Va selekciya


O 'Z B E K IS T O N D A   G E N E T IK A  V A   S E L E K S IY A   F A N  L A R I


Download 12.32 Mb.
Pdf просмотр
bet39/41
Sana15.12.2019
Hajmi12.32 Mb.
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   41

O 'Z B E K IS T O N D A   G E N E T IK A  V A   S E L E K S IY A   F A N  L A R I 

S 0 H A S ID A G 1   IL M IY  T A D Q IQ O T L A R

0 ‘zbekistonda  genetika  fanining  shakllanishi  va  rivojlanishida 

dunyoga  mashhur  olim  akademik  N.  I.  Vavilovning  o ‘simliklar 

genetikasi,  seleksiyasi  va  urug‘chiligi  haqidagi  nazariy  va  metodik 

ilmiy  tadqiqot  ishlarining  natijasi  katta  ahamiyatga  ega  b o ‘ldi. 

Ayniqsa,  uning  madaniy  o ‘simliklarning  kelib  chiqish  markazlari 

haqidagi 

ta’limoti  hamda  N.  I.  Vavilov  va  uning  hamkasblari 

tomonidan  sobiq  ittifoqda  dunyoda  eng  boy  o ‘simliklar  genofondidan 

iborat  madaniy  o ‘simliklar  va  ularning  yovvoyi  ajdodlarining  dunyo 

kolleksiyasimng 

yaratilishi 

0 ‘zbekistonda 

madaniy 


o‘simliklar 

genetikasi  va  seleksiyasida  fundamental  va  amaliy  tadqiqotlarni 

rivojlantirish  uchun  asos  bo‘ldi.

0 ‘zbekistonda genetika fanining aksariyat yo‘nalishlari  bo‘yicha ilmiy 

tadqiqot  ishlarining  hamda  yuqori  malakali  mutaxassislar  tayyorlashning 

samarali  bo‘lishida  0 ‘zbekistonda  ko‘p  yillar  ishlagan  mashhur  olimlar -  

akademiklar  B.  L. Astaurov,  V.  A.  Strunnikov  hamda  rossiyalik  olimlar  -  

akademiklar  N.  P.  Dubinin,  V. A.  Shumniy,  professorlar  -  М.  E. Lobashev 

va D.  V. Ter-Avanesyanlaming xizmati katta bo'ldi.

0 ‘zbekistonda  madaniy  o‘simliklar  dunyo  kolleksiyasini  yaratish  va 

boyitish  sohasidagi  ishlar  -   0 ‘zbekiston  o‘simlikshunoslik,  0 ‘zbekiston 

FA  ning  Genetika  va  o ‘simliklar  eksperimental  biologiyasi,  0 ‘zbekiston 

G ‘o ‘za  seleksiyasi  va  urug‘chiligi  institutlarida  olib  borilmoqda. 

0 ‘zbekistonda  madaniy  o‘simliklar  genofondi  kolleksiyasini  yaratis- 

hda  atoqli  olimlar  N.  I. Vavilov,  D. V. Ter-Avanesyan,  G.  S.  Zaysev, 

F.  M,  Mauer,  N. N.  Konstantinov  va  A. A. Abdullayevlaming  xizmati 

katta bo‘ldi.

Hozirgi  vaqtda  g ‘o ‘za  genofondini  fundamental  tadqiq  qilish  va  uning 

takomillashgan  sistematikasini  yaratish  sohasidagi  ilmiy  ishlar  akademik

381


A.  A. Abdullayev  va  uning  shogirdlari  (S. M.  Rizayeva,  M. A. Axmedov, 

R. D. Dariyev,  R.  Sh.  Shodmonov,  X.  S.  Saydaliyev)  tomonidan  amalga 

oshirilmoqda.  Uning  rahbarligida  qator  mamlakatlarga  uyushtirilgan 

ekspedisiyalar  natijasida  g‘o‘za  genofondi  kolleksiyasi  boyitildi,  sifati 

ko‘tarildi.  Bu  kolleksiyada  yig‘ib  o ‘rganilgan  g‘o‘za  yow oyi  turlari 

50  ga  yaqinlashib  qoldi.  Sunday  kolleksiya  dunyoda  birinchi  o ‘rinni 

egallaydi.  G ‘o‘za  o‘simligining  yow oyi  va  madaniy  turlarining  kelib 

chiqishi,  evolutsiyasi  va  sistematikasi  sohasidagi  fundamental  ilmiy 

tadqiqot  ishlari  natijasida  Gossypium  L.  turkumiga  kiruvchi  g ‘o‘za  tur­

larining morfobiologik,  sitogenetik va  genetik  dalillarga  asoslangan  yangi 

sistematikasi  asoslari yaratildi.

0 ‘zbekiston  G ‘o‘za  seleksiyasi  va  urag‘chiligi  institutidagi  g‘o‘za 

kolleksiyasi  genofondida  12000  dan  ortiq  namuna  va  navlar,  0 ‘zbekiston 

FA  Genetika  va  o ‘simliklar  eksperimental  biologiyasi  institutida 

g ‘o‘zaning  6500  nav  va  namunalari  bor.  0 ‘simlikshunoslik  institutida 

yaratilgan madaniy  o‘simliklaming  dunyo kolleksiyasi tarkibida  80 turdan 

ortiq  ekinlaming  30000  dan  ko‘proq  nav  va  namunalari,  g ‘o‘zaning  5400 

dan  ortiq  namunalari  mavjud. 

Qayd  etilgan  madaniy  o‘simliklaming 

dunyo  kolleksiyasi  genofondi  0 ‘zbekistonda  o‘simliklar  genetikasi, 

seleksiyasi  sohasidagi  olib  borilayotgan  fundamental,  amaliy  va  metodik 

tadqiqotlami  rivojlantirish  uchun  boshlang‘ich  material  sifatida  katta 

ahamiyatga ega.

0 ‘zbekistonda  g ‘o‘za  genetikasi  va  seleksiyasining  barpo  etilishi 

va  rivojlanishi  vatanimiz  atoqli  olimlari  G. S. Zaysev,  S.  S. Kanash, 

A. A. Avtonomov,  L. V.  Rumshevich,  L.  G. Arutyunova,  V.  I.  Kokuyev, 

K. A.  Visoskiy, 

B.  R  Straumal, 

S.  S.  Sodiqov, 

A. D. Dadabayev, 

Sh. I.  Ibragimov,  A. A.  Abdullayev,  D.  A. Musayev,  S. M. Mirahmedov, 

N. N. Nazirov,  A. E.  Egamberdiyev,  O.  J.  Jalilovlaming  nomlari  bilan 

bog‘liq.  Ular g ‘o ‘zada tur ichida,  geografik va genetik uzoq turlar va kenja 

turlami  duragaylash,  eksperimental  mutagenez  metodlarini  qo‘llashning 

nazariy  va  metodik  muammolarini  tadqiq  qilib,  g ‘o‘za  seleksiyasining 

samaradorligini  oshirib,  qator  o ‘rta  va  ingichka  tolali  navlami  yaratdilar. 

Bu  navlami  amaliyotda  qo‘llash  natijasida  sobiq  ittifoqda  ekilayotgan 

navlaming  o ‘miga  yuqori  samarali  navlar  ekib  almashtirishlar  o'tkazildi.

382


Mustaqillik 

davrida  nav 

almashtirish  jarayoni 

samarali 

amalga 

oshirilmoqda.  1922-yildan  boshlab  to  hozirga  qadar  respublikada  6  marta 



nav almashtirish o‘tkazildi.

Har  vaqtning  o ‘ziga  xos  biogeosenoz  xususiyatlari  namoyon 

bo‘lishligi  evaziga  seleksiya  jarayoni  uzluksiz  va  doimiy  xarakterga 

ega.  Irsiyatning  genetik  qonuniyatlariga  asoslanib  seleksioner  yaqin 

kelajakdagi  sharoitlarga  adaptiv  bo‘lgan  navlaming  genmanbalariga  ega 

boMgan  seleksion  materiallarni  hozirdan  zaxirada  yaratishi  lozim.  Bu 

strategik  muhim  ahamiyatga  ega  bo‘lgan  yo‘nalishda  mavjud  bo‘lgan 

boy  genofonddan  foydalangan  holda  ilmiy-amaliy  tadqiqotlar  G ‘o ‘za 

seleksiyasi  va  urug‘chiligi  institutida  A.  B.  Amanturdiyev  rahbarligida 

keng  miqyosda  olib  borilmoqda  va  bugungi  kunda  ushbu  institutda 

yaratilgan  navlar  Respublikamiz  paxta  maydonining  katta  qismini 

egallab  turibdi.

0 ‘simliklar  genetikasi  sohasidagi  dunyo  adabiyoti  dalillariga  binoan 

ilmiy  asoslangan  genetik  tadqiqotlaming  samaradorligi  genetik  tahlil 

uchun  olinadigan  biologik  obyektning  irsiy  tozaligiga  bog‘liq.  Ma’lumki, 

g V z a   o‘simligi  to‘liq  o‘z-o‘zidan  changlanuvchi  o‘simlik  bo‘lmasdan, 

m a’lum  darajada  chetdan  changlanishga  ham  moyil.  Shuning  uchun  bu 

o‘simlikning  navlari  va  namunalari  ma’lum  darajada  geterozigotali  va 

geterogen  bo‘ladi.  Shu  tufayli  ham  akademik  N.  I. Vavilovning  fikriga 

ko‘ra,  g‘o‘za  genetikasi  bo‘yicha  ilmiy  tadqiqotlar  qilish  uchun  dastavval 

uning  gomozigotali  belgilariga  ega bo‘lgan  genetik  kolleksiyasini  yaratish 

zarur.  Bu  sohadagi ilmiy tadqiqot ishlari  0 ‘zbekiston Milliy universitetida 

keyingi  50  yil  davomida  D.  A.  Musayev  va  uning  shogirdlari  va 

xodimlari  (M. F. Abzalov,  A.  S. Almatov,  S. A. Zakirov,  Sh, Turabekov, 

S.  T.  Musayeva, 

G. N. Fatxullayeva, 

H. Xolmatov 

va 


boshqalar) 

tomonidan olib borildi va borilmoqda.

0 ‘zbekistonda  ko‘p  yillik  amalga  oshirilgan  fundamental  genetik 

tadqiqotlar  natijasida  g V z a n in g   tola  hosildorligining  irsiylanishini 

belgilovchi  genlar  kashf  etildi  va  ulam ing  funksiyasi  aniqlandi. 

Olingan  dalillarga  asoslanib,  tola  hosildorligi  (tola  chiqishi)  ning 

genetik determinatsiyasi  haqida yangi  nazariya yaratildi.  Bu nazariyaga 

binoan  tola  hosildorligini  rivojlantirishda  allel  b o ‘lmagan  ko‘p  genlar



383

ishtirok  etib,  ularning  faoliyatida  bir  vaqtning  o ‘zida  polimeriya, 

komplementariya, 

dominant  va 

retsessiv 

epistaz, 

pleyotropiya 

tipidagi  genlarning  o ‘zaro  ta’siri  tola  hosildorligining  irsiylanishi  va 

rivojlanishini  ta ’min  etadi.  Bu  nazariyaga  asoslanib,  40  yildan  ortiq 

vaqt  ichida  izogen  (gomozigotali)  liniyalar  duragaylari  avlodlarini 

genetik  tahlil  qilish  natijasida  bu  muhim  belgi  b o ‘yicha  har  xil 

gomozigotali  genotipga  va  alternativ  fenotipga  ega  b o ‘lgan,  dunyoda 

tengi  yo‘q  izogen  liniyalar  kolleksiyasi  yaratildi.  Bu  mutant  va  izogen 

genkolleksiya  liniyalari  duragay  avlodlarida  ko‘p  yillik  tanlash  va 

baholash  sohasidagi  tadqiqotlar  natijasida  seleksiya  uchun  katta 

ahamiyatga  ega  bo ‘lgan  tola  chiqishi  40-42%,  chigiti  yirik  (1000  ta 

chigit  og‘irligi  150  g),  ko‘sagi  yirik  (bir  dona  ko‘sakdagi  paxta  xom 

ashyosi  8-9  gr)  b o ‘lgan  liniyalar  yaratildi.

Professor  A.  T.  G ‘ofurov  g‘o‘za  o'simligining  madaniy  turlari  G.hi- 



rsutum  L.  va  G.barbadense  L.

  navlari  duragaylarini  genetik  tahlil 

qilish  sohasida  hamda  shogirdi  S. Fayzullayev  bilan  g‘o ‘za  genetik 

kolleksiyasining  turli variantlarda genetik nishonlangan izogen liniyalarida 

o‘simliklar  evolutsiyasining  genetik  asoslarini  tadqiq  qilish  sohasida 

noyob ilmiy tadqiqot ishlarini  amalga oshirdi.

0 ‘simliklar  biologiyasi,  genetikasi,  seleksiyasi,  urug‘chiligi 

sohasidagi  ilmiy  tadqiqotlarni  jadallashtirish  hamda  yangi  navlar 

yaratish  muddatini  qisqartirishdek  o ‘ta  dolzarb  m asala  sohasidagi 

tadqiqotlar  0 ‘zbekiston  G ‘o‘za  seleksiyasi  va  urug'chiligi  ilmiy 

tadqiqot  institutida  professor  Y.  Ikromov  va  uning  shogirdlari 

(S.  Berdiyev,  S.  Usmonov,  A.  Saidkarimov)  tom onidan  samarali 

amalga  oshirildi.  Institutning  butun  yil  davomida  tajriba  qo‘yish 

im keniyatiga  ega  b o ‘lgan  noyob  «Fitotron»  seleksion-issiqxona 

kom pleksida  olib  borilgan  ko‘p  yillik  tajribalar  natijasida  bir  yilda 

g ‘o ‘zaning  uch  avlod  genetik  materiallari  olinib,  uning  seleksiya 

jihatidan,  x o ‘jalik da  ahamiyatli  va  kasalliklarga  chidam lilik  belgilari 

b o ‘yicha  tahlil  qilish  va  baholashning  ekspress  (tezkor)  metodlari 

yaratildi.  Bu  sohadagi  tadqiqotlar  natijasiga  asoslangan  seleksiya 

jarayonini  jadallashtirishga  qaratilgan  metodik  qo ‘llanm alar  yaratildi 

va  am aliyotga  tavsiya  etildi.

384


G‘o‘za  o ‘simligi  genetikasining  dolzarb  muammolari  qatoriga 

g‘o ‘zaning  introgressiv  liniyalarini  yaratish  va  ulardan  g ‘o ‘zaning 

yangi  genotipida  geografik  uzoq  yarim  yovvoyi  va  yovvoyi  turlarining 

adaptiv  belgilarining  genlarini  mujassamlashtirgan  navlar  yaratishning 

metodik  asoslarini  ishlab  chiqish  ham  kiradi.  Bu  boradagi  ilmiy  tadqiqot 

ishlar  G V z a   seleksiyasi  va  urug‘chiligi  institutida  A. E. Egamberdiyev 

rahbarligida,  0 ‘zMU  Genetika  va  sitoembriologiya  kafedrasi  va 

Genetika  va  0 ‘EB  institutining  hamkorligida  tashkil  etilgan  «Genetik 

o ‘quv-ilmiy  markaz»da  D. A. Musayev  rahbarligida  A. T.  Saidkarimov,

H. A. Ahmedov va ulaming  hamkasblari  tomonidan  olib borilmoqda.

G V z a   genetikasi  va  seleksiyasida  eng  dolzarb  masalalar  qatoriga 

vatanimizda  ekilayotgan  G.hirsutum  L.  turiga  mansub  o ‘rta  tolali  navlar 

fondini  yangi,  tola  sifati  ayrim  belgilari  bo‘yicha  ingichka  tolali  navlar 

darajasiga  ko‘tarilgan  serhosil,  kasallik  va  zararkunandalarga  chidamli 

istiqbolli  navlar  yaratish  muammosini  yechish  masalasi  ham  kiradi.  Bu 

sohadagi  fundamental  ilmiy  tadqiqot  ishlari  Genetika  va  0 ‘EB  instituti, 

G V z a   seleksiyasi  va  urug‘chiligi,  Paxtachilik  institutlarida  hamda 

0 ‘zbekiston  Milliy  universitetida  olib  borilmoqda.  Bu  sohada  amalga 

oshirilayotgan  tadqiqotlaming  dastlabki  natijalari  g V z a   genetikasining 

bu  o ‘ta  murakkab  muammosini  hal  etishda  ham  gV zaning  introgressiv 

liniyalar  kolleksiyasidan  foydalanish  hal  qiluvchi  ahamiyatga  ega 

ekanligini  ko‘rsatdi.

Xo‘jalikka ahamiyatli bo‘lgan g V z a  miqdoriy belgilaming genetikasini 

variatsion-statistik  metodlami  qo‘llash  yo‘li  bilan  N. G.  Simongulyan  va 

boshqalar o ‘rgangan.

G V zaning  sitogenetikasi  va  sitoembriologiyasi  sohasida  fundamental 

tadqiqotlar  taniqli  olimlar  L. G. Arutunova,  Z. M. Pashenko,  V. A.  Rumi, 

N. A.  Vlasova  va  M. F.  Sanamyanlar  tomonidan  olib  borildi  va  olib 

borilmoqda.

G V z a  o‘simligining  biokimyoviy  genetikasi  sohasida  akademik 

A. P. Ibragimov,  professorlar  A. A. Axunov,  Sh. Yunusxanov,  R. K. Shod- 

monovlar e’tiborga sazovor ilmiy tadqiqot ishlarini amalga oshirdilar.

G V z a   o ‘simligi  vilt  kasalligining  fiziologiyasi  va  genetikasi 

sohasidagi  tadqiqot  ishlarini  akademik  S.  M.  Mirahmedov,  professor



385

М.  X.  Avazxodjayev,  F.  V.  Voytenok  samarali  olib  bordilar.  Ayniqsa, 

S.  M.  Mirahmedovning  bu 

sohadagi 

ishlari  natijasida  yaratgan 

Toshkent-1, 

Toshkent-3, 

Toshkent-6 

navlari 


0 ‘zbekistondagina 

emas,  balki  0 ‘rta  Osiyo  g ‘o ‘za  ekuvchi  respublikalarida  ham  katta 

muvaffaqiyat  qozondi.

G ‘o ‘zaning yangi navlarini yaratishning samarasini oshirish maqsadida 

yetakchi 

olimlar 


-  

Sh.  I. Ibragimov, 

N. N. Nazirov, 

O. J.  Jalilov,

A. E. Egamberdiyev,  M.  Q. G ‘ulomov  va  boshqalar  eksperimental  mu- 

tagenezni  samarali  qo‘llab,  g ‘o ‘zaning  yangi  istiqbolli  navlarini  yarat- 

dilar.

Prezidentimizning  tashabbusi  bilan  don  mahsulotlari  bo‘yicha 



ham  mustaqil  iqtisodiy  siyosat  olib  borish  uchun  mamlakatimizda 

bug‘doy,  sholi,  makkajo‘xori  va  boshqa  donli  ekinlar  ekish  maydonini 

kengaytirish  va  ulaming  yangi  yuqori  sifatli  mahsulot  beruvchi 

navlarini  yaratish  va  amaliyotga  tatbiq  etish  bo‘yicha  qator  tadbirlar 

amalga  oshirildi.  Masalan,  bug‘doy  o‘simligining  yangi  navlarini 

yaratish  sohasida  genetik-seleksion  va  urug‘chilik  bo‘yicha  ilmiy 

institutlar,  laboratoriyalar  tashkil  etildi.  Bug‘doyning  yangi  navlarini 

yaratishda  J. Xudoyqulov,  S.  Boboyev,  A.  Omonov,  A.  I.  Kovalyev  va 

boshqalaming xizmati  katta  bo‘ldi.

Sholi  biologiyasi,  genetikasi  va  seleksiyasi  bo‘yicha  P. A. Pulina, 

S. Rixsiyeva,  T.  Boboniyozov,  U. Abillayev,  Т.  E.  Is’hoqovlar  samarali 

xizmat  qildilar.  Makkajo‘xori  biologiyasi,  genetikasi  va  seleksiyasi 

sohasida  I. Massino  rahbarligidagi  olimlar  samarali  xizmat  qilmoqdalar. 

Keyingi yillarda M. F. Abzalov shogirdlari bilan soya o ‘simligi biologiyasi 

va  genetikasi  bo‘yicha  fundamental  tadqiqotlami  bajarib  kelmoqda, 

soyaning  genetik  kolleksiyasi  yaratila  boshlandi,  oqsil,  yog‘,  vitaminlarga 

boy bo‘lgan «Genetik» navi yaratildi.

0 ‘zbekistonlik  olimlaming,  ayniqsa,  meva  va  tok  o‘simliklari 

biologiyasi,  genetika  va  seleksiyasi  sohasida  akademik  M. Mirzayev, 

professorlar  P. K.  Soldatov,  M.  S.  Juravel,  A. A. Ribakov,  S.  S. Kalmikov 

va  boshqalaming  xizmati  katta.  0 ‘zbekistonda  limon-sitms  o‘simligining 

yangi  navlarini  yaratishda  Z. Faxrutdinovning  xizmatlari  tasannoga 

sazovor.  Sabzavot,  poliz  ekinlari  va  kartoshka  biologiyasi,  genetikasi

386


va  seleksiyasi  sohasida  atoqli  olimlar  D. Abdukarimov,  A.  S.  Shukina, 

М. I. Kulakova,  A.  S.  Hakimovlar  samarali  xizmat  qildilar.  Bu  o‘sim- 

liklaming yangi  navlari yaratildi.

0 ‘zbekistonda  xonakilashtirilgan  hayvonlarning  genetikasi  va 

seleksiyasi  sohasida  ham  e ’tiborga  sazovor  ishlar  qilinmoqda. 

Ayniqsa,  ipak  qurti  genetikasi  va  seleksiyasi  b o ‘yicha  fundamental 

ilmiy  tadqiqot  ishlari  olib  borildi,  tut  ipak  qurtida  jinsni  boshqarish 

metodlari  yaratildi,  natijada  ipak  qurtining  yuqori  sifatli  tola 

beruvchi  serhosil  zotlari  yaratilib,  am aliyotga  samarali  qo‘llanildi. 

Dunyo  olimlari  tan  olgan  bu  genetik  tadqiqotlarni  akademiklar

B.  L.  Astaurov, 

V.  A.  Strunnikov, 

U.  N asrillayev 

va 


ularning 

shogirdlari  S.  S.  Lejenko,  X.  Rasulov,  A.  Yoqubov,  R.  Qurbonovlar 

tomonidan  amalga  oshirildi.

Qoramolchilik  sohasidagi  genetik,  seleksion  tadqiqotlar  chorvachilik 

institutida  olib  borilmoqda.  Ilmiy  tadqiqotlar  natijasida  qoramollar  -  

sigirlaming  go‘sht va sutga ixtisoslashgan,  mahalliy  sharoitga moslashgan 

zotlari  yaratildi  va  amaliyotga  samarali  qo‘llanildi  (М. M.  Bushuyev, 

A. I. Reshetov,  Sh. A. Akmalxonov, M. Ashirov, N. O. Mavlonov, U. N. No- 

sirov).

Qorako‘l  qo‘ylarining  genetikasi  va  seleksiyasi  sohasidagi  tadqiqotlar 



0 ‘zbekiston  qorakoMchilik  va  cho‘l  ekologiyasi  ilmiy  tadqiqot  institutida 

olib  boriladi.  Qorako‘l  qo‘ylarining  har  xil  rangli  mo‘ynali  terilari jahon 

bozorlarida  xaridorgir  bo‘lib,  katta  iqtisodiy  samara  keltiradi.  Qorako‘l 

qo‘ylarining  yuqori  sifatli,  noyob  rangli  mo‘ynali  teri  beradigan  zotlari 

yaratildi 

(mualliflari: 

A. M.  Lisov, 

I. N.  Dyachkov, 

A. A.  Rahimov, 

R. G. Valiyev,  I. B. Ataqurbanov,  U. Oripov  va  boshqalar.)  Go‘shtdor- 

serjun  qo‘y  zotlarini  yaratib,  ulami  amaliyotga  tatbiq  etish  borasida 

ham  ilmiy  tadqiqot  ishlari  olib  borilmoqda.  Bu  sohadagi  genetik- 

seleksion  tadqiqotlar  R F.Kiyatkin,  I. A. Tapilskiy,  F. M. Mamadaliyev, 

A. A. Yo‘ldoshev, Y.  Qurbonovlar tomonidan bajarilgan.

0 ‘zbekistonda  parrandachilik  genetikasi  va  seleksiyasi  sohasi­

dagi  tadqiqotlar  tovuq  parrandasi  misolida  S.  G. Azimov,  X. K. Alimov, 

D.  S. Azimovlar  tomonidan  samarali  olib  borildi.  Natijada  tovuqning 

yuqori  mahsuldor  tuxum-go‘sht  berishga  ixtisoslashgan,  kasalliklarga



387

chidamli,  vatanimiz  sharoitiga  moslashgan  tovuq  zotlari  va  duragaylari 

yaratilib,  amaliyotga  samarali  qo‘llanildi.

Molekular  genetika  fanining  barpo  bo'lish  va  shakllanishida,  uning 

genetik  tadqiqotlarida  biokimyo,  biofizika,  matematika,  kibernetika, 

ayniqsa,  umumiy  genetika  va  molekular  biologiya  fanlarining  ilmiy 

va  amaliy  yutuqlari  va  metodlaridan  foydalanish  katta  ahamiyatga 

ega  bo‘ldi.  0 ‘zbekistonda  molekular  genetika  fanining  taraqqiyotiga 

akademiklar  Y.  X.  To‘raqulov  J.  H.  Hamidov,  В.  O. Toshmuhamedov 

va  ular  shogirdlarining  molekular  biologiya,  hujayra  biologiyasi, 

biofizika  sohasidagi  tadqiqotlar  natijasi  katta  ahamiyatga  ega  bo‘ldi. 

0 ‘zbekistonda  molekular  genetika  va  gen-hujayra  injeneriyasi  sohasida 

Genetika  va  o‘simliklar  eksperimental  biologiyasi  institutida  akademik

A.  A.  Abdukarimov  rahbarligidagi  ilmiy  tadqiqotlar  natijalari  katta 

ahamiyatga  sazovordir.

Jumladan,  biologiya  fanlari  doktori  I.  Abdurahmonov  rahbarligida 

g‘o‘za  o ‘simligining  tola  hosildorligi, 

sifati, 

tezpisharligi, 

vilt 

kasaliga  chidamliligi  kabi  o ‘ta  muhim,  belgi  va  xususiyatlari  genetik 



boshqarilishining  molekular  asoslari  tadqiq  qilinmoqda.  Genomika 

yo‘nalishini  rivojlantirishda  «Genom  texnologiyalar  markazi»  tashkil 

etilib,  u  yerda  zamonaviy  saviyadagi  samarali  tadqiqotlar  olib 

borilmoqda.

S.Jatayev  va  G ‘.  Muxamedxonovalar  tomonidan  g ‘o ‘za  va  bug‘doy 

navlariga  gerbitsidga  chidamlilik  geni  kiritilib,  ushbu  muhim  belgiga  ega 

bo‘lgan transgen  g‘o‘za,  transgen bug‘doy  formalari  yaratildi.

Xonakilashtirilgan  hayvonlarda  transgen  formalar  olish  muammosi 

dastavval  akademik  J. X.  Hamidov  shogirdlari  (K. Nishonboyev)  bilan 

hamkorlikda  hal  qilindi.  Ular  quyon  zoti  zigotasiga  o ‘stiruvchi  gormon 

geni  kiritilib,  mahsuldor transgen quyon  formasini yaratdilar.

Professor  О. T.  Odilovaning  molekular  genetik  tadqiqotlari  natijasi 

0 ‘zbekistonda  ekologik  vaziyatni  sog‘lomlashtirishning  samarali  metod- 

larini  yaratishdagi  ahamiyati  yuksakdir.  О. T.  Odilova  tuproqda  va 

yerosti  suvlarida  to‘planib  qolgan  zaharli  va  mutagen  pestitsid  kimyoviy 

moddalaming  qoldiqlarini  parchalab  zararsizlantiruvchi  Pseudomonas 

bakteriyasining  maxsus  genlarini  gen  injeneriyasi  yo‘li  bilan  ajratib

388


olib,  g ‘o‘za  ildizlari  rizoidlari  bakteriyalariga  ko‘chirib  o ‘tkazdi.  Bu 

tajribadan  kutilgan  maqsad  g‘o‘za  ekiladigan  maydonlarda  g‘o ‘zaga 

o‘nlab  yillar  davomida  sepilgan  gerbitsid  va  pestitsidlaming  qoldig‘ini 

zararsizlantirishdir.

0 ‘zbekistonda 

tibbiyot 

sohasidagi 

molekular 

genetik, 

gen 


injeneriyasi, 

biotexnologiyasi 

sohasidagi 

tadqiqotlar 

Tibbiyot 

institutlari  laboratoriyalari  olimlari  bilan  hamkorlikda  olib  borilmoqda. 

Professor 

Sh.  S.  Azimova 

shogirdlari 

bilan 


hamkorlikda 

ipak 


qurtida  olib  borilgan  fundamental  molekular  genetik  va  hujayra  gen 

injenereyasi  sohasidagi  noyob  tadqiqotlari  natijasida  xalqimizda  «sariq 

kasallik»  deb  nomlangan  jigar  uchun  o 'ta  xavfli  bo‘lgan  gepatit  V 

kasalligini  diagnostika  qilish  va  davolash,  kasallikning  oldini  olish 

uchun  zarur  bo‘lgan  vaksina  yaratish,  uni  tibbiyotda  bu  xastalikni 

davolash uchun  amaliy  qo‘llanilmoqda.

Professor  R.  S.  Muhamedov,  yetakchi  ilmiy  xodim  B. Irisboyevlar 

rahbarlik 

qilayotgan 

ilmiy  guruh 

RCR  texnologiyasini 

qo‘llab, 

o‘nlab  xavfli  yuqumli  va  irsiy  kasalliklaming  gen  injenerlik  tashxisi 

biotexnologiyasini  keng  tatbiq  qildilar.  Chunonchi  jigarda  rak  xastaligini 

chaqiruvchi  NCB  virusining  (gepatit  С  virusining)  olti  xil  genotipini 

mahalliy  bemorlardan  PCR  texnologiya  asosida  ajratib  olinib,  ilk  bor 

tasniflandi  va  ulardan  faqat  ayrim  tiplarigina  organizm  uchun  xavfli 

ekanligi  ko‘rsatib berildi. ‘

R.  S.  Muxamedov 

va 


A.  Ikromovlar  Adliya  vazirligi 

sudmed 


ekspertizasi  Instituti  «Geninmar»  markazi  bilan  hamkorlikda  gen 

daktiloskopiya  (gen  daktiloskopiya  -   genning  DNK  izchilligi  va  genlar 

spektriga binoan  noma’lum  shaxsni  aniqlash)  usulini tatbiq etdilar va yana 

ham takomillashtirdilar.

B. 

Irisboyev,  G.  H am idullayevalar  respublika  kardiom arkazi 



bilan  ham korlikda  yurakni  k o ‘chirib  o ‘tkazish  uchun  absolut  k o ‘r- 

satkich  hisoblangan  dilatatsion  kardiom iopatiya  kasalligini  cha­

qiruvchi 

m utatsiya 

distrofin 

genining 

to ‘qqizinchi 

ekzonida 

(ekzogenning  oqsil  sintez  qilishida  ishtirok  etuvchi  nukleotidlar 

izchilligi)  joylashganligi  aniqlandi  va  bu  xastalikning  irsiylanish 

qonuniyatlari  o ‘rganilmoqda.

389


Bioorganik  kimyo  institutida  professor  A.  A.  Axunov  rahbarligida 

biokimyoviy  genetika  sohasidagi  tadqiqotlar  yuqori  saviyada  amalga 

oshirilmoqda.  Ular  g ‘o ‘za  tolasi  hosildorligini  ta ’min  etuvchi  genlar 

faoliyati  natijasida  sintezlanuvchi  oqsillarni  ajratib  olib,  ularning 

molekular  tuzilmasini  aniqlashdi.  Masalan,  g ‘o ‘za  tolasining  chiqishi 

va  chigit  tuklanishini  boshqaruvchi  muhim  genlardan  biri  bo‘lgan 

gen-ingibitorning  (I)  oqsili  ajratib  olindi  va  uni  «ingibitor-oqsil»  deb 

atashdi.


Mikroorganizmlar 

biologiyasi, 

biokimyosi, 

genetikasi 

va 

seleksiyasi 



sohasidagi  ko‘p  yillik  ilmiy  tadqiqotlar  natijasida 

akademik  A.  A.  Muzaffarov  rahbarligida  suv  o ‘tlarining,  akademik 

М.  E.  Mavloniy 

rahbarligida 

mikroblaming 

boy 


kolleksiyasi 

yaratildi. 

Akademik 

A.  G.  Xolmuradov 

va 

uning 


hamkasblari 

A.  S.  Rasulyev,  P.  Y.  Yusupov,  J.  Jumaniyozov,  D.  K.  Ogay  tomonidan 

mikroorganizmlar,  viruslar  genetikasining  b a’zi  muhim  muammolari 

tadqiq  qilinib,  ularda  gen  injeneriyasi  metodlarini  qo‘llab,  oziq-ovqat 

sanoati,  farmakologiya  uchun  zarur  b o ‘lgan  oqsillar,  fermentlar, 

vitaminlar;  qishloq  xo‘jaligi  uchun  zarur  biologik  o ‘g ‘itlar  sintez 

qilish,  shifobaxsh  sut  mahsulotlarini  tayyorlash  biotexnologiyasi 

yaratildi. 

Taniqli 

olimlar 


E.  T.  Dikasova, 

М.  I.  Isamuxamedov, 

A.  X.  Vahobovlar  qishloq  xo‘jalik  o ‘simliklarida  bakteriya,  virus 

va 


zamburug1 

qo‘zg‘atadigan 

kasalliklarga 

qarshi 


kurashning 

mikrobiologik  metodlarini  ishlab  chiqdilar.

Tibbiyot 

genetikasining 

dolzarb 

muammolarini 

tadqiq 

qilishda, 



odamlardagi yuqumli va irsiy kasalliklaming kelib chiqish sabablarini aniqlash

ularning  profilaktikasi,  diagnostikasi  va  davolash  metodlarini  yaratish, 

amaliyotda  qoilash  sohasiga  Vatanimizning  mashhur  olimlari  A. T. Oqilov, 

Yo. H. To‘raqulov,  J. H. Hamidov,  N. M. Majidov,  M. S. Abdullaxo‘jayeva, 

R. M. Ro‘zibakiyev,  T. U. Oripova,  E. M. Musaboyevlar  va  ularning  shogird- 

lari katta hissa qo‘shdilar.

Akademik  M.  S. Abdullaxo‘jayeva  0 ‘zbekistonda  tibbiyot  sohasidagi 

yangi yo‘nalish -  transplantatsion immunopatologiyaga asos  soldi.

Genetika,  seleksiya,  molekular genetika va gen injeneriyasi  fanlarining 

oldida  turgan  kelgusida  bajarilishi  kerak  bo‘lgan  mikroorganizmlar, 



390

o‘simliklar,  hayvonlar  genetikasi  va  seleksiyasini  yanada  mukammal 

tadqiq qilish;  odam belgi va xususiyatlarining normal va patologik holatda 

irsiylanishi va kelgusi  avlodlarda rivojlanish genetikasi va uning molekular 

asoslarining  kashf etilishi, jadallanishi kerak.  Ayniqsa,  tibbiyot genetikasi, 

hayvonlar,  o‘simliklar va mikroorganizmlar genetikasi, ulaming  sermahsul 

zotlari,  navlari,  shtammlarini  yaratish;  ularda  hayot  uchun  zarur  bo'lgan 

va  xo‘jalikda  ahamiyatli  belgilaming  molekular  genetikasini  tadqiq 

qilish  va  ularda  hujayra  va  gen  injeneriyasi  metodlarini  samarali  qo‘llash 

sohasida yanada qator dolzarb vazifalar turibdi.

391


F O Y D A L A N IL G A N   A D A B IY O T L A R

1.  Айала  Ф.  Введение  в  популяционную  и  эволюционную  генетику. 

Пер.  с  англ.  -  М.:  «Мир»,  1984.  232 с.

2.  Айала  Ф.,  Кайгер Дж.  Современная  генетика  в  3-х  т.  Т. 1.  Пер.  с 

англ.  М.:  «Мир»,  1987.  295  с.  Т.2  Пер.  с  англ.  -  М.:  «Мир»,  1988. 

368 с.


3.  Азерников  В.  Тайнопись  жизни.  -   М.:  «Советская  Россия»,  1973. 

176 с.


4. 

Актуальные  вопросы  современной  генетики.  -   М.:  Изд.  Москов­

ского университета,  1966.  602  с.

5.  Альтшулер  В.Е.,  Поляков  А.Н.  Основы  генетики.  -   М.:  1969. 

216 с.

6.  Атабекова А.И.,  Устинова Е.И.  Цитология  растений.  -  М.:  1971. 



256 с.

7.  Биология.  Под  ред.  Ярыгина  В.Н.  В  2  книгах.  -   М.:  «Высшая 

школа»,  1999.

8. 


Биологический энциклопедический  словарь.  -  М.:  «Советская эн­

циклопедия».  1986.  831  с.

9. 

Богданов  А.А.,  Медников  Б.М.

  Власть  над  геном.  -   М.:  «Просве­

щение»,  1989.  208 с.

10.  Боген Г.  Современная  биология.  Пер.  с немец.  -  М.:  «Мир»,  1970. 

416 с.

11.  Боринская  С.А.,  Янковский  Н.К.  Люди  и  их  гены:  нити  судьбы. 



Фрязино  (Моск.обл.),  ООО  «Век 2»,  2006.  64 с.

12.  Бочков Н.П.,  Захаров А. Ф.,  Иванов В.И.  Медицинская  генетика.  -  

М.:  «Медицина»,  1984.

13.  Бочков Н.П.,  Чеботарев А.Н.  Наследственность  человека  и  мута­

гены внешней  среды.  -  М.:  1989.

14.  Вавилов  Н.И.  Происхождение  и  география  культурных  расте­

ний. -  Л.:  «Наука»,  1987.  440 с.


15.  Вавилов  Н.И.  Теоретические  основы  селекции.  -   М.:  «Наука», 

1987.  511  с.

16.  Винчестер  А.  Основы  современной  биологии.  Пер.  с  англ.  -  М.: 

«Мир»,  1967.  328 с.

17.  Генетика  и  наследственность.  Сб.  статей.  Пер.  с  франц.  -   М. 

«Мир»,  1987.  300 с.

18.  Гершензон  С.М.  Основы  современной  генетики.  Киев.  «Наукова 

думка»,  1983.  560  с.

19.  Грин Н,  Стаут  У.,  Тейлор Д.  Биология:  В  3-х т.  Пер.  с  англ.  Т.2.  -  

М.  «Мир»,  1990.  325  с.  Т.З.  -  М.:  «Мир»,  1990.  376 с.

20.  Гуляев Г.В.  Генетика.  -  М.:  «Колос»,  1977.  360 с.

21.  Достижения  отечественной  селекции.  -  М.:  «Колос»,  1967.  390 с.

22.  Дубинин Н.П.  Общая  генетика.  -  М.:  «Наука»,  1976.  590 с.

23.  Инге-Вечтомов  С.Г.  Генетика  с  основами  селекции.  -   М.:  «Выс­

шая школа»,  1989.  591  с.

24.  Иорданский  Н.Н.  Эволюция  жизни.  -   М.:  Издательский  центр 

«Академия»,  2001.

25.  История  биологии  (С  древнейших  времен  до  начала  XX  века). 

Под ред.  Микулинского  С.Р.  -  М.:  «Наука»,  1972.  563  с.

26.  Лобашев  М.Е.  Генетика.  Изд-во  Ленинградского  университета. 

1967.  750 с.

27.  Лобашев  М.Е.,  Ватти  К.В.,  Тихомирова  М.М.  Генетика  с  основа­

ми селекции.  -  М.:  «Просвещение»,  1970.  432  с.

28.  Мамонтов  С.Г.,  Захаров  В.Б.  Общая  биология.  -   М.:  «Высшая 

школа»,  1999.

29.  Мельников  Б.М.  Дарвининзм  в  XX  веке.  -   М.:  «Советская  Рос­

сия»,  1975.  223  с.

30.  Мусаев  Д.А.  Генетическая  коллекция  хлопчатника.  -   Т.:  «Фан», 

1979.  164  с.

31.  Мусаев  Д.А.,  Алматов  А.С.,  Турабеков  Ш,  и  др.  Генетический 

анализ  признаков  хлопчатника.  -   Т.:  Национальный  университет 

Узбекистана,  2005.  121  с.

32.  Новиков  Ю.В.  Экология,  окружающая  среда  и  человек.  -   М.: 

«Фаир-пресс»,  2000.

33.  Nishonboyev  K.N.,  Hamroyeva  F.N.,  Eshonqulov  О.Е.  Tibbiyot 

genetikasi.  -  Т.,  «Abu Ali  ibn  Sino»,  2000.  183  b.

393


34.  Отдаленная  гибридизация  и  полиплоидия.  Сб.  статей.,  -   М.:  «На­

ука».  1970.  279 с.

35.  Палъман  В.

 

Улыбка  богини  деметры.  М.:  «Детская  литература», 



1986.  143  с.

36.  Развитие  биологии  в  СССР. -   М.:  «Наука»,  1967.  761  с.

37.  Ригер  Р.,  Михаэлис А.

 

Генетический  и  цитогенетический  словарь. 



Пер.  с  немец.  -   М.:  «Колос»,  1967.  607  с.

38.  Сассон А.

 

Биотехнология  Пер.  с  англ -   М.:  «Мир»,  1987.  411с.



39.  Свенсон  К.,  Уэбстер.

 

Клетка.  Пер.  с  англ.  -   М.:  «Мир»,  1980. 



303  с.

40.


 

Смирнов  В.Г.

 

Цитогенетика.  -  М.:  «Высшая  школа»,  1991.  247  с.



41.  Сэджер  Р.

 

Цитоплазматические  гены  и  органеллы.  -   М.:  «Мир», 



1975.423 с.

42.  Сэджер  Р.,  Райн  Ф.

 

Цитологические  и  химические  основы  на­



следственности.  Пер.  с  англ.  -   М.:  «Мир»,  1964.  463  с.

43.  To'raqulov  Y.X.

 

Molekular biologiya.  -  Т.:  « 0 ‘qituvchi»,  1973.  136 b.



44.  Fayzullayev S.S.,  G'ofurov A.T.,  Matchonov  B.E.

 

Odam  genetikasi  Т.: 



«Ijod dunyosi»,  2003.  176  b.

45.  Фогель  Ф.,  Мотульски  А.

 

Генетика  человека.  В  3-х  томах.  -   М.: 



«Мир»,  1990.

46.  Франк-Каменецкий  М.Д.

 

Самая  главная  молекула.  -  М.:  «Наука», 



1983.  160 с.

47.  Штерн  К.

 

Основы  генетики  человека.  -  М.:  «Медицина»,  1965.



48.  Элиот  Ф.

 

Селекция  растений  и  цитогенетика.  Пер.  с  англ.  -   М.: 



Изд-во  Иностранной литературы.  1961, 447 с.

49.  Яблоков А.В.,  Юсуфов А.Г.

 

Эволюционное учение.  -  М.:  «Высшая 



школа»,  1989.  335  с.

50.  0 ‘zbekiston  milliy  ensiklopediyasi.  I-XII  tomlar.  « 0 ‘zbekiston  milliy 

ensiklopediyasi»  Davlat  ilmiy nashriyoti.  2000-2005  yy.

51.  G'afurov A.T.

 

Darvinizm.  -  Т.:  « 0 ‘qituvchi»,  1992.-352 b.



52.  G ’ofurov A .Т.,  Fayzullayev S.S.  Evolutsion ta’limot.  -  Т.:  «Aloqachi», 

2009,  384 b.

394


ILOVALAR

1-rasm . 

H o 'x a t  navlarini  m onod uragay 

3-rasm . 

G 'o 'z a   tola  rangining

chatishtirganda  gul  rangining 

irsiylan ish i.

irsiylan ish i.

2-rasm. 


N o m ozshom gul  o 'sim lig i  form alarini  m onoduragay

ch atish tirg an d a gul  ran g in in g  irsiylanishi.

395


sariq  tekis 

(ST)


yashil  burishgan 

(YB)


G enotip 

AABB

©

0

ST

' Л   ЛЛ 

^  

BB

ST

О



  AA 

w

'  



Bb

ST

• O  



Aa 

W

 

BB

ST

Л  >N, 



Aa

в ь

ST

Г \ А А



Bb

SB

©   s



ST

O

'   Bb

SB

©   гг



ST

0 Aa


V _ /  

BB

ST

Л



 

Aa 

^   Bb

YT

1



 

Л  aa 

1  

BB

YT

ST



~~N  Aa 

Bb

SB

bb

YT

aa

1  

'  Bb

YB

О   s



5 -rasm . 

N o ‘xat  navlarini  diduragay  chatishtirilgand a d on  rangi 

va   sh ak lin in g  irsiylanish i.

396


р

3  S-0,0,

1  ss  0 , 0 ,

7-rasm . 

G.hirsutum L.

  turiga  m ansub  g ‘u za  o ‘sim lik larid a h o sil  sh oxlari  (sim p o d ia l) 

tiplari  va barg plastin kasi  sh ak lin in g  irsiylan ish i.

SS, Ss 

-  chcklanm agan h osil  shoxlari; 

ss -  

cheklangan  hosil  shoxlari; 

0 , 0 ,  -  

panjasimon 

qirqilgan barg; 

0 ,0, -  



panjasim on bo'lin gan barg; 

-  panjasim on b o ‘linm a barg.

SS 0 , 0 ,  

F ,

ss 


0 ,0 ,

L- 12


S-o,o,

397


0 , 0   RpRp

O .o.R p  rp

2  0 , o |RpRp 

1  0 , 0 1R pR p 



 

1

  o ^ jR p   Rp



2  0 , 0   R pRp 

4  О  о  Rp  rp 

2 о , о ^ р г р

Ь

ф

/ Л  

s ' m

l O ^ r p r p  

2

 

0



,

0

^ ^  



1

  о |о |ф ф

8-rasm . 

G.hirsutum L.  turiga  m ansub g ‘o ‘za 

o 'sim lik la rid a  barg p lastin k asin in g   shakli  va 

o ‘sim lik  ran g in in g  irsiylanishi:

C ^O,  -  panjasim on  qirqilgan barg;  О д  

panjasim on b o 'lin g an  barg;  о д   -  panjasim on 

Т т И Г Я Р  

b o 'lin m a  barg; 

Rp  Rp -  

o 'sim lik   antotsian 

(qizil) rangli; 

Rp  rp -  

o 'sim lik  oraliq rangli; 

rp  rp -  

o 'sim lik  yashil rangli.

*

 

d



S

c

GAM ETA-



LAR

11

IB



se

80

9-rasm. 



M onoduragay  chatishtirishdagi 

irsiylanishning  sitologik asoslari.

398


GAM ETA-

LAR


5

f

I I


I I

10

10



I I

I I


10

10

01



01

00

00



01

01

00



00

o «


о  о

о *


o o

10-rasm .  D iduragay  chatishtirishdagi  irsiylanishning  sitologik  asoslari.

1 l-r a sm . A B O   tizim dagi  qon  gruppalarini  aniqlash  uchun  q o 'lla n ila d ig a n   antigenii 

reaksiyalar. A niq lag ich   sifatida h ar b ir g ruppa q o n in in g  p lazm asi q o ‘llanilgan. 

T ekshirilayotgan q on to m ch isin in g  tah liliy  eritm adagi  aralash m asi natijasid a reaksiya 

kuzatiladi.  M asalan,  I  qon  gruppasidagi  odam ning qoni b arch a qon  grupp alarin in g  qon 

p lazm asi b ilan  ag g lu tin atsiy ag a uchram aydi. A  g ruppali  od am lar qoni  I va  III  gru p p alar 

qon p lazm asi b ilan  ag g lu tin atsiy ag a uchraydi.



13-rasm. 

Q o rak u zan lard a  m o 'y n a  ran g in in g   irsiylanishi:

P -  jig a r rangli  (yovvoyi  tip);  p -  p latin a rangli;  p h -  oq rangli.


gulsim on tojli

no'xatsim on tojli

R R p p

y o n g 'o q s im o n   to jli



R r P p

gam etalar

©  О  О

©

0



о

RRPP


yong'oqsim on

RRPp


yo n g ‘oqsim on

RRPp 


yong'oqsim on

RRpp


gulsim on

RrPP


yong'oqsim on

RrPp


yong'oqsim on

RrPp


yong'oqsim on

Rrpp


gulsim on

RrPP


yong'oqsim on

RrPp


y o ng'oqsim on

rrPP


no'xatsim on

rrPp


no'xatsim on

RrPp


yong'oqsim on

КфР


gulsim on

rrPp


n o'xatsim on

n p p


bargsim on

1 4 -ra sm .  Q en lam in g  k o m p lem en tar ta ’sirida to v u q lard a toj  shaklining  irsiylanishi.



AAbb

г

\

j

oq

AaBb



qizil

aaBB


Г

Л

;



oq

r

oq

7/16



15-rasm .  G en lam in g  kom p lem en tar ta 's irid a  x u sh b o ‘y  n o ‘xat o ‘sim ligida 

gul  ran g in in g  irsiylanishi.

X

AAbb


sharsim on

aaBB


sharsim on

AaBb


gardishsim on

A-bb va aaB- 

sharsim on 

6/16


A-B-

gardishsim on

9/16

uzunchoq


1/16

rasm . 


G en lam in g  k o m p lem en tar t a ’sirida oshqovoq  m evasi  shaklining  irsiylanishi.

jm

ccBB


p

ЧНГ

X

T fl

b o ‘z rang

qora rang

CcBb


Ц

.  


CcBb

F,

1



X

n

qora rang 

m alla rang

19-rasm .  G en lam in g  ep istatik  ta ’sirida otlarda ju n  ran g in in g  irsiylanishi.

qizil 


oq

N/

P  



( j )

x

 



d  &

p ushti 


a ia i

a 2


 

a2

< £ >

A. A. A-A,

F ,


I

-£ ©

A ,a iA 2a2 



©  

©

©

9+

©

qizil


och qizil

o c h q iz il



^ ^ ia. 

^

 



a

2

a



2

pustiti


4 ^ A.a.

^

  A2a2



©

F

och qizil



< ^ АЛ

A 2a2


pushti

dpw

a2a2


pushti

och pushti

a232

2

©



och qizil

pushti


A .a .

pushti


och pushti 

y O   a 'a '



©

pushti


A |a !

A ,a,


och pushti 

a

a2a2



och  pushti 

#

,



a ,

A 2a2


oq

<•£?*,

a ,


a2a2

20-rasm .  G en lam in g  p o lim er ta ’sirida b u g ‘d oy doni  rangining irsiylanishi.

Liniya

Chigit  tuklanishi

Tola

Liniya


Chigit tuklanishi

Tola


Genotip

Feno-


Genotip

Feno-


tip

Genotip


Feno-

tip


Genotip

(•eno-


tip

DAGS


6



i l l   

©



RAGS


4

♦ 4   *4



«*  «7

©



DAGS

1 ' i , S k

t

♦ «.►  ( к л

с.*  STO

©



RAGS

L i l l i ' S



f \>  f Xt  fc

4

iT*  u7


©

DAGS


1

6



(ц р


©



DAGS

»  r„ 


*  

*ЪГГ,Ч

4



♦ it*  ti? )

©



DAGS

'  V  rt,'c

4



tuV 



it»  

©

DAGS



«  rb i , * c

4

♦ u» (u[) 



П*  (

i

T



j

©



DAGS

4

l i !  



liiD

©

DAGS



1  rti

4



u

> (



l

7 )


©



DAGS

i t ., 


Uj  »<

i  


«И

4



©



D AG S

4



....

u » ( f 7 )

©

DGS


4

i t »   < 1 * 0

©



m-MS





U X ,

  *


4

* 4   i 4



i t *   u 7

©

DGS



« V S * *

4

#•



u £   ( л ! )

u *   c < 7 )

©

4



m-MS

'  


ь

гл

к

• 

Ft i   *e



4-

U j   t £



i t *   u 7

©

4



RGS

4



П *  


u 7

©

m-MS



1  f «>  * tj  f c



©

RGS



4



i i !  

t i l  


i« *  

n r


©

m-MS t  ^ . s f c  



т ъ к . ь

/



$ ©


m-MS



4

4



К 4

u 7


©

OS



u j   u l

I I »   u 7

©



m-MS


4



к

 4

w *  



u 7

©



OS



t l 7   U 7

©

4-





© .  

© 2  

© 3  

© 4

28.1-rasm . 

G.hirsutum  L.  tu rig a m ansub  g ‘o ‘za chigitining tola qoplam i  b o 'y ic h a

g en etik  kolleksiyasi:



1 -  tolasiz liniyalar; 2 ~ chigit tuklanishi  genlarining p leyotrop ta ’sirida nazorat 

qilinuvehi  to lag a (A )  eg a liniyalar;  5 -  tolaning  s o f p o lim er g en lari tom onidan 

b osh q arilu v ch i  to lag a (B )  ega  liniyalar; 

4 -  har ikki  genetik  tizim  (A +B )  tom onidan 

b osh q arilu v ch i  to lag a ega  liniyalar.

404


Genotip

0

‘simlik 



rangi  va 

barg shakli

F e n o t i p

Sim po-


diya

tipi


Tola

rangi


G enotip

0

‘simlik 



rangi  va 

barg  shakli

F e n о t i p 

Simpo- 


diya 

tipi


Tola

rangi


! f  

ft I til 

oh  » a » u



тк

rp   0 |  S  Brl*



V

! e & £   t v

Rp  CkS  irl*

* 1

Re  Л   *  » r

l1

:4c

3$

Rg Or  *  Brli 

Rp  O ft 

8

И



i

%

«

i



»

9

$

$

Rp  OjS 


6

»1‘ 


Rp  < * ?

*

q )

Rp  o .S  

8

r 1,


t t

t t t


t t

«

1



9

Ilf


H I

f

I

__

л-Я*-

" e   ? » *  * !±

Rp  Oi  %  0 r1'

•tlr i

ч

 

t i 1



rp  0|S  Br*-1

A

a



ttft

u

i



to

*v

r



V   - X X

rp  ft *  Brl*

F p t i i i X i

t

4



t

«

**



1

#

#



г

'' V \ v


O

f

[0  Qt

  1  Brb 



7p

  3 »  Brt<



A

«



«

t

**



1

»

■f

1

r

rg

  0|S Brl* 

rp  0|  S  Brfr



t

u

u



4

Lf

t>



Ш

V

r

v;  < 



,

i  /  v   *

fp  0*  5  Brl'

j

ti



m

tt

1



1

11

l i t



r

2   0|*  Brb 

rp  0| i   ВгЬ

t

1



t

*

I



f

r

r



' Ч

'

Rp 0|  »   t r l



*

*

«



ti

4

i



#

#

t

r

- - - ,


S

4 ^


0»  ® li  f»± ‘ 

rp  0|»   B rl'



A

«

*



«

1

>



#

#

( r -

г р О ( » б г Ч ^ | ^

4

  i A A i |  

-

5

 



3















8

2 8 .2-rasm . 

G.hirsutum L.  turiga m ansub g ‘o ‘zan in g  sifat belgilari b o ‘yicha 

gen etik  kolleksiyasi:



1 -  antotsian  rangli va panjasim on -  kesik bargli;  2 -  yashil  rangli  va panjasim on -  

kesik  bargli; 



3 -  antotsian rangli v a pan jasim o n  -  b o ‘linm a bargli;  4 -  yashil rangli 

va p an jasim o n  -   b o ‘linm a bargli;  5 -  ch ek lan g an   shoxlanish; 



6 -  cheklanm agan 

shoxlanish;  7 -  q o ‘n g ‘ir tola; 



8 -  oq tola.

405


profaza

ilk telofaza

. . . j —

1

__ 



xrom osom a  xrom osom a 

yadro 


xrom osom a

m em branasi

xrom osom a

sentrom era

ilk anafaza

kech  anafaza



3 4-rasm .  M ito zn in g  to ‘rtta fazasi.  X ro m o so m an in g  duplikatsiyasi profazad an   oldin 

so d ir b o 'lg a n   interfazad a ro ‘y  bergan.

\



I

Xf

Telofaza


m

m

A nafaza


Q  К

I N T E R F A Z A

M I T O Z

'^rk

 »

t Profaza

Prom etafaza

M etafaza



35 -ra sm .  M itotik  siklning sxem asi.

406


Profaza - 1

M eyozoldi

interfaza

Leptoten 

Zigoten 

Paxiten 


D iploten 

D ialjinez

/ • v " *  

&

M etafaza 

- 1

\ - J y

 

_



Anafaza -   I 

Telofaza -  1 

M etafaza -  II 

A nafaza -  II



3 6-rasm .  M eyozning bosqichlari.

S

8  yadroli yetuk 

m urtak xaltachasi

Q o ‘s h ilis h |

M ak rosp o ra

(m eg asp o ra)

M eyoz

M a k ro sp o ran in g 



o nalik  hujayrasi

U ru g ‘chi 

Tuguncha 

U ru g ‘kurtak

End o sp erm n in g  

triploidli  yadrosi 

UrugM angan

O talik  %   C hang  , 

gam etofiti  

donasi


O nalik

gam etofiti

C hang

donalari


37-rasm .  0 ‘simlikning 

hayotiy sikli va unda 

gam etalam ing hosil  bo'lishi.

407

1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   41


Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2019
ma'muriyatiga murojaat qiling