V bob predikatlar mantiqi
Download 1.81 Mb.
|
V bob PREDIKATLAR MANTIQI
- Bu sahifa navigatsiya:
- 1- ta’rif .
- 1- misol .
Predikatlar mantiqi an’anaviy formal mantiq singari elementar mulohazani subyekt va predikat qismlarga bo‘ladi.
Subyekt – bu mulohazada biror narsa haqida nimadir tasdiqlaydi; predikat – bu subyektni tasdiqlash. Masalan, «5 – tub son» mulohazada «5» – subyekt, «tub son» – predikat. Bu mulohazada «5» «tub son bo‘lish» xususiyatiga ega ekanligi tasdiqlanadi. Agar keltirilgan mulohazada ma’lum 5 sonini natural sonlar to‘plamidagi o‘zgaruvchi bilan almashtirsak, u holda « – tub son» ko‘rinishidagi mulohaza formasiga (shakliga) ega bo‘lamiz. o‘zgaruvchining ba’zi qiymatlari (masalan, =13, =3, =19) uchun bu forma chin mulohazalar va o‘zgaruvchining boshqa qiymatlari (masalan, =10, =20) uchun bu forma yolg‘on mulohazalar beradi. Ravshanki, bu forma bir ( ) argumentli funksiyani aniqlaydi va bu funksiyaning aniqlanish sohasi natural sonlar to‘plami ( ) hamda qiymatlar sohasi to‘plam bo‘ladi. 1- ta’rif. to‘plamda aniqlangan va to‘plamdan qiymat qabul qiluvchi bir argumentli funksiya bir joyli (bir o‘rinli) predikat deb ataladi. to‘plamni predikatning aniqlanish sohasi deb aytamiz. predikat chin qiymat qabul qiluvchi hamma elementlar to‘plamiga predikatning chinlik to‘plami deb ataladi, ya’ni predikatning chinlik to‘plami to‘plamdir. 1- misol. « – tub son» ko‘rinishdagi predikat to‘plamda aniqlangan va uning chinlik to‘plami barcha tub sonlar to‘plamidan iborat. « » shakldagi predikat haqiqiy sonlar to‘plamida aniqlangan va uning chinlik to‘plami , bu yerda – butun sonlar to‘plami. «Parallelogramm diagonallari bir-biriga perpendikulyardir» degan predikatning aniqlanish sohasi hamma parallelogrammlar to‘plami, chinlik to‘plami esa hamma romblar to‘plami bo‘ladi. Bu misolda keltirilgan predikatlar bir joyli predikat xususiyatlarini ifodalaydi. ■ Download 1.81 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling