dagi tuzilishga ega bo‘lib, ularda anaplaziya belgilari ko‘rilmaydi.
Papilloma travmatik shikastga uchraganda yorilishi va epiteliysi
keyinchalik regeneratsiyaga uchrashi mumkin. Bunday hollarda papilloma
yassi hujayrali rakka o ‘xshab ko‘zga tashlanishi mumkin. Katta yoshli
odamlarda papilloma odatda bitta, bolalarda esa ko‘p sonli bo‘ladi va ko‘p
qavatli yassi epiteliysining ancha zo ‘r berib o‘sib borishi bilan ajralib turadi.
Bunday holda papilloma tabiatan virusga aloqador deb hisoblanadi. Shu
xildagi papillomalar hech qachon malignizasiyalanmaydi va o‘smirlik
davrida ko‘pincha regressiyaga uchraydi.
Hiqildoq raki ancha kam, asosan chekadigan 40-60 yashar erkaklarda
uchraydi. Hiqildoq raki etiologiyasida hiqildoq shilliq pardasini mudom
ta’sirlab turadigan ekzogen omillar, masalan, tamaki tutini, asbest changi
muhim ahamiyatga ega. Shu munosabat bilan hiqildoq raki aksari surunkali
Do'stlaringiz bilan baham: |