va o ‘pkaning har qanday qismini zararlashi mumkin.
Q ‘pka abssesslari yonginasidan o‘tgan bronxlar y o ‘liga yorilishi
mumkin. Bunda yiring bilan balg‘am birga chiqib ketadi (drenaj).
Abssesslarda boshlanadigan proteolitik jarayonlar chegaralari uncha aniq
bilinmaydigan bo'shliqlar hosil bo‘lishiga olib kelishi mumkin. Abssessning
tevaraq-atrofidagi o ‘pka to‘qimasida shish paydo bo‘lib, qon bilan
ta’milanishni buzadi va shu tariqa ishemik nekroz (o ‘pka gangrenasi)
boshlanishiga olib keladi. Abssess plevra bo‘shlig‘iga yorilib bronxoplevral
fistula hosil b o ‘lishi ham mumkin. Buning natijasida pnevmotoraks yoki
plevra empiemasi boshlanadi. Mikroskop bilan tekshirib ko‘rilganida yiring
bilan to‘lib turgan bo‘shliq topiladi, uning o ‘rtasida bir talay neytrofillar
saqlanib
Do'stlaringiz bilan baham: |