Va adabiyoti universiteti


Download 0.77 Mb.
Pdf ko'rish
bet2/28
Sana17.06.2023
Hajmi0.77 Mb.
#1548245
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   28
Bog'liq
bmi gulnoza saidova

 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
Kirish 


Mavzuning dolzarbligi. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 
2017-yil 6-apreldagi 187-sonli qarori bilan tasdiqlangan umumiy o‘rta, o‘rta 
maxsus, kasb-hunar ta’limining Davlat ta’lim standartida umumiy o‘rta va o‘rta 
maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalarida ona tili fanini o‘qitishning asosiy 
maqsadi— o‘z fikrini og‘zaki va yozma tarzda to‘g‘ri va ravon bayon qiladigan, 
kitobxonlik madaniyati shakllangan, mustaqil va ijodiy fikrlay oladigan, o‘zgalar 
fikrini anglaydigan — muloqot va nutq madaniyati rivojlangan shaxsni kamol 
toptirishdan iborat ekanligi belgilab qo‘yilgan.
1
Hamda ushbu maqsadni amalga 
oshirish uchun qator vazifalarning bajarilishi shart qilib qo‘yilgan. Davlat ta’lim 
standartida belgilab qo‘yilgan vazifalarni amalga oshirish uchun bugungi kun 
o‘qituvchisi yangiliklardan xabardor bo‘lishi, o‘z ustida tinmay ishlashi, innovatsion 
texnologiyalardan dars jarayonida unumli foydalanishi talab etiladi. Yosh avlodni 
barkamol qilib tarbiyalash uchun bizda yetarlicha asos bor. Buni respublikamiz 
Prezidenti Sh.Mirziyoev 2016-yil 14- dekabr kuni bo‘lib o‘tgan Oliy Majlis 
palatalarining qo‘shma majlisidagi nutqida: “... bizning eng katta boyligimiz – bu 
xalqimizning ulkan intellektual va ma’naviy salohiyatidir”
2
- deb 
ta’kidladi.Tasdiqlangan standartda umumiy o‘rta va o‘rta maxsus, kasb-hunar 
ta’limi muassasalarida ona tili fanini o‘qitishning asosiy vazifasi sifatida o‘quvchi 
shaxsini fikrlashga, o‘zgalar fikrini anglashga, o‘z fikrini og‘zaki hamda yozma 
shaklda savodli bayon qila olishga qaratilgan nutqiy kompetentsiyani rivojlantirish, 
o‘quvchilarda grammatikaga oid o‘zlashtiriladigan bilimlarni (fonetika, 
leksikologiya, so‘zning tarkibi, so‘z yasalishi, morfologiya, sintaksis, yozuv va imlo, 
tinish belgilari, nutq uslublari, stilistikaga oid tushunchalarni) rivojlantirish;ona 
tilining keng imkoniyatlaridan unumli foydalangan holda to‘g‘ri va ravon bayon eta 
olishni rivojlantirishga qaratilgan lingvistik kompetentsiyalarni shakllantirishdan 
iboratligi belgilab qo‘yilgan. Hozirgi o‘zbek adabiy tili taraqqiyotini o‘rganishda, 
leksik qatlamdagi yangilanish jarayonlari, tilning lug‘at boyligining ortib borishida 
1
Ўзбекистон Республикаси қонун ҳужжатлари тўплами.2017. 14(774)-сон. -Б.140 
2
MirziyoevSh.M. Erkinvafarovon, demokratikO‘zbekistondavlatinimardvaolijanobxalqimizbilanbirgaquramiz.//Xalq 
so‘zi. 2016- yil 16 dekabr.


so‘z yasalishi hodisasini o‘rni beqiyosligini o‘quvchilarga o‘rgatish muhim 
ahamiyatga ega. Bugungi kunda mustaqil taraqqiyot yo‘lidan borayotgan 
mamlakatimizning uzluksiz ta’lim tizimini isloh, qilish va takomillashtirish, yangi 
sifat bosqichiga ko‘tarish, unga ilg‘or pedagogik va axborot texnologiyalarini joriy 
qilish hamda ta’lim samaradorligini oshirish davlat siyosati darajasiga ko‘tarildi. 
So‘z yasalishi mavzusini o‘qitishda turli usullar va vositalardan, grafik 
organayzerlardan foydalanish ona tili ta’limining sifatini oshirishda muhim 
ahamiyatga egaligi mvzuning dolzarbligini belgilaydi. 

Download 0.77 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   28




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling