chiqib ketadi va bunda o ‘pka kuchaymaydi. Surfaktant nafas mahalida
alveolalar barqaror bo‘lishini ta’minlab, aerogematik to ‘siq orqali gazlarning
diffuziyalanib o‘tishida ishtirok etadi, alveolyar-kapillyarlar membranalari
o ‘tkazuvchanligini tartibga soladi, alveolalar hujayralami tashqi muhitning
zararli omilidan saqlaydi, suyuqlik transsudasiyasiga to ‘sqinlik qiladi. Shu
sababdan gialin membranalar paydo boMganda o ‘pkada gazlar almashinuvi
buziladi.
Homilaning ona qomida rivojlanish davrida respirator parenxima feta!
o ‘pka suyuqligi bilan to‘lib turadi. Ikkinchi tipdagi pnevmotsitlar shu
suyuqlikka surfaktant ajratib chiqaradi. Homila yetilib borgani sari o ‘pka
suyuqligi amnion bo‘shlig‘iga o ‘tib ketadi. Surfaktant sintezi homilada
rivojlanishning 22-24 haftasidan boshlanadi va 34-36 haftasida eng yuqori
darajasiga yetadi. Shu narsa fetal suyuqlik bilan to ‘lib turgan o ‘pkaning
Do'stlaringiz bilan baham: |