Va emulsiya b
Download 247,8 Kb.
|
5-Mavzu
1- yopiq tipdagi bitum saqlash isitish va nasosda tortib olish agregati; 2- o‘zgartirgich; 3,8 – tishli g‘ildirakli nasos; 4- bitumni ishchi haroratigacha isitib namsizlantirish qurilmasi; 5-
yong‘in xavfsizlik binosi; 6- bug‘lashtirish inshooti, dush va garderob; 7- xojatxona; 9- bitum saqlash uchun isitgichli sisterna; 10- quriqchi; 11- idora; 12- ustaxona; 13- laboratoriya. Bazalar qurilish bulayotgan ob’ektlar o‘rtasiga o‘rnatiladi, bu esa o‘z navbatida organik bog‘lovchilarni ish joyiga borish yo‘lini qisqartiradi. Agar qurilayotgan yo‘l bog‘lovchilar olinadigan joydan uzoqlashgan bo‘lsa, ikkita bazaga ega bo‘lish maqsadga muovofiq, bittasini bog‘lovchilarni kelib tushadigan joyida ikkinchisini yo‘l oldida o‘rnatish kerak. Bazalarni joylashtirish savollari variantlarga ajratiladi va omborlarni ularni kelajakdagi rivojlanishini inobatga olgan holda joylashtiriladi. Bazalar bog‘lovchilarni qulay sharoitda qabul qilib olish, shuningdek mashina va uskunalarni ham qulay qilib joylashtiriladi. Bazalarni va omborlarni joylashtirish bog‘lovchining narxlarni solishtirish asosida va ularni saqlash va tayyorlash uslublaridan kelib chiqiladi. Iqtisodiy tomondan foydali deb bog‘lovchini 20-30 km masofada avtobitum tashuvchi yordamida tashish deb olingan. Bitum etkazib berish. Neft xaydash zavodlarida qaynoq bitumni yarim vagon bunkerlarga o‘ziyoqar holatda rezervuarlardan etkazib beriladi. Quyib qo‘yilgan bitumni sal muddat tindirilib ustida chayqalib tuqilishini oldini oluvchi plyonka paydo bo‘lganidan so‘ng, bunker qopqog‘i yopiladi. Bunker yarim vagonlardan tashqari, ortish joyiga termos- sisternalari keltirib qo‘yiladi (faqat yo‘lchilar uchun). Ularning ichida ilon shaklidagi isitgichlar bo‘lib, bitumni oquvchanlik holatiga kelishiga yordam beradi. Bitum neftni qayta ishlash zavodidan tashib kelinayotgan paytda sisternada suyuq oquvchan holatda havoning harorati 250S bo‘lganda 15 sutka davomida saqlanadi. Bitumni to‘qish joyida bitum quyish jumragi qizdirilib olinadi. 126 – rasm. Yo‘lga ishlatiladigan emulsiya tayyorlash zavodining general plani: 1- bitum saqlanadigan joy; 2- bitumni qizitish va suvsizlantirish qurilmasi; 3- qatron va smalalar ombori; 4- antratsitli moy ombori; 5- qum ombori; 6- dush va bug‘ qozoni; 7- xojatxona; 8- laboratoriya; 9- osh tuzi va o‘yuvchi natriy ombori; 10- emulgator ombori; 11-yoqilg‘i ombori; 12- suv tayyorlash sexi; 13- emulsiya tayyorlash sexi; 14- emulsiya ombori; 15-yong‘inga qarshi jihozlar. Neft xaydash zavodlari taxminan yo‘lchilar iste’molidagi 85-90 % bitumni ishlab chiqadi, qolgan qismini yo‘lchilarni o‘zi ishlab chiqaradilar. Bitum qayta ishlash zavodidan iste’molchigacha bo‘lgan o‘rtacha masofa 1.5 ming kmni tashqil etib, shu asnoda transport harajatlari bitum tannarxini 40 %ni tashqil etadi. Texnologik jarayonlarni avtomatlashtirish to‘liq, qisman yoki kompleks bo‘lishi mumkin. Bazalarga asosan qisman avtomatlashtirish qo‘llanilib, bunda faqat jarayonlarni bir qismi avtomatlashtirilgan. Asfaltbeton zavod sexi sifatida baza ichiga kirsa, shu holda kompleks va avtomatlashtirish eng effektiv deb belgilangan. Boshqarish tizimining tashqarisida joylashgan pult yordamida mashinalarni masofada boshqariladi. Bu holda pult ustidagi operator yoqish, o‘chirish yoki tashqilotni texnologik jarayonni o‘zgartirish uchun buyruqlarni formalashtiradi. Buyurilgan programma asosida omborlarda EVM yoki mikroprotsessor yordamida tuliq avtomatlashgan holda bitum sex va asfalt qorishtirish uskunasi boshqariladi. Ishchi haroratgacha qizdirish va uskunaga bitumni suvsizlantirish uchun yuborish avtomatik ravishda nasosni yoqish, qizdirilayotgan qatlamdagi qizdirish harorati, bog‘lovchining nazorat darajasi, avtomatik rejimda bitum omborlarini ishlashini ta’minlash uchun bitum bazasining uskunalari avtomatlashtiriladi. Elektr isitish bilan bitumni sisternalarga etkazib berish, suvsizlantirish uskunasi avtomatik rejimda ishlab, harorat rejimini regulirovka qilishga yordam beradi va tayyor bo‘lganda nasosni yoqadi. Asfaltqorishtirgich uskunasiga nasos yordamida avtomatik ravishda bitumni etkazib, sisternalardagi mavjud daraja va haroratni aniqlovchi datchik, harorat tushib ketganda isitish tizimini ishga tushirishga xizmat qiladi. Download 247,8 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling