V hayot faoliyati xavfsizligi
Shaxtalarda avariya sodir bo’lganda ishchi hodimlarning o’zini tutish qoidalari
Download 122.5 Kb.
|
hayot faoliyati qism
5.3.Shaxtalarda avariya sodir bo’lganda ishchi hodimlarning o’zini tutish qoidalari
Shaxtaning barcha ishchilari avariya sodir bo’lgan holatda, sharoit va joyda o’zini tutish qoidalarini puxta bilishlari talab etiladi, avariyaga qarshi himoya vositalaridan foydalana olishlari va o’zini himoyalash vositalaridan foydalana olishlari lozim bo’ladi. Izoh! Avariya zararlarini bartaraf etish rejalarini ishlab zahiradagi o’zini-o’zi qutqarish vositalari, guruhiy himoya vositalari saqlanadigan puktlar aniq ko’rsatib o’tiladi. Shaxta ichidagi odam avariya belgilarini sezganda bu haqida darhol dispecherga yoki texnik ishlar mutahassisiga xabar berishlari talab etiladi. Shaxtaning har bir ishchi hodimi quyidagi avariya holatida o’zini tutish qoidalarini chuqur o’rganishlari talab etiladi. Yong’in: Hodim tutunni aniqlasa unda u kechiktirmasdan o’z-o’zini qutqarish vositasi ishga tushirishi, ventilyator havo haydash yo’nalishida havo zahirasi ko’p bo’lgan va zahira chiqishga ega yo’nalishda harakatlanishi kerak. Bu holatda toza havo yo’nalishida xavfsiz hududgacha o’zini-o’zi qutqarish vositasini yechmasdan harakatlanishi kerak. Toza havo tuynugi yo’nalishida alanga o’chog’i aniqlansa, himoya vositalaridan foydalanib birlamchi o’chirish vositalari bilan o’tni o’chirish kerak. Bir tomoni berk zaboylarda yong’in sodir bo’lganda o’zini-o’zi qutqarish vositasini yoqib, birlamchi o’t o’chirish vositalari bilan alangani o’chirish, toza havo hududiga harakatlanish talab etiladi. Bu holatda gazdan xavfli shaxtalarda mahalliy shamollatish tizimi normal ish rejimida ishlayotgan bo’lishi kerak. Agar zaboydan qandaydir masofada berk hududda yong’in sodir bo’lib, u yerda odamlar mavjud bo’lsa, u holda kerakli bo’lgan mavjud o’t o’chirish vositalari va o’z-o’zini qutqarish vositalarini olib, yong’in o’chog’idan o’tish va uni o’chirish uchun barcha mumkin bo’lgan chora-tadbirlarni bajarishlari kerak. Download 122.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling