V-vi asrlarda v’etnam jamiyaTI
Vetnam davlati mustaqilligi uchun kurash
Download 57.39 Kb.
|
ILK OʻRTA ASRLARDA VETNAM
Vetnam davlati mustaqilligi uchun kurash
VI asr boshlarida Vetnam Xitoyga tobe edi. Xitoyning o‘z xokimiyatini yanada mustahkamlashga qaratilgan harakati ochiqdan-ochiq kurashga turtki berdi. 541 yilgi umumxalq qo‘zg‘oloni oqibatida mamlakat mustaqilligi e’lon qilindi. Qo‘zg‘olon yo‘lboshchisi, yirik chinovnik Li Bon imperator deb e’lon qildi. U Ilk Li (Rannix Li) sulolasiga asos soldi (541-603 yy). Vetnam xalqi barcha tabaqalari ishtirok etgan urush juda cho‘zildi. Shimolda Xitoyga, janubda Tyampa davlatiga qarshi kurash olib bordildi. Tashqi siyosiy vaziyatni mustahkamlagach Li Bon mamlakat ichki ahvoli bilan mashg‘ul bo‘ldi. 544 yili davlat «Vansuan imperiyasi» – «O‘n ming bahor imperiyasi», deb nomlandi. Davlat apparatiga Li Bon safdoshlari kiritildi. Mahalliy ma’muriy apparatda asosan yerli aholi olingan. 545 yili harbiy harakatlar qayta boshlandi, mag‘lub bo‘lgan Li Bon laoss qabilalaridan yordam olish umidida kichik bir otryab bilan shimoliy-g‘arbga qochdi. U 546 yili mamlakat markazida jang boshlashga urinib ko‘rdi, lekin mag‘lub bo‘lib, toqqa chekindi. 546-547 yillarda xitoyliklarga qarshi lashkarboshi Chieu Kuang Fuk harakat qilib, 548 yili Li Bon o‘limidan so‘ng amalda xukmdorga aylangan. 551 yili mag‘lub bo‘lgan Xitoy armiyasi Vetnamni tark etgan. Tashqi urush tugagach imperator va armiya qo‘mondonlari o‘rtasida boshlangan ichki urush, 559 yili mamlakatning vaqtincha ikkiga bo‘linishiga olib keldi. /arbda Ozyuyen sharhrini poytaxt qilib olgan Chieu Kuang fuk, sharqda korol oilasi vakili Li Fat To‘ hukmronlik qilganlar. U rasman butun mamlakat imperatori hisoblanardi, Li urug‘ a’zolari davlatda asosiy mansablarni egallaganlar. 602 yili Xitoy feodallari Vetnamga qarshi yana urush boshlab, janubga katta armiya jo‘natganlar. Vetnam yana Xitoy vassaliga aylangan (syuzerenitet). Li fat To‘ asir sifatida Xitoyga olib ketilgan. Ilk Li sulolasi tugagach Vetnamda Xitoy ma’muriy tizimi tiklangan. 622 yildan Vetnam Xitoy manbalarida «Annam» (aniqrog‘i «Annan» «Bo‘ysundirilgan janub») deb atala boshlagan. Muhim strategik punktlarda Xitoy garnizonlari turardi. Lekin amalda mamlakatni vetnamliklar boshqarganlar. IX asr o‘rtalarida Vetnam shimoliga Nanchjaodan tay qabilalari ko‘chib kelgan. Xitoy hokimiyati bunga qarshilik qildi, 865 yili armiya ko‘chib kelganlarni qirib tashladi. Bu g‘alaba Tan imperiyasiga Vetnamda o‘z pozitsiyalarini mustahkamlab olish imkonini berdi. Xitoy vakili Gao Byan ma’muriy apparatni tartibga solish maqsadi ba’zi tadbirlarni amalga oshirgan. Soliq qisqartirilgan, soliqning yagona tizimi ishlab chiqilgan. Xitoy armiyasi markazda emas, chegara rayonlarida o‘rnashgan. Poytaxt Latxan mustahkamlangan. Ma’muriyat va garnizon joylashgan qal’a (sitadel) 2 qavatli devor bilan o‘rab olingan, aholi undan tashqarida yashagan. Yo‘llar qurilgan, daryo va kanallar tozalangan. Gao Byan faoliyati xitoy-Vetnam munosabatlarini yumshata olmagan. Vetnam mustaqillik uchun kurashi to‘xtamagan. X asrda unga harbiy xizmatdagi feodal byurokratiya yo‘lboshchilik qilgan. Xitoydagi dehqonlar qo‘zg‘oloni, Xuan Chaoning janubga yurishi, Xitoy feodal imperiyasi zaiflashuvi Vetnamga yordam bergan. U 906 yili yana mustaqil davlat deb e’lon qilingan. Boy chinovnik Kxuk Txua Za Karol (vua) deb e’lon qilingan. (feodal Vetnam tarixshunosligi uning sulolasini tan olmagan. Kxuk Txua Za Xitoy imperatori tomonidan gubernator lavozimiga tayinlangan edi). 908-917 yillarda qator islohotlar o‘tkazilgan: soliq va mehnat majburiyatlari tizimi tartibga solingan, qishloqdagi Xitoy sistemasi yo‘qotilgan, yuqoridan quyigacha ma’muriy apparat almashtirilgan. Provinsiya (viloyat), uezd, rayon, jamoaga bo‘lingan. 931 yili chegarada ba’zi to‘qnashuvlar bo‘lib tursada xitoyliklar Vetnamdan butunlay quvilgan. 939 yili Batjyanga daryosi quyilishida xitoy floti ustidan g‘alaba qozonilgan. Yangi Vetnam sulolasi asosichisi Ngo Kyuyen mamlakat poytaxtini eramizdan avvalgi III asrdayoq poytaxt bo‘lgan shahar Koloaga ko‘chirdi. Yangi ma’muriy apparat faqat Vetnam chinovliklaridan iborat edi. Qadimgi Vetnam traditsiyalarini tiklashga saroyda ham e’tibor berildi. VII-X asrlarda Vetnam iqtisodiyoti va madaniyati. Bu davrda aholi soni o‘sdi, yer maydoni kengaydi, yirik irrigatsiya ishlari amalga oshirildi. Hosil oshdi, Qishloq tashkiloti quyi formasi jamoa edi. Yer, o‘tloq va o‘rmon jamoaga qarashli bo‘lgan. Feodallashuv jarayonida Vetnam jamoasi ichida differensiatsiya yuz bergan (Tabaqalashuv). Yerning oliy egasi davlat. Feodal, korolar budda manastrlari, yer egalari ham mavjud edi. Xukmron sinf ikki gruppaga bo‘lingan: birinchi merosiy arstokratiya, ikkinchi chinovniklar. Chinovniklar xizmat evaziga jamoalarning soliq olish huquqiga ega bo‘lganlar. (hammasidan emas ajratilganidan). Daryo xavzalari, dengiz qirg‘oqlarida yangi shaharlar paydo bo‘lgan. Metal ishlash va kulolchilik yuqori darajaga chiqqan. Metal predmetlarining hammasi Vetnamning o‘zida ishlangan. Me’morlar ko‘p qavatli bino va qal’alar qurganlar. (g‘ishtin va yog‘och binolar). Me’morchilik va san’atda mahalliy traditsiya kuchli VIII asr oxirida «Dayla uslubi»nomli (shahar nomi) uslub paydo bo‘lgan. (Binolar, ibodatxonalar, minoralar). Birinchi qavat uncha baland emas. Har bir qavatda mahsus mexorbda Budda xaykali mavjud Tom bukilgan. Ma’lum daraja me’morchilikda Download 57.39 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling