Va massaalmashuv fanidan kurs ishi bajardi


Download 0.8 Mb.
Pdf ko'rish
bet16/27
Sana18.01.2023
Hajmi0.8 Mb.
#1100149
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   27
O’zq 
Varaq 
Hujjat № 
Imzo
_
Sana_
Varaq_
 19
KURS ISHI 5310300. 


shlak massasidan yana 20 foiz qo‘shish lozim. Bunda koksning umumiy sarfi 
quyidagi tenglama bilan aniqlanadi: 
C = 0,936 a + 0,2173 v (29) 
bunda: C — uglerod sarfi; a — ajralib chiqayotgan rux soni; v — paydo bo‘lgan 
shlak soni. 
Havoni qizitish Buduar reaksiyasining (CO
2
+ C = 2CO
2
) o‘ng tomonga 
siljishiga olib keladi. 
Shixtali pechda asosan rux oksidining tiklanish reaksiyasi oqib o‘tadi. 
ZnO + C = Zn + CO

(30) 
Xozirgi kunda ko’pchilik qo’rg’oshin zavodlaarida shaxtali pechlarda 
tiklanuvchi eritish jarayoni olib boriladi, chunki unda yengil tiklanuvchi atmosfera 
hosil qiladi. 
Mahsulotlar sifatida qo’rg’oshinli aglomerat, koks va havo ishlatiladi. 
Reaksiya natijasida paydo bo‘lgan rux bug‘lanadi va texnologik gazlar bilan 
pechdan ajralib chiqadi. Qo‘rg‘oshin esa asosan suyuq mahsulotlarda to‘planadi. 
Jarayonning eng murakkab bosqichi bu katta hajmdagi gazlardan ruxni 
kondensatsiyalashdir. Buning uchun, umuman, yangi texnologiya ixtiro qilingan. 
Gazlarda ruxning miqdorligi 5—6 foiz bilan cheklanadi, pechlarning ishlab chiqish 
unumdorligi esa bir sutkada 100—150 tonna ruxni tashkil qiladi. Bunday sharoitda, 
gazdan katta hajmda issiqlik olishga to‘g‘ri kela-di. Undan tashqari, agarda shixtada 
20 foiz qo‘rg‘oshin bo‘lsa, unda qo‘rg‘oshinning uchishi va kondensatorga yetib 
borishidan qutulib bo‘lmaydi. Shuning uchun ruxni kondensatsiyalash uchun suyuq 
qo‘rg‘oshin ishlatiladi. 
Harorat oshishi bilan ruxning erish qobiliyati o‘shadi, va aksincha, harorat 
pasayganda kamayadi. Qo‘rg‘oshin kondensatorga 450°C haroratda yuklanadi. 
Bunda uning tarkibida 2—2,2 foiz rux bo‘ladi. Qo‘rg‘oshin kondensatorda qizitilgan 
gazlar bilan aloqada bo‘ladi. Gazlar pechdan 1000°C dan yuqori haroratda bo‘ladi. 
Bu gazlarning tarkibida 5 foizgacha rux bor. Buning natijasida gazlar sovitiladi, rux 
esa qo‘rg‘oshinga o‘tadi. Yuqori haroratda qizitilgan qo‘rg‘oshin kondensatorni 
560°C da tark etadi va uning hajmida 2,4 foiz rux bor. Kondensatordan tashqarida 
qo‘rg‘oshin sovitiladi va rux likva-tsiya natijasida qo‘rg‘oshin sirtiga sizib chiqadi, 
sovitilgan qo‘rg‘oshin (2 foiz ruxli) qaytadan kondensatorga yuboriladi. 
Rux bug‘lari qo‘rg‘oshin tomchilarida kondensatsiyalanadi va shu shaklda 
eritma holatiga o‘tadi. Kondensator pechga zich qilib o‘rnatilgan. Kondensatorning 
boshqa tomonidan texnologik gazlar tozalash sistemasiga yuboriladi. Texnologik 
gazlarning issiqlik qobiliyati 2400—3000 kJ 1 m
3
ni tashkil qiladi. 
Kondensator to‘g‘ri burchakli kamera, ichki sirti korboron g‘isht bilan 
himoyalangan. Uning uzunligi 6—12 m, eni 2,5—5,5 m, balandligi esa 1,25 m 

Download 0.8 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   27




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling