Va qodalari bayon etilgan. Shuningdek, kurash sportining inson va jamiyat uchun ahamiyati ochibberilgan


Academic Research in Educational Sciences


Download 468.85 Kb.
Pdf ko'rish
bet4/6
Sana27.01.2023
Hajmi468.85 Kb.
#1129607
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
kurash-sport-turi-tarixi

Academic Research in Educational Sciences 
Volume 3 | Issue 4 | 2022
ISSN: 2181-1385 
Cite-Factor: 0,89 | SIS: 1,12
DOI: 10.24412/2181-1385-2022-4-1272-1277 
SJIF: 5,7 | UIF: 6,1 
 
 
 
 
1275
 
April, 2022 
https://t.me/ares_uz Multidisciplinary Scientific Journal 
Rossiyaning Bryansk shahrida ayollar oʻrtasida xalqaro musobaqa boʻlib oʻtdi. IKA 
qoshida Xalqaro kurash akademiyasi tashkil etildi. 
2000-yil Oʻzbekistonda kurash oyligi oʻtkazildi. Bu oylik davomida 2 mln.ga 
yaqin kishi kurash gilamiga chiqdi. Buyuk Britaniyada IKA faxriy prezidenti Islom 
Karimov nomidagi anʼanaviy xalqaro musobaqaga asos solindi. 2001-yildan 
Toshkentda Xalqaro kurash instituti faoliyat boshladi. IKA ga 66 ta milliy federatsiya 
aʼzo boʻlib kirdi. Yevropa, Osiyo, Panamerika va Okeaniya kurash konfederatsiyalari 
tuzildi. Hozirgi paytda oʻzbekcha kurash bilan xorijiy mamlakatlarda 600 mingdan 
ziyod kishi shugʻullanadi. Kurashning bu turi boʻyicha jahon, qit‟a va mamlakatlar 
chempionatlari hamda Oʻzbekistonda at-Termiziy, Pahlavon Mahmud xotirasiga 
bagʻishlangan va boshqa koʻplab xalqaro musobaqalar muntazam oʻtkaziladi. Osiyo 
olimpiya kengashi 2003-yilda kurashning bu turini Osiyo oʻyinlari dasturiga kiritdi. 
Kurash boʻyicha oʻtkaziladigan jahon chempionatlarida Bahrom Anazov, Isoq 
Axmedov, Maxtumquli Mahmudov, Kamol Murodov, Toshtemir Muhammadiyev, 
Akobir Qurbonov (Oʻzbekiston), Kubashxonim Elknur, Selim Totar oʻgʻli (Tur-kiya), 
Aleksandr Katsuragi, Karlos Xonorato (Braziliya), Pavel Melananets (Polsha), 
Xiroyoshi Kashimoto (Yaponiya) va boshqa g„olib chiqdilar va sovrindor boʻldilar. 
 
NATIJLALAR 
Oʻzbek xalqining anʼanaviy sport turlaridan biri boʻlmish kurash uch yarim 
ming yillik tarixga ega. Kurash oʻzbekcha soʻz boʻlib, u qator qadimiy sharq adabiy 
manbalarida yakkama-yakka olishuv va ijtimoiy koʻngilochar sport turi sifatida tilga 
olingan. 
Ming yillik tarixga ega afsonaviy Alpomish eposida kurash olis oʻtmishda 
Oʻzbekiston zaminida ommaviy tus olgan eng sevimli va nufuzli sport turi boʻlganligi 
yoritilgan. 
Qadimda va oʻrta asrlarda yashab ijod etgan qator faylasuf va tarixchilar oʻz 
asarlarida kurashni alohida ehtirom ila tilga olganlar. 
Ibn Sino kurash bilan shugʻullanmoq jon va tan sogʻligini taʼminlashning eng 
yaxshi vositasidir, deya eʼtirof etgan. Shunga qaramasdan hali-hanuz kurash aynan 
qachon va qayerda paydo boʻlganligi xususida aniq maʼlumotlar mavjud emas. Oʻz 
navbatida bunday mavhumlik qator olimlar tomonidan kurashni qadimiy sport 
turlaridan biri sifatida eʼtirof etilishi uchun toʻsiq boʻla olmadi. IX asrda kurash rivoji 
yangi bosqichga koʻtarildi. Oʻsha kezlarda zamonaviy 
Oʻzbekiston hududida istiqomat qiluvchi aholi anʼanaviy 
bayramlar, toʻy-hashamlar va yirik jamoatchilik tadbirlari 



Download 468.85 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling