V bob. Pul massasi va pul agregatlari
Muomala uchun zarur bo‘lgan pul miqdorini aniqlash uslublari
Download 72.08 Kb.
|
3-ma\'ruza
Muomala uchun zarur bo‘lgan pul miqdorini aniqlash uslublariSiyosiy iqtisod matematik maktabining yirik vakili, Xalqaro iqtisodiy jamiyat asoschilaridan biri va uning birinchi prezidenti (1931-1933) Irving Fisher (1867-1947) pullarning miqdoriy nazariyasini zamonaviylashtirishga katta hissa qo‘shdi. U «Pullarning xarid qilish kuchi. Uning belgilanishi va kredit, foizlar va tanazzullarga munosabati» asarida (1911) pullar massasi bilan tovarlar narxlari darajasi o‘rtasidagi bog‘liqlikni formallashtirishga harakat qilgan. Tovarlar uchun to‘langan pullar soni va sotilgan tovarlar narxlari summasi teng bo‘lgani uchun buni I.Fisher tarozi bilan o‘xshatmoqchi bo‘ladi. Matematik shaklda ayriboshlash tenglamasini quyidagi formula shaklida tasavvur etish mumkin: M V = PQ, bunda: – (Expenditure) – pul muomalasining umumiy hajmi, ya’ni mazkur jamiyatda shu yil davomida tovarlarni sotib olish uchun sarflanadigan pullar summasi; M (Money) – ushbu jamiyatda yil davomida muomalada yurgan pullarning o‘rtacha miqdori; V PQ M (Velocity) – ne’matlarga ayriboshlashdagi pullar aylanishlarining o‘rtacha soni; P – (Price) – ushbu jamiyatda sotib olinadigan har qanday alohida tovarning o‘rtacha sotish narxi; Q – (Quantity) – tovarlarning jami xarid qilingan soni. Fisher formulasi oltin tangali standart sharoitida to‘g‘ri bo‘lmaydi, chunki u pullarning ichki qiymatini hisobga olmaydi. Biroq oltinga almashtirilmaydigan qog‘oz pullar muomala qiladigan sharoitda u muayyan mazmun kasb etadi. Bunday sharoitda pul massasining o‘zgarishi, garchi I.Fisher tovarlar narxlarining mutloq elastikligini nazarda tutib, narx mexanizmini ma’lum ma’noda ideallashtirsa-da, lekin tovarlar narxlari darajasiga ta’sir ko‘rsatadi. Boshqa neoklassiklar kabi Fisher ham mukammal raqobatchilikka asoslanadi va o‘z xulosalarini monopoliyalar hukmronlik qiladigan va narxlar oldingi elastikligini jiddiy yo‘qotgan jamiyatga tegishli deb biladi. Ko‘pgina hozirgi iqtisodchilar ayriboshlash tenglamasini bir xillik, ya’ni MV=PQ sifatida tavsiflashadi. Gap shundaki, bu tenglama D – T ayriboshlash harakatini tovarlarning jami massasiga daxldor deb ifodalashga urinadi, ya’ni tovarlar sotib olingan pullar summasi sotib olingan tovarlar narxlari summasiga teng (bir xil). Bu tavtologiyadir va shuning uchun ayriboshlash formulasi narxlarning umumiy (mutloq) darajasini izohlash uchun xizmat qila olmaydi. Miqdoriy nazariya tarafdorlarining faraz qilishicha, ayriboshlash formulasi mutloq kattalikni EQo ni izohlaydi (ayni bir vaqtda talab va taklif mexanizmi undan nisbiy tebranishlarni izohlaydi). I.Fisher va uning izdoshlari shunday nuqtai nazarga amal qilishgan. Ular pullarning aylanish tezligi (V) va ishlab chiqarish darajasi (Q) muomalada yurgan pullar miqdoriga (M) va narxlar darajasiga (P) bog‘liq bo‘lmasligini asoslashga urinishgan. Ular pullarning aylanishi tezligi avvalo, demografik (aholining zichligi va hokazo) va texnik (transport vositalarining soni, sifati va hokazo) parametrlarga bog‘liq bo‘ladi, deb faraz qilishgan. Ishlab chiqarish darajasi esa asosan mehnat bozorida yuzaga kelayotgan shart-sharoitlar bilan belgilanib, narxlar darajasi va muomalada yurgan pullar soniga bog‘liq bo‘lmaydi. Shubhasiz, bozor xo‘jaligi hukmronlik qiladigan sharoitda bunday qoidalar yaqqol nohaqiqiy tus kasb etadi. Qiymat qonuni va uning muomala doirasida yuzaga chiqish shakli pul muomalasi qonuni tovar-pul munosabati mavjud bo‘lgan barcha ijtimoiy formatsiyalarga xosdir. Qiymat shakllari va pul muomalasi taraqqiyot yo‘lini tahlil qilayotib, K.Marks pul muomalasining qonunini ochdi. Bu qonunga asosan muomala vositasi funksiyasini amalga oshirish uchun kerak bo‘lgan pul miqdori aniqlanadi. Metallik pul muomalasida muomaladagi pul miqdori stixiyali tarzda, pullarning xazina funksiyasi yordamida tartibga solib turilgan: agar pulga ehtiyoj kamaysa, ortiqcha pullar (oltin tanga) muomaladan xazinaga oqib o‘tishi kuzatilgan va aksincha. Shunday qilib, muomaladagi pul miqdori kerakli darajada ushlab turilgan. Keyinchalik muomalaga banknotalar chiqarilishi va ularning metallar (oltin yoki kumush)ga erkin almashinishi muomalada pulning ortiqcha miqdori bo‘lishini inkor etadi. Agar muomalada oltinga almashinmaydigan banknotalar yoki qog‘oz har (xazina biletlari) amal qilsa, u holda naqd pul muomalasi pul muomalasi qonuniga asosan amalga oshadi. Qog‘oz pullar miqdori muomala uchun kerak bo‘lgan oltin pullarning miqdoriga teng bo‘lganda pul muomalasida hech qanday salbiy jarayonlar yuz bermaydi. Yuqorida ko‘rsatilgan talab pulning barqarorligini ta’minlaydi, shuningdek, pul muomalasi mavjud bo‘lgan barcha ijtimoiy formatsiyalarda o‘z kuchiga ega. Pul muomalasi qonuni muomaladagi tovarlar massasi, ularning narxi va pul muomalasi tezligi orasidagi iqtisodiy aloqadorlikni aks ettiradi. Shunday qilib, muomala uchun zarur bo‘lgan pul miqdoriga ishlab chiqarish rivoji va shart-sharoitlariga bog‘liq bo‘lgan turli xil omillar ta’sir ko‘rsatadi. Muomala uchun zarur bo‘lgan pul miqdoriga ta’sir ko‘rsatuvchi asosiy omil - bu tovarlar va xizmatlar bahosi hisoblanadi. Pul miqdori tovarlar va xizmatlar bahosiga tug‘ri proporsional, ya’ni tovarlar va xizmatlar bahosining oshishi muomalaga ko‘p pul chiqarishni talab qiladi. Pul miqdoriga ta’sir qiluvchi ikkinchi omil - bu pulning aylanish tezligi hisoblanadi. Bu omil pul miqdoriga teskari ta’sir ko‘rsatadi. Odatda pul qanchalik tez aylansa, muomala uchun zarur bo‘lgan pul miqdori shuncha kam talab qilinadi va aksincha. Muomala uchun zarur bo‘lgan pul miqdorini boshqarishda shu muhim omillarga alohida e’tibor berilishi zarur. Muomala uchun zarur bo‘lgan pul miqdorini kamaytirish uchun quyidagi choralarni amalga oshirish muhimdir. Bular: iste’mol kreditni rivojlantirish; kreditga qanchalik ko‘p tovar sotilsa, shuncha kam miqdorda pul muomalada kerak bo‘ladi; naqd pulsiz hisob - kitoblarning rivojlanishi; pullarning muomala tezligini oshirishga erishish va boshqalar. Har bir jamiyat pul muomalasi qonuni talablarini hisobga olgan holda ish yuritishi zarur. Chunki pul muomalasi qonunining buzilishi pul barqarorligiga putur yetkazadi. Bu holda muomalaga chiqarilgan pul miqdori muomaladagi tovarlar bahosidan oshib ketishi, ya’ni inflatsiya bo‘lishiga, yoki pul ocharchiligiga (yetishmovchiligiga) olib kelishi mumkin. Xulosa qilib aytganda, pul muomalasini ushlab turish shart- sharoitlari va qonuniyatlari ikki omilning o‘zaro ta’siri bilan, ya’ni: – xo‘jalikning pulga bo‘lgan ehtiyoji va amalda pullarning muomalaga borib tushishi bilan belgilanadi. Amaliyotda ko‘proq uchraydigan hol bu oborotda xo‘jalikka kerak bo‘lganidan ko‘proq pulning bo‘lishidir. Bu albatta, pulning qadrsizlanishiga - pul biriligining xarid qobiliyatining tushushiga olib keladi. Iqtisodiyotda faoliyat yuritadigan, faqat hukumatning ehtiyojlari bilan bog‘liq bo‘lgan va iqtisodiyotning ehtiyojlaridan mustaqil pul mablag‘lari miqdoridagi o‘zgarishlar siyosiy omillar hisoblanadi. Texnik omillar pul aylanishi, tuzilishi va hajmiga faqat bilvosita ta’sir ko‘rsatadi, lekin shunga qaramasdan, ularni hisobga olish zarur. Bunday omillarga u yoki boshqa hisob-kitobni o‘tkazish uchun talab etiladigan vaqtni kamaytirish yoki hisob-kitobning o‘zini amalga oshirishga imkon beradigan hisob-kitoblarning texnik vositalari kiradi. Masalan, bank plastik kartalariga xizmat ko‘rsatuvchi texnik vositalarning keng ommalashganligi aholi o‘rtasida ushbu to‘lov vositasining ommalashuviga va, binobarin, naqd pulsiz pul mablag‘larining qo‘llanilishining oshishiga olib keladi. Naqd pulsiz pul mablag‘lari qo‘llanilishi chastotasining ko‘payishi pul muomalasining umumiy tarkibida naqd pullarning kamayishiga va davlatning pul aylanishini tartibga solish asosiy uslublarining o‘zgarishiga olib keladi. Pul muomalasining tezligi pul aylanishining muhim tavsifnomasi hisoblanadi. Bu shu bilan bog‘liqki, muayyan vaqt davomida (masalan, yil davomida) har bir pul birligi aylanishining soni qanchalik ko‘p bo‘lsa, iqtisodiyotning normal faoliyat yuritishi uchun zarur bo‘lgan pul mablag‘larining miqdori shunchalik kam bo‘ladi. Amalda pul massasi muomalasining tezligi daromad muomalasining tezligini ko‘rsatadi. Oxirgi yillarda inflatsiya tez-tez uchrab turadigan jarayon bo‘lib sifati ham o‘zgarib bormoqda. Buning sababi shundaki, hozirgi kunlardagi inflatsiya: birinchidan, uzluksiz baholarning oshishiga; ikkinchidan pul muomalasi qonunining buzilishi natijasida umumxo‘jalik mexanizmining ishdan chiqishiga olib keladi. XX asr inflatsiyasining asosiy sababi, tovar kamyobligigina bo‘lib qolmasdan, ishlab chiqarish va qayta ishlab chiqarishda inqirozlar mavjudligi bilan ifodalanadi. Hozirgi davr inflatsiyasi birinchidan; pul talabining tovar taklifidan oshishi natijasida pul muomalasi qonunining buzilishi; ikkinchidan; - ishlab chiqarishga ketadigan xarajatlar salmog‘ining o‘sishi natijasida tovarlar bahosining oshishi va shu sababli pul massasining ortib borishi bilan ifodalanadi. Inflatsiyaning asosiy sababi - bu iqtisodiyotning turli sohalari o‘rtasida vujudga kelgan nomutanosiblikdir. Bu avvalambor, jamg‘arma va iste’mol o‘rtasidagi, talab va taklif, davlatning daromadlari va xarajatlari o‘rtasidagi muomaladagi pul massasi va xo‘jaliklarning naqd pulga bo‘lgan talabi o‘rtasidagi nomutannosibliklardan iboratdir. Download 72.08 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling