Va jahon hamjamiyati mavzusini yoritishda keys- stadi metodidan foydalanish


Download 405.03 Kb.
Pdf просмотр
bet3/5
Sana29.02.2020
Hajmi405.03 Kb.
1   2   3   4   5

Shanxay  Hamkorlik  tashkiloti.  1996  yilda  Shanxayda,  1997  yilda 

Moskvada  bo‘lib  o‘tgan  Хitoy,  Rossiya,  Qozog‘iston,  Qirg‘iziston,  Тojikiston 

davlat  rahbarlarining  sammitlarida  harbiy  sohada  hamda  chegara  hududlarida 

o‘zaro  ishonchni  mustahkamlash,  qurolli  kuchlarni  qisqartirish  to‘g‘risida 

shartnomalar  imzolangan  edi.  Shu  tariqa,  «Shanxay  forumi»  yoki  «Shanxay 

beshligi» tashkiloti tuzilgan edi. 

2001  yil  14-15  iyun  kunlari  Хitoyda  navbatdagi  Shanxay  sammiti  bo‘lib 

o‘tdi. Uning ishida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov qatnashdi 



22 

 

va  O‘zbekistonning  «Shanxay  forumi»ga  to‘la  huquqli  a’zo  bo‘lishi  to‘g‘risida 



bayonot imzolandi

1



O‘zbekistonning «Shanxay forumi»ga kirishi munosabati bilan uning nomi 

Shanxay  hamkorlik  tashkiloti  –  ShHТ,  deb  o‘zgartirildi.  O‘zbekiston  uning 

asoschilaridan biri bo‘ldi. 

2001  yil  iyunda  bo‘lgan  sammit  yakunida  Shanxay  hamkorlik  tashkilotini 

tuzish  to‘g‘risida  deklaratsiya  hamda  terrorchilik,  ayirmachilik  va  ekstremizmga 

qarshi kurash borasidagi Shanxay konvensiyasi imzolandi. 

2002 yil 6-7 iyun kunlari ShHТ ga a’zo mamlakatlar davlat boshliqlarining 

Sankt-Peterburg shahrida navbatdagi sammiti bo‘lib o‘tdi. 

Muzokaralar yakunida ShHТga a’zo davlatlar rahbarlarining Deklaratsiyasi, 

tashkilotning  ta’sis  hujjati  -  ShHТ  Хartiyasi,  ShHТga  a’zo  davlatlar  o‘rtasida 

Mintaqaviy antiterror tuzilmasi haqidagi bitim imzolandi. 

2003 yil 29 may kuni Moskvada bo‘lib o‘tgan sammitda ShHТ ning doimiy 

amal qiluvchi  idoralari –  Pekinda  Kotibiyat  va Тoshkentda Mintaqaviy aksilterror 

tuzilmasi (MAТТ) ijroiya qo‘mitasini ishga tushirishga qaror qildi. Bu tashkilotlar 

2004 yil yanvardan boshlab ish boshladilar

2



2004  yil  17  iyun  kuni  Тoshkentda  ShHТ  ga  a’zo  davlatlar  rahbarlarining 

sammiti  bo‘lib  o‘tdi.  Unda  ikki  asosiy  masala  –  xavfsizlik  va  savdo-iqtisodiy 

hamkorlik  bo‘yicha  muzokaralar  bo‘ldi.  Sammitda  2004  yil  mart  oyida 

O‘zbekistonda sodir etilgan  terrorchilik harakati  nafaqat O‘zbekiston, balki butun 

Markaziy Osiyo mintaqasida vaziyatni izdan chiqarishga qaratilganligi qayd etildi. 

Butun  dunyoda  terrorchilik  kuchayib,  yadroviy,  kimyoviy,  biologik,  elektron 

terrorchilik  xavfi  paydo  bo‘lganligi,  terrorchilarning  bazalarini  yo‘qotish, 

odamlarning  ongini  zaharlaydigan,  terrorchilikni  moliyalashtiradigan  markazlarga 

qarshi  keskin  kurash  olib  borish  zarurligi  ta’kidlandi.  Shu  boisdan  Тoshkentda 

                                                             

1

 O‘zbekiston tarixi (Milliy istiqlol davri): Akademil litsey va kasb-hunar kollejlarining 2-kurs talabalari uchun 



darslik./ Q.Usmonov; mas’ul muharrir M. Sharifxo‘jayev;   O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim 

vazirligi O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazi/. — 9-nashri. – T.: “O‘qituvchi” 

NMIU, 2011. 256 b.

 

2



 O‘zbekiston tarixi (Milliy istiqlol davri): Akademil litsey va kasb-hunar kollejlarining 2-kurs talabalari uchun 

darslik./ Q.Usmonov; mas’ul muharrir M. Sharifxo‘jayev;   O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim 

vazirligi O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazi/. — 9-nashri. – T.: “O‘qituvchi” 

NMIU, 2011.257 b.

 


23 

 

tashkil  etilgan  MAТТ  zimmasiga  axborot  almashish,  chegara  va  bojxona 



qo‘mitalarining,  maxsus  xizmatlarning  hamkorligini  muvofiqlashtirish,  shu  orqali 

terrorchilik oldini olish vazifasi yuklangan. 

ShHТ  ning  Тoshkent  sammitida  savdo-iqtisodiy  hamkorlikni  rivojlantirish 

masalasiga  alohida  e’tibor  berildi.  Sammitda  ShHТ  ga  a’zo  mamlakatlarni 

xavfsizlik  orqali  hamkorlik  sari  boshlaydigan  tashkilotdir,  deb  ta’kidlandi. 

Sammitda  iqtisodiy  hamkorlikning  quyidagi  yo‘nalishlarini  rag‘batlantirishga 

kelishib olindi: 

 transport infratuzilmasini rivojlantirish; 



  tabiiy mineral xomashyo zahiralarini o‘zlashtirish; 

  suv-energetika zahiralaridan unumli foydalanish; 



  ekologiyaga oid masalalar, xususan, ichimlik suvi muammolarini hal qilish; 

 fan-texnika va yuqori texnologiya, energetika sohalarida integratsiyalashish; 



  investitsiyalar  xavfsizligini  kafolatlaydigan  huquqiy  poydevor  yaratish,  bu 

sohadagi to‘siq va muammolarni bartaraf etish

1



Хitoy  Хalq  Respublikasi  raisi  ХU  Szintao  Хitoy  hukumati 

ShHТdoirasadagi iqtisodiy  munosabatlarni rivojlantirishga 900  mln. AQSh dollari 

miqdorida kredit ajratishini ma’lum qildi. 

Sammit  yakunida  Тoshkent  deklaratsiyasi,  ShHТ  ning  vakolatlari  va 

immunitetlari  to‘g‘risidagi  konvensiya,  Narkotik  vositalar  va  psixotrop 

moddalarning  noqonuniy  aylanishiga  qarshi  kurashda  hamkorlik  to‘g‘risidagi 

bitim,  tashkilot  va  uning  organlari  faoliyatiga  doir  hujjatlar  –  jami  o‘nta  hujjat 

imzolandi. 



GUUAM tashkiloti. 1996  yilda Venada  Gruziya, Ukraina, Ozarbayjon  va 

Moldova davlatlari rahbarlari uchrashib, ikki tomonlama va mintaqaviy hamkorlik 

aloqalarini kengaytirish  maqsadida o‘ziga xos tuzilmaga asos solgan edi. 1999 yil 

aprel oyida O‘zbekiston ham unga qo‘shildi va bu tashkilot uyushgan davlatlarning 

nomidan olingan bosh harflar asosida GUUAM deb yuritiladi. 

                                                             

1

 O‘zbekiston tarixi (Milliy istiqlol davri): Akademil litsey va kasb-hunar kollejlarining 2-kurs talabalari uchun 



darslik./ Q.Usmonov; mas’ul muharrir M. Sharifxo‘jayev;   O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim 

vazirligi O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazi/. — 9-nashri. – T.: “O‘qituvchi” 

NMIU, 2011. 258 b.

 


24 

 

GUUAM  mamlakatlari  1993  yilda  Bryuselda  asos  solingan  Yevropa-



Kavkaz-Osiyo  transport  yo‘lagini  barpo  etishni  ko‘zda  tutuvchi  ТRASEKA 

loyihasini amalga oshirish masalasida hamkorlik qilmoqda. ТRASEKA dasturining 

amalga  oshishi  xalqaro  yuk  tashishning  global  tizimini  shakllantirish,  Sharq  va 

G‘arb mamlakatlarini bog‘lovchi Buyuk ipak yo‘lini tiklash, mamlakatlar o‘rtasida 

o‘zaro  manfaatli  hamkorlikni  rivojlantirish,  tinchlik  va  barqarorlikni 

mustahkamlashga xizmat qiladi. 

 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

2-bob.  AKADEMIK  LITSEYDA  “MUSТAQIL  O‘ZBEKISТON  VA 

JAHON  HAMJAMIYAТI”  MAVZUSINI  O‘QIТISHDA  KEYS-SТADI 

MEТODINING AFZALLIKLARI. 

25 

 

2.1.  Keys-stadi  –  ta’lim  berishning  ilg‘or  innovatsion  pedagogik 



texnologiyalaridan biri. 

Uzluksiz 

ta’lim 

tizimining 



shakllanishi 

o’z-o’zidan 

kadrlar 

tayyorlash jarayonining 

yangicha  mazmun  kasb  etishini  ta’minlaydi. 

Barkamol shaxs va malakali mutaxassisni tayyorlashga yo’naltirilgan uzluksiz ta’lim 

(shu  jumladan, tarbiya)  jarayonining  yangi  mazmuni  mazkur  jarayonga  ilm  fan, 

texnika  va  ishlab chiqarish  sohalarida  yaratilgan  g’oya,  kashfiyot  va  yutuqlarning 

tadbiq etilishi. Ushbu jarayonda demokratik, insonparvarlik tamoyillarining  ustuvor 

o’rin  tutishi,  ta’lim  va  tarbiya  jarayonini  insonparvarlashtirish (ya’ni,  ta’lim-

tarbiya jarayonining  asosiy  sub’ektlaridan  biri  bo’lgan  o’quvchi  –  ta’lim  oluvchi 

shaxsning xurmat  qilinishi.  Uning  sha’ni,  or-nomusi,  qadr-qimmati  va 

huquqlaridaxlsizligining  ta’minlanishi),  ta’lim  oluvchi  (o’quvchi)  ning 

pedagogik jarayondagi  faol  ishtirokini  yuzaga  keltirish  uchun  muayyan  shart 

sharoitlarni yaratish,  ularning  hoxish-istaklari  bilan  o’rtoqlashish,  shaxsiy 

tashabbuslarni qo’llab  quvvatlash,  ularda  mustaqil  fikr  yuritish  layoqatini 

tarbiyalash,  bu  borada muayyan  ko’nikma  xosil  qilish,  xosil  qilingan 

ko’nikmaning  faoliyat  malakasiga aylanishga  rag’bat  bildirish,  o’quv (manb’alari 

va  ko’rsatmali  vositalar)  mazmunida yuqorida  qayd  etilgan   g’oyalarning  o’rin 

olishiga erishish, ta’lim oluvchilarda bilim olishga nisbatan ichki ehtiyoj, qiziqish, 

rag’batni  yuzaga  keltirish, shuningdek,  ongli  munosabatni  qaror  toptirish  va 

hokazolar asosida yaratiladi

1



Тa’lim 



muassasalarining 

faoliyat 

jarayoniga 

yangi pedagogik 

texnologiyalarni  tatbiq etish   bir  qator   shartlarga   muvofiq   amalga oshiriladi. 

Хususan,  bo’lajak pedagogik  faoliyatni  tashkil  etayotgan  o’qituvchilarni  yangi 

pedagogik  texnologiyaning  mohiyatini  ochib beruvchi  nazariy  ma’lumotlardan 

xabardor etish; 

   bo’lajak  yoki faoliyat  olib  borayotgan  (pedagog)  larni  yangi  pedagogik   



texnologiya  hamda  uning  mohiyati  xususidato’laqonli ma’lumot  bera olish 

                                                             

1

 Нишоналиев У. Педагогик технология: Истиқбол ва муаммолар.Т.: 1999.11-20 б. 



 

26 

 

imkoniga 



ega 

bo’lgan 


o’quv manb’alari (o’quv darsligi, 

qo’llanma, 

metodik  tavsiyanoma,  shuningdek,  muayyan  o’quv  fanlari  bo’yicha  mashg’ulot 

loyixalari va h.k.) bilan yetarli darajada ta’minlash; 

    ta’lim muassasalari faoliyatida 



yangi 

pedagogik texnologiyalarni   

qo’llash borasida to’plangan yetakchi xorijiymamlakatlar, 

shu jumladan 

maxalliy pedagoglarning ilg’or tajribalarini ommalashtirish; 

    bo’lajak yoki pedagogik  faoliyat  olib  borayotgan ta’lim  jarayonidagi 



yangi pedagogik texnologiya nazariyasig’oyalaridan samarali, o’rinli va maqsadga 

muvofiq  foydalana  olish  ko’nikmasini xosil  qilish,  ushbu  ko’nikmani  amaliy 

faoliyat  malakasiga  aylantirish  uchun zarur  shart-sharoit  yaratish  (chunonchi, 

nazariy va amaliy konferensiya, seminar vadavra suhbatlari, maxsus o’quv kurslarini 

tashkil  etish,  pedagog  xodimlarning rivojlangan  mamlakatda  tajriba  orttirishlarini 

yo’lga qo’yish va h.k.)

1



Yuqorida  bildirilgan  fikr  muloxazalardan  shunday  xulosalarga 



kelish mumkin: 

1.Тa’lim  jarayoni  samaradorligini  oshirish,  ta’lim  oluvchilarning 

mustaxkam nazariy bilim,  faoliyat,  ko’nikma  va  malakalarini  shakllantirish,  ularni 

kasbiy  mahoratga  aylanishini  ta’minlash  maqsadida  o’qitish  jarayonida 

yangi pedagogiktexnologiyadan  foydalanish  davr  taqozosi  hamda  ijtimoiy  zaruriyat 

sifatida kun tartibiga qo’yilmoqda. 

2.Тa’lim  jarayoniga  yangi  pedagogik  texnologiyani  tadbiq  etish 

kadrlar tayyorlashga  yo’naltirilgan  umumiy  jarayon  mazmunining  sifat  jihatdan 

o’zgarishini ta’minlaydi. 

3. Yangi  pedagogik  texnologiya  nazariyasi  g’oyalaridan  foydalanish  asosida 

tashkil etilgan  ta’lim  jarayoni  barkamol  shaxs  va  malakali  mutaxassisni 

tarbiyalash borasidagi 

ijtimoiy 

buyurtmaning 

bajarilish 

xolatining 

sifat 

ko’rsatkichiga ega bo’lishiga olib keladi. 



                                                             

1

 Рахмонов Я.Ю.Таълим жараёнида ўқувчиларнинг ақлий меҳнат фаолиятини ташкил этишнинг педагогик 



асослари.Автореферат. Т.: 2006 й.24 б 

27 

 

4. Barkamol 



shaxs 

va 


malakali 

mutaxassislarning 

ijtimoiy 

ishlab 


chiqarish jarayonidagi 

faoliyatlari 

hamda 

ularning 



samarasi 

ijtimoiy 

taraqqiyotning tezlashuviga olib keladi. 

 “Case” so’zi, lotincha “casus” – “voqea, hodisa” so’zidan kelib chiqqandir. 

Boshqacha  aytganda,  bu  tushuncha  hayotda  yuz  beradigan  qandaydir  voqea  yoki 

hodisani,  aniq  bir  vaziyatning  tafsilotini  anglatadi.  Umuman  olganda,  keys  stadi 

(aniq bir holat yoki vaziyat) muayyan jarayonda sodir bo’ladigan haqiqiy voqelikni 

so’zlar,  raaqmlar,  obrazlarda  ifoda  etishda  namoyon  bo’ladi.  Bundan  tashqari,  bu 

ifoda  ta’lim  sohasida,  hodisa  yoki  vaziyatning  tadqiq  etish  uchun  ishlatiladigan 

axborot,  stenografiya  sifatida  qo’llaniladi.  Keys  stadi    hodisa  yoki  vaziyatning 

oddiy  tafsilotidan  farqli  o’laroq,  u  o’quv  materialini  o’zlashtirish  uchun 

ko’maklashuvchi  axborotni  o’z  ichiga  oladi.  Bunga  duch  kelgan  muammoni 

aniqlash  va  uning  yechim  yo’llarini  izlash  orqali  erishiladi.  Keys  stadi  muayyan 

o’quv  maqsadli  bilim  olish  vositasi  sifatida  ishlab  chiqilishi  zarur.  Ushbu 

maqsadlar  keng  ko’lamli  bo’lib,  axborotlar,  ma’lumotlar  tafsilotlar  yoki  bilan 

ta’minlanishini  nazarda  tutadi,  ular  muayyan  qarashlar  yoki  usullarni  namoyon 

etishda  qo’llanilishi  mumkin.  “Keys  stadi”  atamasini  o’qitish  va  tadqiq  etish 

yo’nalishlarida  qo’llashda  turlicha  yondoshish  zarurligini  alohida  qayd  etish 

lozim

1

.  



Mutaxassislar  mazkur  terminni  tashkilotlarni jadal o’rganish,  ifodalash  va 

tahlil  etish  uchun  ishlatadilar,  uning  natijasida  yangi  nazariya  yaratiladi,  mavjud 

nazariya tekshirib ko’riladi, yangi yechimlar aniqlanadi. Keys usuli birinchi marta 

Garvard  biznes  maktabida  bo’lg’usi  advokatlarni  amaliy  malakalarga  o’rgatishda  

ishlatila boshlangan edi. 

Vaziyatlar  mazmuni  va  tafsilotini  ifodalashning  turli  xil  ko’rinishlari 

mavjud.  Keys  stadi  bir  yoki  bir  necha  iboralardan  tortib,  yuzlab  varaqlardagi 

hajgacha  ega  bo’lishi  mumkin.  Yirik  hajmdagi  keys  stadiga  duch  bo’lgan 

o’quvchilar,  odatda  keys-stadining  tafsiloti  qanchalik  yirik  bo’lsa,  shunchalik 

                                                             

1

 

Покушалова Л. В. Метод case-study как современная технология профессионально-ориентированного 



обучения студентов [Текст] / Л. В. Покушалова // Молодой ученый. — 2011. — №5. Т.2. — С. 155-157.

 


28 

 

murakkab  deb  hisoblaydilar.  Bu  noto’g’ri  xulosadir  –  chunki  ko’pchilik  qisqa 



keyslar  chigalroq  bo’ladi.  Keysni  tuzishda  muayyan  vaziyatni  ifodalash  uchun 

uning  yozma  shaklidan  shart  emas.  Vaziyatlarni  ifodalash  uchun  fotografiya, 

videofilmlar,  audioyozuvlar  yoki  slaydlardan  foydalanish  mumkin.  Barcha  ushbu 

vositalar  o’quvchilarga  vaziyatni  haqiqatda  yaqinroq  gavdalantirishga    yordam 

beradi.  Shu  bilan  birga  yozma  shakldagi  axborot,  masalan  fotografiya  shaklidagi 

axborotdan  ko’ra  qayta  ishlash  va  tahlil  etish  qulayroqdir.  Bu  hollarda 

fotografiyalarni  yozma shakldagi axborot bilan  to’ldirish zarur.  Yozma keyslarni 

o’rganish  tajribasi  bo’lgan  o’quvchilarni  o’qitishda  multivositalar  axborotlardan 

foydalanilgan keyslarni qo’llash maqsadga muvofiqdir. 

Keys  stadi  (  muayyan  vaziyatlar)  individumlar,  sheriklar,  guruhlarda, 

korxonalarda,  hattoki  butun  bir  mamlakat  miqyosida  o’zining  ta’lim  xususiyatiga 

ko’ra  yuzaga  keluvchi  muammolarni  ifodalash  mumkin.  Keyslar  ta’limning  turli 

sohalarida:  biznes,  boshqaruv,  tibbiyot,  arxitektura,  qurilish  hamda  nostandart 

muammolar  majmuasi  yechimini  qabul  qilish  malakasini  talab  etadigan  barcha 

fanlarda qo’llanilishi mumkin.  

Shunday  qilib,  “Keys  stadi”  yordamida  o’qitishda  muammolar 

aniqlanadi, yechimlar topiladi, tavsiyalar ishlab chiqiladi

1

Sifatli keys stadilar, ularni tayyorlash, rasmiylashtirish va tekshirish uchun 

ko’p  vaqt  talab  etiladi.  Va  shu  bilan  birga,  to’g’ri  tuzilgan  va  o’quv  faniga 

kiritilgan  keys  stadi  fanni  o’zlashtirishda  ko’zlangan  natijalarga  erishishga 

imkoniyat beradi. 

Ishchan  keys  stadilar  tuzishning  quyidagi  ketma-ketligiga  rioya  qilish 

tavsiya etiladi. 

Keysni o’rganish maqsad va vazifalarni ishlab chiqish – mazkur bosqichda 

o’qituvchi o’qitiladigan fan bo’yicha o’quvchi o’zlashtirishi zarur bo’lgan bilim va 

malakalarga  o’z  e’tiborini  qaratadi.  Oldin  o’rganilgan  material  bilan  qo’yilgan 

                                                             

1

 

Покушалова Л. В. Метод case-study как современная технология профессионально-ориентированного 



обучения студентов [Текст] / Л. В. Покушалова // Молодой ученый. — 2011. — №5. Т.2. — С. 155-157.

 


29 

 

maqsadning  so’zsiz  muvofiqligiko’zda  tutilgan  bo’lishi  zarur.  Keys-stadilarni 



tuzish va qo’llashning asosiy tamoyillari yetarli darajada umumiydir. 

Keysning maqsad va vazifalariga  muvofiq materiallar tanlash – keysning 

materiali  muammoni  ochib  berishi  lozim  va  mazkur  muammo  keys  oldiga  oldiga 

qo’yilgan  maqsad  va  vazifalarga  mos    bo’lishi  kerak.  Keyslar  haqiqiy 

vaziyatlarning aniq tafsilotini namoyish etishlari yoki muallifning ijod natijalaridan 

bir  oz  qo’shilgan  bo’lishi  mumkin.  Keyslar  uchun  ma’lumotlar  va  materiallar 

sifatida  yuqorida ko’rsatilganidek,  gazeta  maqolalari,  tashkilotlarning hujjatlari,  u 

yoki  bu  sohadagi  tashkilotning  faoliyati  bo’yicha  xususiy  kuzatuvlar, 

mutaxassislarni  fikri,  iste’molchilarning  fikri,  statistika  qo’mitasi  ma’lumotlari, 

diagramma,  fotohujjatlar,  multimediya  materiallari,  slaydlar  va  hakazolar  xizmat 

qilishi mumkin.      



Materiallarni birlamchi qayta ishlash. Ushbu bosqichda olingan ko’p sonli 

axborotlardan  keys  stadi  axborotlardan  keys-stadi  maqsadlarga  mos  keluvchi, 

foydali  tanlab  olinadi.  Keys-stadida  qo’llaniladigan  integrallashgan  tahlil  ko’p 

shakllarga  ega  bo’lishi  mumkin.  U  asosan  qo’shimcha  ma’lumotlarni  tarmoq 

hisobotlari,  texnik  hujjatlar,  kompaniyalar  hisobotlari,  shaxsiy  tajribalar  va 

hakazolar kiritish va tahlil etishdan iborat. 



Keys turini aniqlash.  Keys stadi tayyorlash usuli bo’yicha turlicha bo’lishi 

mumkin. Yozilishi joyiga ko’ra keys-stadilar “maydoncha” (ya’ni ob’ektda – firma 

yoki  kompaniyada)  yoki  o’qituvchining  ish  stolida  tayyorlanishi  mumkin  bo’lsa, 

keys-stadidafoydalaniladigan  manbalar rasmiy (ya’ni nashr etilgan) yoki norasmiy 

(ya’ni  dastlabki  manbalardan  olingan)  ko’rinishiga  ega  bo’lsa,  ko’rsatilgan  ikki 

o’zgaruvchi jamlamasidan to’rt xil keys-stadi hosil bo’ladi: “kutubxona”, “klassik” 

va  “kabinet”.  “Kutubxona”  keys-stadisi tashqi tomonidan  “maydonda”gi tadqiqot 

natijasida  tayyorlangan  keys-stadisiga  o’xshab  ketadi.  Ularda  korxona  faoliyati 

haqida  ommaviy  axborot  vositalarida  (televideniya  bilan  birga)  va  davlat 


30 

 

boshqaruv organlarida (statistik, nazorat, sud va h.k) chop etilgan axborotlar keng 



miqyosda foydalaniladi

1



“Kabinet”  keys-stadilar  muallifning  tadqiqotlari  boshqaruv  sohasidagi 

o’qituvchiligi va maslahatchiligida to’plagan boy tajribalariga asoslanadi. 



Keys  maqsadi  va  vazifasiga  muvofiq  materialni  moslash.  Haqiqiy 

vaziyatlar  tafsilotini  tayyorlashda,  odatda  kompaniya,  muassasa,  tashkilot 

rahbariyati,  uning  raqobatchilari  olingan  axborotdan  foydalanishiga  to’sqinlik 

qilish  maqsadida  ularning  manzillari  o’zgartirishini,  niqoblanishini  talab  etadi. 

Ushbu  holatlarda  tadqiqot  ob’ektining  uydirma  nomlaridan  foydalanish  mumkin, 

ular  uydirma  bo’lmasligi  kerak,  chunki  vaziyatning  ko’rinish  tafsiloti  tubdan 

o’zgartirib haqiqatdan farq qilishi mumkin. 

Masalan,  daromad  hajmi  va  xarajatning  hisobiy  ko’rsatkichi  sun’iy 

oshirilsa, tashkilotda ma’lum harakatlar uchun qandaydir zaxira mavjudligi haqida 

xulosa  qilishi  mumkin  bo’ladi,  ammo  haqiqatda  buni  ajratib  bo’lmaydi.  Keys 

muallifi  vaziyat  tarixini  o’rganishni  taklif  etishi  mumkin,  ya’ni  ushbu  vaziyat 

qo’yilgan o’quv maqsadlari talablariga mos kelishi kerak. 

Keys  usulini  qo’llash  bilan  mashqlar  bajarishni  farqlay  olish  kerak. 

Mashqlarni bajarish yuzaki tafsiloti haqiqiy yoki uydirma bo’lgan voqeani eslatishi 

mumkin.  Ammo,  mashqni  bajarishmaqsadi  bilan  keys-stadi  turlidir.  Matematik 

ko’rinishdagi misol, masala, mashqlar o’quvchilarning maxsus konsepsiya, texnika 

va  tamoyilni  qo’llashni  o’rganishlari  uchun  material  hisoblanadi.  Vaziyat  esa, 

o’quvchilarga  keng  qamrovli  malakalarni  egallashga  yordam  berishi  uchun 

qo’llaniladi. Mashq yoki  masalani bajarishda bitta yechim va bu yechimning bitta 

yo’li  mavjud  bo’ladi,  vaziyatda  esa  juda  ko’p  yechim  va  yechimning  muqobil 

yo’lchalari mavjuddir

2



Vaziyatni  shunday  ifodalash  mumkinki,  u  o’quvchilarga  maxsus  analitik 

usulni  qo’llash  yoki  muammoga  maxsus  usul  bilan  yaqinlashishi  imkoniyatini 

                                                             

1

 Абдуқодиров А.А., Астанова Ф.А., Абдуқодирова Ф.А. “Сазе-study” услуби: назария, амалиёт ва тажриба.-



Т.: “Таfаккur qanoti”, 2012. - 134 б. 

2

 



Покушалова Л. В. Метод case-study как современная технология профессионально-ориентированного 

обучения студентов [Текст] / Л. В. Покушалова // Молодой ученый. — 2011. — №5. Т.2. — С. 155-157.

 


31 

 

yaratsin.  Keys  metodning asosiy   vazifasi  – bu o’quvchilarga tarkiblashtirilmagan 



muammolar  majmuasini  yechishni  o’rgatishdan  iborat,  ushbu  turdagi 

muammolarni  muayyan  analitik  usul  yoki  yo’l  bilan  yechib  bo’lmasligi  aniq. 

Shuning  uchun,  o’qituvchi  o’quvchi  oldiga  aniq  vazifa  qo’yishi  lozim:  yoki 

masalani  yechish  yoki  keys-stadini  bajarish.  Buning  uchun  berilgan  topshiriq 

bo’yicha  o’qituvchi  o’quvchining  nuqtai  nazari  bilan  o’zinikini  solishtiradi, 

o’quvchi tushunchasiga tuzatish kiritadi. 

“Sase-studu”  uslubidan  o’qitishning  kasbga  yo’naltirilgan  texnologiyasi 

sifatida  foydalanish  algoritmlash  qiyin  bo’lgan  murakkab  jarayon  hisoblanadi. 

Shunday bo’lsada, uni rasman quyidagi bosqichlarga ajratish mumkin: 

o’quvchilarni keys matni bilan tanishtirish; 



keysni tahlil qilish; 

keysni muhokama qilish, munozara, taqdimot; 



munozara ishtirokchilarini baholash; 

munozarani yakunlash. 



O’quvchilarni keys matni bilan tanishtirish va keysning navbatdagi tahlili, 

ko’pincha,  uning  muhokamasidan  bir  necha  kun  oldin  amalga  oshiriladi  va 

o’quvchilarning  mustaqil  ishi  kabi  joriy  etiladi;  bunda  tayyorgarlikka  ajratilgan 

vaqt keysning turi, uning hajmi va murakkablik darajasiga ko’ra aniqlanadi

1



Ushbu  bosqichda  keys  bilan  umumiy  ishlash  sxemasini  quyidagicha 



amalga  oshirilishi  mumkin:  dastlab  keysning  asosiy  muammolarini  aniqlash  va 

yechish uchun taqdim etilganlarning qaysi birlari muhimligini tushunish; keysning 

vaziyatli  kontekstiga  kirish,  uning  asosiy  ta’sir  etadigan  (harakatdagi)  shaxslari 

kimligini  aniqlash,  tahlil  uchun  zarur  dalillar  va  tushunchalarni  ajratish,  masalani 

yechish  mobaynida  qanday  qiyinchiliklar  paydo  bo’lishini  tushunish;  keyingi 

bosqich tadqiqot uslubini tanlashdan iborat. 

Uncha  katta  bo’lmagan  keyslarning  muhokamalari  o’quv  jarayoniga 

kiritilishi  va o’quvchilar  ular bilan bevosita dars davomida  tanishishlari mumkin. 

                                                             

1

 



Покушалова Л. В. Метод case-study как современная технология профессионально-ориентированного 

обучения студентов [Текст] / Л. В. Покушалова // Молодой ученый. — 2011. — №5. Т.2. — С. 155-157.

 


32 

 

Bunday  holda,  eng  muhimi,  keys  o’tkazilishi  rejalashtirilgan  kursning  nazariy 



qismi o’quvchilar tomonidan to’liq o’zlashtirilgan bo’lishidir. 

Agar  o’quvchilar  keyslar  bilan  dastlabki  tanishishda  ularning  tahliliga 

tizimli  yondashsalar,  u  holda  keyslar  ustida  ishlash  yuqori  samara  beradi.  Keysni 

yechish mobaynida quyidagi ketma-ketlikni amalga oshirish mumkin: 

1.  Keysni  tahlil  etishda  foydalanish  uchun  nazariy  konsepsiya  va 

yondashuvlarni yodga tushirish maqsadida o’quv predmetining mos bo’limlaridan 

tayanch g’oyalarni yozib chiqish. 

2. Keys haqida umumiy tasavvur olish uchun uni tez o’qib chiqish. 

3.  Keysga  qo’yilgan  savollarni  diqqat  bilan  o’qib  chiqish  va  savollar 

tushunarli ekanligiga ishonch hosil qilish. 

4. Qo’yilgan  savollarga  aloqasi  bo’lgan  barcha  omillar  yoki  muammolarni 

diqqat bilan belgilangan holda keys matnini qayta o’qib chiqish. 

5.  Keys  bilan  ishlaganda,  ko’rib  chiqilishi  zarur  bo’lgan  g’oya  va 

konsepsiyalar muammolar bilan qanday munosabatda ekanligini o’ylab ko’rish. 



 Shunday  qilib,  keyslar  bilan  ishlashning    umumiy    qoidasi  – 

“chegaradan tashqaridagi” axborotdan foydalanish mumkin emas!!! 

Masalan, agar o’quvchi vazifada berilgan korxona haqida gazetada o’qigan 

bo’lsa,  u  holda  bu  dalillardan  foydalanish  mumkin  emas,  chunki  qaror  qabul 

qiluvchi  menejer  o’rnidagi  o’quvchi  vaziyatni  modellashtiradi  va  faqat  vazifada 

berilgan  ma’lumotlarga  egadir.  Ba’zan  aksincha,  ya’ni  o’quvchiga  aniq  bozor 

vaziyatlaridan  olingan  dalillarni  qo’shish  imkoniyati  beriladi.  Bunday  hollarda 

o’quvchining aql-zakovati va materialning egallaganligi e’tiborga olinishi zarur. 

Keysni muhokama qilish o’quvchilar oldiga savollar qo’yishni, ularni bahs-

munozaraga  tortishni  ko’zda  tutadi.  Savollar  avvaldan  tayyorlanadi  va 

o’quvchilarga  keys  matni  bilan  birgalikda  beriladi.  Vaziyatni  ishlab  chiqishda 

o’qituvchi faol va passiv holatni egallashi mumkin, ba’zan esa, ishlab chiqishning 

“dirijyori”, ba’zan bahs- munozaraning yakuni bilan chegaralanishi mumkin

1



                                                             

1

 Абдуқодиров А.А., Астанова Ф.А., Абдуқодирова Ф.А. “Сазе-study” услуби: назария, амалиёт ва тажриба.-



Т.: “Таfаккur qanoti”, 2012. - 134 б. 

33 

 

Keysning 



muhokamasini  tashkil  etishda,  odatda,  ikki 

uslubdan 

foydalaniladi.  Birinchisi,  an’anaviy  Garvard  uslubi  deyilsa,  ikkinchisi  esa,  uning 

borishida  o’quvchilar  vaziyatni  rasmiy  holda  og’zaki  baholaydigan  va  tavsiya 

etilgan keysning tahlilini, o’zlari- ning yechimlarini va tavsiyalarini va boshqacha 

aytganda  taqdimotlarini  taklif  etadigan  shaxsiy  yoki  jamoaviy  so’rovlardan  iborat 

uslubdir. 

“Сase-studu”  uslubida  bahs-munozara  markaziy o’rinni  egallaydi.  Undan, 

odatda,  o’quvchilar  yetarli  darajada  bilim  olgan  va  mustaqil  fikrlashga  erishgan, 

o’zlarining  fikrlarini  asoslaydigan,  isbotlay  oladigan  paytlarida  foydalanish 

maqsadga muvofiq. 

 

 



 

 

 



 



Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5


Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2019
ma'muriyatiga murojaat qiling