V. I. Vernadskiy Tuproq biologiyasi qaysi fanlarni o’z ichiga oladi?
Download 21.76 Kb.
|
1-ORALIQ JAVOBLARI
1. “Tuproq qoplami o’simliklarni hayot bilan ta’minlab, ularning qoldiqlarning qayta ishlash uchun katta fabrika bo’lib xizmat qiladi” deb kim aytgan? V.I.Vernadskiy 2. Tuproq biologiyasi qaysi fanlarni o’z ichiga oladi? Tuproq zoologiyasi, protistologiya, mikologiya, mikrobiologiya, biokimyo 3. Tuproq biologiyasi fanining metodik xususiyati nimadan iborat? Tuproqda kechadigan jarayonlar mexanizmi va biologik mazmuni 4. Tuproq biologiyasi fani nimani o’rganadi? Tuproqda yashovchi hayvonlar, o’simliklar va mikroorganizmlar hayot faoliyatini 5. Tuproqdagi tirik jonivorlarning tuproq hosil bolishidagi roli, tuproqdagi mikrob senozi, ishlov berish va meliorasiya, o’g’itlarni yerdan foydalanish sistemasini tuproqqa ta’siri qaysi fan o’rganadi? Tuproq biologiyasi 6. Tuproqlarni o’rganishda tuproq mikroorganizmlari faoliyati bilan bog’lagan birinchi olim kim? V.V.Dokuchayev 7. Kim birinchi bo’lib mikroorgnaizmlar bilan ishlash usullari ishlab chiqqan? Lui Paster 8. Qaysi olim sut kislotali, spirtli, yog’ kislotali bijgish jarayonlarini urganib, bularning barchasi turli xil mikroorgnaizmlar faoliyati bilan bog’likligini isbotlagan? Lui Paster 9. Kim oziq muhitlarini ishlab chiqdi va turli substratlarda mikroorgnaizmlarni ustirishni tavsiya etgan? R.Kox
10. 1888 yilda tashkil etilgan Lui Paster institutida tuproq mikrobiologiyasi laboratoriyasini ilk qaysi rus olimi boshqargan? S.N.Vinogradskiy 11. 1894 yilda qaysi olim “Tabiatda azotning aylanigshi” haqida doklad qilgan? S.N.Vinogradskiy 12. Kim birinchi bo’lib tuproq mikroorganizmlarini yuqori o’simliklar bilan bir sistemada urgangan? N.A.Krasilnikov 13. Zamburug’lar tug’risidagi fan nima deyiladi? Mikologiya A. N.A.Krasilnikov 14. Rizosfera nima? O’simlik ildizlarini bevosita o’rab turadigan tuproq qoplami 15. Parazit fitopatogen zamburug’lar o’simliklarga qanday ta’sir qiladi? O’simliklarda turli xil kasalliklarni keltirib chiqaradi 16. Simbioz zamburug’lar o’simliklarga qanday ta’sir qiladi? O’simliklarni oziqlanishi uchun yordam qiladi 17. Har bir gektar maydon atmosferasida qancha azot mavjud? 80 ming tonna 18. Saprofit so’zining manosi nima? Yunoncha sapros – chirigan, phuton - o’simlik 19. Saprofit organiznlar? O’simlik va hayvon qoldiqlaridan oziq manbai sifatida foydalanadigan mikroorganizmlar 20. «Yomg'ir chuvalchanglari faoliyati tufayli o'simlik qatlamining hosil bo'lishi» asarini kim yozgan? Ch.Darvin 21. Tuproqda hayot kechiradigan yoki u bilan bog'langan tirik organizmlardan iborat kompleks nima? Tuproq biotasi 22. Biota tarkibiga nimalar kiradi? O’simliklarning yer ostki qismlari, bakteriyalar, zamburug'lar, suvo'tlari va hayvonlarning turli sistematik guruhlari 23. Tuproq biotasi tarkibigagi hayvonlar katta-kichikligiga ko’ra necha guruhga bo'linadi? 5 ta
24. Uzunligi 5 mikron (mkn)dan iborat bo’lgan sodda hayvonlar (soxta oyoqlilar, xivchinlilar, infuzoriyalar) qaysi guruhga kiradi? Nanofauna 25. Uzunligi 150 mkmdan (mikrometr) 1,3 mm gacha bo'lgan hayvonlar (nematodalar, imillab yuruvchilar, oyoq dumlilar) qaysi guruhga kiradi? Microfauna 26. Uzunligi 1,3 mm dan 10 mm gacha bo'lgan hayvonlar (o'rgimchaklar, ko'poyoqlilar, hasharotlar, zahkashlar) qaysi guruhga kiradi? Mezofauna 27. Uzunligi 1 sm dan 8 sm gacha bo'lgan hayvonlar (ko'pchilik mollyuskalar, hasharotlar, zahkashlar) qaysi guruhga kiradi? Macrofauna 28. Uzunligi 8 sm dan katta bo'lgan hayvonlar (kemiruvchilar, yerqazarlar, hasharotxo'rlar va yomg'irchuvalchanglari) qaysi guruhga kiradi? Megofauna 29. Tuproqdagi jonivorlari hayot kechirishi uzoq yoki qisqa bo'lishiga ko’ra necha guruhga ajratiladi? 3 ta
29. Tuproqda doimiy hayot kechiradilar (yomg'ir chuvalchangi, enxitreidalar, kanalar, oyoqdumlilar, nematodalar) qaysi guruhga kiradi? Geobiontlar 30. Hayotining bir qismini tuproqda o'tkazadigan hayvonlar (qonxo'r kanalar, ayrim hasharotlar va ularning lichinkalari) qaysi guruhga kiradi? Geofillar 31. Tuproqda vaqtincha yashovchi hayvonlar kiradi (chigirtkalar, qandalalar, o'rgimchaklar) qaysi guruhga kiradi? Geoksinlar 32. Yashil o'simliklar bilan oziqlanadigan qaysi guruhga mansub? Fitofaglar 33. Tirik organizmlar bilan oziqlanadiganlar qaysi guruhga mansub? Yirtqichlar 34. Chiriyotgan moddalar bilan oziqlanadiganlar qaysi guruhga mansub? Saprofaglar 35. Tuproq qaysi fazalardan tashkil topgan? Qattiq, suyuq, gazsimon va tirik fazalardan 36. Tuproqning qattiq fazasi nimalardan iborat? Organik hamda turli birlamchi va ikkilamchi minerallar 37. Tuproqning necha foizini organik moddalar tashkil qiladi? 1-10 %
38. Tuproqning necha foizini mineral moddalar tashkil qiladi? 90-99 %
39. Tuproqning organik qismini necha foizini gumus tashkil qiladi? 85 %
40. Tuproqning organik qismini necha foizini flora va faunas tashkil qiladi? 5 %
41. Yashil o’simliklar quruqlikda har yili qancha tonna biomassa hosil qiladi? 53*1010 tonna 42. Organik qoldiqlar tarkibidagi 1 g uglerod tarkibida energiya miqdori necha kkal. ni tashkil etadi? 9,33 kkal 43. Turli tabiiy - iqlim sharoitida har yili to’planadigan biomassa miqdori gektariga necha sentnerni tashkil etadi? 42-137 s. 44. MDH xududida N.N.Rozov bo’yicha o’simliklar formasiyasining nechta guruhlarga ajratiladi? 5 ta
45. O’simliklar formasiyasi to’liq berilgan javobni ko’rsating? Daraxtsimon, daraxtsimon - o’tsimon, o’tsimon, cho’l o’simliklar va lishaynik-moxli 46. O’tsimon o’simliklar formasiyasida ildizlar necha foizni tashkil qiladi? 85 %
47. Bo’z tuproqlar sharoitida ildiz massaning umumiy zaxirasi gektariga necha tonnani tashkil qiladi? 9 - 23 tonna 48. 4 oylik javdarning barcha ildizlar va tukchalarning umumiy uzunligi necha km.ni tashkil etadi? 11 ming km. 49. Zamburugʻ so’zining manosi nima? Fungi yoki Mycetes 59. Zamburugʻlarning tuzilishi nimalardan iborat? A. Vegetativ tanasi mitseliy, ingichka ipcha – gifalar 60. Zamburug’larni qaysi fan o’rganadi? Mikologiya 61. Mikologiya so’zi qaysi tildan olingan va ma’nosi? Yunoncha “mykes” – zamburug’ va “logos” – fan so’zlaridan 62. Zamburug’lar qaysi yo’llar bilan ko’payadi? Vegetativ va reproduktiv 63. Zambrug’lar necha sinfda tavsiflanadi? 4 sinf
64. Suv o’tlari va zamburuglardan tarkib topgan tirik organizmlar kompleksi nima deyiladi? Lishayniklar 65. Lishayniklar haqidagi fan nima deb ataladi? Lixenologiya 66. Lishayniklarning anaqa shakllari bo’ladi? Po’stloqsimon, bargsimon va butasimon 67. Hozirgi kunda tirik organizmlar qaysi asosiy birliklar bilan tasniflanadi? Domen, dunyo, tip yoki bo’lim, sinf, turkum, oila, urug’ va tur 68. Hozirgi kunda tirik organizmlar nechta birliklar bilan tasniflanadi? 2 domen va 7 dunyo 69. Hujayrasida shakllangan yadroga yega bo’lgan organizmlar nima deyiladi? Eukariotlar 70. Hujayrasida shakllangan yadroga yega bo’lmagan organizmlar nima deyiladi? Prokariotlar 71. Kim tomonidan domen tushunchasi fanga kiritilgan? Karl Vyoze 72. Tuproq qanaqa moddalardan tashkil topgan? Mineral, organik va organik-mineral 73. Tuproqni litosferadan farq qiladigan asosiy farqi nima? Unumdorligi bilan 74. Tuproq tarkibida kislorod (O) necha foizni tashkil qiladi? 49 %
75. Tuproq tarkibida kremniy (Si) necha foizni tashkil qiladi? 33 %
76. Litosfera umumiy massasining 99 foizini tashkil etadigan 8 ta elementlarni ko’rsating? O, Si, Al, Fe, Ca, Na, K, Mg 77. Tuproq qanaqa jinslardan tashril topgan? Magmatik, metomorfik va cho’kindi 78. Ammiakning nitrat kislotasiga qadarli biokimyoviy o’zgarish jarayoniga nima deyiladi? Nitrifikatsiya 79. Azotli organik moddalarning ammiakka qadarli biokimyoviy o’zgarish jarayoniga nima deyiladi? Ammonifikatsiya 80. Nitrat shaklidagi azotning azot oksidi va molekulyar azotlargacha qaytarilish jarayoniga nima deyiladi? Denitrifikatsiya 81. Tuproqda erkin yashaydigan azotfiksatorlar gektariga har yili necha kg azot to’playdi? 5-10 kg
82. Tarkibida juda faol tugunak bakteriyalarni tutadigan preparat nima? Nitrogen
83. Tarkibida azotfiksatsiyalovchi erkin yashovchi aerob bakteriyalarni tutadigan preparat nima? Azotobakterin 84. Tuproqdagi fosforli bikikmalarni minerallahtira oladigan bakteriyalarni tutadigan preparat nima? Fosforobakterin 85. Murakkab organik birikmalarning oddiy moddalar (CO2, H2O, NH3 kabilar) gacha parchalanishi nima deyiladi? Minerallanish 86. Gumusning hosil bo’lishi jarayoni nima deyiladi? Gumifikasiya 87. Gumus tarkibida uglerod (C) elementining miqdori qancha? 58 %
88. Gumus tarkibida kislorod (O) elementining miqdori qancha? 28 %
89. Gumus tarkibida azot (N) elementining miqdori qancha? 3 %
90. Gumus moddasi tarkibida birikmalar qaysi guruhlarga bo’linadi? Gumin va fulvo kislota, gumin moddasi 91. MDH xududida tarqalgan quyidagi tuproq – bioiqlim mintaqalari haroratga ko’ra necha guruhga bo’linadi? . 5 ta
92. MDH xududida tarqalgan quyidagi tuproq – bioiqlim mintaqalarini haroratga ko’ra ko’rsating? . Sovuq, mo’tadil sovuq, mo’tadil iliq, iliq, issiq 93. Iliq (subtropik) iqlim guruhda o’rtacha yillik harorat necha gradus bo’ladi? +15
94. Issiq (tropik) iqlim guruhda o’rtacha yillik harorat necha gradus bo’ladi? +35
95. Sovuq (qutb) iqlim guruhda o’rtacha yillik harorat necha gradus bo’ladi? -23-15
96. Quruq (arid) iqlim guruhda o’rtacha yillik yog’in miqdori necha mm bo’ladi? 50-150
97. Juda quruq (ekstraarid) iqlim guruhda o’rtacha yillik yog’in miqdori necha mm bo’ladi? 10-20
98. Juda nam (ekstragumid) iqlim guruhda o’rtacha yillik yog’in miqdori necha mm bo’ladi? 3000-5000 99. «Podzol» so’zining ma’nosi nima? Kvars va kremnezyom oqish kulrang ya’ni kulga o’xshaganligi uchun 100. Podzol tuproqlarda gumus miqdori necha foiz? 1-4 %
101. Keng bargli o’rmonlarning qo’ng’ir tusli tuproqlarda gumus miqdori qancha? 3-8 %
102. Quruq dasht zonasidagi o’simlik qoldiqlarining biomassasi o’rtacha s/ga ni tashkil etadi? 150-200 s/ga 103. “Bo’z tuproqlar” atamasini fanga kiritgan olim kim? S.S.Neustruyev 104. Bo’z tuproqlarni qanday tipchalari bor? Och tusli, tipik, to’q tusli bo’z 105. Bo’z tuproqlarda gumus miqdori qancha? 1-3 %
106. Och tusli bo’z tuproqlar dehgiz sathidan necha metr balandlikda joylashgan? 300-600 m 106. Tipik bo’z tuproqlar dehgiz sathidan necha metr balandlikda joylashgan? 700 – 1000 m 107. To’q tusli bo’z tuproqlar dehgiz sathidan necha metr balandlikda joylashgan? 1400-1600 m 108. O’zbekiston respublikasi yer maydonining necha foizi cho’l zonasidan iborat? 70 %
109. Cho’l zonasining zonal tuproqlarii ko’rsating? Sur-qo’ng’ir tusli, taqir va taqirli 110. Sur-qo’ng’ir tusli tuproqlar tarkibida gumus miqdori qancha? 1 % gacha 111. Tuproq yuzasining qalinligi 2-5 sm bo’lgan qattiq zich poligonal-yoriqli qatqaloq bo’lish jarayoni nima? Taqirlar
112. Taqir tuproqlarning ustki qismi mexanik tarkibiga ko’ra qanaqa? Mexanik tarkibi og’ir, soz 113. Qumli cho’l tuproqlarida gumus miqdori qancha? 0,2-0,5 % 114. Tuproqning unumdor qatlamini olib ketilishi, ko’chirilishi va qayta yotqizilishi kabi jarayon nima deyiladi? Tuproq eroziyasi 115. Tuproqni tabiiy va antropogen omillar ta’sirida eyimirilishi, yuvilishi va uchirib ketish jarayonlariga ko’ra qanaqa turlarga bo’linadi? . Suv va shamol 116. Tuproq qoplamining atmosfera yog’inlari va sug’orish (irrigatsion) suvlar bilan yeimirilish jarayoni qanday eroziya turuga mansub? Suv
117. Bir yilda har gektardan o’rtacha 100 tonna yuvilishi bilan qancha azot yo’qoladi? 100 kg
118. Bir yilda har gektardan o’rtacha 100 tonna yuvilishi bilan qancha fosfor yo’qoladi? 115 kg
119. Shamol eroziyasidan saqlash xususiyati bo’yicha o’simliklarni necha guruhga bo’lish mumkin? . 4 ta
120. Shamol eroziyasidan saqlash xususiyati bo’yicha o’simliklarni qanday guruhlarga bo’lish mumkin? O’rmon-daraxt, pichan o’t, mevali ko’chatzorlar va qishloq xo’jalik ekinlari 121. Suv eroziyasiga uchragan tuproqlar darajasiga ko’ra qanaqa guruhlarga ajratiladi? Kam, o’rtacha va kuchli yuvilgan 122. Tuproqning 10 sm gacha qatlami ya’ni gumusli gorizontning to’rtdan bir qismi yuvilsa qanday darajadagi yuvilishga mansub? Kam yuvilgan 123. Tuproqning 10-20 sm gacha qatlami ya’ni gumusli gorizontning yarmi yuvilsa qanday darajadagi yuvilishga mansub? O’rtacha yuvilgan 124. Tuproqning gumusli gorizonti to’liq va B gorizontning bir qismi yuvilsa qanday darajadagi yuvilishga mansub? Kuchli yuvilgan 125. Shamol eroziyasi bo’yicha kam eroziyalangan tuproqlarda g’alla hosili necha foizga kamayadi? 10-15 %
126. Shamol eroziyasi bo’yicha o’rtacha eroziyalangan tuproqlarda g’alla hosili necha foizga kamayadi? 25-40 %
127. Shamol eroziyasi bo’yicha kuchli eroziyalangan tuproqlarda g’alla hosili necha foizga kamayadi? 50 %
128. Maydon nishabligi necha gradus bo’lganda tuproq yuzasini suv yuvib keta boshlaydi? 2-3°
129. Yer yuzasidan 10 sm balandlikka shamol necha tezlik bilan esganda eroziya jarayoni boshlanadi? 8-12 m/sek 130. Eroziyaga qarshi kurash tadbirlariga ko’ra xo’jalik yerlari necha kategoriyalarga bo’linadi? 9 ta
131. Tuproqlarning struktura holatini buzulishi, kimyoviy tarkibining yomonlashuvi, unumdorligining yo’qotilishi va to’liq yemirilishi nima deyiladi? Tuproqlar degradasiyasi 132. Tuproqda organik moddalar miqdori va zaxirasining kamayishi nima deyiladi? Tuproq degumifikasiyasi 133. Tuproqqa tushadigan og’ir metallarning manbalari qanday turlarga bo’linadi? Tabiiy va texnogenli 134. Yerlarni himoyalash, yaxshilash va rasional foydalanishga, tuproq unumdorligini oshirishga va umuman biosfera barqarorligini saqlashga yo’naltirilgan tadbirlar sistemasi nima deyiladi? Tuproqni muhofaza qilish va undan rasional foydalanish 135. FAO ma’lumotlariga ko’ra olinadigan hosilning necha foizi qo’llanilgan o’g’itlar hissasiga to’g’ri keladi? 50 %
136. Qaysi o’g’it tarkibida ftor aralashmalari, radioaktiv elementlardan uran, radiy va stronsiy bor? Fosforli Download 21.76 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling