Bank xizmatlarini faqat telefon orqali ko‘rsatish imkoniyatini birinchi bo‘lib ingliz banki First Direct (1989 yil) taklif qildi. Bank ishi tarixida ilk marotaba faqat telefon orqali xizmat ko‘rsatadigan bankning yuzaga kelganligini alohida ta’kidlash joiz, chunki bu bankning birorta ham bo‘limi yo‘q edi. First Direct banki o‘z mijozlariga elektron kanallar orqali xizmat ko‘rsatayotgan eng birinchi hamda hozirda ham juda samarali faoliyat yuritayotgan banklardan biridir. Undan tashqari filialsiz faoliyat yurituvchi banklar (Direct banks) misol uchun, ING Direct, PC Financial (Kanada), First Direct (Buyuk Britaniya), HSBS Direct, Internet Bank of America va E-Trade Bank (AQSh) banklari ham o‘z xizmatlarini asosan onlayn tarzda taqdim qila boshladi. Yevropada birinchilardan bo‘lib, «Direct bank» Germaniyadagi Drezden bank guruhining sho‘basi bo‘lib, o‘z operatsion faoliyatini «Advance Bank» nomi bilan 1996 yilda boshlagan edi. Bank xizmatlarini faqat telefon orqali ko‘rsatish imkoniyatini birinchi bo‘lib ingliz banki First Direct (1989 yil) taklif qildi. Bank ishi tarixida ilk marotaba faqat telefon orqali xizmat ko‘rsatadigan bankning yuzaga kelganligini alohida ta’kidlash joiz, chunki bu bankning birorta ham bo‘limi yo‘q edi. First Direct banki o‘z mijozlariga elektron kanallar orqali xizmat ko‘rsatayotgan eng birinchi hamda hozirda ham juda samarali faoliyat yuritayotgan banklardan biridir. Undan tashqari filialsiz faoliyat yurituvchi banklar (Direct banks) misol uchun, ING Direct, PC Financial (Kanada), First Direct (Buyuk Britaniya), HSBS Direct, Internet Bank of America va E-Trade Bank (AQSh) banklari ham o‘z xizmatlarini asosan onlayn tarzda taqdim qila boshladi. Yevropada birinchilardan bo‘lib, «Direct bank» Germaniyadagi Drezden bank guruhining sho‘basi bo‘lib, o‘z operatsion faoliyatini «Advance Bank» nomi bilan 1996 yilda boshlagan edi. AQShda 1990 yillarda telefon orqali masofadan bank xizmatlarini amalga oshirishga sharoit yaratildi. Dastlab North Carolina National Bank 1990 yilda o‘z mijozlariga telefon tizimi orqali 30 dan ortiq xizmat va operatsiyalarni taklif qilib, buning uchun katta miqdordagi Call-centrlar tashkil etdi va bu keyinchalik operatorlar sonining qisqarishi bilan yaxshilandi. 1990 yilda tizimga kunlik qo‘ng‘iroqlar soni qariyb 200 mingtani tashkil etar edi.
Do'stlaringiz bilan baham: |