Va massaalmashuv fanidan kurs ishi bajardi


Download 0.8 Mb.
Pdf ko'rish
bet17/27
Sana18.01.2023
Hajmi0.8 Mb.
#1100149
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   27
O’zq 
Varaq 
Hujjat № 
Imzo
_
Sana_
Varaq_
 20
KURS ISHI 5310300. 


kondensatorda 3—8 ta vertikal joylashgan rotor mavjud. Rotorning aylanishida 
qo‘rg‘oshin yuqoriga katta kuch bilan yuboriladi, kondensatorning tepasi va yon 
devorlariga urilib, mayda zarrachalar hosil qiladi. Bu zarrachalar kondensator 
hajmini deyarli to‘ldiradi. 
Gazlarning kondensatorga kirish harorati 1000°C, chiqishi esa 450°C ni tashkil 
qiladi. Har bir haroratda kondensatsiyalangan ruxga kondensatorda 5 kJ ga yaqin 
issiqlik qoldiriladi. Buning natijasida qo‘rg‘oshin 110°C da isiydi (450—560°C). 
Kondensatorda qo‘rg‘oshin vannasining balandligi 250—300 mm. Qo‘rg‘oshin 
kondensatorda 450°C da yukla-nadi. Bu haroratda uning tarkibida 2,15% rux bor. 
Kondensatorda rux 560°C gacha qiziydi. Bunda 0,25% rux
qo‘shimcha qo‘rg‘oshinda eriydi, natijada kondensatorni tashkil etayotgan
qo‘rg‘oshinda 2,4% rux bo‘ladi. 450°C da ruxning erish qobiliyati pasayadi va 
ajralib chiqayotgan metall likvatsiya vannasida qo‘rg‘oshinning sirtida to‘planadi. 
Jami 96 foiz metall kondensatsiyalanadi va 4 foiz gaz tozalaydigan sistemada ilinadi. 
87 foiz rux suyuq shaklda kondensatsiyalanadi. Qolgani esa har xil qattiq 
moddalardan iborat. 
Qo‘rg‘oshin va ruxni ajratadigan vannada ruxning balandligi taxminan 380 mm 
ni tashkil qiladi. Zarrachaga aylantirilayotgan qo‘rg‘oshinning hajmi kattadir. 
Masalan, kondensatorning 1 tonna ruxga mo‘ljallangan ishlab chiqarish 
unumdorligida kondensatordan o‘tayotgan qo‘rg‘oshinning soni 400 tonnani tashkil 
qiladi. Har bir rotor gaz oqimiga taxminan 1000 tonnagacha qo‘rg‘oshin kiritadi. 
Kondensator ishi harorat, berilayotgan qo‘rg‘oshinning soni va gaz oqimining tezligi 
orqali boshqariladi. 
Ikkilamchi materiallarning qayta ishlanishni hisobga olgan holda shaxtali 
eritish natijasida ruxni umumiy ajratib olish darajasi 92—93 foizdir. Olingan rux 
quyidagi tarkibga ega: % 1,1—1,3 qo‘rg‘oshin; 0,03—0,15 kadmiy; 0,001—0,008 
mishyak; 0,015—0,028 temir; 0,01—0,05 mis; 0,005—0,15 qalay. 
Jarayonning likvatsiyasini va ruxning vakuum bug‘lanishini birlashtirish 
mumkin. Bunda vannadagi pastki qismli sovuq qo‘rg‘oshin kondensatorga 
qaytariladi, yuqori qismdagi issiq rux esa toza holatda bug‘ shakliga o‘tadi. Hozirgi 
davrda kollektiv rux-qo‘rg‘oshin konsentratini ajratmasdan, qayta ishlash dunyoda 
keng tarqalayapti. Olmaliq kon-metallurgiya kombinatida bunday jarayonni qo‘llash 
judayam katta ahamiyatga ega. Hozirgi paytda rux-qo‘rg‘oshin kollektiv konsentrat 
ajratilib, alohida qayta ishlashga mo‘ljallangan. Rux konsentrati kombinatda qayta 
ishlanib, toza metall olinadi. Qo‘rg‘oshin konsentrati esa qayta ishlanmasdan chetga 
arzon narxda sotiladi. Bu tadbir kombinatning iqtisodiyotini barqarorlashtirishga 
yordam bermaydi. Shuni ham aytish kerakki, rux konsentratida 2— 6 foizgacha mis 

Download 0.8 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   27




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling