V bo‘lim. Soliq nazorati 17-bob. Soliq nazorati to‘g‘risidagi umumiy qoidalar. Soliq tekshiruvlari
Download 225.5 Kb.
|
SOLIQ NAZORATI (135-175)docx
V BO‘LIM. SOLIQ NAZORATI 17-bob. Soliq nazorati to‘g‘risidagi umumiy qoidalar. Soliq tekshiruvlari 135-modda. Soliq nazorati to‘g‘risidagi umumiy qoidalar Oldingi tahrirga qarang. Vakolatli organlarning soliq to‘lovchilar va soliq agentlari tomonidan soliq to‘g‘risidagi qonunchilikka rioya etilishi ustidan nazorat qilishga doir faoliyati soliq nazoratidir. (135-moddaning birinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son) Soliq nazorati maqsadida ushbu Kodeksning 133-moddasida ko‘rsatilgan davlat organlari, muassasalari, tashkilotlar va mansabdor shaxslar soliq to‘lovchilarni soliq bo‘yicha hisobga olish uchun zarur bo‘lgan ma’lumotlarni ushbu Kodeksda belgilangan tartibda soliq organlariga taqdim etishi shart. Soliq nazorati maqsadida banklar ushbu Kodeksning 134-moddasida o‘z zimmasiga yuklatilgan majburiyatlarni bajaradi. Oldingi tahrirga qarang. Soliq, bojxona organlari va boshqa vakolatli organlar, prokuratura organlari hamda tergov organlari soliq to‘g‘risidagi qonunchilik buzilishlari, o‘zlari olib borayotgan soliq tekshiruvlari haqidagi o‘zida mavjud materiallar to‘g‘risida bir-birini xabardor qiladi. Shuningdek mazkur organlar o‘z zimmasiga yuklatilgan vazifalarni bajarish maqsadida boshqa zarur axborot bilan almashishni amalga oshiradi. Bunday xabardor qilish tartibi mazkur organlar o‘rtasidagi kelishuvlar bilan belgilanadi. (135-moddaning to‘rtinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son) Oldingi tahrirga qarang. Soliq to‘lovchi (soliq agenti) to‘g‘risida qonunchilik talablarini buzgan holda olingan hujjatlar yoki boshqa axborot ushbu shaxsni soliqqa oid huquqbuzarlikni sodir etganlik uchun javobgarlikka tortishga asos bo‘lib xizmat qilishi mumkin emas. (135-moddaning beshinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son) Soliq nazorati materiallari O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi tomonidan belgilangan tartibda soliq to‘lovchi hisobda turgan joydagi soliq organida tekshiruv tugagan kundan keyingi ish kunidan kechiktirmay ro‘yxatdan o‘tkazilishi kerak. Download 225.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling