V. N. Myasishchevning munosabatlar psixologiyasida bola psixik taraqqiyoti qonuniyatlarining yoritilishi


Download 25.01 Kb.
Sana25.04.2023
Hajmi25.01 Kb.
#1398695
Bog'liq
bbbbbbb



V.N.Myasishchevning munosabatlar psixologiyasida bola psixik taraqqiyoti qonuniyatlarining yoritilishi

.N. Myasishchev (1892-1973) rus psixologi, shaxs munosabatlar konsepsiyasining ijodkori. Mazkur konsepsiyaga ko’ra, shaxsning asosini uning atrof olarnga va o’z-o’ziga bo’lgan murosabatlar tizimi tashkil etadi. Munosabatlar tizimi insoti ongiga atrof voqelikning aks ettirilishi natijasida paydo bo’ladi, uning o’zi ham voqelikni aks ettirilishining shakllaridan biridir. V.N. Myasishchev insonning rivojlanishida faoliyatning rolini kamsitmagan holda odamlar o’rtasida hamkorlik, o’zaro yordamni talab qiluvclii munosabatlar tarkib topmagan taqdirda faoliyatning o’zi asosiy psixik sifatlaming shakllanishida neytral jarayon bo’lib qolishi mumkin, degan xulosaga keladi. Psixologlar o'rtasida baxs-munozaralar natijasida shu malum bo’ldiki, hatto, munosabat ko’p jihatdan harakatga teskaridir. Birinchidan, munosabat maqsadga ega bo’lmaydi va u ixtiyoriy bo’lishi mumkin emas. Ikkinchidan, munosahat jarayon emas, u fazo va vaqtda chegaralanmagan. Uchinchidan, munosabat maxsus tashqi madaniy vositalar bilan amalga oshirilmaydi, u umumlashma shaklda o'zlashtmlishi mumkin emas. Mimosabat har doim individualdir. Biroq munosabat harakat bilan chambarchas bog’liq. U harakatni keltirib chiqaradi, o’zi ham harakat davomida shaklanishi va o’zgarishi mumkin. Munosabat harakat marbai ham, natijasi ham bo’lishi mumkin, ammo bo’lmasli ham mumkin. Chunki munosabat har doim ham tashqi faollikda namoyon bo'lmaydi. Qolaversa, inson ayni damda yoki iimumari mavjud bo’lmagan faqat uning o’z ongida mavjud narsalar Ham qandaydir munosabatda bo'lishi mumkin. V.N.Myasishchevning ta'kidlashicha, munosabat sub'ekt va ob'ekt mavjud bo’lgan joyda vujudga keladi-Odamning psixologik munosabatlari uning ob'ektiv voqelik bilan bo’lgan ongli aloqalami ifodalaydi. V.N.Myasishchev mazkur voqelikning 3 kategoryasini ajratib ko’rsatdi: 1) tabiat hodisalari va narsa buyumlar olami; 2)odamlar va ijtimoiy hodisalsr; 3)sub’ektning o’zi.Tabiatni idrok etish ko’p jihatdan ijtimoiy tajriba ta’siriga to’be boTadi., odamning o’ziga boTgan munosabati uning boshqalarga boTgan munosabati va boshqalaming unga boTgan mimosabati bilan belgilanadi. Shu sababli psixologik munosabatlar tizimida V.N.Myasishchev odamning boshqa odamlar bilan botgan munosabatlari birinchi darajali ahamiyatga ega, deb hisoblaydi. V.N.Myasishchevning ta'kidlashicha, odamning atrof voqelikka boTgan munosabatining turlarigia ehtiyojlar, emotsiyalar, qiziqish va e’tiqod kiradi. V.N.Myasishchev o’z ilmiy qarashlarida mimosabatning bilish jarayonlari bilan boTgan aloqasini yoritib berishga uringan. Idrok voqelikrti hissiy aks ettirish shaklidir. Idrokning mustahkamligi faol ijobiy munosabatni talab qiladi, ob’ektga nisbatan befarq mimosabat hukmron boTgan sharoitda idrok jarayoni ham beqaror boTadi. Idrokning tanlovchanligi ham turli ob’ektlarga nisbatan inson turlicha munosabatda boTishi bilan bogTiqdir. Biron maTumotni mustahkam eslab qolish ham unga boTgan qiziqish va emotsional munosabatga bogTiqligi ko’plab tajribalarda o’z tasdig’ini topgan. Tafakkur voqelikni bilvosita aks ettiradi, ammo tafakkuraing mantiqiy shakli boTgan hukmlarda ham shaxsiy munosabat ifodalanadi. Shu tufayli aynan bir hodisa haqidagi har xil insonlaming hukmlari bir-biridan farqlanishi mumkin.
Insonning rivojlanihi masalasini ham V.N.Myasishchev munosabatlaming shakllanishi bilan chambarchas bogTaydi. Kuzatishlar va tabiiy eksperimentlaming ko’rsatishicha, shatsiz reflektor reaktivlik paydo boTadi. Ikki yoshdayoq hali unchalik beqaror bo’lmasa-da, bolada uning muayyan narsa va hodisalarga boTgan munosabatini ifodolovchi “xohlayman-xohlamayman”, “kerak-kerak emas”, “qiziq-qiziq emas” kabi sc'zlar jo'rligida amalga oshiriladigan reaksiyalami kuzatish mumkin. Eng muhimi, bola reaksiyasining mazmuni ishlatayotgan so'zlaming mazmuni bilan hamohangdir. Ikki-uch yoshdan boshlab bolalar ancha aniq namoyon boTuvchi tanlovchan munosabatlami namoyon etadilar. Bu munosabatlar orasida ota-onasiga, bolalarga,tarbiyachilarga, o’yinlarga bo'lgan munosabat, ayniqsa, yorqin namoyon bo'ladi. Munosabatlarning ayrim xususiyatlari bu yoshdayoq xarakteiming sifatlari - mustaqillik, tasliabbuskorlik, muloqotchanlik va boshqalarda namoyon bo'ladi. Ushbu yosh davrida munosabatlar vaziyat bilan bog'liqligi va tez o’zgaruvchanligi bilan ajralib turadi. Munosabatlaming xarakteri va rivojlanish darajasi mazkur yosh davrida bolaning voqelik bilan bo'lgan munosjibatlari yanada murakkablashadi va turli-tuman bo’la boshlaydi. Munosabatlar tizimida yangilik - oiladan tashqari majburiyatlar va majburiy o’quv faoliyatining paydo bo'lishi yuz beradi. Bu davrda munosabatlar tizimi ob’ektiv zarurat talablari bilan belgilanadi. Shu tariqa nazariy qarashlariga ko'ra V.N.Mvasishchev insonning pixik rivojlanishi uning atrof voqelik va eng awalo boshqa odamlar bilan bo'lgan munosabatlari tizimining murakkablashib, kengayib borishiga bog'liq bo’ladi, degan g’oyani ilgari suradi.
Shunday qilib, rus psixologlari - L.S.Vigotskiy, A.N.Leont'ev, V.N.Mvasishchev ilntiy qarashlarining qisqacha tahlili shuni ko'rsatadiki, ushbu olimlaming izlanishlarida inson psixik taraqqiyoti masalasi markaziy o’rin egallagan. Har bir olim o’z ihniy yondashuviga ega bcflgan bo’lsa-da, ulaming barchasini psixik taraqqiyotining manbalari va qommiyatlari bilan bog’liq muammolar qiziqtirgan. Rus psixologlarining ushbu muammolami o'rganish sohasida qo’lga kiritgan yutuqlari psixologiya fiinining, shu jumladan, bolalar psixologiyasining taraqqiyoti uchim xizmat qildi va qilib kelmoqda.
Shunday qilib, ushbu bobda bolalar psixologiyasi borasida olib boriladigan psixologik tadqiqotlarga metodologik asos bo‘ladigan, L.S.Vigotskiyning madaniy-tarixiy konsepsiyasi, A.N.Leont'evning faoliyat nazariyasi hamda V.N.Myasishchevning munosabatlar psixologiyasi nazariyalariga to‘xtalib o‘tdi
Download 25.01 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling