Va terrorizmga


Download 0.78 Mb.
Pdf ko'rish
bet42/84
Sana02.01.2022
Hajmi0.78 Mb.
#192904
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   84
Bog'liq
Ekstremizm va terrorizmga qarshi kurashning manaviy-marifiy asoslari

«Jabhat an-nusra» («jabha» – front, «nusra» – yordam). To‘liq 
nomi – «Jabhat an­nusra li ahlish Shom» (Shom ahliga yor­
dam fronti) bo‘lib, u «al­Qoida» tashkilotining Suriya va Liviya 
hududidagi sho‘basi hisoblangan. 2016­yil 28­iyul kuni tashkilot 
o‘z nomini «Jabhat fath ash­Sham» deb o‘zgartirganidan so‘ng 
«Al­Qoida» aloqalar uzilganini e’lon qildi.


93
«Jabhat an­nusra» salafiy­jihodiy yo‘nalishidagi harakat bo‘lib, 
2012­yil yanvarda Suriyada yuzaga kelgan. Tez orada Suriya hu­
kumatiga qarshi kurashuvchi kuchlarning asosiylaridan biriga ay­
landi. Harakat oldin Iroqda Abu Mushab Zarqoviy qo‘l ostida 
harakat qilgan «al­Qoida» jangarilaridan tashkil topgan. 2011­yil 
martda Suriyada davlat to‘ntarishi boshlanishi bilan «al­Qoida» 
ushbu jangarilarni Suriyaga jo‘natgan. 
Frontning asosiy muassisi «Al­Fotih» laqabli suriyalik Abu 
Muhammad Juloniydir. «Al­Qoida» tashkilotining rahbari Ay­
man Zavohiriy «Jabhat an­nusra»ni «al­Qoida»ning Suriyadagi 
yagona bo‘g‘ini sifatida e’tirof etadi.
Mamlakatdagi joriy hukumatni ag‘darish orqali dastlab Suri­
ya hududida, so‘ng barcha musulmon olamini birlashtirgan islom 
shariatiga asoslangan «islom xalifaligi»ni o‘rnatish maqsad qilin­
gan.
«Jabhat an­nusra» harakati «al­Qoida» tashkilotining «ji­
hod»ga targ‘ib etuvchi, «salafiy» aqidasiga asoslangan bo‘linma­
si hisoblanadi. Shuningdek, harakat nazariy jihatdan «Musulmon 
birodarlar» uyushmasi a’zosi bo‘lgan Said Qutbning qarashlari­
ga ham asoslanadi. «Jabhat an­nusra» harakatining asosiy g‘oyasi 
xalifalikni qayta tiklash, islom shariatini tatbiq qilish, jihod orqa­
li davlat tuzumini ag‘darish va qaysi yerga hukmron bo‘lsa, o‘sha 
yerda «islom davlati»ni qurishdan iborat.
Shu bilan birga, «Jabhat an­nusra» harakati alaviylar va shia­
larga qarshi ish olib borib, ularni kufr yo‘lini tutgan oqimlar, deb 
hisoblaydi.
«Jabhat an­nusra» Suriya, Livan, Iordaniya, Isroil va Falas­
tin davlatlarini o‘z ichiga olgan. Uning asosiy faoliyat uslublari 
xudkushlik amaliyotlari, portlovchi moddalar bilan to‘latilgan 
mashi nalarni portlatish, harbiy bazalarga hujumlar uyushtirish 
kabi harakatlar sanaladi.
«Jabhat an­nusra»ning bosh hay’ati – «Mujohidlar sho‘ro 
kengashi» deb nomlanadi. Undan keyin har bir mintaqada ki­
chikroq maslahat kengashlari turadi. Ushbu kengashlar guruhlar 


94
nomidan qarorlar qabul qiladi. Tashkilotni amir boshqarib, u bir 
vaqtning o‘zida ham siyosiy, ham diniy shaxs hisoblanadi. Un­
ga Suriya shahar va viloyatlaridagi mahalliy amirlar bo‘ysunadi. 
Shuningdek, alohida ishlarni bajaruvchi Mas’ullar ham bo‘lib, 
ular mablag‘larni yo‘naltirish, qurol­yarog‘larni qo‘lga kiritish ka­
bi ishlar bilan shug‘ullanadi.
Bundan tashqari, diniy ishlar, matbuot xizmati, tashqi ishlar 
bo‘limlari ham faoliyat olib boradi. «Jabhat an­nusra» haraka­
ti ayrim manfaatdor davlatlar hamda Yaqin Sharq va G‘arb dav­
latlaridagi ba’zi jamg‘armalar tomonidan maqsadli ravishda ajra­
tiladigan mablag‘lar, turli diniy, xayriya tashkilotlari, «al­Qoida» 
(2016­yilga qadar) kabi uyushmalar tomonidan moliyalashtiriladi. 
Shuningdek, harakat noqonuniy neft savdosi, insonlarni garovga 
olish ishlari bilan ham shug‘ullanadi.
«Jabhat an­nusra»ning tarkibida Pokiston va Afg‘oniston dav­
latlari hududidagi lagerlarda «al­Qoida» tomonidan tayyorlan­
gan va undan ajralib chiqqan jangarilar ko‘pchilikni tashkil etadi. 
Ma’lumotlarga ko‘ra, shu kunga qadar «Jabhat an­nusra» tomo­
nidan 70 dan ziyod xudkushlik amaliyotlari sodir etilgan. Shu­
ningdek, ular alaviy va shialardan iborat tinch aholiga ham hu­
jum uyushtirishgan.
«Global terrorizm indeksi» ma’lumotlariga ko‘ra, «Jabhat 
an­nusra» tomonidan amalga oshirilgan terrorchilik amaliyotlari 
natijasida 2015­yilda 600 dan ortiq inson vafot etgan. Jumladan, 
2015­yil sentyabr oyida jangarilar «Abu ad­Duxur» aerodromini 
qo‘lga kiritish chog‘ida asirga tushgan Suriya hukumatining 56 
nafar askarlarini qatl etgan.
Shuningdek, jangarilar 2014­yil avgust oyida BMTning 
tinchlikparvar kuchlaridan iborat 45 nafar kishini asir olgan. 
Ke yinchalik 20 million AQSH dollari evaziga ularni ozod et­
gan.
2012­yil dekabrda AQSH Davlat Departamenti, 2013­yil may 
oyida BMT Xavfsizlik Kengashi «Jabhat an­nusra» harakatini 
terrorchi tashkilotlar ro‘yxatiga kiritdi. Shuningdek, Avstraliya, 


95
Buyuk Britaniya (2013) hamda Rossiya (2014) kabi bir qator dav­
latlar ham mazkur uyushmani terrorchi tashkilot deb e’lon qil­
gan.
Umuman olganda, din bayrog‘i ostida talonchilik va bosqin­
chilik, terrorchilik va qo‘poruvchilik harakatlari sodir etilayot­
gani, narkobiznes va noqonuniy qurol­yarog‘ savdosi amalga 
oshirilayotgani, korxonalar va inshootlarga zarar yetkazilayotgani 
ham hech kimga sir emas. Bunday harakatlar ijtimoiy barqaror­
likning izdan chiqishiga, millatlararo va dinlararo adovat, mil­
latchilik va diniy ayirmachilik kayfiyatlarining shakllanishiga 
zamin yaratmoqda. 

Download 0.78 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   84




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling