Va adabiyoti universiteti
Download 0.77 Mb. Pdf ko'rish
|
bmi gulnoza saidova
XULOSA Mamlakatimizda ta’lim sohasida olib borilayotgan islohotlar har bir pedagogdan o‘z ustida tinmay ishlashni, izlanishni talab etmoqda. Ona tili ta’limiga keyingi yillarda katta e’tibor berilayotganligi, o‘quvchilarning yozma va og‘zaki nutqini rivojlantirish, o‘z fikrini erkin bayon eta oladigan shaxs tarbiyasi asosiy vazifa qilib belgilanganligi sir emas. Ushbu bitiruv ishini olingan nazariy bilimlarni amaliyotda qo‘llsh natijasi sifatida yuzaga keldi. O‘zbek tilida so‘z yasalishi mavzusini o‘qitish jarayonida ilg‘or pedagogik texnologiyalarni, innovatsion usullarni, grafik organayzerlarni qo‘llash mavzuni yaxshi o‘zlashtirishga yordam beradi.O‘quvchilar ko‘rish, yozish, masalani yechish uchun mushohada yuritish orqali mavzuni yaxshi o‘zlashtiradilar. So‘z yasalishi mavzusinio‘qitish jarayonida qo‘llaniladigan samarali usullar haqida quyidagicha xulosaga kelish mumkin: 1. O‘zbek tilshunosligida so‘z yasalishi mavzusi yetarlicha tadqiq etilganligiga qaramay, mavjud nazariy adabiyotlarda fikrlar xilma-xilligiga duch kelish mumkin. So‘z yasalishi maktab darsligida alohida bo‘lim sifatida berilmay, har bir so‘z turkumini o‘tish jarayonida shu turkumga xos hodisa sifatida berilgan. Har bir darsda o‘quvchilarning mavjud nazariy bilimlarni puxra o‘zlashtirishlari va ularni amalda qollay olish malakasini shakllantiruvchi mashqlar bilan mustahkamlangan. 2. Zamonaviy ta’limni tashkil etishga qo‘yiladigan muhim talablardan biri ortiqcha ruhiy va jismoniy kuch sarf etmay, qisqa vaqt ichida yuksak kafolatli natijalarga erishishdir, bunga erishida innovastion pedagogik texnologiyalar to‘la ishonchli vosita bo‘la oladi. 3. O‘quv fanlari mavzularining ilg‘or pedafofik texnologiyalar asosida o‘qitilishi ta’lim jarayonining har bir uzvi boshqalari bilan mantiqiy aloqadorlikda puxta va to‘la texnologiyalashtirilishini ta’minlaydi. Bu esa ta’lim natijasini kafolatlaydi. 4.So‘z yasalishi mavzusinio‘qitishdapedagoglar tomonidan interfaol metodlardan o‘rinli, maqsadli, samarali foydalanish ta’lim oluvchida muloqotga kirishuvchanlik, jamoaviy faoliyat yuritish, mantiqiy fikrlash, mavjud g‘oyalarni sintezlash, tahlil qilish, o‘z qarashlarini bayon eta olish, turli qarashlar orasidagi mantiqiy bog‘liqlikni topa olish, xulosa chiqara olish qobiliyatlarini tarbiyalash uchun xizmat qiladi. 5.O‘quvchilarning so‘z yasalishiga oid bilimlarinini o‘stirish orqali ularning lug‘at boyligi oshishiga erishiladi. Badiiy adabiyotlardan misol to‘plash, ularni tahlil qilish til va adabiyot ta’limining uzviyligini ta’minlaydi. 6. Dars jarayonida innovatsion texnologiyalarda, xususan, turli o‘yin texnologiyalari, grafik organayzerlardan foydalanish o‘quvchilarning mavzuga qiziqishlarini ortishiga, bir xillikdan qochishga yordam beradi. Download 0.77 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling