Va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi muhammad al-xorazmiy nomidagi toshkent axborot texnalogiyalari universiteti
Download 0.55 Mb. Pdf ko'rish
|
Azamat Ortiqov fizika mustaqil ish 1
O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI AXBOROT TEXNALOGIYALARI VA KOMMUNIKATSIYALARINI RIVOJLANTIRISH VAZIRLIGI MUHAMMAD AL-XORAZMIY NOMIDAGI TOSHKENT AXBOROT TEXNALOGIYALARI UNIVERSITETI Fizika kafedrasi Fizika fani bo’yicha Mustaqil ish Mavzu: To’lqinlar superpozitsiya prinsipi. To’lqinlar kogorentligi va kogorentlik shartlari.To’lqinlar interfrensiyasi Bajardi:PYH020 guruh talabasi Ortiqov Azamat Tekshirdi:Baxranov Hayot Mavzu:To’lqinlar superpozitsiya prinsipi.To’lqinlar kogorentligi va kogorentlik shartlari.To’lqinlar interfrensiyasi. Reja: 1. To’lqinlar superpozitsiya prinsipi. 2. To’lqinlar kogorentligi va kogorentlik shartlari. 3. To’lqinlar interfrensiyasi ,to’lqin intensivligidan foydalanib interfrensiyaning max va min ligini toppish.
Faraz qilaylik , Agarda muhitda bir vaqtda bir nechta to‘lqinlar tarqalayotgan bo‘lsa, u holda muhit zarrachalarining natijaviy tebranishi har bir to‘lqinning alohida tarqalishiga bog‘liq zarrachalar tebranishlarining geometrik yig‘indisidan iborat bo‘ladi. Shu sababli, to‘lqinlar bir-birini qo‘zg‘atmay, oddiygina bir-birining ustiga tushadi. Tajribalardan olingan bu tasdiq to‘lqinlarning superpozitsiya printsipi deb ataladi. Zarrachalarning natijaviy harakati tashkil etuvchi tebranishlarning chastota, amplituda va fazalariga bog‘liqdir. Bir xil yo‘nalishga ega bo‘lgan manbadan chiqayotgan ikkita to‘lqinning qo‘shilishi alohida qiziqish tug‘diradi. Masalan, bu to‘lqinlar S1 va S2 nuqtaviy manbalardan qo‘zg‘atilgan bo‘lib ularning chastotalari , boshlang‘ich fazalari bir xil va nolga teng bo‘lsin. Ixtiyoriy M nuqtada hosil bo‘lgan tebranishlar quyidagi tenglamalarni qanoatlantiradilar: Tebranishlar bir xil yo‘nalishda sodir bo‘lganligi uchun M nuqtada natijaviy tebranish amplitudasi. ga teng bo‘ladi va u tebranishlar fazalari farqi qiymatiga bog‘liq bo‘ladi: Agarda tebranishlar chastotasi bir-biriga teng bo‘lmasa u holda fazalar farqi vaqt o‘tishi bilan o‘zgarib boradi: Bunday to‘lqinlar kogerent bo‘lmagan to‘lqinlar deb ataladi, chunki vaqt o‘tishi bilan natijaviy tebranish amplitudasi ham o‘zgara boradi. Kogerent bo‘lmagan to‘lqinlar bir - birining ustiga tushganda natijaviy to‘lqin amplitudasi kvadratining o‘rtacha qiymati qo‘shiladigan to‘lqinlar amplitudalarining kvadratlari yig‘indisiga teng bo‘ladi: Bu holda fazalar farqining o‘rtacha qiymati nolga teng bo‘lishi kerak: Yuqoridagi qonuniyatlar shunday xulosaga olib keladi: har bir nuqtadagi natijaviy tebranish energiyasi barcha nokogerent to‘lqinlar energiyalarining yig‘indisiga tengdir. Agarda manbalar to‘lqinlarining chastotalari teng bo‘lsa, u holda, fazalar farqi, vaqtga bog‘liq bo‘lmagan, o‘zgarmas kattalik bo‘ladi Chastotalari bir xil va tebranishlari o‘zgarmas fazalar farqiga ega bo‘lgan to‘lqinlar kogerent to‘lqinlar deb ataladi. Kogerent to‘lqinlar uchun, qo‘shiladigan tebranishlar fazalar farqi faqat kattalikka bog‘liq bo‘ladi va bu geometric yoki optic yo’llar farqi deb ataladi. Va bu quyidagi ifoda Kogorent to’lqinlar uchun o’rinli. Interfrensiya hodisasi tabiati har qanday bo’lgan to’lqin jarayonlarga hosdir. Binobarin bu hodisa yorug’lik to’lqinlarida ham kuzatiladi. Mehanik to’lqinlar kabi yorug’lik to’lqinlari o’zaro kogorent bo’lgandagina , ya’ni tebranish chastotalari teng fazalar farqi vaqt o’tishi bilan o’zgarmas qoladigandagina ,ularning qo’shilishidan interfrensiya kuzatiladi. Buning uchun to’lqin manbalari kogorent bo’lishi kerak. Biz yuqorida ikkata to’lqinni qo’shilishidan interfrensiya hosil bo’lishini bildik endi biz interfrensiyani max lik va min lik shartkarini yorug’lik intensivligi orqali ko’rib chiqamiz . Yorug’lik oqim zichligining vqat bo’yicha o’rtacha qiymati, ya’ni to’lqinning tarqalish yo’nalishiga perpendikulyarmaydonchaning yuza birligi orqali o’tadigan yorug’lik oqimining vaqt bo’yicha o’r-tacha qiymati fazoning berilgan nuqtasidagi yorug’likintensivligi deb yuritiladi.Yorug’lik intensivligi I harfi bilan belgilanadi . Intensivlik yorug’lik amplidudasining kvadratiga proporsional bo’ladi. I A 2 Bu holni e’tiborga olib quyidagi formulani yozamiz: Bunda: I –natijaviy maydon intensivligi , I 1 va I 2 lar mos ravishda 1- va 2- manbalardan kelayotgan yorug’lik intensivliklari. Formuladan ko’rinib turibdiki fazoning qaysi nuqtalari uchun bo’lsa o’sha joylarda I>(I 1 +I 2 ) bo’ladi; qaysi nuqtalarida bo’lsa , o;sha joylarda I<(I 1 +I 2 ) bo’ladi. 1.Agar bo’lsa , u vaqtda : I 1 =I 2 bo’lgan xususiy holda esa I=4I 1 bo’ladi , ya’ni M nuqtada Intensivlik max qiymatga erishdi . Bu hol: Bo’lgan vaqtda amalga oshadi . Bu ifodadan to’lqinalrning optic yo’llarining farqi: Ekanligi kelib chiqadi. Ushbu ifoda interfrensiyaning maksimumlik sharti deb ataladi va quyidagicha ta’riflanadi: agar to’lqinlar ustma- ust tushgan nuqtada optik yo’llar farqi to’lqin uzunliklarining butun son marta yoki yarim to’lqin uzunliklarining juft son marta olinganiga teng bo’lsa , intensivlik maksimal bo’ladi . 2.Agar bo’lsa , u vatqda : I 1 =I 2 bo’lgan xususiy holda I=0 bo’ladi. Bu hol: Bo’lgan vaqtda amalga oshadi . Binobarin , yorug’lik to’lqinlarining optic yo’llaring farqi: Ekanligi kelib chiqadi. Ifoda interferinsiyaning minimumlik shartini aniqlaydi .Demak, agar to’lqinlar ustma-ust tushgan nuqtalarda optik yo’llarning farqi yarim to’lqin uzunliklarining toq son marta olinganiga teng bo’lsa , intensivlik minimal qiymat ga erishadi.
Xulosa Men bu mavzuni o’rganishda quyidachi xulosa oldim: Agarda, muhitda bir vaqtda bir nechta to‘lqinlar tarqalayotgan bo‘lsa, u holda muhit zarrachalarining natijaviy tebranishi har bir to‘lqinning alohida tarqalishiga bog‘liq zarrachalar tebranishlarining geometrik yig‘indisidan iborat bo‘ladi. Shu sababli, to‘lqinlar bir-birlarining ustlariga tushadilar. Kogerent to‘lqinlarning bir-birining ustiga tushushi fazaning ayrim nuqtalarida muhit zarrachalari tebranishlarining turg‘un kuchayishiga va boshqa nuqtalarida tebranishning susayishiga olib keladi. Bu hodisa tebranishlarning interferensiyasi deb ataladi. Interferensiya faqatgina to’lqinlar o’zaro kogorent bo’lgandagina , ya’ni tebranish chastotalari teng fazalar farqi vaqt o’tishi bilan o’zgarmas qoladigandagina kuzatiladi. Foydalanilgan Adabiyotlar: 1. Q.P.Abduraxmanov, V.S.Xamidov, N.A.Axmedova. FIZIKA. Darslik. Toshkent. 2018 y. 2.
Download 0.55 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling