V. A. Jukovskiy, K. N. Batyushkov ijodida rivojlandi
Download 17.34 Kb.
|
Elegiya
Elegiya — 1) lirik poeziya janrlaridan; gʻamgin ruhdagi lirik sheʼr. E.ning asoschisi yunon shoiri Kallin (miloddan avvalgi 7-asrning 1-yarmi) hisoblanadi. Yunonistonda Tirtey, Mimnerm, Solon, Feognid, Fokilid va boshqalar E. yozganlar. Romantizm uslubida yozilgan E.larda hayotdan qoniqmaslik, hasrat motivlari ustivorlik qilgan. Fransuz E.larida emotsionallik, psixologizm, nazokat ortdi. Rus E.si 18-asrda paydo boʻddi va V. A.Jukovskiy, K.N. Batyushkov ijodida rivojlandi. A.S. Pushkin bu janr uslubi, mavzusini yangiladi. 20—30ylar oʻzbek lirikasida E.ning dastlabki namunalari paydo boʻldi. Hamzaning Tursunoyga, Choʻlponning oʻzbek qizlari taqdiriga bagʻishlangan sheʼrlarida E.ga xos qaygʻu motivlari, gʻamgin kayfiyat oʻz ifodasini topdi. Keyinchalik Oybek, H.Olimjon va boshqalar shoirlar oʻzbek E.sining eng yaxshi namunalarini yaratdilar; 2)musiqada — oʻychan, hazin, baʼzan motamsaro xarakterdagi vokal yoki cholgʻu asar. Mustaqil janr sifatida 17-asrdan maʼlum (G.Pyorsell va boshqalar). Yuksak namunalarini J. Massne (ovoz, violonchel va fortepiano), M. Glinka, N. Myaskovskiy (romanslar), P. Chaykovskiy (torli orkestr uchun), S. Raxmaninov ("Elegik trio" va boshqalar), N. Metner (sonataE.si, fortepiano uchun), 20-asrda I.Stravinskiy, B.Bartok va boshqalar yaratgan. Oʻzbekistonda M. Burhonov (violonchel va fortepiano uchun), A. Kozlovskiy (5 ta, violonchel uchun) E.lari tanilgan. Epitafiya (yunoncha: — qabr ustida) — qabr ustidagi yozuv, asosan, sheʼrda ifodalanadi. Real va toʻqima E.lar yaratiladi. E. kichik hajmda, marhumga qaratilgan yoki marhumning oʻzgalarga qaratilgan fikridan iborat boʻladi. Turkiy xalqlarda urxunenisey yodgorliklarida E. namunalari bor. Epitafiya (yunoncha: — qabr ustida) — qabr ustidagi yozuv, asosan, sheʼrda ifodalanadi. Real va toʻqima E.lar yaratiladi. E. kichik hajmda, marhumga qaratilgan yoki marhumning oʻzgalarga qaratilgan fikridan iborat boʻladi. Turkiy xalqlarda urxunenisey yodgorliklarida E. namunalari bor. Download 17.34 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling