V- mavzu. Korxona


Aylanma mablag’lar ishlab chiqarishning aylanma fondlarini va muomila fondlarini tashkil qilishga qaratilgan pul mablag’laridan iborat


Download 28.11 Kb.
bet2/6
Sana17.06.2023
Hajmi28.11 Kb.
#1523010
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
5-MAVZU KORXONANING AYLANMA MABLAG’LARI

Aylanma mablag’lar ishlab chiqarishning aylanma fondlarini va muomila fondlarini tashkil qilishga qaratilgan pul mablag’laridan iborat. Har bir korxonaning aylanma mablag’lari asosiy fondlarning texnik holati va mahsulot yoki xizmat ko’rsatish dasturi bilan bog’liq. Korxona qanchalik katta va ishlab chiqarayotgan mahsulotlari turi ko’p bo’lsa, aylanma mablag’larga talabchanligi ham shunchalik yuqori bo’ladi. Ishlab chiqarish fondlari o’z qiymatini tayyor mahsulotga o’tkazishiga qarab ikki qismga ajratiladi:
Aylanma kapital tarkibiga mehnat predmetlari, kam qiymatli va tez eskiradigan mehnat qurollari kiradi. Masalan: granulalar, butlovchi qismlar,asboblar, xom-ashyo va b. Aylanma ishlab chiqarish fondlarining qiymati birdaniga tayyor mahsulot tannarxiga kiritiladi.
Muomala fondlari tarkibiga tovar sotish va sotib olish sohasida xizmat qiluvchi fondlar, tayyor mahsulotlar va pul mablag’lari kiradi.
Aylanma mablag’lar va muomala fondlari kapitalning doiraviy aylanishiga xizmat qiladi, avanslangan kapital pul shaklidan tovar shakliga tovar shaklidan unumli kapitalga, so’ngra tovar va yana pul kapitali shakliga o’tadi.
P-T < ... I...CH – T takrorlanadi
Aylanma ishlab chiqarish fondlarini va muomala fondlarini tashkil qilish, ulardan foydalanish uchun avanslangan kapitalni aylanma mablag’lar deyiladi.
Aylanma mablag’lar ikki qismga bo’linadi:
A) aylanma ishlab chiqarish fondlari;
B) muomala fondlari.
Aylanma ishlab chiqarish fondlari – korxona ishlab chiqarish fondlarining bir qismi bo’lib, bir ishlab chiqarish davrida sarflanadi va moddiy-ashyoviy shaklini o’zgartirib, o’z qiymatini to’lig’icha tayyor mahsulot tannarxiga o’tkazadi.
Aylanma ishlab chiqarish fondlari tarkibiga quyidagilar kiradi:

  • aylanma ishlab chiqarish zahiralari;(butlovchi qismlar, xom-ashyo)

  • aylanma ishlab chiqarish vositalari;(ayrimdetallar, turlivositalar g’amlash)

  • tugallanmagan ishlab chiqarish;(konveyerdagi jihozlar, tugallanmagan binolar)

  • ishlab chiqarishning kelgusi davri uchun qilingan xarajatlar.

  • Muomala fondlari tarkibiga quyidagilar kiradi:

  • muomala uchun zarur bo’lgan o’lchov asboblari;

  • tayyor mahsulotlar;

  • barcha turdagi pul mablag’lari;

  • debitor qarzlar.

Bozor iqtisodiyoti sharoitida korxonalar yetarli miqdorda aylanma ega bo’lishi muhim ahamiyat kasb etadi. Shu bilan birga, ishlab chiqarilayotgan mahsulot birligiga sarflanayotgan xom-ashyo va materiallar, yoqilg’i va energetik resurslar miqdori mahsulot sifatiga salbiy ta‘sir ko’rsatmagan holda qanchalik kam bo’lsa, mahsulot shunchalik arzonlashadi hamda aylanma mablag’lar kamroq sarflanib, ulardan foydalanish samaradorligi yuqori bo’ladi. Aylanma mablag’larning tarkibi korxonaning ixtisoslashuviga, ishlab chiqarishning xarakteriga (qo’l mehnati, mehanizatsiyalashgan, avtomatlashgan, robotlashtirilgan, dasturlashtirilgan), ishlab chiqarish davrining muddatiga qarab turlicha bo’ladi. Masalan, chorvachilikka ixtisoslashgan, paxtachilikka ixtisoslashgan, non ishlab chiqarishga ixtisoslashgan korxonalarda aylanma mablag’larning tarkibi turlicha bo’ladi.
Aylanma mablag’larni hosil qilinishi manbalariga ko’ra ikki qismga ajratiladi:
A) korxonani mablag’lari;
B) qarzga olingan mablag’lar hisobiga.
Korxonada aylanma mablag’larning me‘yori belgilanadi. Me‘yoriy zahiralar korxonaning minimal ehtiyojlarini qondirishi, mavsumiy davrlarda esa me‘yoriy zahiralar yetishmasligi kuzatiladi.Bundayhollarda korxona qarzga olingan mablag’lar hisobiga aylanma mablag’lar sotib olishimumkin.



Download 28.11 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling