Va massaalmashuv fanidan kurs ishi bajardi


Download 0.8 Mb.
Pdf ko'rish
bet6/27
Sana18.01.2023
Hajmi0.8 Mb.
#1100149
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   27
O’zq 
Varaq
araq 
Hujjat № 
Imzo
_
Sana_
Varaq_
8
KURS ISHI 5310300. 


4,0. Dunyoda ishlab chiqarilgan qo‘rg‘o-shinning 75 foizi shu davlatlarda iste’mol 
qilinadi. O‘zbekiston o‘ziga kerak bo‘lgan qo‘rg‘oshinni 20 ta davlatlardan eksport 
qiladi. Qo‘rg‘oshinni asosan: akkumulator yasash (30—45%), kabel ishlab chiqarish 
(5—25%), har xil quymalar (6—20%), benzinga qo‘shiladigan tetraetil qo‘rg‘oshin
ishlab chiqarish (6—22%) va boshqalarda ishlatiladi. 
Qo‘rg‘oshin ishlab chiqarishda asosiy xomashyo — bu kompleks polimetallik 
rudalardir. Rudada qo‘rg‘oshindan tashqari, Zn, Cu, Fe, Cd, Bi, Sn, As, Au, Sb, TI, 
Ge va boshqa elementlar bor. 
Qo‘rg‘oshin rudalari, asosan, sulfid shaklida uchraydi. Sulfidli rudalarda asosiy
sulfidlar: galenit PbS, sfalerit ZnS, xalkopirit CuFeS
2
, pirit FeS
2
, pirrotin
Fe
x–1
S, arsenopirit FeAsS
2
, argentit Ag
2
S. Sulfidli rudalarda 85—90% dan 
ziyod qo‘rg‘oshin galenit shaklida uchraydi. Rudalarda qo‘rg‘oshin tarkibi kam 
bo‘lgani sababli boyitiladi. 
Boyitishda qo‘rg‘oshinni ajratib olish darajasi 83—94 foizni tashkil qiladi. 
Qo‘rg‘oshin — Mendeleyev davriy jadvalining 4 guruh ele-menti, atom nomeri 
82, atom og‘irligi 207,2, zichligi 11,336 g/ sm
3
, erish harorati 327,4°C, qaynash 
harorati 1745°C. Ko‘pchilik kimyoviy birikmalarda qo‘rg‘oshin ikki valentli. 
Qizitish davrida qo‘rg‘oshin yengil oksidlanadi. Oldin Pb
2
O paydo bo‘ladi, 
keyinchalik Pb
2
O = PbO + Pb reaksiyasi natijasida gluot hosil bo‘ladi. 
Qo‘rg‘oshin xomashyosini qayta ishlash usullari 
Qo‘rg‘oshin konsentratining taxminiy tarkibi, %: Pb 45—50; Zn 4—14; Cu 
1—3; S 15—20; Fe 4—15; SiO
2
—10; Ag 500 g/t gacha. Konsentrat tarkibidan 
imkon bo‘lgan qayta ishlash usullari kelib chiqadi. Konsentrat tarkibinining tahlili 
shuni ko‘rsatadiki, moddani taxminan yarmi nometall (S) yoki sig‘im birikmalardan 
(SiO
2
, Al
2
O
3
, CaO) iborat. 
Shuning uchun metallurgik qayta ishlashning asosiy maqsadi: 
1) 
yuqorida qayd etilgan moddalarni asosiy (Pb, Zn, Cu) va ularning yo‘ldoshi 
bo‘lgan (Au, Ag, Ca, Bi, Se, Te) elementlardan ajratib olish; 
2) 
asosiy metallarni bir-biridan ajratib, metallik holatda olish; 
3) 
xomaki qo‘rg‘oshinni tozalash. 
Ushbu jarayonlar pirometallurgik usullar bilan bajariladi. Pirometallurgik 
jarayonlar qo‘rg‘oshinning erish haroratidan 
yuqoriroq haroratlarda oqib o‘tishga mo‘ljallangan. Bunda qo‘rg‘o-shin suyuq 
holatida erkin shaklda ajralib chiqadi, qolgan elementlar esa nometallik faza tashkil 
qilib, eritmadan ajratiladi. 
Qo‘rg‘oshinni xomashyodan ajratib olinadigan pirometallurgik usullar 
aglomeratsiya yoki reaksion eritishga asoslangan tiklanish jarayonlari orqali olib 
boriladi. 

Download 0.8 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   27




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling