V- mavzu. Korxona


Aylanma mablag’larni meyorlashtirish. Aylanishini tezlashtirish


Download 28.11 Kb.
bet5/6
Sana17.06.2023
Hajmi28.11 Kb.
#1523010
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
5-MAVZU KORXONANING AYLANMA MABLAG’LARI

5.4. Aylanma mablag’larni meyorlashtirish. Aylanishini tezlashtirish

Sanoat korxonalari faoliyatining asosiy va aylanma fondlar hamda aylanma mablaglar bilan uzviy bog‘liqligi alo­xida axamiyat kasb etadi. Muomaladagi ishlab chiqarish fond­larining yig‘indisi aylanma mablag‘larni ifodalaydi. Aylan­ma mablag‘lar 2 ta fondni о‘z ichiga oladi:



  • aylanma fondlar;

  • muomala fondlari.

Aylanma fondlar, о‘z navbatida ishlab chiqarish jamg‘armasi, tugallanmagan ishlab chiqarish, kelgusi davr xarajatlari va omborlardagi tayyor mahsulotlardan iborat bо‘ladi.
Muomala fondlariga jо‘natishga yuklangan mahsulotlar va davlat bankidagi pul mablag‘lari kiritiladi.
Aylanma kapital doimo doiraviy aylanishda bo’ladi, uch bosqichda aylanib o’zining shaklini o’zgartirib turadi.
Birinchi bosqich P-T ...
Ikkinchi bosqich T .... I .... T ....
Uchinchi bosqich T-P ....
Aylanma mablag’larning ta‘minotidagi uzilish kapitalning doiraviy aylanishiga salbiy ta‘sir qiladi, ishlab chiqarish to’xtaydi yoki ritm buziladi.
Aylanma kapitalning aylanishini quyidagi ko’rsatkichlar ifodalaydi:

    1. Aylanma kapitalning aylanish soni (Ka). Bu quyidagi formula bilan aniqlanadi:

Ka = Sm / Am
Bunda Sm – sotilgan mahsulot qiymati, so’m:
Am – aylanma mablag’larning o’rtacha qoldig’i, so’m.
Ka =2000:500 =4 marta aylangan bir yilda.
2. Aylanma kapitalning bir aylanishiga ketgan vaqt, kun hisobida. Bu ko’rsatkich quyidagi formula bilan aniqlanadi:
K=T:Ka = 360:4=90 kun
3. Aylanma mablag’lardan foydalanish samaradorligi mahsulotning materiallarga bo’lgan talab koefitsienti bilan aniqlanadi.
Ms=M:Sm;
bunda, Ms–material sig’imi;
M–sarflangan aylanma mablag’lar, so’m.
Sm–sotilgan mahsulot qiymati, so’m: Misol, Ms=300:1000=0,30 yoki 30%.
4. Aylanma mablag’lardan foydalanish samaradorligi (Ams). Bu ko’rsatkich yuqoridagining teskarisi: Ams=Sm : M =1000 : 300 =3,3
Korxonaning aylanma mablag‘lari kengaytirilgan takror ishlab chikarish jarayonida muxim rol о‘ynaydi. Chunki ular ishlab chikarish jarayonining uzluksizligiga sharoit yaratib boradilar. Aylanma mablag‘lari kamayib ketgan korxona (fir­ma)lar bankrotlikka yuz tutadilar.
Tashkil etilish usuliga qarab aylanma mablaglar normallashtiriladigan va normallashtirilmaydigan mablag‘larga bо‘linadi.
Normallashtiriladigan aylanma mablag‘lar korxonaning uzluksiz ishlashini ta’minlash uchun kerak bо‘lgan mablag‘larning minimal mikdoridir.
Aylanma mablag‘larning aylanish davri 3 qismdan ibo­rat bо‘ladi:
1. Mablag‘larning ishlab chikarishdagi jamg‘arma shakli;
2. Ishlab chikarish jarayonidagi shakli;
3. Tayyor mahsulot yoki xisob-kitob schyotidagi shakli.
Normallashtirishning asosiy vazifasi ishlab chikarish jamg‘armalarini, tugullanmagan ishlab chiqarish xajmini, tayyor mahsulot qoldig‘ini aniklashdan iborat.
Normalarga binoan ishlab chikarish jamg‘armalari rejalashtiriladi. Ularning mikdori korxonalarda kamroq, lekin ishlab chikarish jarayoniga yetarli bulishi kerak.
Har bir korxona aylanma mablag‘larni saqlash va ular­dan oqilona foydalanishni va ularning aylanishini tezlashtirishni ta’minlashi kerak. Faqat shundagina u samarali ishlagan bо‘ladi. Aylanma mablag‘larning iqtisodiy samara­dorligi ularning doiraviy shaklda aylanishi tezlashishidir. Bunga erishilganda ortikcha mablag‘larning bо‘shashiga va ular boshka maqsadlarda qо‘llanishiga sharoit yaratiladi.



Download 28.11 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling