Va mutaxassis xodimlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti


I.BOB. POLIMERDAN UY-RО‘ZG‘OR, TURMUSH, MAKTABDA FOYDALANILADIGAN BUYUMLAR TAYYORLASH MAVZUSINING NAZARIY ASOSLARI


Download 1.3 Mb.
bet3/15
Sana10.04.2023
Hajmi1.3 Mb.
#1348639
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15
Bog'liq
Полимердан буюм

I.BOB. POLIMERDAN UY-RО‘ZG‘OR, TURMUSH, MAKTABDA FOYDALANILADIGAN BUYUMLAR TAYYORLASH MAVZUSINING NAZARIY ASOSLARI
1.1. Plastmassa буюмлар ва уларнинг хоссалари
Plastmassalar deb siyrak molekulali suyuq smola yoki sintetik kukunlarni maxsus texnologik usulda ishlab olingan zich molekulali qattiq va egiluvchan ashyolarga aytiladi. Bu ashyolarning eng muhim xossalaridan biri, ulardan yuqori haroratda xoxlagan shakldagi buyumlar ishlash mumkinligidir.
Plastmassadan tо‘ldirgichsiz va tо‘ldirgich qо‘shib ishlangan juda zich buyumlar, kо‘p kavakli yoki tolali yengil ashyolar, temir va oynasimon plastiklar, sirti chiroyli qilib ish- langan qoplamabop о‘rama ashyolar, havo о‘tkazmaydigan tо‘qimalar, shuningdek, emulsiya, yelim, mastika (bо‘tqa) va tolalar juda kо‘plab ishlab chiqariladi. Plastmassalarning buncha- lik keng tarqalganligiga sabab shuki, ular tabiiy ashyolarga kо‘ra yuqori sifatli hamda qurilish uchun juda qimmatli xossalarga ega. Shunday xossalardan biri uning yuqori mustahkamligi va hajmiy og‘irligining kichikligidir. Shu bilan birga agressiv muhitga chidamliligi, issiqni kam о‘tkazishi, elektr tokini о‘tkazmasligi va tashqi kо‘rinishining chiroyliligidir.
Zich molekulali birikmalar bir necha yuz mingdan ortiq atomlardan tashkil topgan. Bunday birikmalardagi yirik molekulalardan tuzilgan о‘lcham birligi kо‘p marta qaytarilgan holatda joylangan bо‘ladi. Siyrak molekulalardan zich molekulalarga о‘tish jarayoni polimerizatsiya deb ataladi. Uning darajasi yirik molekulalardagi tuzilish о‘lcham birligining soniga bog‘liq. Siyrak molekulali birikmalardagi molekulalar og‘irligi 500 dan yuqori emas. Siyrak va zich molekulali birikmalar о‘rtasidagi moddalarni oligomerlar deb ataladi.
Tabiatda uchraydigan sellyuloza, ipak, jun, tabiiy kauchuk, qaxrabo va boshqalar zichmolekulali birikmalarga kiradi. Bundan ikki asr oldin tabiiy kauchukni oltingugurt bilan qizdirib rezina olingan. Nitrotsellyulozani kamfara bilan qayta ishlab sellyuloid deb ataluvchi birinchi plastmassa ishlab chiqildi. Shuningdek, oqsil (kazein) moddadan ga- lalit plastmassasini olishga erishildi.

Download 1.3 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling