V. G. Belinskiyning roli katta. U t ni haqiqiy


Download 23.41 Kb.
Pdf ko'rish
Sana05.08.2023
Hajmi23.41 Kb.
#1665238
Bog'liq
Taqriz - Vikipediya



Taqriz
Jurnalistika, ilmiy va badiiy tanqidiy janr
Taqriz (arab. — ijobiy baho) — adabiy
tanqid janri; yangi badiiy, ilmiy yoki ilmiy-
ommabop asar tahlili.
[1]
 T.da asarning
bibliografik tavsifi, shuningdek, mazmuni,
unda koʻtarilgan muammolar, asarning
gʻoyaviy va badiiy xususiyatlari, muallif
ijodida, adabiyotda tutgan oʻrni haqida
maʼlumot boʻladi; asarga baho beriladi,
uning asosiy fazilatlari va nuqsonlari qayd


qilinadi. T. asosan keng kitobxonlar
ommasi uchun moʻljallanadi, ularni yangi
asarlardan ogoh qiladi, zarurini tanlab
olishga koʻmaklashadi. Ichki T. ham
boʻladi, nashriyotga kelgan badiiy, tanqidiy
va ilmiy-ommabop asar ichki T.ga beriladi,
biroq, bu T. matbuotda eʼlon qilinmaydi.
Rus tanqidchiligi tarixida T.ning rivojida
V.G. Belinskiyning roli katta. U T.ni haqiqiy
sanʼat darajasiga koʻtardi. T. badiiy asar
haqida shunchaki maʼlumot beruvchi janr
darajasidan adabiy hayotning muhim
masalalarini koʻtaruvchi, kitobxonni hayot
va adabiyot haqida oʻylashga oʻrgatuvchi,
uning estetik didini tarbiyalashga yordam


beruvchi janrga aylanadi. Taqriz tadqiqot
ishi, darslik va oquv-metodik
qollanmalarga beriladigan taqidiy baho
bolib, unda mazkur ishning dolzarbligi va
zarurati, ishning mazmuni meyoriy hujjatlar
talablariga mosligi, muallif erishgan
yutuqlar, qollangan yangi metodlar va
texnologiyalar, ishning rasmiylashtirilishi va
savodxonlik darajasi tahlil qilinadi, Bunda,
albatta, taqrizchi shu soha mutaxassisi
bolishi va subektivlikka yol qoymasligi
kerak.


Kengaytirilgan annotatsiya tipidagi T.da
asar haqida bibliografik maʼlumot beriladi.
Tanqidiy yoki publitsistik maqola T. larida
konkret asar munosabati bilan biron
muhim masala haqida fikr yuritiladi. Esse
(adabiy oʻylar) xarakteridagi T.da taqrizchi
oʻz fikr-tuygʻularini, asarni oʻqish jarayonida
hosil boʻlgan taassurotlarini lirik tarzda
ifodalaydi. Nihoyat, muallif oʻz asariga
ham T. yozishi mumkin (avtotaqriz). Bunda
muallifning asarga qarashlari bayon
qilinadi yoki u biron munosabat bilan
munozaraga kirishadi.
Taqrizning xarakteriga koʻra
xilma-xilligi


Taqrizning tili va uslubi boshqa janrlardan
alohida ajralib turmaydi. Lekin taqriz
qilinayotgan asar haqida, uning yutuq va
kamchiliklari qay darajada koʻrsatilishidan
qatʼi nazar, neytral til vositalaridan
tashqari, obrazli, mazmunli, taʼsirchan-
ekspressiv buyokdor til vositalaridan ham
foydalanilgan holda fikr yuritiladi.
T.larning aksariyat qismida rukn vazifasini
„taqriz“ soʻzining oʻzi bajaradi.
Taqriz tili
Taqriz rukni


T.da uning biror soha yoki kitob, spektakl,
kino, jurnallarga bagʻishlanganligiga qarab
til vositalaridan turlicha foydalaniladi. Bu,
albatta, muallifning asarga boʻlgan
munosabatidan ham kelib chiqadi. T.ning
yana bir harakterli xususiyati, unda kirish
soʻz va birikmalarining qoʻllanilishidir.
Masalan, „Nazarimda, ayrim yosh
ijodkorlar mutolaa, adabiy savod
masalasida ham gʻaribroqday. Zotan,
sirdaryolik yosh ijodkor Dilmurod Doʻst
nazarda tutgan — „quyib qoʻygandek oʻziga
Taqrizning leksik va
grammatik xususiyatlari


oʻxshagan“ sheʼr yozish uchun isteʼdodning
oʻzi kamlik qiladi („OʻzA sayti“).
Yana bir harakterli holat shuki, T.da taʼkid-
munozara tarzida soʻroq gaplardan ham
foydalaniladi: „Ikkita qushlar“ degani nima?
Sonning oʻzi koʻplikni bildirmaydimi?“
(„OʻzA sayti“). T.da ishlatilgan bir necha
soʻroq va undov gaplar ham uning
taʼsirchan yozilishiga maʼlum darajada
hissa qoʻshadi. Ular materialning oʻqilishli
qilishga yordam beradi, gazetxonni
mulohaza yuritishga undaydi: „…baʼzan
ishqiy izhor kimga qaratilgani mavhum,
qizgami, yigitgami? Hatto Yaratganga ham


murojaat bir xil. Shundan ehtiyot boʻlish
kerak emas mi?“ („OʻzA sayti“).
T.larning tili maqola, xabar, reportaj
kabilarnikidan deyarli farq qilmaydi. Chunki
ularda ham, T.da ham neytral til
vositalarining qoʻllanilishi koʻproq koʻzga
tashlanadi. Lekin farqli tomoni shundaki,
T.da ifodalilikni oshiruvchi til vositalari juda
kam qoʻllaniladi. Maqola, reportaj
kabilarda ekspressivlikni ifodalash
imkoniyatlari birmuncha kengroq, T.da esa
iboralar, oʻxshatish, metaforalar, baʼzan
soʻroq gaplar, ayrim grammatik shakllar
ekspressivlikni ifodalashda maʼlum
darajada rol oʻynaydi. Frazeologizmlar,


xalq maqollari T.larda deyarli
ishlatilmasligini ham qayd etish mumkin.
Shu bilan birga, soʻnggi yillar mobaynida
T.larning tilida taʼ sirchanlikni oshiruvchi
vositalar avvalgiga qaraganda koʻproq
uchrayotganini ham inkor etib boʻlmaydi.
Oʻzbek adabiyotida T. 20-asr boshlarida
vaqtli matbuot bilan teng rivojlana
boshlagan. Endilikda T. oʻzbek adabiy
tanqidchiligining eng muhim janrlaridan
boʻlib qoldi. Oybek, Abdulla Qahhor,
Shayxzoda, Gʻafur Gʻulom kabi yozuvchilar,
O.Hoshimov, S.Husayn, Olim Sharafiddinov,
Oʻzbek adabiyotida
taqrizchilik


V.Zohidov, I.Sultonov, H.Yoqubov, M.
Qoʻshjonov, Ozod Sharafiddinov,
U.Normatov, N. Xudoyberganov,
I.Haqqulov va boshqa olimlar oʻzbek
adabiy hayotida chuqur iz qoldirgan T.lar
yaratdilar.
1. Oʻzbek tilining izohli lugʻati. A.
Madvaliyev tahriri ostida. 4-jild.-T.:
Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi,
2008.
"
https://uz.wikipedia.org/w/index.
php?title=Taqriz&oldid=3598328

Manbalar

Download 23.41 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling