Va terrorizmga


«Turkiston islom harakati» (sobiq «O‘zbekiston islom harakati»)


Download 0.78 Mb.
Pdf ko'rish
bet47/84
Sana02.01.2022
Hajmi0.78 Mb.
#192904
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   84
Bog'liq
Ekstremizm va terrorizmga qarshi kurashning manaviy-marifiy asoslari

«Turkiston islom harakati» (sobiq «O‘zbekiston islom harakati») 
diniy­ekstremistik va terrorchi tashkilot. Ushbu tashkilot 1996­yilda 
«O‘zbekiston islom harakati» nomi ostida tashkil etilgan. Harakatni 
shakllantirishda 1992–93­yillarda O‘zbekistonda faoliyati taqiqlan­
gan «Adolat uyushmasi» (Namangan), «Islom uyg‘onish partiya­
si» (1990­yil Astraxanda asos solinib, 1991­yil yanvaridan O‘zbekis­
tonda faoliyat ko‘rsatgan), «Odamiylik va insonparvarlik» (Qo‘qon), 
«Turkiston islom partiyasi», «Islom lashkarlari» (Namangan) kabi 
diniy­ekstremistik guruhlarning sobiq faollari ishtirok etgan. 
Tashkilotning asosiy maqsadi Markaziy Osiyo hududida «Buyuk 
islom xalifaligi»ni tuzish, unda musulmonlar yashaydigan Kavkaz va 


106
Rossiya Federatsiyasining Volgabo‘yi respublikalarini qamrab olish­
dan iborat. Tashkilot o‘z maqsadiga eri shish uchun qo‘poruvchi­
lik va terrorchilik harakatlarini amalga oshirish, harbiy harakatlar 
 uyushtirish, odamlarni garovga olish orqali mintaqadagi ichki si­
yosiy vaziyatni beqarorlashtirish kabi vositalardan foydalanadi.
«Turkiston islom harakati» guruhi jangarilari 1999­yili Tosh­
kent shahri va viloyatida, 2000­yili Toshkent va Surxondaryo 
viloyatlarida, 2004­yili Toshkent va Buxoroda, 2005­yili Andi­
jonda, shuningdek, 1999, 2000 va 2006­yillarda qo‘shni Qirg‘izis­
tonda, 2006­yili Tojikistonda terrorchilik harakatlarini amalga 
oshirishda ishtirok etgan. Mazkur guruh mintaqadagi terrorchi 
tashkilotlar bilan yaqin aloqaga ega.
«Turkiston islom harakati» so‘nggi yillarda talafotlar, struk­
turaviy o‘zgarishlar, rahbar a’zolar orasidagi yo‘qotishlarga duch 
keldi. Hozirda g‘oyaviy targ‘ibot kuchaytirilib, bosma va elektron 
nashrlar tarqatilishiga katta urg‘u berilmoqda.

Download 0.78 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   84




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling