V a z I r L i g I


Download 3.23 Mb.
Pdf просмотр
bet10/13
Sana08.12.2019
Hajmi3.23 Mb.
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13

80

Sotsial  tiz im larn in g   nam unaviy  b o‘linishi  sotsial  tizimlaming  bel- 
gisiga  qarab  hujjatlami  belgilash uchun  m oijallangan.  STNB  ning shartli 
belgisi arab raqamlari  oldiga apostrof qo‘yilganidir.
Indekslash
KBK.  indekslashi  kutubxona fondlarini  muntazam ravishda jo y -jo y ig a 
qo‘yish uchun sistemali katalog va kartotekalar tashkil qilish hamda ularga 
alfavit-predmet  k o ‘rsatkichlar  tuzish  uchun  qo‘llaniladi.  KBK  da  indeks­
lash  uchun  raqamli  harfli  belgilar  qo‘llanadi.  Arab  raqamlaridan  tashqari 
nuqta,  qo‘shnuqta,  defis,  kichik  qavs,  egri  chiziq  ishlatiladi.  Umumiy  va 
hududiy namunaviy b o ‘linishli jadvallarda kiril alfavitining kichik va bosh 
harflari  qo‘llaniladi.  Indekslash  tizimida  har  bir  belgi  o ‘z  o'm iga,  vazi- 
fasiga va o ‘zining m a ’nosiga ega.
H u jja tla rn i 
sistem alashga 
q o ‘yiladigan 
talab 
va 
qoidalar: 
Sistemalashdagi asosiy talablar:
1. Hujjatning asosiy mazmunini aniqlash. Bunda indekslanadigan mav- 
zmning asosiy, xususiy mazmunini aniqlab, jadvalning qaysi b o ‘limiga aj- 
ratishni  bilganim izdan so'ng, unga asosiy bo‘limning indeksini qo'yam iz. 
M avjud  resursning janri,  shakli  yoki  qaysi  kitobxonga  m o‘ljallanganligi 
keyinchalik  hisobga  olinadi.  Masalan,  “Kutubxonachilik  ishi  tarixi” 
kimga  m o ‘ljallanganidan  qat’iy  nazar,  birinchi  navbatda,  asosiy  maz- 
muni  b o ‘yicha  kutubxonachilik  78.33  b o ‘limida  yoritiladi.  Keyinchalik 
bu  kitob  darslik  ekanligini  umumiy  namunaviy  boMinishdan  foydalanib 
“ ya73”  oliy  o‘quv yurtlari  uchun darslik ekanligi  ko‘rsatiladi,  boshqacha 
qilib aytganda nashrning y o ‘nalishi, kim uchun m o‘ljallanganligi belgilab 
qo‘yiladi.  Bunda  m azkur  kitobning  indeksi  quyidagicha  ifodalanadi: 
7
8.33 ya73
2.  Hujjatning  mazmuni  boshqa  bo ‘limlar  bilan  chegaralanishiga  qa­
rab  indekslash.  A gar  hujjat  bir  necha  sohalarga  taalluqli  bo'lsa,  uning 
bitta  asosiy  bo'lim ini  aniqlab,  boshqa b o ‘limlar  bilan  chegarasini  ajratib 
olish  kerak  bo‘ladi,  chunki  ana  shunda  ortiqcha  takroriy  aks  ettirishga 
yo‘l  q o ‘yilmaydi.  Bitta  tushuncha  boshqa  sohada  qo‘llaniladigan  b o ‘lsa, 
o ‘sha  qo'llaniladigan  boMimning  indeksi  asosiy  bo'lib  xizmat  qiladi  yoki 
indekslanadigan mavzuning, predmetining aspektiga qarab (qaysi tarmoq- 
da  aks ettirilishiga) indeks tanlash ko‘zda tutilgan.
81

Masalan,  o ‘lkashunoslikka,  geograiiyaga  doir  adabiyotlar  26.89 
indeksida  shu  jumladan,  “0 ‘zbekiston  bo'ylab  y o ‘l  ko‘rsatgich”  kitob 
26.89  (5  0 ‘zb)+75.81  (5  O lzb)  indeksini  olsa,  “O 'zbekiston  iqgisodiy 
geografiyasi”  kitobini  asosiy  indeksi  “65.049  (5  0 ‘zb)  “B o ‘limida  yori- 
tiladi,  ammo  qo'shim cha  ravishda  26.89  o ‘lkashunoslik  boMimida 
ko ‘rsatilmaydi,  chunki  bu  kitobni  asosiy  mazmuni  iqtisod  sohasiga 
bag‘ishlangan.  Lekin “Mamalakatlar va xalqlar” kitobida Afrika  o ‘lkasini 
va  tarixini  o ‘rganadigan  m a ’lumotlar  mavjud  b o ‘lganligi  uchun,  uning 
indeksi ikkita b o ‘limda:  26.89(6)-t- 63.5(6)  yoritiladi.
Adabiyotni hududiy jihatdan k o ‘rib chiqish maqsadga muvofiq bo‘lgan 
har bir b o ‘limda o ‘z o‘lkasi (viloyat,  shahar, tuman,  qishloq)  to ‘g ‘risidagi 
adabiyot  uchun  bo‘limga  ajratiladi.  Shu  narsani  eslatib  o ‘tish  kerakki, 
o'lkashunoslik  adabiyoti maxsus ajratilgan rubrikalardangina  emas, balki 
tarmoq  b o ‘lim ining  tegishli  kichik  b o ‘limlarida  ham  yig‘iladi.  Masalan, 
Farg‘ona haqida olkashunoslik adabiyoti 26.3  (5  O ‘zb-2 Far) indeksi osti- 
da yig‘iladi.
Kitoblar  bilan  bir  qatorda  maqolalar,  qo‘lyozma  materiallari,  foto- 
suratlar  va  shu  kabilar  aks  ettirilgan  olkashunoslik  kartotekasi  ham- 
da  sistemali  katalogning  maxsus  bo ‘limchalarida  maxsus  umumiy 
xarakterdagi  o ‘lkashunoslikka  oid  adabiyotnigina  “Tashkent,  viloyatining 
qishloq  x o ‘jalig i”  va  boshqa  rubrikalar  yig‘ish  munikin,  bunday  hollar- 
da  sistemali  katalogning o ‘lkashunoslik  bo ‘limchalaridan  o‘lkashunoslik 
kartotekalarga albatta havola beriladi.
Oraliq xarakteriga ega b o ‘lgan  fanlar  talab  ehtiyojlari  sababli  vujudga 
kelgan  sohalarga  qaraydi:  chunonchi,  astrofizika astranomiyaga, bioiizika 
biologiyaga, xim iyaviy texnologiva texnika fanlari bo ‘limiga qaraydi. K o‘p 
tomlik  kitoblar  um umiy  mazmun iga  qarab  sistemalashtiriladi,  xarakterli 
sarlavhalarga ega va ular uchun qo‘shimcha tavsiflar tuzilgan ayrim tomlar 
esa o ‘z mazmuniga muvofiq takroriy aks ettiriladi.
Olimlar,  yozuvchilar, rassomlar,  davlat va jam oat arboblari va shu  ka- 
bilaming hayoti hamda faoliyatiga  oid adabiyot klassifikatsiyaning tegishli 
tarmoq b o ‘lim lariga qaraydi. Faoliyati  ilm-fanning ko'pgina sohalari bilan 
bog‘liq b o ‘lgan  ensiklopedist olimlar,  masalan:  Ibn  Sino,  U m ar Hayyom, 
Al-Xorazmiy,  Ahm ad  Farg‘oniy v a  boshqalar  haqidagi  adabiyot  72.3  (5 
0 ‘zb) b o lim id a  yoritiladi.
82

Jumladan,  M ahmud  K oshg‘ariy  -   tilshunos  “Devonu  lug‘atit  turk” 
asarini  turkiy  qavm lar  etnografiyasi,  tarixi,  geografiyasi,  etnogenezisini 
o ‘rganishdagi  tarixiy  ahamiyati  63.3(5  0 ‘zb)  454  bo‘limida  q o ‘shimcha 
ravishda ko'rsatiladi.  Shu bilan birga ayrim fan  sohalarining tarixiga doir 
kitoblar  shu  sohaning  o ‘z  indeksini  oladi  va  “g”  fan  tarixi  (UNB)  bilan 
yoziladi.  Shuningdek,  ximiya  fanining  tarixi  24  g,  “Mendeleyevning 
davriy sistemasi” 24 g M endeleyev indeksini oladi.
Abu A li ibn Sinoning “Tib qonunlari” asari 5 g Ibn Sino indeksini oladi. 
Lekin Abu  Ali  Ibn  Sinoning “Kitob ash-shifo”  falsafiy  entsiklopediyasida 
falsafa,  logika va boshqa aniq  fanlarga doir masalalar yoritilganligi uchun 
bu a sam in g to ‘la indeksi  72.3  (5 0 ‘zb) +87.3  (5  0 ‘zb)  g Ibn Sino.
K o ‘p   qirrali  olim lam ing  ilm-fanning  faqat  bir  sohasidagi  faoliyatiga 
oid  kitoblari  klassifikatsiyasining  tegishli  bo ‘limchalarida  aks  ettiriladi. 
Chunonchi  A lisher  Navoiy  she’riyati  to‘g ‘risidagi  tadqiqot  adabiyot- 
shunoslikning  kichik b o ‘limiga  kiritilishi  lozim.  Mabodo  shaxs  faoliyati- 
ning turli sohalarda o ‘zini namoyon etgan b o ‘lsa,  u vaqtda uning haqidagi 
adabiyot uchun  asosiy  o ‘rin  ushbu  shaxs  asosan  bog‘liq  bo‘lgan  yoki  u 
eng ko‘p  mashhur b o ‘lib kelgan  faoliyat turi ko‘rsatilgan kichik boTimda 
beriladi. Masalan:  Leonardo da Vinchi to ‘g ‘risidagi adabiyot uchun asosiy 
o‘rin “85.143(3)  chet mamlakatlaming rassomlik san’ati” indeksi boTadi.
B a’zan  kitoblarda  shaxs  faoliyatining  ayrim  tomoni  yoritiladi.  Bu 
esa  uning  biografiyasi  fakti  sifatidagina  qiziqish  tug‘diradi.  Bunday 
xarakterdagi  kitoblar m azkur shaxs to‘g ‘risidagi  adabiyot yig‘ilgan asosiy 
bo ‘lim indeksini  oladi.
Hujjatlaming  sistemalashtirish  -   hujjatning  mazmuni  va  boshqa 
belgilariga  qarab  kutubxona-bibliografik  klassifikatsiyasi  b o'lim   va 
boMimchalari  b o ‘yicha  taqsimlashdir.  Sistemalashda  hujjatlarga  bir  xil 
yondoshishni  ta’m inlash va bir qarorga kelishda xilma-xillikni  soqit  etish 
uchun sistemalashtirish maxsus ishlab  chiqilgan qoidalar, nizomlar,  asosi- 
da  o‘tkazilib,  u m um iy va xususiy uslublarga boTinadi.
Sistemlashtirish  uslublarining  vazifasi  iste’molchiga  axborot-ku- 
tubxona  m uassasasi  fondini  maqsadga  muvofiq  bir  xilda  ifodalanishini 
ta’m inlash  v a  ulam i  tokchalariga  qo‘yib  chiqish  sistemali  katalog  va 
kartotekalarga  taqsim lashdan  iborat.  Sistemalashning  umumiy  uslublari 
deb hujjatni ham m a sohalari bo‘yicha sistemalashtirishdan talab etiladigan 
qoida vausullarga aytiladi.
83

X ususiy u s lu b la r -  bilimning  m uayyan sohasini sistemalashtirishdagi 
talab  va  qoidalarga  aytiladi.  X ususiy  uslublar  umuiniy  uslublar  asosida 
tuziladi.  Um um iy  uslublami  bilish  hujjatk m ing  sistemalashtirish  jara- 
yonini tartibga soladi va osonlashtiradi.
Sistemalashtirish  ishini har tomonlama  o‘rganish shuni k o ‘rsatadiki,  u 
o ‘zaro b o g ‘liq b o ‘lganjarayon va ishlar sistemasidan iboratdir. Shuningdek, 
har bir jaray on  o ‘zining xususiy vazifalariga  bo‘linib,  aniq natijalar bilan 
tugallanadi.  Sistemalashtirishni  shunday tushunish,  sistema  ishining  aniq 
xarakterini belgilashga  imkon  beradi.  Bu esa  oldiga qo‘yilgan  vazifalami 
sifatli hal qilishni ta ’minlaydi.
Sistemalashtirishda  kutubxonachi  barcha  m a’lumotlam i  albatga 
sistemaga solingan hujjatning o ‘zidan  oladi, shuning uchun hujjatni o‘zini 
ko ‘rmay turib  sistemalashtirib  bo‘lmaydi.
Sistem lashtirishning  umumiy  usullari  quyidagi  aniq  jarayonlardan 
iborat:
— sistem alashtirish obyekti  hisoblangan hujjatlarni tahlil qilishdan;
— klassifikatsiya qarorini  qabul qilishdan;
— sistemali katalogni A.PK ga predm et rutmkalarim tuzishdan;
— APKning  predm et  rubrikalari  va  klassifikatsiya  indekslarini  taxrir 
qilishdan;
— k lassifik atsiya qarorini  rasm iylashtirishdan iborat.
Birinchi jarayon — hujjatni tahlil qilish, u  bilan tanishib chiqish va maz- 
kur  xujjatning  klassifikatsiya  belgilarini  ko‘rsatish  va  baholashdan  ibo­
ratdir.  Hujjatni  tahlil  qilish  bosqichi  eng  muhim  va m as’uliyatli  bosqich 
bo‘lib, uni tahlil qilish uchun esa asar bilan batafsil tanishib chiqish kerak. 
Kitob bilan tanishishda titul varag‘idagi  m a'lum otlaryaxshi natija beradi. 
Garchi bu m a ’lumotlar sistemalashtirish ucliun yetarli  bo‘Imasada,  ammo 
asos b o 'lib  xizm at qiladi.  Tabiiyki,  sistemalovchini  e’tibori kitobning  sar- 
lavhasiga qaratiladi.  Chunki bir xil nashrlar asosiy sarlavhasining o‘zi ham 
kitobning asosiy mazmunini yoritib berishi mumkin. Masalan: Yangi tarix, 
Tabiatshunoslik, Fizika kursi va shu kabilar.
Sarlavhaga  taalluqli  m a ’lumotlar  kitobning  mazmuni,  uning  qanday 
kitobxonlarga  m o‘ljallanganligi  haqida  dastlabki  umumiy  tasavvur hosil 
qilish im konini beradi.
8 4

Sarlavlialar goho b i r  qarashda k ito b  mazmunini  ochib bermaydi.  Masa- 
lan:  “ Echilgan  ju m b o q ”  yoki  “E rtadan  kechgacha”  (Tabiat  m o‘jizalariga 
bag'ishlangan) kito blari va boshqalar.  Bunday sarlavhalar asosan kitobxon- 
ning diqqatini jalb  q ilísh  va ularni qiziqtirish maqsadida qo‘yilgan.  So‘nggi 
yillardagi axborot m a’ lum otlarini tadqiq qilish shuni ko'rsatadiki, ko‘pincha 
ilmiy  ahamiyatga  e g a   bo ‘lgan  m aqolalam ing  sarlavhalari  mazmuni  bilan 
go‘yo tcskari  proportsional  bo ‘lib  qolm oqda.  Shuningdek, ilmiy ommabop 
kitoblaming,  m onografiyalam ing  sarlavhalari  ham  umumlashtirilganligi 
uchun asaming m azm unini  tezda sadavhadan aniqlab olish qiyin.
Kitob  xarakteristikasini  belgilashda  kitobni  chop  etgan  nashriyoti- 
ning  qaysi  sohaga  ixtisoslashganining  ham   ahamiyati  bor.  Masalan: 
“0 ‘qituvchi”  nashriyoti,  “Fan”,  G ‘o fu r G ‘ulom   nomidagi  badiiy  adabiyot 
va  san’at  nashriyotlari  m a ’lum  yo 'n alish d ag i  adabiyotlami  chop  etishga 
ixtisoslashtirilgan.
Kitobning  so ‘z  b o s h i  va  nashriyot  annotatsiyasi,  annotatsiya  qilingan 
katalog  kartochka  in a k e ti,  kitobning  m avzusi  va  qanday  kitobxonlarga 
m o‘ljallanganligini o c h ib  beruvchi ax b oro tlar qimmatli m a’lumotlar hisob- 
lanadi.  Kitobning m undarijasi, b a ’z a n  esa kirish qismi, xotima,  ilova,  ada- 
biyotlar ro‘yxati  h a m   kitobning  m azm unini yoritishda  zarur manbalardan 
b o ‘lib xizmat qiladi.
Kitobning  m azm u n i  haqida  a y tib   o ‘tilgan  m a’lumotlar  dastlabki 
umumiy  tushuncha  b e ra d i.  K utubxonachi  bulam i  hammasini  tahlil  qilish 
asosidagina uzil-k esil  xulosaga keladi.  Sistemalovchi  nashming mazmuni 
bilan tanishish, p red m e tn i  asosiy m avzusini,  asosiy  sohasini, tadbiq qilish 
sohasini, vazifasi va  kitobxonlar u ch u n   m aqsadi  va  g‘oyaviy y o ‘nalishini 
quyidagilami  a n iq la b   beradi.  Shunday  qilib,  hujjatni  tahlil  qilish  natijasi 
o ‘laroq  erkin usulda  dastlabki klassi fikatsiya xulosalari shakllandi.
Vazifa -  erkin og * zaki usulda dastlabki klassifikatsiya xulosasini ifoda- 
lash.
Bosqichlari:
a) 
hujjat bilan  b e v o s ita  tanishrnoq;
b) 
klassifikatsiya belgilarini  aniqlash;
v) 
klassifikatsiya belgilarini b aholash, etakchi  belgalami  ajratish;
g) 
dastlabki  klassifikatsiya  qarorini  ta ’riflash.  Sistemalovchi  biblio- 
grafik tavsifiar bilan  em as,  bevosita  h u jjat bilan ishlaydi.  B a’zan ko'rsatil-
8 5

gan yord am ch i  q o ‘llanma va  qoidalar bilan birga,  hujjat o in id a  chet tilda 
yozilgan refe ra td an   foydalanish  rnumkin.
Hujjat b i la n  tanishish, y a ’ni hujjatlaming m a’lum turlari  xususiyatlarini 
hisobga o lis h d a  maxsus dastur b o ‘yicha olib borilgani foydalidir.  Shunday 
qilinmasa h u jja tn in g  b a’zi zarur xususiyatlarini tasodifan tushirib qoldirish 
mumkin.  Sistem alovchi kitobning  qayta  nashr  etilgan  voici  etilmaganligi 
to ‘g ‘risidagi  m a ’lumotga e ’tibor beradi.
R o ‘y x atg a  kiritilgan  m anbalar  v a   adabiyot  sistémalovchiga  kitobni 
kiritish  lozim   bo‘lgan  bilim  tarm og‘i  haqidagi  qarorlarining  to ‘g ‘ri  yoki 
noto‘g ‘rilig in i  tekshirish  imkonini beradi.  Bunda  kitobda  berilgan  klas- 
sifikatsiya  indekslarini  e’tibor bilan  tekshirib  chiqadi.  Agar  ular  mazkur 
axborot-kutubxona muassasasida qabul  qilingan jadvallar bo‘yicha qo ‘yib 
chiqilgan b o ‘ls a , sistemalovchi ulardan klassifikatsiya qarorini qabul qilish 
jarayonida foydalanishi mumkin.
Boshqa klassifikatsiya jadvali bo‘yicha ko‘rsatilgan indeksdan, kerakli 
axborot  m a’lu m o tla m i  olishda  qo‘shim cha  m anba  sifatida  foydalanadi. 
Taxlil qilish j  arayonida klassifikatsiya jadvallaridan,  axborot fondidan, al- 
favit va siste m a li kataloglardan foydalanadi. Zarur bo ‘lganda sistemalovchi 
m aslahatchiga murojaat qilishi mumkin.
Sistem alovchi  nashming mazmuni bilan tanishib chiqqach quyidagilar- 
ni  aniqlab  b e ra d i:  predmetning  asosiy  mavzuini,  predmetni  o ‘rganish 
nuqtai  n a z a rin i,  bilim   sohasini,  predmetni  foydalanish  va  tadbiq  qilish 
sohasini,  v a z ifa si  hamda kitobxonlar uchun maqsadi, hujjatning  g'oyaviy 
yo‘nalishini k o ‘rsatib beradi.
S istem alovchi  aniqlagan  klassifikatsiya  belgilarini  uning  ahamiyatiga 
qarab bir siste m a g a  soladi. Birinchi o ‘ringa hujjatning mazmunini ifodalab 
beruvchi a s o s iy  belgini qo‘yadi.  Jarayon quyidagi  dastlabki klassifikatsiya 
qarori erkin, o g 'z a k i shaklda ifodalanadi. Hujjatlami sistemalashtirish mu- 
taxassislami  a m a liy  malakaga  ega b o ‘lishlarini  talab  etadi.  Dastlab  hajmt 
katta  va  m av z u si  murakkab  kitoblar  bilan  tanishish  ko‘p  vaqt  sarflashni 
talab qiladi.
Xilma-xil  mavzudagi  kitoblarning  mazmuni  bilan  doimiy  ravish- 
da  tanishib  b  oigan  sistemalovchi  mutaxassislar  m a’lumot  nashrlardan, 
entsiklopediyalardan,  lug‘atlardan  keng  foydalanishi  zarar.  Shu  sababli 
sistem alovchilar  yetarlicha  keng  ilmiy,  m a’naviy  saviyaga  ega  bo‘lishi,
86

vaqtli  matbuotda  yoritilib  turadigan  yangi  ilm iy  m a’lumotlar  bilan  qizi- 
qishi,  ijtimoiy  hayot,  fan  va  texnika,  adabiyot  hamda  san’at  sohasidagi 
so ‘nggi yangiliklardan xabardor bo‘ lib borishi  lozim.  Hujjatlar har tomon- 
lama  va batafsil tahlil qilinganidan k ey in g in a  sistemalashning ikkinchi ja- 
rayoniga o'tish i mumkin.
Ikkinchi j a r a y o n  -  klassifikatsiya qarom i qabul qilishdan hamda dast- 
labki klassifikatsiya qarorini klassifikatsiya indekslarga aylantirishdan ibo- 
rat.
Zarur klassifikatsiya indekslarini  qidirish -  kutubxonada qabul qilingan 
klassifikatsiya jadvallari asosida olfb boriladi.
Sistemalovchi  indekslash  ishi  bilan  shug‘ullanganda  klassifikatsi- 
yani  xizmat  jad v alid an   uslubiy  ap p aratdan   va  APK  (Alfavit  predmet 
k o ‘rsatkichi) d a n  foydalanadi.
M arkazlashtirilgan  klassifikatsiya  indekslari  bo‘lmagan  holda  bu  ja ­
rayon quyidagi bosqichlardan:
a) 
zarur  indekslarni saqlab qolish;
b) 
tayyor  uslubiy  qarorlardan  foydalanish,  uslubiy  apparatga  muro- 
jaat qilish;
v) 
to ‘liq  indeks tuzishdan  iborat b o ‘ladi.
Indekslarni  qidirishni  ikki  usul  bilan  bajarish  mumkin:  dastlabki  qa­
romi  klassifikatsiya jadvallari  (Bosqichm a-bosqich chuqurlashtirish y o ‘li) 
bilan, muntazam solishtirish y o ‘li, y o k i A PK  jadvallari bo‘yicha jadvallar- 
da  asosiy jadvallardan  foydalanish  y o ‘li bilan APK indekslarni to‘g ‘ridan- 
to‘g‘ri (jadvallarga  solishtirm asdan)  foydalanish qat’iy taqiqlanadi.  Chun- 
ki  bu  uslubiy  xatolarga  y o ‘l  q o 'y ish g a  olib  keladi  (bunda  sistemalovchi 
o‘zini  uslubiy  apparat  jadvalaridan  butunlay  ajratib  qo‘yadi).  Birinchi 
usulda  sistemalovchi  birinchi  asosiy  b o ‘limlarga  murojaat  qiladi  va  eng 
qulay y o k im a ’qul b o lin m an i  tanlaydi.
Shundan  keyin  uning  ichidagí  b o ‘limchalar  bilan  tanishib  chiqadi. 
Ba’zan  esa boshqa  qidirish  (yoki tekshirish)ning  xoxlagan bosqichida  ol- 
dingi bosqichlariga qaytish m um kin. Birinchi usulda sistemalovchi jadval- 
lami tez o'rganib oladi, ulam ing icliki tuzilishini anglaydi.  Shu bois usulni 
qo‘llash, zam onaviyjadvallar bilan  ishlashda juda m a’quldir.
Kitoblardagi  klassifikatsiyalangan  indekslarga  tanqidiy  yondoshish 
lozim,  chunki  ulam i  jadvallar  bo ‘yicha  tekshirib  chiqish  zarur  bo‘ladi.
87

Sistemalovchining  dastlabki  xulosasi va kitobdagi  indeks  orasida  tafovut 
yuzaga  kelganda  qayta  tahlil  qilish  bzim .  Ko ‘pincha  kitobdagi  maketda 
sistemalovchi  topgan,  to‘ldirilgan  klassiíikatsiya  belgilari  k o ‘rsatilmay 
qolib ketadi.  M asalan: “ lug‘at”  yoki “darslik”  kabi  tushunchalarga namu- 
naviy belgilar qo ‘y ilm agan b o‘lishi mumkin.  Ulami indeksda shunday aks 
ettirish  kerakki,  foydalanib  turilgan j advallardan  tekshirib  chiqilgandan 
so‘ng  nam unaviy  b o ‘linishning  ishladlishi  m a’lum  bo ‘lsa,  bunday  holda 
namunaviy  belgini  hatn  qo‘yish  kerak  bo ‘ladi.  Misol:  “Kutubxona  kata- 
loglari”  kitobning  maketida  “78.37” indeks  yoziladi.  Bu  misolda  “Tala- 
balar uchun darslik y a 7 3 ” nam unaviybelgi kutubxonachi tomonidan aniq- 
lab yoziladi.
Qaror qabul qilish jarayonida hujjatni asosiy bo lim d ag i indeksi, boshqa 
bo ‘ lim lar bilan chegaralanishi yoki bog‘ lanishi, namunaviy boTinishlardan 
kerakli darajada foydalanishga e ’tiboi qaratiladi.
Jarayonning  natijasi  quyidagicha  to ‘liq  indeks  bir  yoki  bir  necha 
indekslardan tuzilish i mumkin.  Asosiy boTim  indeksni  tanlashga  alohida 
ahamiyat beriladi, chunki u  fanlami sistemali joylashganda kitobni fondda 
saqlanadigan joyini  amqlab beradi.
U chinchi j a r a y o n  -  Alfavit predmet k o ‘rsatkich  (APK)  ning predmet 
mknini tuzish va rasmiylashtirish.
Qabul  qilingan  klassiíikatsiya  qarori  asosida  APK  predm et  ruknini 
tuzish  va rasm iylashtirish,  bu  ish jarayonida  tasdiqlangan  klassiíikatsiya 
qarori  bilan  m uvofiqlashgan  to ‘liq  indeksda  qayd  etilgan  predmet  rukni 
alfavit-predmet ko ‘rsatkichini tuzish va rasmiylashdan  iboratdir.
Predmet ruknini  tuzish  va shakllantirish uchun  klassiíikatsiya jadvali- 
ning atamalari ishlatiladi. A tam alam i o ‘zaro bog'liq u su l-  zanjirli uslubda 
tuzish m aqsadga muvoiiqdir. Predm et rukni alfavit -  predmet ko ‘rsatkichini 
tuzish va rasm iylashtirish ijodiy jarayondir.
A PK   sistemali  katalogning  mazmuniga  muvofiq  tuziladi,  y a ’ni 
ko‘rsatkich  adabiyot  mavjud  b o ‘lgan  barcha  tushunchalami  o ‘z  ichiga 
olishi  kerak. A P K  birinchi  bosqichdayoq to ‘ldiriladi,  so'ngra  faqat  yangi 
mavzu b o ‘yicha predm et ruknini o ‘ziga qo‘shadi.
APKda  bilim nin g  etakchi  tarmoqlari  shu  sohaga  oid  tushunchalar 
hamda  o ‘rganadigan  asosiy obyekt bo‘lib  qolgan predmetlaming nomlari 
umumiy alfavit tartibida keltiriladi.
88

Allergiya 
52.5 
Alpinizm 
75.82 
Alfavit  katalogi  78.37 
Amortizatorlar 
34.448 
Anabioz 
28.081.2 
Analiz
Konstruktiv 22.12 
Kimyoviy 24.4 
Matematik 22.16
K o'rsatkichning  har  b ir   rukni  a lo h id a   kartochkaga  yozib  qo'yiladi, 
chunki  kartochkalar  k a ta lo g   qutichalarda  alfavit  tartibida  joylashtirilgan 
vaqtda ko‘xsatkichning kartochkali s h a k li ju d a qulay bo‘ladi.
Alfavit - predm et ko‘rsa tk ic h n in g  asosiy vazifasi - kitobxonga sistemali 
katalogdanfoydalanishda  so ‘roq qo‘ llanmasi  sifatida xizmat qilishdir.
To‘rtinch i ja ra y o n  —  klassifikatsiya  indekslarini  tahrir  qilish jarayoni 
predmet  rukni  A PK   n in g   sifatini  y ax sh ilash ,  pirovard  natijada  -   kitob- 
xonlarga xizmat  qilishni  yaxshilash  demakdir.  Tahrir qilishni tashkil  etish 
masalalari ni m untazam o lib  borish ziarur.  U ning predmeti va texnologiyasi 
kuzatib boriladi.
Tahrir  qilish  ja ra y o n i  turlicha  boTadi,  chunki  u  kutubxonadagi 
sistémalovchilam ing  so n iga,  yangi  olingan  kitoblar  hajmiga,  ulam i  ish- 
lash sharoitiga bog‘liq.  ICatta b o ‘lm agan kutubxonada bitga sistemalovchi 
b o ‘lsa, tahrir qilish ham  u n in g  zim m asig a yuklatiladi.
O 'z   mazmuniga  q a ra b   tahrir  q ilish   texnikaviy  hamda  uslubiy  bo‘lishi 
mumkin.  Texnikaviy  n azo ratli  tah rir  qilishning  maqsadi  klassifikatsiya 
indekslarini  yozish  va sh a k lla n tirish d a   xatolam i  yo‘qotishdan  iborat.  Bu 
ish har b ir kutubxonada  to T iq  olib b o rilish i kerak.  Klassifikatsiya qarorini 
chiqarish jarayonida  y an g i  xo d im lam i  ham   o ‘rgatish jarayoniga jalb  qilib 
turish shart. Albatta, tex n ik  tahrir q ilish  jarayonida muayyan uslubiy, sifati 
past xatolar uchrab  tu rad i. U lar te z d a  topiladi va tuzatiladi.
Uslubiy sistemalash  h u jja tn i  c h u q u r tahrir qilishni taqozo  etadi va tan- 
lab  olib  bajariladi.  T eg ish li jara y o n d a   uslubiy  tahrir  qilish  dasturiga  ega 
boTish  maqsadga  m uvofiq.  Bu  e s a   sohali,  sohalararo  yig‘ma  kompleks 
muammolami  va  u s lu b iy   m azm u n g a  ega  boTgan  alohida  m asalarii  o ‘z 
ichiga  olishi  mumkin.  M a sa la n ,  sistem ali  katalogda  bir  necha  marta  aks 
etishi, sistemali k atalo g d a hududiy  b elgilam i aks etishi va boshqalar.
89

T a h rir qilishning ko‘p usul va yo‘llari m a’lum. M as alan, ko‘pgina xato- 
lar indeksni o ‘qish jarayonida topiladi.
B e sh in ch i  jaray o n   -   klassifikatsiya  qarorini  rasmiylashtirish.  Bu ja- 
rayon kartochkalarga to‘liq indeks va katalog indekslarini qo‘yib chiqishni 
o ‘z ic h ig a  oladigan tem ik  jarayondir.
K utubxonachi  kitoblam i  tokchalarga  sistemali  joylashtirganda  va 
sistem ali  katalogdagi o‘m ini belgilashda  qo‘yilgan indeksga moslaydi.
In d e k s  lar vazifasi jihatidan quyidagilarga ajratiladi:
-   to ‘liq  indeks;
-   k a ta lo g  indeks;
-   s h if r  indeks.
To‘l i q   indeks  kitobni  boshqa  b o ‘limlar  bilan  bog‘lanishini  (shartli 
belgilar  ishorasi  orqali)  ko‘rsatadi.  Agar  resurs  bir  necha  bo‘limda  yori- 
tiladigan  bo‘lsa,  uning  to ‘liq  indeksi  (+)  ishorasi bilan birlashtirilgan  ana 
shu b a rc h a  b o ‘linmalaming indekslarini o ‘z ichiga oigan b o ‘ladi. Birinchi 
o ‘rinda resu rsn in g  asosiy mazmunini yoritadigan va resursning tokchadagi 
o ‘m iga m uv o fiq  keladigan indeks qo‘yiladi,  qolgan indekslar ulaming son 
q iy m a tig a m o s izchillikda joylashtiriladi.
B u in d ek sd a  birinchi o ‘rinda indeksning o ‘zi 1-to‘liq tavsifkartochkani 
katalog  in d ek sida  ham  yoziladi.  Kataloglarda  boshqa  qo‘shish  (+)  bilan 
yozilgan.  indekslar  qo'shim cha b o ‘limlarda q o ‘shimcha kartochkalar yor- 
damida  yoritiladi.  Bu  esa kartochkalardagi  tavsifga to ‘la  muvofiq  keladi. 
Bu  erda  qo‘shim cha  tavsif  va  qo‘shimcha  kartochkani  farqlash  kerak. 
Q o‘shim cha  tav sif  alfavit  katalogida  q o ‘shimcha  muallifga,  sarlavhaga 
va  hokazolarga  tuziladi.  Q o‘shimcha  kartochka  esa  sistemali  katalogda 
qo‘llaniladi.  Q o ‘shimcha  kartochkada  tavsif o ‘zgarmasdan  faqat  katalog 
indeksi  o ‘7garadi  va  indeks  kartochkaning  sistemali  katalogdagi  o‘mini 
b elgilaydi.
To‘liq   indeks m a’lumot xarakteriga ega bo ‘lib,  undan muayyan resurs­
ning tav sifi yozilgan barcha kartochkalami topish  lozim b o ‘lgan hollarda 
(m asalan  tuzatish, kiritish yoki ulam i keyinroq bosilib  chiqqan resurs tav­
sifi bilan  alm ashtirish uchun) foydalanilacli.  Shu sababli to ‘liq indeks faqat 
asosiy k artochkani  o ‘ng  tomondagi pastki  burchakda.  shuningdek,  alfavit 
katalogi  asosiy  kartochkasining  oíd  tomonida  ko‘rsatiladi.  To‘liq  indeks 
resu rsn in g  o‘zida  k o ‘rsatilishi  shart  emas,  lekin b a’zi  bir  kutubxonalarda 
to‘liq indeks titul varag‘ining orqasida qayd etiladi.
Каталог: Elektron%20adabiyotlar -> 78%20Кутубхонашунослик%20иши -> Кутубхона%20ишига%20доир%20адабиётлар
Elektron%20adabiyotlar -> IM. M. Vaxitov, sh. R. M irzayev I q I s m. M e ’ morf hilik tarixi
Elektron%20adabiyotlar -> I oism. M e ’ m o r c h IL ik tarixi 0 ‘zbek3ST0n respublikasi oliy va
Elektron%20adabiyotlar -> Milliy manaviyatimiz asoslari. Imomnazarov M.pdf [Abdulloh ibn Abu Avona Shoshiy]
Elektron%20adabiyotlar -> Sa id a h b o r bulatov asrol m u xto ro V g a n c h k o r L i k
Elektron%20adabiyotlar -> Namangan davlat universiteti
Elektron%20adabiyotlar -> Binolar zilzilabardoshligi. Rahmonov B, Siddiqov M.pdf [Abdurasulboy madrasasi]
Кутубхона%20ишига%20доир%20адабиётлар -> Erkin axunjanov kutubxonashunoslik, arxivshunoslik, kitobshunoslik


Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13


Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2019
ma'muriyatiga murojaat qiling