V. I. Romanovskiy garchi leksiya o’qish metodikasini bilish tarafdori bo’lmasa-da, lekin o’zi juda mohir metodist-pedagog edi. Uning fikricha, leksiyani muvaffaqiyatli o’qish uchun fanning o’zini mukammal ravishda bili
Download 13.4 Kb.
|
- To’g’ri aytasiz, sizning o’qishingiz butunlay boshqacha, -dedi kulib, - men esa arabcha tekstni o’qib, ma’nosiga tushunsam bo’ladi, - keyin stolida turgan ikkinchi bir kitobni olib, - mana bu qur’onning ruscha tarjimasi,- deb qo’limga berdi. Kitobni ochib, uning titul varaqasiga nazar solsam, u qur’onning ruschaga qilingan Sablikov tarjimasi ekan. Bu esa Romanovskiyning arab tilini o’rganishida control vazifasini bajargan: u qur’onni o’qib tekst ma’nosiga to’g’ri yoki noto’g’ri tushunchaligini uning tarjimasi yordami bilan sinab ko’rar ekan. Ikkinchi tomondan Romanovskiy g’oyat kamtar, hatto aytish mumkin – kamtarlik namumasi edi. Juda kamgap bo’lib, uning bilan ko’p vaqt hamsuhbat bo’lish natijasida menda shunday fikr ham tug’ilib qolgan edi: oddiy suhbatda ham bir fikrni izhor qilishdan ilgari, u ichida yaxshilab o’ylab olsa kerak chunki bir xil kishilardek hozirjavob bo’lmay, bir jumlasi bilan ikkinchi jumlasi orasida, suhbatning qandaydir sukunat sezilib turardi. Boshqacha qilib aytganda, suhbatning jiddiy va oddiylik xarakteridan qat’iy nazar, u deyarli hamma vaqt tafakkurda bo’lardi. V.I.Romanovskiy garchi leksiya o’qish metodikasini bilish tarafdori bo’lmasa-da, lekin o’zi juda mohir metodist-pedagog edi. Uning fikricha, leksiyani muvaffaqiyatli o’qish uchun fanning o’zini mukammal ravishda bilish lozim. Menimcha, V.I.Romanovskiy tabiati bo’yicha filosof bo’lib, ayni zamonda uni filosof-materialist desa bo’ladi. Uning hech bir vaqt “men marksist” degan da’vosi bo’lmasa-da, lekin dunyoqarashi, muhokamasi, tafakkuri marksistik xarakterda edi. V.I.Romanovskiy yig’ilishlarda va majlislarda juda kam so’zga chiqardi va chiqqan holda ham faqat prinsipial xarakterdagi masala yuzasidan chiqardi. U juda ohistalik bilan, tez-tez pauza qilib nutq so’zlardi. Menimcha, u, shu orada o’ylab, o’z fikrini juda yaxshi ifodalab olsa kerak. Bu esa mashhur Eynshteyn bilan Dirakning orasida bo’lgan bir suhbatda Eynshteyn aytgan ushbu fikrni eslatadi: “Men Download 13.4 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling