Va natijadorligini oshirish
indikatorlar ijrosini monitoring qilish va hisobotini
Download 172.26 Kb.
|
budjet ijrosi
- Bu sahifa navigatsiya:
- Yangi О ‘zbekistonning Taraqqiyot strategiyasida
- Yashil byudjet” tizimini joriy qilish
- Yashil byudjetlashtirish” b о ‘yicha Fransiya tajribasi t о ‘g‘risida
indikatorlar ijrosini monitoring qilish va hisobotini ochiqlash
tizimi joriy etilganidir. Byudjet ochiqligini ta’minlash bо‘yicha keyingi davrlarda amalga oshiriladigan islohotlar Jamoatchilik nazoratini amalga oshirishning zamonaviy shakllarini joriy etish hamda uni yangi bosqichga olib chiqish maqsadida 2022 – 2026 yillarga mо‘ljallangan Yangi О‘zbekistonning Taraqqiyot strategiyasida bir nechta vazifalar belgilab berildi. Jumladan, kelgusi yildan boshlab ijtimoiy soha obyektlarini qurish yoki rekonstruksiya qilish, “Obod qishloq”, “Obod mahalla”, hududiy infratuzilma dasturlari doirasidagi loyihalar jamoatchilik uchun ochiq e’lon qilinib, keng jamoatchilik fikri asosida ishlab chiqiladigan tizimni yaratish kо‘zda tutilmoqda. Shu bilan birga, davlat, jamiyat va mahalla hayotida faol ishtirok etgan fuqarolar tanlovini о‘tkazish va ularni rag‘batlantirish tizimini joriy etish, shu jumladan, har yili tashabbusli byudjetlashtirish jarayonida faol ishtirok etgan hamda tashabbus kо‘rsatgan fuqarolarni mukofotlash tizimini joriy etish rejalashtirilgan. 4.3. DAVLAT BYUDJETI XARAJATLARINI BARQAROR RIVOJLANTIRISH MAQSADLARIGA BOG‘LASH О‘rta muddatli davrda barqaror rivojlanishning milliy maqsadlariga erishish uchun yо‘naltirilayotgan byudjet xarajatlarini baholash tizimini joriy qilish maqsadida Davlat byudjeti xarajatlarini barqaror rivojlantirish maqsadlariga bog‘lash, shu jumladan, “Yashil byudjet” tamoyillarini joriy qilish uslubiyotini ishlab chiqish choralari kо‘riladi. “Yashil byudjet” – byudjetdan moliyalashtrilayotgan tadbirlarning (xarajatlarning) iqlim о‘zgarishiga, ekologik holatga hamda havoga chiqariladigan zararli gazlarni kamayishiga ta’siri nuqtai nazardan tasniflashdan iborat. “Yashil byudjet” tizimini joriy qilish: 1. Iqlimning ijobiy о‘zgarishiga ta’sir qiluvchi hamda ekologik holatni yaxshilash borasidagi tadbirlar bilan byudjet о‘rtasidagi bog‘liqlik darajasini aniqlash imkonini beradi va bu boradagi byudjet xarajatlarining ochiqligini, jamoat va investorlarning xabardorligini ta’minlaydi. 2. Iqlim ijobiy о‘zgarishi va ekologik holatni yaxshilashga qaratilgan byudjet xarajatlar miqdorini aniqlash hamda ushbu maqsadlarga xalqaro moliya instutlarining grant, qarz mablag‘larini hamda xalqaro yashil obligatsiyalarni chiqarish imkonini beradi (yashil obligatsiyalarni chiqarishning muhim shartlaridan biri). 3. Byudjet siyosatini, xususan byudjetdan amalga oshiraladigan yangi dasturlarni iqlim о‘zgarishi va ekologik holatga ta’sirini baholash imkonini beradi. 4. Yashil iqtisodiyot xarajatlariga ustuvor ahamiyat berish orqali xarajatlar samaradorligini va natijadorligini oshirishga kо‘mak kо‘rsatadi. “Yashil byudjetlashtirish” bо‘yicha Fransiya tajribasi tо‘g‘risida 2020 yildan boshlab Yevropa Ittifoqi umumiy byudjetining kamida 30 foizi iqlimning salbiy о‘zgarishlarini yumshatishga qaratilgan bо‘lishi hamda a’zo davlatlar ham о‘z byudjetlarini shu raqamga muvofiqlashtirib borishi lozimligi belgilangan. Hozirgi kunda Yevropa Ittifoqidagi 11 ta davlatda “Yashil byudjet” joriy etilgan va Yevropa Ittifoqidagi boshqa davlatlar unga о‘tish yuzasidan tayyorgarlik ishlarini (metodologiyasini ishlab chiqish, xodimlarni о‘qitish va hokazo) boshlagan. Fransiyada “Yashil byudjet” sо‘nggi ikki yil davomida qо‘llanilayotgan bо‘lib va Yevropa Ittifoqi davlatlari ichida ushbu yо‘nalishdagi ilg‘or mamlakat hisoblanadi. Hozirgi kunda Fransiyada ham faqatgina markaziy byudjet xarajatlari (ijtimoiy qо‘llab-quvvatlash xarajatlaridan tashqari) “Yashil byudjet” metodologiyasi bо‘yicha tasniflanmoqda. Mahalliy (kommunalar) byudjetlari xarajatlarini tasniflashga о‘tish bosqichida. Fransiya tajribasiga asosan byudjet xarajatlarining ekologik holatga, iqlimga ta’siridan kelib chiqib, tо‘q yashil rang (iqlim uchun ijobiy), och yashil rang (iqlim о‘zgarishiga ijobiy lekin ayrim salbiy ta’siri bо‘lishi mumkin, lekin ijobiy ta’siri ustunlikka ega), kul rang (iqlimga ta’siri neytral), jigar rang (iqlimga va atrof-muhitga ta’siri salbiy) kabi ranglar bilan tasniflanadi. Bunda byudjetdan moliyalashtiriladigan har bir tadbirning iqlimga ta’siri baholanadi. Misol uchun, elektrda harakatlanuvchi yer usti metro liniyasini qurish yonilg‘ida ishlovchi mashinalar harakatining kamayishi hisobiga shaharda о‘rta muddatda atmosferaga zararli gazlarni chiqarishni kamaytiradi. Qisqa muddatda esa metro qurilishi yashil maydonlarni kamayishiga olib keladi. О‘rta muddatda ushbu tadbirni moliyalashtirish – yashil xarajat, qisqa muddatda – jigar rang xarajat. “Yashil byudjet” tizimini joriy qilish uchun Fransiya taraqqiyot agentligi bilan quyidagi chora-tadbirlar amalga oshirish Download 172.26 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling