Va tibbiyotda maʼlum tajribaga ega kishilari boʻlgan qarang
Download 55.81 Kb. Pdf ko'rish
|
Tabiblik - Vikipediya
Tabiblik Tabiblik — xalq tabobati asosida bemorlarni davolash. Sharq xalqlarida bir necha ming yillik tarixga ega boʻlib, avloddanavlodga oʻtib, rivojlanib kelgan. Avestodya taʼkidlanishicha, tabiblar qaror topgan qonunqoidalar asosida bemorlarni davolashgan. Tabiblar odamlarni shunchaki giyoxlar va maʼdanlardan tayyorlangan doridarmonlar bilan davolabgina krlmay, hatto koʻz jarroxligi amaliyotini ham bajarishgan. Oʻrta asrlarda faqat Xorazm va Xurosonda emas, savdo va madaniyat markazi boʻlgan Samarqand, Buxoro va boshqa shaharlarda ham tabiblar bemorlarni markazlashgan sihatgohlarda davolash bilan shugʻullanishgan. Tabiblar zamonasining oʻqimishli va tibbiyotda maʼlum tajribaga ega kishilari boʻlgan (qarang Sogʻliqni saqlash ). Nihoyatda tajribali, yetuk, oʻqimishli tabiblarni xalq hakim deb atagan. Buqrot (Gippokrat), Jolinus (Galen), Abu Bakr ar Roziy, Abu Ali ibn Sino kabi hakimlar mashhur. 20-asrning 20y.lariga qadar Oʻzbekistonda tibbiyot oʻchogʻi boʻlmaganligi sababli, T. otadan bolaga oʻtadigan kasb boʻlib kelgan. Tabiblar orasida Abu Ali ibn Sinoning "Tib qonunlari" kitobidan foydalanib mahalliy giyoxlardan turli dorilar tayyorlab singanchiqqanlarni davolagan obroʻ-eʼtiborlilari talaygina. Toshkentlik akauka tabiblar Vosidxon va Xomidxon Zohidxonovlar tibbiyot sohasida ilmiy risolalar yozishgan, terapiya, gigiyena masalalariga ahamiyat berishgan. Toshkentlik Akmalxon Mahmudxonov, Komil Salimov, Ibrohim Shukurov, samarqandlik Us t a Toʻxta Nazar oʻgʻli, buxorolik Burxon Saidov va boshqa mashxur tabiblar kishilar dardiga malham boʻlishgan. Ayrim tabiblar esa hayvonlarda tajriba qilib koʻrib, singanchiqqanlarni davolashgan. Tabiblar foydalangan baʼzi bir dorivor vositalar va usullar keyinchalik botanika (dorivor oʻsimliklar), tibbiyot, zoologiya va boshqa ilmiy sohalarning rivojlanishiga asos boʻldi. Shoʻrolar davrida T. kasbi maʼlum vaqtgacha vrach faoliyatiga zid qoʻyilib, nihoyatda kamsitib kelindi. Oʻzbekiston mustaqillikka erishgandan soʻng ilmiy tibbiyot bilan bir qatorda T. kasbi rivoj topib, dorivor oʻsimliklar bilan koʻplab kasalliklarni, singanchiqqanlarni davolayotgan tabiblar ham faoliyat koʻrsatishadi. Soʻnggi tahrir 3 oy avval MalikxanBot tomonidan amalga oshirildi Ko‘proq o‘rganish Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. Ushbu maqola chaladir . Siz uni boyitib, (https://uz.wikipedia.org/w/index.php?title=Tabibli k&action=edit) Vikipediyaga yordam berishingiz mumkin. Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. " https://uz.wikipedia.org/w/index .php? title=Tabiblik&oldid=2859425 " dan olindi Download 55.81 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling