В. Umurzakov, G. Abdurahmanova, S. Xolmuratov


Download 1.93 Mb.
Pdf ko'rish
bet93/105
Sana16.06.2023
Hajmi1.93 Mb.
#1501066
1   ...   89   90   91   92   93   94   95   96   ...   105
Bog'liq
cover MexSot Kaf 10.KORXONADA KADRLAR SIYOSATI 10ta

Davlat kadrlar siyosati 
Makro va mikroiqtisodiy darajalarda 
kadrlar siyosatini shakllantirishning 
uslubiy asoslari 
Personal bilan
ishlash 
Axborot
ta’minoti 
Ishchi kuchini
tayyorlash 
Ishchi kuchini 
rivojlantirish 
Davlat va xo`jalik 
yurituvchi subyektlar 
hamkorligi 
Barqarorlashtirish 
Personalni boshqarish tizimi 
Davlat kadrlar siyosatini takomillashtirish tamoyillari 
-xolislik 
-uzluksizlik 
-ilmiylik 
-funksiyalarni asoslash 
-boshqaruv 
munosabatlarini 
maqbullashtirish 
-ustuvor yo`nalishlarni 
aniqlash 
-muvofiqlashtirish 
-barqarorlik 
-ko`p yo`nalishlilik 
-oshkoralik 
-markazlashtirish
-parallellik 
-vorislik 
-muxtoriyat 
-salohiyatni aniqlash 
-komplekslilik 
-ishlab chiqarish 
munosabatlarini insoniy 
mazmun bilan boyitish 
-muvofiqlik 
-progressivlik 
-istiqbollilik 
-tezkorlik 
-maqbullik 
-lavozim tizimi soddaligi 
-personalni boshqarish 
funksiyalari ustuvorligi 
-rahbar ishtiroki 
Kadrlar siyosatini shakllantirishga uslubiy yondashuvlar 
Tizimli voqelik 
Shaxslararo faollik 
1. Mehnat resurslari 
sohasida davlat 
siyosati: 
-davlat demografiya 
siyosati 
-ish bilan bandlik 
sohasida davlat 
siyosati 
-ta’lim sohasida davlat 
siyosati 
-personalni boshqarish 
sohasida davlat 
siyosati 
2. Davlat boshqruvi 
organlari sohasida davlat 
siyosati: 
-davlat boshqaruv 
organlarini shakllantirish 
va rivojlantirish sohasida 
-davlat sub’ektlari 
personalini shakllantirish 
va rivojlantirish sohasida
-mahalliy o‘z-o‘zini 
boshqarish personali 
sohasida 
-davlat korxonalari 
personali sohasida 
3. Nodavlat 
tadbirkorlik tizimi 
personali bilan 
munosabatlarda 
davlat siyosati: 
-sanoat ishlab 
chiqarishi personali
-agrar soha personali 
-tijorat tadbirkorligi 
personali
-fan, ta’lim, madaniyat 
va boshqa ijtimoiy 
sohalar personali 
4. Davlat unitar 
tashkilotlariga nisbatan 
davlat kadrlar siyosati: 
-tadbirkorlik tuzilmalarini 
shakllantirish va 
rivojlantirish siyosati 
-davlat unitar korxonalarini 
shakllantirish va 
rivojlantirish siyosati 
-notijorat tashkilotlarini 
shakllantirish va 
rivojlantirish siyosati 


180 
Korxonada personal bilan ishlash boshqarish (boshqarish) korxona
maqsadlariga erishish vosita va usullarini tanlashdan iboratdir.
Korxonada personal bilan ishlash usullari (turlari) quyida aks etgan.
10
Passiv usuli korxona rahbariyatida personal bilan ishlashda aniq harakat 
dasturi mavjud emasligini ko‘rsatadi. Bu holda xodimlar bilan ishlash turli noxush 
hodisalarni bartaraf etish bilan cheklanib qoladi. Mazkur korxonalarning kadrlar 
xizmati personalga ehtiyojni sezmaydilar. Ularda mehnat va personalni baholash 
vositalari bo‘lmaydi. Moliyaviy rejalarda kadrlar muammolari odatda personal 
to‘g‘risidagi ma’lumotlar bilan chegaralanib qoladi, kadrlar muammolari, ularning 
paydo bo‘lishi sabablari tahlil etilmaydi. Rahbariyat jamoada yuz berayotgan mojaroli 
voqealar kelib chiqishi sabablarini tahlil etmasdan, faqat qanday qilib bo‘lsa ham 
ularni bartaraf etish chora-tadbirlarini ko‘rish bilan mashg‘ul bo‘ladilar. 
Reaktiv usuli rahbariyatning personal bilan ishlashda tanglik holatlari belgilari 
(mojaroli voqealarning kelib chiqishi, oldinda turgan vazifalarni hal etish uchun 
yetarlicha malakali ish kuchining mavjud emasligi, yuksak samarali mehnat qilish 
uchun qiziqish yo‘qligi)ni nazorat qilayotgan va paydo bo‘layotgan mojarolarni hal 
etish uchun chora-tadbirlar ko‘radigan tashkilotlarga xosdir. Bunday korxonalarning 
rahbarlari kadrlar muammolari kelib chiqishi sabablarini anglab etadilar, kadrlar 
xizmatlari esa odatda mavjud ahvolni tahlil etish va tegishlicha shoshilinch yordam 
ko‘rsatish vositalariga egalar. Korxonani rivojlantirish dasturlarida kadrlar 
muammolari alohida ajratib ko‘rsatiladi va maxsus ko‘rib chiqiladi, ularni hal etish 
yo‘llari belgilanadi. Ammo bu usulda asosiy qiyinchiliklar o‘rta muddatga istiqbolni 
belgilashda yuzaga chiqadi. 
Preventiv usul korxona rahbariyatida ahvolning rivojlanishining asoslangan 
prognozlari mavjud bo‘lgan holda kadrlar holatiga ta’sir ko‘rsatish uchun vositalar 
etishmasligini aks ettiradi. Mazkur korxonalarning kadrlar xizmatlari nafaqat 
10
Қ.Х.Абдураҳмонов ва бошқалар. Персонални бошқариш (олий ўқув юрти талабалари учун дарслик) 
Тошкент “Ўқитувчи” - 2006.- 345.б 


181 
personalni diagnostika qilish vositalariga, balki kadrlar holatini o‘rta muddatga 
prognoz qilish imkoniyatiga egalar. Korxonani rivojlantirish dasturlarida personalga 
ham sifat, ham miqdor jihatidan ehtiyojning qisqa muddatli va o‘rtacha muddatli 
prognozlari o‘rin oladi, personalni rivojlantirish vazifalari belgilanadi. Biroq maqsadli 
kadrlar dasturlarini ishlab chiqish bunday korxonalarning asosiy muammosi 
hisoblanadi. 
Faol usul – korxona rahbariyatida personalni rivojlantirishning asoslangan 
prognozlari hamda bunga muvofiq keladigan ta’sir ko‘rsatish usul va vositalari 
mavjud ekanligini anglatadi. Mazkur korxonalarning kadrlar xizmatlari kadrlar 
etishmasligini bartaraf etish dasturlarini ishlab chiqish, ahvolning doimiy 
monitoringini olib borish, tashqi va ichki muhit o‘zgarishlariga mutanosib ravishda 
o‘rta muddatga va uzoq muddatga mo‘ljallangan dasturlar ijrosiga tegishli 
o‘zgartishlar kiritishga qodirdirlar. 
Faol usul quyidagi strategik maqsadlarga yo‘naltirilgan: 
- faoliyat sohasi va mijozlar talablarini hisobga olgan holda bozorga yaqin 
bo‘lish; 
- tegishli vositalardan foydalangan holda zarur xizmat ko‘rsatish; 
- mahsulotning yuksak sifati; 
- fan-texnika taraqqiyoti va ilg‘or texnologiyalar yutuqlaridan foydalanish; 
- iqtisodiy mas’uliyat hissi va iqtisodiy tenglikka rioya etish; 
- malakali kadrlar salohiyati; 
- moslashgan va egiluvchan tashkiliy tuzilmalar. 
Faol usulning ikki – oqilona va tavakkalchilik usuli mavjud. 

Download 1.93 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   89   90   91   92   93   94   95   96   ...   105




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling