Va massaalmashuv fanidan kurs ishi bajardi
Download 0.8 Mb. Pdf ko'rish
|
O’zq
Varaq araq Hujjat № Imzo _ Sana_ Varaq_ 8 KURS ISHI 5310300. 4,0. Dunyoda ishlab chiqarilgan qo‘rg‘o-shinning 75 foizi shu davlatlarda iste’mol qilinadi. O‘zbekiston o‘ziga kerak bo‘lgan qo‘rg‘oshinni 20 ta davlatlardan eksport qiladi. Qo‘rg‘oshinni asosan: akkumulator yasash (30—45%), kabel ishlab chiqarish (5—25%), har xil quymalar (6—20%), benzinga qo‘shiladigan tetraetil qo‘rg‘oshin ishlab chiqarish (6—22%) va boshqalarda ishlatiladi. Qo‘rg‘oshin ishlab chiqarishda asosiy xomashyo — bu kompleks polimetallik rudalardir. Rudada qo‘rg‘oshindan tashqari, Zn, Cu, Fe, Cd, Bi, Sn, As, Au, Sb, TI, Ge va boshqa elementlar bor. Qo‘rg‘oshin rudalari, asosan, sulfid shaklida uchraydi. Sulfidli rudalarda asosiy sulfidlar: galenit PbS, sfalerit ZnS, xalkopirit CuFeS 2 , pirit FeS 2 , pirrotin Fe x–1 S, arsenopirit FeAsS 2 , argentit Ag 2 S. Sulfidli rudalarda 85—90% dan ziyod qo‘rg‘oshin galenit shaklida uchraydi. Rudalarda qo‘rg‘oshin tarkibi kam bo‘lgani sababli boyitiladi. Boyitishda qo‘rg‘oshinni ajratib olish darajasi 83—94 foizni tashkil qiladi. Qo‘rg‘oshin — Mendeleyev davriy jadvalining 4 guruh ele-menti, atom nomeri 82, atom og‘irligi 207,2, zichligi 11,336 g/ sm 3 , erish harorati 327,4°C, qaynash harorati 1745°C. Ko‘pchilik kimyoviy birikmalarda qo‘rg‘oshin ikki valentli. Qizitish davrida qo‘rg‘oshin yengil oksidlanadi. Oldin Pb 2 O paydo bo‘ladi, keyinchalik Pb 2 O = PbO + Pb reaksiyasi natijasida gluot hosil bo‘ladi. Qo‘rg‘oshin xomashyosini qayta ishlash usullari Qo‘rg‘oshin konsentratining taxminiy tarkibi, %: Pb 45—50; Zn 4—14; Cu 1—3; S 15—20; Fe 4—15; SiO 2 —10; Ag 500 g/t gacha. Konsentrat tarkibidan imkon bo‘lgan qayta ishlash usullari kelib chiqadi. Konsentrat tarkibinining tahlili shuni ko‘rsatadiki, moddani taxminan yarmi nometall (S) yoki sig‘im birikmalardan (SiO 2 , Al 2 O 3 , CaO) iborat. Shuning uchun metallurgik qayta ishlashning asosiy maqsadi: 1) yuqorida qayd etilgan moddalarni asosiy (Pb, Zn, Cu) va ularning yo‘ldoshi bo‘lgan (Au, Ag, Ca, Bi, Se, Te) elementlardan ajratib olish; 2) asosiy metallarni bir-biridan ajratib, metallik holatda olish; 3) xomaki qo‘rg‘oshinni tozalash. Ushbu jarayonlar pirometallurgik usullar bilan bajariladi. Pirometallurgik jarayonlar qo‘rg‘oshinning erish haroratidan yuqoriroq haroratlarda oqib o‘tishga mo‘ljallangan. Bunda qo‘rg‘o-shin suyuq holatida erkin shaklda ajralib chiqadi, qolgan elementlar esa nometallik faza tashkil qilib, eritmadan ajratiladi. Qo‘rg‘oshinni xomashyodan ajratib olinadigan pirometallurgik usullar aglomeratsiya yoki reaksion eritishga asoslangan tiklanish jarayonlari orqali olib boriladi. Download 0.8 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling