V. G. Yusupov, M. T. Toshev, N. A. Parpiyev koordinatsion birikmalar kimyosi


IV BOB. KOORDINATSION BIRIKMALARNI FIZIK


Download 0.49 Mb.
bet5/6
Sana21.11.2023
Hajmi0.49 Mb.
#1790780
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Kompleks birikmalar

IV BOB.
KOORDINATSION BIRIKMALARNI FIZIK
USULLAR YORDAMIDA O’RGANISH


4.1 SPEKTOROSKOPIYANING UMUMIY ASOSLARI

Nurlanishlar turli xil bo`ladi. Masalan: oksidlanayotgan fosforning nurlanishi, gazlardan elektr tok o’tish jarayonida vujudga keladigan nurlanish, issiqlik nurlanishi, qattiq jismlarni elektronlar bilan bombardimon qilish natijasida (rentgen nurlanish) va moddalarning radioaktiv yemirilishi jarayonida vujudga keladigan nurlanish (γ-nurlar) va hokazo. Bu nurlanishlar bir-biridan o’zlarining vujudga kelishining tabiati bilan ajralib turadi. Lekin har qanday nurlanish jarayonida ham energiyaning biror turi nurlanish energiyasiga aylanadil Plankning kvantlar g’oyasiga uzlukli ravishda yuz beradi. 1905-yilda Eynshteyn o’zining uchta mashhur ishini matbuotda e’lon qildi. Shulardan biri tashqi fotoeffektga oid edi. Eynshteynning yorug`lik kvantlari haqidagi g’oyasiga asosan yorug`lik energiyaga ega va yorug`lik tezligida harakat qiluvchi kvantlardan-fotonlardan iboratdir va u fotonlar tarzida nurlanadim tarqaladi, yutiladi, ya’ni u fotonlar sifatida mavjuddir. Tajribalar ko`rsatadiki elektromagnit nurlanish ba’zan esa to’lqin (interferensiya, difraksiya, qutblanish va hokazo). 1924-yillaga kelib elektromagnit nurlanish to’lqin zarra dualizmi umum qabul qilingan nuqtai nazarga aylangan edi. Energiyaning relyativistik va kvant ifodasidan foton energiyasi va impulse bilan yorug`lik to’lqini va chastotasi o’rtasidagi quyidagi bog`lanishni aniqlash mumkin:




Bu yerda Plank doimiysi h=6,623*10 –34 J*c.
v – yorug`lik to’lqin chastotasi (o’lchami Hz).
c- yorug`lik tezligi.
λ- to’lqin uzunligi.
Tajribalarda to’lqin uzunligini o’rniga ko’p hollarda to’lqin soni ύ ishlatiladi:

Ma’lumki, nurlanayotgan to`lqinlarning uzunliklari qanchalik kichik bo`lsa, to`lqin chastotasi va alohida olingan kvantlarning energiyasi shunchalik katta bo’lib, to’lqin shkalasida quyidagicha joylashadi:
γ-nurlar > rentgen nurlari > ultra binafsha nurlar > ko’zga ko’rinarli yorug`lik nurlari> infraqizil nurlar > radioto’lqin nurlar.
Elektromagnit to’lqinlarning bu xususiyatlariga asoslanib moddalarning xossalarini o’rganish uchun har xil eksprimental usullar va o’lchov asboblari yaratilgan. 4-jadvalda elektromagnit to’lqinlarning shkalasi va ularga tegishli spektrlarning nomlanishi keltirilgan.
γ-nurlarning energiyasi 105 – 107 eV yoki undan ancha katta qiymatlarga ega bo`lishi mumkin. Shu sababli γ-kvantlar bevosita atom yadrosi bilan ta`sirlashib, ularni qo`zg`algan holatga olib keladi. γ- nurlar ta`sirida hosil bo`lgan spektrlar γ-rezonans yoki Messbauer spektrlari deb ataladi. Rentgen spektrlari asosida atomning ichki qavatida joylashgan elektronlarni qo’zg’alishlarini o’rganadi.



Download 0.49 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling