Va selekciya


Download 12.32 Mb.
Pdf просмотр
bet37/41
Sana15.12.2019
Hajmi12.32 Mb.
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   41

359

1000  ta  donining  og‘irIigi  55-56  gramm  bo‘lsa,  ushbu  navning  diploid 

formasida 29  grammni  tashkil etadi.

Poliploidlash  hodisasi  uyg‘unlashgan  fiziologik-biokimyoviy  tizim- 

larni  buzib,  bir  qator  hollarda  qimmatli  bo‘lgan  kimyoviy  rriodda- 

laming  ko‘payishini  ta’minlaydi  yoki  odam  uchun  noma’qul  bo‘lgan 

birikmalaming  (masalan,  poliploid  qand  lavlagida  azot  birikmalari) 

sintezini  kamaytiradi.  Shu  bilan  birga  poliploidlar  boshqa  qimmatli 

belgilarga, 

ya’ni 

kasalliklarga 



chidamlilik 

kabilarga 

ham 

ega 


bo‘lishi  mumkin.  Ammo  sun’iy  olingan  avtopoliploidlarda  pushtlilik 

ko'pincha  susaygan  bo'ladi.  Poliploidlaming  har  bir  doni  boshlang'ich 

formalamikiga  nisbatan  yirik  bo‘ladi,  ammo  bitta  o‘simlikdagi  donlar 

soni  boshlang'ich  formalamikiga  nisbatan  kam  bo‘ladi.  Buning  sababi 

asosan  meyoz jarayonining  buzilishligidadir.  Bu  kamchiliklar  keyinchalik 

seleksiya jarayonida yo‘q qilinadi.

Olingan  poliploid  tayyor  nav  degan  tushuncha  emas.  Nav  darajasiga 

yetkazish  uchun  seleksiya  ishlari  olib  borilishi  kerak.  Buning  davomida 

pushtlilik  ortishi,  noqulay  sharoitlarga  chidamliligini  oshirish  kabi 

vazifalar  hal  qilinadi.  Hozirgi  kunda  qand  lavlagi,  makkajo‘xori  va 

boshqa  bir  qator  qishloq  xo‘jaligi  ekinlarida  xo‘jalik  ahamiyatiga 

ega  bo‘lgan  qimmatli  poliploidlar  olingan.  Masalan,  triploid  formalar 

qishloq  xo‘jaligida  katta  samara  bergan.  Triploid  o'simliklar  odatda 

bepusht  yoki  juda  sust  pushtli  bo‘ladilar,  lekin  vegetativ  massasining 

yuqori  hosildorligi  bilan  ajralib turadi.  Qand  lavlagining  triploid  formasi 

o'zining  yirik  ildizmevasi  evaziga  maydon  birligiga  beradigan  qand 

hosildorligi  diploid  shakliga  nisbatan  8-12%  yuqori dir.  Lavlagining 

triploid  o'simliklari  uning  diploid  va  tetraploid  formalarini  chatishtirish 

natijasida  olinadi.

Triploid  duragaylarining  bepushtliligi  ijobiy  ahamiyatga  ham  ega. 

Masalan,  tarvuz yoki uzum  mevalari  ancha yirik va kasalliklarga chidamli 

bo'lib, ular urug'siz bo'ladi.  Shu bilan bir qatorda ayrim avtopoliploidlarda 

salbiy  tomonlar,  masalan,  hujayralarida  suv  ko'p  yig'ilishi  kuzatiladi.  Bu 

esa  qurg'oqchilikka  va  sovuqqa  chidamlilikni  pasaytiradi.  Shu  sababli 

poliploid  formalarni  yaratayotgan  vaqtda  hamma  vaqt  qattiq  tanlash  olib 

borilishi  zamr.



Seleksiyada  allopoliploidiyadan  foydalanish.  Akademik  N. V.  Sitsin 

sobiq  ittifoqning  Osiyo  regioni,  xususan,  Sibiming  sovuq  iqlimiga 

bardosh  beradigan  sovuqqa  chidamli  g'alla  navlarini  yaratish  ustida

360


ishlagan.  Buning  uchun  u  bug‘doyning  uzoq  qarindoshi  bug‘doyiqdan 

foydalanishga ahd qilgan.

Bug‘doyiq  -   tabiatning  noyob  yaratgan  in’omi.  Ko‘p  yillik 

bug‘doyiqning  ayrim  formalari  sovuqqa  chidamli  bo‘lish  bilan  birga 

bitta  boshog‘ida  70  tagacha  boshoqchalari  bor,  vaholanki,  madaniy 

bug‘doylarda  bu  raqam  25-30  ga  teng.  Agarda  bunday  har  bir 

boshoqchada  yetuk  don  yetilsa  -   naqadar  tugalmas  imkoniyat  ochiladi. 

Hosildorlikning ikki hissa  ortishi  yuzaga kclishi  mumkin.

N. V.  Sitsin 

bug‘doy 


bilan 

bug‘doyiqni 

o ‘zaro 

chatishtirib, 

hosildorligi  yuqori  va  erektoidli  bug‘doy-bug‘doyiq  duragaylarini 

olishga  muyassar  bo‘ldi.  Bunday  duragaylar  122-rasmda  (ilovada) 

keltirilgan.  N. V.  Sitsinning  ishlarini  uning  shogirdlari  davom  ettirmoqda. 

N. I. Vavilov,  N.  V.  Sitsin  kabi  olimlar  xalq  xizmati  yo‘lida  genetika 

fanining cheksiz imkoniyatlari borligiga ishonch hosil qilgan edilar.

Bug‘doy  va  g ‘o‘zada  tabiiy,  sun’iy  allopoliploidiya  haqidagi 

mukammal m a’lumot XIII bobda keltirilgan.

Shunday  qilib,  seleksiyada  irsiy  о ‘zgaruvchanlikning  kombinativ  va 

mutatsion  tipidan  foydalaniladi.  Tanlov  uchun  о‘zgaruvchanlikning  u 

yoki  bu  tipini  ishlatish  obyektning  biologiyasi  va  seleksioner-olim  oldiga 

qo‘yilgan maqsadlar bilan belgilanadi.

XIX.3.  Duragaylash  metodlari

Irsiy  o‘zgaruvchanlik  mavjudligi  chatishtirishning  turli  tizimlari 

orqali  bir  organizmda  m a’lum  irsiy  belgilarni  mujassamlash  hamda 

kerak  bo‘lmagan  xususiyatlami  yo‘q  qilish  imkoniyatini  beradi.  Bunda 

chatishtirish uchun boshlang‘ich  shakllami  tanlash  katta ahamiyatga ega.

XIX.3.1.  Chatishtirish  tiplari  va  ko'paytirish 

metodlarining tasnifi

Seleksiyada  ishlatiladigan  chatishtirishning  turli  tizimlari  quyidagi 

sxemada keltirilgan:

Chatishtirish 

j  ^ ^ r Q a r i n d o s h  

(o‘zini  o‘ziga changlash)

(ko‘paytirish) 

r ------ vQarindosh  -------5*-zot  ichida (nav  ichida)

metodlari 

bo‘lmagan 

zotlararo  (navlararo)

uzoq tur yoki formalarni 

chatishtirish.

361


Avvalo,  chorvachilikda  qo‘llaniladigan  qarindoshli  chatishtirish  yoki 

inbridingni,  o ‘simliklarda  qo‘llaniladigan  o‘z-o‘zidan  changlantirish  yoki 

insuxtni  farqlash  kerak  bo‘ladi.  Bu  yerda  qulaylik  bo‘lishlik  uchun  bitta 

atama  -   inbridingdan  foydalanamiz.  Qarindosh  bo‘imagan  chatishtirish- 



autbriding  zot  ichidagi  (nav  ichidagi),  zotlararo  (navlararo)  va  uzoq 

turlar  yoki  formalami  duragaylashga  bo‘linadi.  Zotlararo  yoki  navlararo 

chatishtirish  krossbriding  atamasi bilan ham nomlanadi.

Seleksiyada  chatishtirishning u yoki  bu  tizimini  ishlatish  boshlang‘ich 

materialning  xarakteri,  o ‘zgaruvchanlik  turi  va  seleksioneming  oldiga 

qo‘yilgan maqsadlarga bog‘liq.



XIX.3.1.1.  Inbriding -  qarindoshli  chatishtirish

Inbriding  yoki  qarindoshli  chatishtirish  (chorvachilikda  ko‘paytirish) 

deb  yaqin  qarindoshlar  orasidagi  chatishtirishga  aytiladi.  0 ‘simliklarda 

inbriding  o ‘z-o‘ziga changlanganda amalga  oshadi.

Inbriding  populatsiyani  gomozigota  holdagi  liniyalarga  ajratish  uchun 

ishlatiladi.  Bu  jarayon  o‘z-o‘ziga  changlanadigan  o‘simliklarda  tezkor 

va  oson  kechadi.  Chetdan  changlanadigan  o ‘simliklarda  esa  buning 

uchun  qarindoshli  chatishtirishlar  zarur  bo‘ladi.  Shuni  ta’kidlash  kerakki, 

qarindoshlik darajasi  qancha yaqin bo‘lsa,  gomozigotalanish jarayoni ham 

shuncha tez ketadi.



XIX.3.1.2,  Autbriding -  qarindosh  bo'lmagan  chatishtirishlar

Qarindoshligi  bo‘lmagan  organizmlarning  chatishishiga  autbriding 

deyiladi.  Bunda  bir  nav  yoki  zot  (nav  ichidagi  yoki  zot  ichidagi),  har 

xil  nav  yoki  zot  (navlararo  yoki  zotlararo)  va  har  xil  tur,  turkum  (avlod) 

laming organizmlari chatishtirilishi mumkin.

Qarindosh  bo‘lmagan  individlaming  chatishtirilishida  gomozigota 

holatdagi  zararli  retsessiv  mutatsiyalar  geterozigota  holatiga  o ‘tib, 

duragay  organizmga  o‘z  ta’sirini  o‘tkazmaydi.  Qishloq  ho‘jaligi  amaliyoti 

tajribasi  shuni  ko‘rsatadiki,  bir  turning  ichidagi  qarindosh  bo'lmagan 

organizmlar  chatishtirilganda  birinchi  avlod  duragaylari  ko‘pincha 

hayotchan  va kasalliklarga  chidamliroq bo‘lib,  yaxshi  mahsuldorlikka  ega 

bo‘lishadi.  Keyingi  avlodlarda ajralish  yuzaga keladi.  Bir tur organizmlari 

orasidagi  qarindoshlik  yo‘qligi  shartli  tushunchadir.  Bu  yerda  autbriding 

tushunchasini  har  xil  populatsiyalarga  mansub  bo‘lgan  organizmlar 

362


chatishishiga  ko‘proq  to‘g‘ri  keladi.  Autbriding  avloddagi  geterozigotalik 

darajasini  va  populatsiyaning  geterogenligini  ko‘paytiradi.  Yuqorida 

qayd  qilinganidek,  tekis  inbred  liniyalar  chatishtirilganda  birinchi  avlod 

duragaylari  ham  odatda  tekis  bir  xil  bo‘ladi.  Bu  esa  G. Mendelning  F, 

duragaylarining  bir  xilligi  qonuniga  muvofiqdir.  Keyingi  ajralish  esa 

geterogenlikni  yuzaga keltiradi.

Autbridingdan  foydalanilganda  kombinativ  o‘zgaruvcnanlik  hisobiga 

belgilarning  yaxshi  uyg‘unlashishi  bilan  bir  qatorda,  salbiy  uyg‘unlashish 

holatlari  ham vujudga  kelishini  doim  inobatga olish kerak.  Shuning uchun 

chatishtirishdan  so‘ng kerakli  formalarni tanlash bo‘yicha seleksiya ishlari 

olib borilishi  zarur.

XIX.3.1.3.  Genetik  uzoq  formalarni  duragaylash

Genetik  uzoq  formalarni  duragaylash  deb  har  xil  tur  va  turkumlar 

(avlodlar)  o'rtasidagi  chatishtirishga  aytiladi.  U  genetik  formalarni 

duragaylashda  ayrim  genlar  kombinatsiyasi,  har  xil  turlaming  xro- 

mosomalari,  ba’zan  butun  bir  genomlar  kombinatsiyasidan  foydalaniladi, 

natijada  ayrim hollarda  duragaylarda  sistematik va biologik jihatdan uzoq 

formalaming xossalarini mujassamlashtirish mumkin bo'ladi.

Genetik  uzoq  formalarni  duragaylash  juda  qiyinchilik  bilan  amalga 

oshiriladi.  Buning  sabablari  turlicha:  ko‘payish  muddatlarining  bir-biriga 

mos kelmasligi, hayvonlarda bir tur individlarining boshqa tur indvidlarida 

jinsiy  refleksni  hosil  qila  olmasligi,  jinsiy  apparat  tuzilishlarining  mos 

kelmasligi,  hayvonlarda  bir  tur  individining  spermasi  ikkinchi  tur 

individining  jinsiy  y o ‘lida  nobud  bo‘lishi,  o ‘simliklarda  chang  nayi  va 

urug‘chi to ‘qimasining mos kelmasligi va boshqalar.



Chatishmaslikni  bartaraf  etish  metodlari.  0 ‘simliklarda  chatish- 

maslikni  bartaraf etish  uchun  I. V. Michurin  bir  qancha  metodlami  ishlab 

chiqdi:  mentor,  oldindan  vegetativ  yaqinlashtirish,  changlar  aralashmasi 

bilan changlash va boshqalar.

0 ‘simlikning  bir  turini  boshqasiga  oldindan  vegetativ  yaqinlashtirish 

metodi  bilan  payvandlash  to‘qimalar  kimyoviy  tarkibini,  shuningdek, 

generativ  organlami  o ‘zgartirish  orqali  turlaming  chatishishiga  imkon 

yaratadi,  chunki  bunda  onalik  o ‘simligining  urug‘chisida  chang  nayining 

o‘sish  ehtimolligi  ortadi.  Masalan,  I. V. Michurin  ryabina  (chetan) 

qalamchasini  katta  yoshdagi  nok  daraxtining  shoxiga  payvand  qilib,

363


gullash  davrida  nok  gulining  changi  bilan  ryabinaning  bichilgan  gullarini 

changlab  va  aksincha  ryabina  changlari  bilan  nok  guli  changlatilgan.  Bu 

metod  yordamida  odatda  chatishmaydigan  turlar  o ‘rtasida  duragaylar 

olishga muvaffaq bo‘lingan.

Michurin  qo‘llagan  metodlardan  yana  biri  vositachi  -   men­

tor  mctodi  bo‘lib,  uni  qo‘llashdan  maqsad  ikki  tur  orasidagi 

chatishmaslikni  uchinchi  bir  tur  yordamida  bartaraf etishdir.  Michurin 

Rossiyaning  o ‘rta  polosalarida  o ‘sa  oladigan  shaftoli  navini  yaratishni 

maqsad  qilib  qo‘ydi.  Buning  uchun  u  shaftolini  sovuqqa  chidamli 

mongol  bodomi  bilan  chatishtirishga  harakat  qildi.  Ammo  bu  harakat 

zoe  ketdi.  Shunda  Michurin  mongol  bodomini  chala  madaniy  David 

shaftolisi  bilan  chatishtirib,  duragay  olishga  muvaffaq  bo‘ldi.  Olingan 

duragay  vositachi  hisoblanadi.  So‘ngra  bu  duragay  shaftoli  bilan 

chatishtirildi.  0 ‘simliklarning  har  xil  tur  va  tur  xillarining  changlar 

aralashmasi  turlarning  chatishishiga  yordam  berishi  mumkin,  chunki 

har  xil  genotipli  chang  naychalarining  o ‘zaro  ta ’sirida  urug‘chida 

ulaming  o'sishiga  qulay  sharoit  yaratilishi  mumkin.

Genetik  uzoq  formalar  duragaylarining  pushtsizligi.  Yadro 

va  sitoplazmaning  mos  kelmasligi  natijasida  gcnerativ  to‘qimalar 

rivojlanishi  jarayonidagi  mitoz  buzilish  hamda  meyozdagi  xromosomalar 

konyugatsiyasining 

buzilishlari 

xromosoma 

to ‘plamlari 

mu- 


vozanatlanmagan  gametalaming paydo  bo‘lishiga  sababchi  bo‘lib,  odatda, 

duragaylardagi  pushtsizlikka  olib  keladi.  Pushtsizlikni  bartaraf qilishning 

metodlaridan  eng  samaradorligi,  ko‘p  qo‘llaniladigani  bu -  amfidiploiddir.

Hayvonlaming  genetik  uzoq  duragaylarida  ko‘p  hollarda  bir  jins 

pushtli bo‘lib, boshqasi bepusht bo‘ladi.  Masalan,  qo‘tosning  (Phoephagus 

grunniens)

  qoramol  bilan  bo‘lgan  duragaylarida  urg‘ochilari  avlod  beradi, 

erkaklari  esa  pushtsiz  bo‘ladi.  Bunda  duragay  urg‘ochilarni  boshlang‘ich 

turlardan  bittasi bilan qayta  chatishtirish mumkin.

Genetik uzoq formalami  duragaylash mikroorganizmlar seleksiyasida 

ham  ishlatiladi.  Masalan,  achitqining  ikki  tur  duragayi  o ‘zida  ikkala 

tur  shakarni  gidroliz  qila  oladigan  fermentini  mujassamlagan.  Shuning 

evaziga  ajratib  olinadigan  spirt  miqdorini  ko‘paytiradi.  Bu  duragay 

shtamm  ko‘p  vaqt  davomida  ajralish  bermasdan  ко‘pay a  berishi 

mumkin.


364

Х1Х.4.  Geterozis

0 ‘simlik  va  hayvonlar  seleksiyasida  duragay  quvvati  yoki  geterozis 

hodisasi  alohida  o‘rin  tutadi.  0 ‘simlik  navlari,  inbred  liniyalari,  hayvon 

zot  va  irqlari  o'zaro  chatishtirilganda birinchi  avlod  (F()  duragaylarida bir 

qator belgi-xususiyatlar bo‘yicha boshlang'ich ota-ona formalaridan yuqori 

ko‘rsatkichlar  namoyon  bo‘ladi.  F,  duragaylarini  o ‘zaro  chatishtirganda 

keyingi  avlodlarda  bu  ustunlik  yo‘qoladi.  Geterozis  tirik  mavjudotlaming 

barcha  turlariga  xos  bo‘lgan  umumbiologik  hodisa.  Amaliyotda  geterozis 

hodisasidan  chorvachilik va parrandachilikda ko‘p  foydalaniladi.  Zotlararo 

va  liniyalararo  chatishtirishlar  oziqa  yetarli  bo‘lgan  hollarda  go‘sht,  sut, 

tuxum  mahsulotlarini ko‘paytirish imkonini beradi.

Geterozis  hodisasini  birinchi  bo‘lib  bundan  200-yil  oldin  I.  K.elreyter 

tamaki  duragayi  misolida  aniqlagan.  Ushbu  hodisa  mexanizmi  va 

evolutsiyasidagi  ahamiyatini  tushuntirishga  birinchi  bo‘lib  Ch.  Darvin 

urinib  ko‘rgan.  Duragay  avlodining  yuqori  bo‘lgan  o‘sish  kuchi  va 

yuqori  hayotchanligini  Ch. Darvin  zigotada  har  xil  sifatli  gametalaming 

birlashganligi  bilan  tushuntiradi.  Ko‘plab  tajribalar  natijasida  Ch.  Darvin 

geterozis  turlar  evolutsiyasidagi  chatishishning  biologik  foydaliligi 

sabablaridan  biri  degan  xulosaga  keladi.  Bu  borada  ko'plab  tadqiqotlar 

o‘tkazilganiga  qaramay,  geterozis  mexanizmining  aniq  nazariyasi  hanuz- 

gacha yo‘q.

Makkajo‘xorining  liniyalararo  duragaylarida  XX  asr  boshlarida 

o‘tkazilgan tajribalarda G.  Shell tomonidan liniyalararo duragaylar prinsipi 

ishlab  chiqilgan.  Buning  yordamida  makkajo‘xorining  hosildor  formalari 

yaratilgan.  Bunday  formalar  yaratish  uchun  quyidagi  bosqichlarda  ishlar 

olib boriladi.

Birinchi  bosqich  -   bu  5-7  yil  davomida  inbred  liniyalami  yaratish. 

Bitta  liniya  o ‘simliklari  deyarli  gomozigota holdagi  o ‘xshash  genotiplarga 

ega  bo‘lib,  ulami  chatishtirganda  genotipi  bir  xil  bo‘lgan  geterozigota 

duragaylar  olinadi.  Ikkinchi  bosqichda  ko‘p  sonli  inbred  liniyalar  o ‘zaro 

chatishtiriladi.  Liniyalararo  birinchi  avlod  duragaylari  geterozis  samarasi 

bo'yicha  baholanadi.  Bunda  eng  yaxshi  kombinatsiyalardagi  liniyalarni 

tanlab,  urug'i  ko'paytiriladi.  Chatishtirganda  yuqori  geterozis  samarasini 

beradigan  bir  juft  liniyalami  topish  uchun  bir  necha  ming  duragay 

kombinatsiyalarini  tekshirish kerak bo‘ladi.

365


Hozirgi  davrda  qishloq  xo'jaligi  amaliyotida  makkajo'xonning 

oddiy  liniyalararo  duragaylari  ishlatilmaydi.  Amaliyotda  kcngroq  juftli 

liniyalararo  duragaylari  urug'idan  foydalaniladi.  Bu  metodni  D. Djons 

taklif  qilgan  va  geterozis  samarasini  namoyon  etadigan  ikkita  oddiy 

duragaylami  chatishtirishdan  iborat.  123-rasmda  SEP  (sitoplazmatik 

erkaklik  pushtsizligi)  dan  foydalanib,  makkajo‘xorida  qo‘sh  liniyalararo 

duragay olishning  sxemasi  keltirilgan.

A  

В

SEP 

H osildorlik 

geni  bilan

Liniyalam i 

chatishtirish

oddiy  duragay- 

lam i  chatish­

tirish

Qo‘sh


duragay

С 

D

SEP 

Hosildorlik 

geni bilan

CxD


H osilli

(AxB)x(CxD)



123-rasm.  SEP (sitoplazm atik  erkaklik  pushtsizligi)  dan foydalanib, 

m akkajo'xorida  qo ‘sh  duragay  olish sxemasi.



366

SEP  ga  ega  b o ‘lgan  A  liniya  hosildorlik  geniga  ega  b o ‘lgan 

В  liniyasi  bilan  chatishtirilib  olingan  F,  duragaylar  SEP  ga  ega 

bo‘ladi.  SEP  ga  ega  bo‘lgan  boshqa  С  liniyasi  hujayra  yadrosida  er­

kaklik  hosildorlikni  tiklovchi  genga  ega  bo‘lgan  D  liniyasi  bilan 

chatishtiriladi.  Olingan  F,  duragaylar  bu  gen  tufayli  erkaklik  hosil- 

dorlikka  ega  bo‘ladilar.  Ikkita  oddiy  duragaylarni 



( A  * В )  



(C 

x D) 

o ‘zaro  chatishtirib  olingan  qo‘sh  liniyalararo  duragaylar  yaqqol  ifoda- 



langan  geterozisga  ega b o ‘lgan.

Bunda  eng  yuqori  samara  har  xil  navlararo  duragaylar  chatishti- 

rilishidan  olingan urug‘larda namoyon bo‘ladi.

Qishloq  xo'jaligi  uchun  geterozisli  duragaylar  seleksiyasi  muhim 

ahamiyatga  ega.  Bu  duragaylarda  hosildorlik  oddiy  navlarga  nisbatan 

odatda  30  va  undan  yuqori  foizga ko‘p  bo‘ladi.  Ayrim hollarda  geterozis 

samarasi  50  foizgacha  yetadi.  Geterozis  hodisasidan  makkajo‘xori, 

j o ‘xori,  kungaboqar,  pomidor,  qovoq,  bodring,  tarvuz,  piyoz,  karam, 

shakar  qamish,  oziq-ovqat  va  chorvachilik  uchun  ishlatiladigan  qand 

lavlagi  va  xashaki  lavlagi  va  boshqa  ekinlar  seleksiyasida  keng 

foydalaniladi.

XIX.5.  Tanlash  metodlari

Seleksiyaning  asosiy  metodlaridan  biri  tanlash  hisoblanadi.  Tanlash 

metodlarining  tizimida  asosan  ikki  turi  ajratiladi:  yalpi  (ommaviy) 

va  yakka  tartibdagi  (individual)  tanlash.  Yalpi  (ommaviy)  tanlash. 

Yalpi  (ommaviy)  tanlash  -   genotipi  tekshiriladigan  tashqi  belgilar 

(fenotip)  bo‘yicha  qarindoshlami  tanlash.  Masalan,  m a’lum  o ‘simlik 

populatsiyasiga  mos  keladigan,  umumiy  belgilari  yaxshi  deb  topilgan 

o ‘simliklar  hosili  jamlab,  terib  olinadi.  Hayvonlarda,  masalan,  leggom 

zotli  tovuqlar  populatsiyasi  ichidan  ommaviy  tanlashda  tuxum  qo‘yishi 

150-200  kunga,  tirik  vazni  1,6 kg,  rangi  oq  tovuqlami  ko‘paytirishga 

qoldiriladi,  Bunda  har  bir  tovuq  va  xo‘rozning  avlodi  yakka  tartibda 

o ‘rganilib,  baholanmaydi,  ya’ni  baholash  fenotip  bo‘yicha  olib  boriladi. 

Fenotip  esa  genotipning  reaksiya  normasi  namoyon  bo‘lib,  tashqi  muhit 

omillarining  o‘zgaruvchanligiga  kuchli  bog‘liq.  Shu  sababdan  genotipni 

baholashda  fenotip  bo‘yicha  tanlash  samarasi  kamroq.  Yalpi  (ommaviy)

367


tanlashning  samaradorligi  belgining  irsiylanish  koeffitsiyentiga  kuchli 

darajada  bog'liq.  Agarda  belgining  irsiylanish  koeffitsiyenti  yuqori 

bo‘lsa,  bu  holda birinchi  avloddanoq tanlash  samarasi  ham yuqori  bo'ladi. 

Ommaviy  tanlash  hayvon 

va 

o'simliklar  populatsiyalarini  yaxshilashning 



davomiy  vositasi  hisoblanadi.  Bu  metod  orqali  mahalliy  seleksiya  navlari 

yaratilgan.



Yakka  tartibdagi  (individual)  tanlash.  Yakka  tartibdagi  tan­

lash  turli  organizmiarning  avlodlari  aralashib  ketadigan  ommaviy 

tanlashdan  farqli  o ‘laroq,  har  bir 

0

‘simlik  yoki  hayvonning  qator 



bo ‘g‘inlari  davomida  avlodlari  baholanadi.  Buning  natijasida  ayrim 

individlarning  irsiy  xususiyatlarini  baholash  mumkin  bo ‘ladi.  Yakka 

tanlash  jarayonida  populatsiya  sun’iy  ravishda  alohida  liniyalarga 

ajratiladi.  Bunda  mahsuldorlikni  baholash  alohida  qarindoshning 

barcha  yoki  bir  qismi  bo'lgan  avlodi  k o ‘rsatkichlari  bo'yicha  olib 

boriladi.  Kerakli  belgi-xususiyatlarga  ega  bo'lgan  qarindoshlar  tan- 

lab  olib,  uning  hosili  ayrim  terib  olinadi.  Qolganlari  yaroqsizga 

chiqariladi.  Bunda  ko'pincha  m a’lum  kerakli  genotiplarni  tanlash  va 

qimmatli  genlar  konsentratsiyasini  ko'paytirib,  avlodida  gomozigota 

qarindoshlar  sonini  oshirishga  imkoniyat  beradigan  inbriding  usulidan 

foydalaniladi.  Yaxshi  ko'rsatkichlarga  ega  bo'lgan  liniyalar  keyingi 

seleksiya  jarayonida  ishlatiladi.  Yakka  tanlash  ikki  usul  bilan  amalga 

oshiriladi.

Avlod  bo‘yicha  tekshirish.  Bunda  tanlangan  organizmdan  olingan 

avlod  alohida  o'rganiladi  va  undagi  kerakli  belgi  xususiyatlaming 

namoyon  bo'lishi  baholanadi.  O 'z-o'zini  changlaydigan  o'simliklar uchun 

bu  qulay  usul.  Chetdan  changlanadigan  o'simliklarda  va  hayvonlarda 

yaqin  qarindoshni  tanlash  olib  boriladi.  Masalan,  ikki  tovuqdan  birinchisi 

ko'proq  tuxum  berib,  lekin  uning  avlodidagi  tovuqlar  ikkinchi  tovuq 

avlodiga  nisbatan  kamroq  tuxum  berishgan.  Bu  yerda,  albatta,  ikkinchi 

ona  tovuq  tanlanadi,  negaki  mahsuldorlik  xususiyatini  avlodiga  o'tkazish 

qobiliyati unda yaxshiroq.

Sib-seleksiya.  Yakka  tanlashning  boshqa  metodi  bo'lmish  sib- 

seleksiyada  tanlash  avlod  bo'yicha  emas,  balki  yaqin  qarindoshlar 

bo'yicha olib  boriladi  (sibling inglizcha «ака-singil» m a’nosini  anglatadi). 

Ushbu  metodnmg  mohiyati  chatislitirishdan  olingan  avlodning  har  oilasi



368

ikkiga  bo‘linib,  bir  bo‘lagi  o'rganiladi.  0 ‘rganilayotgan  belgi  bo‘yicha 

eng  yaxshi  oilaning  ikkinchi  bo'lagi  ko'paytirilib,  bu  jarayon  yana 

qaytariladi.  Ko‘pchilik  chorva  mollarida  bu  metodni  ishlatib  bo‘lmaydi. 

Asosiy  noqulaylik  avlodni  baholash  uchun  uzoq  muddat  zarurligi  va 

oxirida tanlangan  zotli  hayvonning  qarib  qolishidan  iborat.  Hozirgi  kunda 

bu muammo  sun’iy urug‘lash va  sperxnani  uzoq  muddat  saqlash metodlari 

yordamida o‘z yechimini  topmoqda.

Yakka  tanlashning  bu  metodikasi  o‘simliklar  seleksiyasida  ham 

ishlatilib,  u  yarim  bo‘laklash  metodi  deb  yuritiladi.  Masalan,  kungaboqar 

o‘simligining  moy  miqdorini  oshirish  uchun,  uning  savatchalarining 

har  birini  urug‘lari  ikkiga  bo'linib,  bir  bo‘lagidagi  urug‘lari  moylilik 

bo‘yicha  tekshiriladi.  Qaysi  bir  bo‘lakdagi  urug‘laming  moylilik  foizi 

yuqori  bo‘lsa,  shuning  ikkinchi  bo‘lagidagi  urug‘larini  ko‘paytirib,  bu 

jarayon  yana  qaytariladi.  Shu  tarzda  avloddan-avlodga  sib-seleksiya 

asosida  moylilik  bevosita  tekshirilmagan  urug‘lar  tanlanadi.  Natijada, 

kungaboqaming  yuqori  moyli  navlari  yaratiladi.  Sib-seleksiya  metodi 

mikroorganizmlaming  antibiotiklarga  chidamliligini  o‘rganishda  ham 

ishlatiladi.

Yakka  tanlash  seleksiya  j'arayonida  m a’lum  genotiplarni  baholash 

va  yaratishning  eng  to ‘g ‘ri  vositasi  hisoblanadi.  Bunda  nav yoki  zotlar 

uchun  yashaydigan  m a’lum  sharoitlar  yaratiladi.  Shuning  uchun  ham 

bir  zot  yoki  navdan  har  xil  sharoitlarda  bir  xil  mahsuldorlikni  kutish 

mumkin  emas.  Organizm  genotipini  asosan  tanlash,  baholanishiga 

qaramasdan,  uning  ta ’siri  tashqi  m uhit  sharoitlariga  bog‘liqdir. 

Tanlanayotgan 

organizmlarning 

irsiy 

imkoniyatlarini 



maksimal 

ravishda  yuzaga  keltiradigan  sharoitlarda  (genotipning  reaksiya 

normasi)  tanlash  jarayoni  yuqori  samarali  kechadi.  Namgarchilik 

yuqori  b o ‘lgan  sharoitlarda  qurg‘oqchilikka,  issiq  iqlim  zonalarida 

sovuqqa,  kasallik  b o ‘lmagan  sharoitda  shu  kasallikka  chidamlilik 

xususiyatlari  bo‘yicha tanlash  ishlarining  besamarligi  ayondir.

Tashqi 

muhitning 



muvofiq 

sharoitlari 

genotip 

baholanishini 

yengillashtirib,  uni  obyektiv  va  aniq  qiladi.  Imkoniyat  boricha  genotipni 

to‘liq  baholash  maqsadida  tashqi  muhitning  chegaraviy  yoki  eng  optimal 

sharoitlarini  yaratish  maqsadga  muvofiq  bo‘ladi.  Bu  esa  tanlanayotgan 

genotiplarni  aniq belgilanishiga imkoniyat yaratadi.



Каталог: Elektron%20adabiyotlar -> 28%20Биология%20фанлар
28%20Биология%20фанлар -> Himoya qilish
28%20Биология%20фанлар -> Fiziologiyasi
28%20Биология%20фанлар -> Rajamurodov z. T., Rajabov a. I. Odam va hayvonlar fiziologiyasi
28%20Биология%20фанлар -> SH. xushmatov, A. Yesimbetov, G. Begdullaeva radiobiologiya
28%20Биология%20фанлар -> F. R. Xolboyev, D. A. Azimov, E. Sh. Shernazarov z o o g e o g r a f I y a
28%20Биология%20фанлар -> S. A. M avlanova
28%20Биология%20фанлар -> Iqtisod-moliya
28%20Биология%20фанлар -> S. dadayev, Q. Saparov
28%20Биология%20фанлар -> Amaliyotiuchun
28%20Биология%20фанлар -> A n a t o m I y a, s I s t e m a t I k a, g e o b o t a n I k a


Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   41


Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2019
ma'muriyatiga murojaat qiling