O’z
|
Var
|
Hujjat
|
Imzo
|
Sana
|
Kurs ishi:
|
Varaq
|
Bajardi
|
|
|
|
|
|
Tekshirdi
|
|
|
|
Web ning asosiy rivojlanish pog`onalaridan biri 1993 - yilda chiqarilgan Mosaic for Windows brauzer programmasiga to`g`ri keladi. 2 - avlod programmasi Netscape brauzeri bozorda Mosaic for Windows dan keyin darxol paydo bo`ldi. Mosaic for Windows World Wide Web dunyosi eshigini foydalanuvchilarga biroz ochib bergan bo`lsa, Netscape o`zining funksional imkoniyatlari bilan bu eshikni millionlab foydalnuvchilarga keng ochib yubordi.
WWW - Internetning eng ommabop xizmat turidir. Unga ulanish uchun kopyuter bilan modem etarlidir. Shuning uchun Butun dunyo tarmog`i butun olamni axborotlar ombori - kutubxonaga aylanib qoldi va u dunyoga yoyildi. WWWda ma`lumotlar sahifalarda joylanadi. WWW sahifalari soni oxirgi 3 yilda yuz milliondan oshib ketdi. Bu sahifalar Egasi kim? Ular yirik korporasiyalar yoki kichik korxonalar, universitet va maktablar, tashkilotlar, jurnal va ro`znomalar yoki oddiy shaxslardir. Bu sahifalarda turli - tuman ma`lumotlar joylanadi. Hozirgi kunda WWW axborot olishning va tarqatishning eng qulay usulidir.
IP manzil (o'qilishi (ay-pi adres) ingilizcha Internet Protocol)- Qurilmaning tarmoqdagi takrorlanmas virtual adresidir. Internet va lokal tarmog'idagi qurilmalar bir-biri bilan IP protokoli orqali bir-birini IP adreslariga ma'lumot junatish orqali aloqa qilishadi. Bu aloqaning o'ziga yarasha qonun qoidalari bor va shu qonun qoida asosida bir IP manzil ikkinchi IP adresga xabar(paket) jo'natadi va shu qonun qoida protokol deyiladi.
Bu takrorlanmas ip manzil qurilmada (komputer/router(marshrut)/..) emas balki tarmoq interfeysida bo'ladi.
IP adreslarning xozirda ikki avlodi mavjud.
1. IPv4 (Internet prtocolining to'rtinchi avlodi).
2. IPv6 (Internet prtocolining oltinchi avlodi).
Do'stlaringiz bilan baham: |