiz mumkin. 

Download 100 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling